MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………4
I BOB. TA’LIMDA KASBIY-PEDAGOGIK MADANIYAT VA TARIXIY PEDAGOGIK QADRIYATLAR.
1.1 Pedagogik mahorat madaniyatining shakllanish bosqichlari. Sharq va G’arb allomalarining qarashlari misolida…………………………………….8
1.2 Kasbiy-pedagogik madaniyat turlari: axloqiy, texnologik,didaktik, psixologik va boshqalar………………………………………………………..28
II BOB. TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY O’QITUVCHINING ROLI.
2.1 Imkoniyati cheklangan va deviant xulq-atvorli o’quvchilarga ta’lim berishda pedagogning mahorat madaniyati……………………………………46
2.2 Rivojlanayotgan axborot asrida zamonaviy pedagogga qo’yiladigan talablar (Innovatsion ta’limda o’qituvchi mahorati va madaniyatining dolzarb masalalari)......................................................................................................59
Xulosa……………………………………………………………………71
Ilova………………………………………………………………………74
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi davlat va jamiyat qurilishini izchil takomillashtirishni ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish sur’atlarini jadallashtirish, ilg‘or innovatsion va ilm-fan yutuqlariga asoslangan texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan ishlarga yangicha sur’at berdi. Bu muhim maqsadlar yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorij tajribasini o‘rganish va uning eng yaxshi yutuqlarini davlat va jamoat tuzilmalari, iqtisodiyot tarmoqlarida tatbiq etish asosida jiddiy qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish zaruratini taqozo etmoqda. Aynan ushbu muhim masalalar yuzsidan, O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga: “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga ega bo’lgan davlatgina yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo‘ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi,1 deb ta’kidladilar. Aynan shuning uchun ham ta’limda ma’naviy va g‘oyaviy yuksak,salohiyati jihatidan intellektual mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’limni rivojlangan mamlakatlar darajasida yuksaltirish, yoshlar g`oyaviy-siyosiy madaniyatini shakllantiradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo`lib qoldi. Bu muhim vazifani amalga oshirish o`z-o`zidan rivojlanmaydi, balki jamiyatning yuqori saviyadagi tajribali pedagog mutaxassislarning kuchli pedagogik mahorati, intellektual va ilmiy salohiyati mexnizmining tanafussiz shiddat bilan faoliyat olib borishlari orqali amalga oshiriladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham davlat va jamiyatning yagona maqsadi – barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan. Modelning tarkibiy qismlari uzluksiz ta’lim, ilm-fan, ishlab chiqarish kabilardan iborat bo`lib, shaxs rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko`rsatdi. Bundan kutilgan maqsad: O`zbekistonda mustaqil fikrlaydigan, tafakkur tarzini isloh etishga ehtiyoj sezgan yoshlarni tarbiyalashdan iborat2.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan yo`l va davlatimiz tomonidan yoshlarga O`zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolar uchun xoh iqtisodiy, xoh siyosiy, xoh ma’naviy sohada bo`lsin barcha imkoniyatlar yaratib berildi va bu imkoniyatlar bugungi kunda davom ettirilib, 2017-2021-yillarga mo`ljallangan O`zbekistonni yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi “Harakatlar strategiyasi” da o`z aksini topdi. Strategiyaning asosiy maqsadlaridan biri ijtimoiy sohani rivojlantirish, ta’lim tizimini yanada isloh qilish, ta’lim-tarbiya va o`quv jarayonining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog`lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini hal qilishga alohida ahamiyat berildi. “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari va imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy о‘quv va laboratoriya uskunalari,kompyuter texnikasi va о‘quv - metodik qо‘llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora- tadbirlarni kо‘rish”3 dek vazifalar yuklandi. Buning natijasida amaldagi ta’lim-tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan davlatlar talablariga javob bera oladigan darajaga ko`tarish vazifasi qo`yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |