XULOSA VA TAKLIFLAR
1."Sug‘urta" iqtisodiy tushuncha sifatida iqtisodiy va ijtimoiy sub'ektlar mulkini ular faoliyatining Sug‘urta qaltisliklari vujudga kelishidan himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiy maqomini o‘zgartirish uchun jamgarmalarni shakllantirish bilan bog`lik ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar soxasini aks ettiradi, uning vujudga kelishida ushbu munosabatlarning shakllanish shartlari bilan belgilangan doiralarda Sug‘urta xodisasi sodir bo‘lganida xarajatlarning belgilangan miqdorlarini qoplash jamgarmalarini tashkil etish va taksimlashga ixtisoslashgan tuzilmalar ishtirok etadi.
2. Sug‘urta faoliyatini boshkarish konseptual qoidalarini shakllantirishning Izlanishda ishlab chiqilgan modeli uni, bir tomondan, mamlakatimizda iqtisodiyotni islox qilishning ishlab chiqilgan tamoillari, bozor isloxotlarining bosqichlari, Sug‘urta bozori va uning infratuzilmasini rivojlantirish siyosatini belgilab beruvchi boshqaruv organlari bilan, ikkinchi tomondan esa qaltisliklarni faollashuvi, Sug‘urta xizmatlari iste'molchilarining uziga xos xususiyatlari bilan boglaydi.
3. Sug‘urta munosabatlari sub'ektining rejalashtirilgan natijasiga erishish tarmoq xususiyatlari, Sug‘urta mahsulotining xayotiy davri xamda buning uchun takdim etiladigan resurslar va texnologiyalarning sifati bilan belgilanadigan bir nechta bosqichlar orqali o‘tadi.
4. Sug‘urta bozori rivojlanishining tendensiyalarini tadkik etish Sug‘urta tarmogi rivojlanishining ijobiy va salbiy tendensiyalariga e'tibor karatish imkonini berdi. Ular ichida Sug‘urta bozorining iqtisodiy qaltisliklar, iqtisodiy usish, axoli farovonligi ko‘rsatkichlari va tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi bilan zaif bog`likligi eng dolzarb hisoblanadi.
5. Hozirgi vaqtda yuridik shaxslarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini Sug‘urta qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan xavfli ishlab chiqarish ob'ektlaridan foydalanuvchi korxonalarning fuqarolik javobgarligini yanada rivojlantirish talab etiladi. Ushbu ishni yanada takomillashtirish quyidagilarni nazarda to‘tadi:
- xavfli ishlab chiqarish ob'ektlarining yagona reestrini tashkil etish va ularni taftish qilish;
davlat va Sug‘urta xamjamiyati tomonidan yukori xavf-xatar manbalari hisoblangan korxonalarning fuqarolik javobgarligini Sug‘urta qilish shartnomalarining tuzilishi va qayta tuzilishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
yukori xavf-xatar manbalari hisoblangan korxonalarning fuqarolik javobgarligini Sug‘urta qilishda Sug‘urtalovchilarning tarif siyosatiga rioya qilishi ustidan DavSug‘urtanazoratning nazoratini kuchaytirish imkoniyatlaridan foydalanish.
Viloyatlar va tumanlar xududida texnik va bush turgan zahiralarning bir kismini investitsiya qilish mintaka ma'muriyatlari va Sug‘urtalovchilarning manfaatlarini muvofiklashtirishning muhim yunalishi hisoblanadi. Bunda, zahiralarni joylashtirishga nisbatan qonun chilik talablari va Sug‘urta nazorati organining tavsiyalariga suzsiz rioya qilinishi kerak.
6. O‘zbekiston Sug‘urta bozorida Sug‘urta statistikasi bo‘yicha ma'lumotlarning umumiy bazasini yaratish zarur. Izlanishdada ta'kidlanishicha, ushbu ish ikkita yunalishda tashkil qilinishi kerak. Avvalambor, soxadagi mavjud axborot bazasini, shu jumladan davlat va idoraviy statistik hisobotlar tizimida tuplangan ma'lumotlarni tulik inventarizatsiya qilish, shuningdek statistik ko‘rsatkichlarning amaldagi tizimini taxlil qilish va ulardan sug‘urta qilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki matematik jixatdan ishlov berilganidan keyin foydalanish imkoniyatini belgilash lozim. Shu bilan birga sug‘urtaning barcha maqsadlari va funksiyalarini hisobga olgan xolda sug‘urta statistikasi tizimining batafsil konsepsiyasini ishlab chiqishga kirishish zarur.
7. Sug‘urta xamjamiyati tomonidan sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining uyushmasi xuzurida sug‘urtani kullab-quvvatlashga ixtisoslashgan markaz tashkil etish maqsadga muvofik hisoblanadi. Ushbu markazning vazifalari innovatsion sug‘urta dasturlarini ishlab chiqish, ularning samaradorligini aniklash, dasturlarning amalga oshirishga kumaklashishdan iborat bulishi mumkin
8. Sug‘urta faoliyati rivojlanishini boshkarishning xozirgi jixatlari xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va axoli mulkini faoliyat qaltisliklaridan himoyalashni ta'minlovchi konseptual chora-tadbirlar majmui, sug‘urta faoliyati tizimining barqarorligi, sug‘urtaga bo‘lgan ishonchning ortishi, iqtisodiy faoliyatning globallashuvi doirasida sug‘urta faoliyati tizimining yanada rivojlanishi, sug‘urta kompaniyalari resurslarining iqtisodiyot real sektorining investitsiya faoliyatiga jalb etilishi bilan bog‘lanadi. Mazkur chora-tadbirlar sug‘urta faoliyatining rivojlanishini tartibga soluvchi va uzini-uzi tartibga soluvchi yangi institutlarning shakllanishi bilan kuzatilishi xamda sug‘urta statistikasi va sug‘urta texnologiyalarining yangi tizimi bilan kullab-quvvatlanishi kerak.
9. Sug‘urta bozorining indiqatorlarini prognoz qilish uchun Sug‘urta xizmatlarining aloxida makroiqtisodiy indiqatorlar (asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, kredit kuyilmalari va sarmoyalar, banklar aktivlarining darajasi) dinamikasiga bog`likligi aniklangan. Sug‘urta operatsiyalari tarkibi o`zaro bog`likliklarining korrelyasion-regression taxlili o‘tkazildi. Shu asosida o‘rta muddatli istiqbolda (real sektorning investitsiyaviy imkoniyatlarini, YaIMga kiritilgan investitsiyalarning maqbul nisbatini baxolashni hisobga olish asosida) sug‘urta bozori rivojlanishi asosiy ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblari amalga oshirildi. Sug‘urta mukofotlarining darajasi asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi 21 mlrd.sumga oshishi uning YaIM hajmidagi ulushini 1,5 foizga oshirish imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |