2.2 Jonatan svift hayoti va ijodi.
Buyuk ingliz adibi Jonatan Svift 1667-yilda Irlandiyaning poytaxti dublinda tug‘ildi. otasidan erta ajralgan yosh Jonatan uzoq yillar muhtojlikda kun kechiradi. Badavlat qarindoshlarining ba’zan ko‘rsatadigan yordamini hisobga olmaganda uning tirikchiligi nochor edi. tabiatan tirishqoq, ilmga tashna Jonatan o‘n to‘rt yoshida maktabni bitirgach, dublin universitetining diniy bilimlar fakultetiga o‘qishga kiradi, uni bitirmay Angliyaga ketadi. U bir necha yil Qirollikning sobiq ministri Vilyam templning saroyida kotib bo‘lib ishlaydi. templning boy kutubxonasidan foydalanish Svift dunyoqarashining kengayishida muhim omil bo‘ladi. keyinchalik Svift universitetni bitiradi, dissertatsiya yoqlab, magistrlik unvonini qo‘lga kiritadi.
Svift badiiy ijod bilan shug‘ullana boshlaydi. Uning ilk asarlari tezda xalq o‘rtasida shuhrat qozonadi. Adibning ketma-ket «kitoblar jangi», «bochka cho‘pchagi», «movutfurush xatlari» kabi hajviy kitoblari nashr etiladi. Biroq Sviftga haqiqiy shuhratni uning «Gulliverning sayohatlari» romani olib keldi. Asarning to‘liq nomi «lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga, avvalo, jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari» deb atalib, u 1726-yilda yaratilgan.
Roman ajoyib-g‘aroyib voqealarga, kulgili holatlarga boy. Asar bir qarashda shunchaki kulgi uchun bitilgandek tuyulsa-da, uning zamirida achchiq kinoya, zaharxanda yotibdi. muallif bu asar orqali Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi. «Gulliverning sayohatlari» romani to‘rt qismdan tashkil topgan. Birinchi qismda Gulliverning liliputlar – mitti odamlar mamlakatidagi sarguzashtlari hikoya qilinadi. mitti odamlarning hayot tarzi, davlat tartiblari Angliyanikiga o‘xshash. mitti odamchalar yashaydigan mamlakatda ham qirol, ministrlar, harbiylar, dengiz floti va turli-tuman qonunlar mavjud. liliputiyada ham Angliyadagi kabi partiyalar bor. Ular ham Angliyadagidek o‘z manfaatlarini o‘ylab janjallashadilar, bahslashadilar. Bu partiyalar baland poshnalilar va past poshnalilar deb ataladi. mazkur partiyalar vakillari qanchalik mitti bo‘lsalar, ularning maqsad va o‘ylari ham o‘zlari kabi arzimas va jo‘n. Ularning siyosatlari orasidagi farq poshnalarining baland yoki past bo‘lganligida. liliputiya davlatining qo‘shni blefusku davlati bilan nizolari sababi ham arzimas va kulgili – ular tuxumni qaysi tomonidan chaqishda kelisha olmaydi. Birlari tuxumni uch qismidan sindirish kerak, desa, birlari poynak qismidan sindirish kerakligini uqtiradi. Svift ularning bu kelishmovchiliklari arzimas va bachkana ekanligi ustidan kular ekan, ayni paytda Angliyadagi diniy, siyosiy parokandalik sabablari hech qanday ahamiyatga molik bo‘lmagan ixtiloflar ekanini uqtirgandek bo‘ladi.
Romanning ikkinchi qismida Gulliverning ulkan odamlar yurti – brobdingnegga sayohati hikoya qilinadi. Bu mamlakatda Gulliver teskari holatga tushadi – liliputiyadagi odamlardan nafratlangan bo‘lsa, ushbu mamlakat odamlarining tanti, oliyjanob, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi.
Asarning uchinchi qismi Gulliverning olimlar mamlakati – laput adagi sayohatlariga bag‘ishlangan. Bu yerdagi buyuk akademiya bilan tanishib, umri behuda sarflanayotgan olimlar ishini ko‘radi. Ularning real hayotdan ajrab, foydasiz ixtirolar bilan bandligi muallif kulgisini qo‘zg‘aydi. Ayniqsa, bir olimning bodringdan quyosh energiyasini ajratib olib, undan yoz sovuq kelganda foydalanishga ahd qilganini, yana bir «alloma»ning uyni poydevoridan emas, tomidan boshlab qurish kashfiyoti haqidagi loyihasi – buning isboti sifatida hasharotlar – asalari va o‘rgimchak faoliyati misol qilib keltirilganini ko‘rib kishi o‘zini kulgidan tiya olmaydi. yozuvchi haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishilari ustidan kuladi.
Romanning to‘rtinchi qismi Gulliverning guigngnmlar mamlakatiga qilgan sayohati haqida. muallif Gulliverning bu sayohatini o‘tkir zaharxanda, nafratli kulgi bilan tasvirlaydi. Bu mamlakatda inson qiyofasidagi ikki oyoqli maxluqlar – yexular va aqlli, dono, halol mehnat bilan kun ko‘ruvchi otlar yashaydilar. yexular jirkanch, hazar qiladigan darajada tuban kimsalar. Ular Sviftning Angliyadagi vatandoshlarini eslatadi. Ular o‘z manfaatlari uchun bir-birlarini halok qilishga tayyor.
Asar bilan tanishadigan bo‘lsangiz, romanda Svift tasvirlagan mamlakatlar dunyo xaritasida yo‘q. Bu shaharlar badiiy uydirma mahsuli, ularni yozuvchining o‘zi o‘ylab topgan. Adib yashagan jamiyatda tanqidiy fikr bildirish, amaldorlаr kirdikorlarini ochiq aytish juda xavfli edi. Svift o‘zi yashagan Angliya qirolligidagi barcha kamchiliklar ustidan xayoliy mamlakatlar odamlari xattiharakatlarini fosh qilish orqali kuladi.
Swift 1682-1688 yillarda Dublin universitetining Triniti kollejida tahsil koʻrgan. Ilk asarlari — „Vilyam Senkroftga qasida“ (1690 -yilda) va „Kongrivga qasida“ (1693 -yilda). „Kitoblar jangi“ (1697-yilda) pamfletining davomi „Bochka haqida ertak“ hajviyasi (1704-yilda)da katolik, anglikan va puritan cherkovlari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. „Movutchining xatlari“ (1723—24-yillarda) va „Kamtarin taklif“ (1729-yilda) pamfletlarida irland xalqi boshidan kechirayotgan zulm qoralangan. „Dunyoviy suhbatchilar“ (1738-yilda), „Malaylarga oʻgitlar“ (1745-yilda) kabi hajviyalari ham bor.
Swiftning ijodidagi eng muhim va yagona roman — „Gulliverning sayohatlari“ (1-2-jildlar, 1726-yilda) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, oʻtkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy oʻlkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (ulkanlar), guigngnmlar (aqlli otlar) mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bogʻliq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaridagi sotqinlik, sudyalarning adolatsizligi va boshqalarni aks ettirgan.
Swift satirasi uning ijodiga xos boʻlgan maʼrifatparvarlik asosida rivojlanib, xususiy va ijtimoiy illatlarni tugatish zarurligini taʼkidlagan gumanistik pafos bilan chambarchas bogʻliq. Liliput-ingliz cheklangan(konstitutsiyaviy) monarxiyaning, «Olamning quvonchi va dahshati» esa ingliz qirolining karikaturasi edi.Asardagi «Ulkanlarmamlakati» ning ma'rifatli monarxi esa dono, saxiy . U urushni qoralovchi, san'atni sevuvchi, ilm-fanga homiylik qiluvchi, ayni paytda, aqlli tartib o‘rnatishga harakatqiluvchi hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |