Mundarija kirish I. Bob. Sug‘urta kompaniyalarida marketingni rivojlantirish faoliyatining nazariy va uslubiy asoslari


-rasm. O’zbekiston respublikasi sug’urta bozorining tuzilishi25



Download 1,17 Mb.
bet12/16
Sana16.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#375193
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Sug‘urta tizimidada marketing faoliyatini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari

3-rasm. O’zbekiston respublikasi sug’urta bozorining tuzilishi25.
Sug‘urta faoliyatini boshqarish instituti sug‘urtalovchilar va sug‘urta kildiruvchilarning turli uyushmalari, jamiyatlari kurinishidagi sug‘urta xamjamiyatining o‘zini-o‘zi tashkil etuvchi tuzilmalari timsolida sug‘urta munosabatlari sub'ektlarining o‘zini-o‘zi boshqarish instituti bilan tuldiriladi. Menedjment instituti tashqi cheklovchilar va ragbatlarni hisobga oluvchi xamda mustaqil ishlab chiqilgan normalar va koidalar asosida sug‘urta kompaniyasining xatti-xarakatini belgilab beruvchi tuzilmalar yigindisini o‘zida namoyon etadi.

Sug‘urta huquqi - moliyaviy, ma'muriy, fuqarolik huquqi, ijtimoiy ta'minot huquqining sug‘urta bilan bog‘liq va nafakat sug‘urtalovchi bilan sug‘urta kildiruvchi o‘rtasidagi, balki sug‘urtalovchi bilan davlat va uning boshqaruv tizimi o‘rtasidagi munosabatlarni xam kamrab oluvchi qator maxsus tarmoq normativ xujjatlarini o‘zida mujassam etgan yaxlit institut hisoblanadi. Ta'kidlash lozimki, xozirgi vaqtga kadar sug‘urta to‘g‘risidagi qonun xujjatlarining to‘liq tarkibi belgilanmagan. O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarining umumtarmoq klassifiqatori o‘z ruyxatida sug‘urta tarmogini kamrab olmagan.

Sug‘urta to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga nisbatan tizimli yondashuv uning tarkibini ajratishni - normativ xujjatlarni ularning pog‘onasi, o‘zaro bo‘ysunganligi va tabaqalanganligi, xuquqiy bazaning asosiy maqsadi hisoblangan sug‘urta munosabatlarini o‘z ishtirokchilarining manfaatlari yo‘lida tartibga solish vazifasini bajarish uchun yagonaligi va farqlari nuqtai nazaridan tuzishni taqoza etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, sug‘urta xuquqiy bazasining eng muhim muammosi uni tuzish konsepsiyasidagi nomutonasibliklar, sug‘urta munosabatlarini tartibga solishda nuqsonlar mavjudligi, qator qabo‘l qilingan normalarni amalga oshirish mexanizmining mavjud emasligidan iborat. Sug‘urta huquqini takomillashtirish bilan bog‘liq muammolar ichida mazkur tizimning tarkibni xosil qiluvchi unsuri muammolari eng dolzarb hisoblanadi. Xususan, ular qanaqa qonun xujjatlari hisoblanishi to‘g‘risidagi masalaga xozircha oydinlik kiritilmagan. Umuman olganda, sug‘urta huquqi ikki yoklamaligi tamoyili nuqtai nazaridan sug‘urta faoliyati asosiy normalarining O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (O‘zR FK)da jamlanishi ko‘tilmagan xoldek tuyuladi. Amaliyotda sug‘urtalovchilar va sudlov organlari, birinchi galda, aynan unga murojaat etishadi. Birok, O‘zR FKda sug‘urta munosabatlarini shakllantirishning fakat umumiy tamoyillari mavjudligi uni sug‘urta faoliyati xuquqiy tizimining asosi sifatida e'tirof etilishiga asos bo‘la olmaydi. Bundan tashkari, O‘zR FKning qator normalari sug‘urta kategoriyalarining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonundagi talkiniga to‘liq mos kelmaydi. Shuningdek, qonunning o‘zi xam qator noanik normalar va cheklovlarni o‘zida mujassam etgan. Mazkur normativ xujjat sug‘urta huquqi normalari bosqichlarini xam to‘zish uchun asos hisoblanadi. Ammo, qonun sug‘urtalovchilar xududiy bo‘limlar tarmogi institutlari (shu jumladan xorijiy bo‘linmalar va vakolatxonalar), o‘zini- o‘zi tashkil etuvchi tuzilmalar (sug‘urtalovchilar uyushmalari, o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari), sug‘urta bozori infratuzilmasini shakllantirish va ular faoliyat ko‘rsatishining jihatlariga taallukli qator normalarni kamrab olmagan. Bu birinchi galda quyidagi asosiy atamalar tushunchalariga taallukli: sug‘urta faoliyati, sug‘urta qaltisliklari, sug‘urta bozori, sug‘urta hodisasi, sug‘urta to‘lovlari, sug‘urta mahsuloti va xk.

Amaliyotda bu fuqarolik va xo‘jalik sudlovida sug‘urtalovchi bilan sug‘urta kildiruvchi o‘rtasidagi nizoli munosabatlarga barxam berish muammolarini keltirib chiqargan xolda sud nizolari ko‘payishi sabablaridan biri hisoblanadi. Ushbu masalada aniklikning mavjud emasligi, keyinchalik sug‘urta kompaniyalari umumiy soliq asoslarida ishlashi jarayonida salbiy omillarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

Qonun xujjatlarida sug‘urta kompaniyasining faoliyatini boshqarishga nisbatan kuyiladigan asosiy talablar xam o‘z aksini topishi kerak, chunki aynan ular sug‘urtalovchilar faoliyatining samaradorligini belgilab beradi. Bu yerda shuningdek sug‘urtalovchilar moliyaviy barqarorligining asosiy tamoyillari, ular tomonidan umumiy normativlarga rioya etilishi majburiyatlari, vasiylik qilish va bankrotlik taxdid solgan xollarda sug‘urta portfelini o‘tkazish imkoniyatida o‘z ifodasini topishi lozim. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, respublikamizning qator halqaro birlashmalarga a'zo bo‘lishi mamlakatimiz sug‘urtalovchilarining tashqi iqtisodiy faoliyat sheriklari hisoblangan mamlakatlar bozorlariga chiqishini tezlashtirish uchun sharoit yaratish maqsadida sug‘urta operatsiyalari xuquqiy bazasining halqaro kelishuvlarning boshqa ishtirokchilari qonun xujjatlari bilan uygunlashtirilishini talab qiladi. Buning uchun dastlabki bosqichda norezident sug‘urtalovchilarni ta'sis etish, litsenziyalash va ularning MDX davlatlaridagi faoliyatini nazorat qilish koidalarini belgilab beruvchi muvofiklashtiruvchi koidalarni ishlab chiqishdan iborat bo‘lishi mumkin. Sug‘urta to‘g‘risidagi qonun xujjatlarining tarkibi xozirgi vaqtda o‘z shakllanishining dastlabki bosqichida turibdi. Uning yanada rivojlantirilishi quyidagilarni taqozo etadi:

- sug‘urta to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini kodlash masalasini xal etish imkoniyati yoki qonunchilik bazasini tizimli yondashuv asosida kengaytirish;

- xududiy sug‘urta bozorining rivojlanishini prognoz qilish va rag‘batlantirish masalalarini tartibga soluvchi sug‘urtaning xuquqiy asosini shakllantirish uchun qonun ijodkorligini kengaytirish.

Amaldagi qonunlarda mavjud muammoli holatlarni takomillashtirishda ikkita yul nazarda tutiladi: amal qilib turgan "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va sug‘urta kodeksini ishlab chiqish. Bizning fikrimizcha ikkinchi yul ancha qulay, chunki u ishlab chiqilgan qonun xujjatlarini qayta ko‘rib chiq ish va qayta ishlab chiqishni talab kilmaydi, shu bilan birga sug‘urta faoliyati xuquqiy maydonini kengaytirgan xolda sug‘urta huquqining yangi tarkibini to‘zish imkoniyatini beradi. Amaliyotda sug‘urta to‘g‘risidagi qonun xujjatlarini kodlash normativ bazani rivojlantirishni va O‘zR FKdan sof sug‘urta huquqi normalarini ajratishni nazarda to‘tadi. Sug‘urta nazorati tizimining amaldagi modelini, bizning fikrimizcha, banklarga yo‘naltirilgan kontinental model sifatida ta'riflash mumkin.

O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining muhim xususiyati shundaki, bu yerda nazorat funksiyalari sug‘urta faoliyatini rivojlantirishning davlat tomonidan tartibga solinadigan boshqa chora-tadbirlariga karaganda ortda kolmokda. Taxlillar shuni ko‘rsatadiki, nazorat amaliyotini yanada takomillashtirish va rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: motivatsiyalangan (professional) fikrlashni, sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish vazifalarini xal etish imkonini beruvchi qaltislikga yo‘naltirilgan nazoratni.

Davlat nazorati tomonidan sug‘urta bozorining chegaralarini tartibga solish funksiyasining bajarilishi birinchi galda sug‘urta faoliyatini litsenziyalash va to‘lov qobiliyatini nazorat qilish tartibotlari bilan bog‘liq.

Xulosa qilib aytganda, sug‘urta statistikasida zaruriy ma'lumotlar mavjud bo‘lishi talab etiladigan eng muhim sug‘urta mahsulotlarining ruyxatini tuzish; ma'lumotlarni yigish, saqlash va ularga ishlov berishning yagona uslubiy bazasini ishlab chiqish; sug‘urta kompaniyalarining extiyojlarini yaqqol aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini belgilash; sug‘urta bozori kon'yunkturasining o‘zgarishi jarayonida sug‘urta turlarining ro‘yxatiga va ko‘rsatkichlar tizimiga tuzatishlar kiritish mexanizmini, shuningdek statistik axborot iste'molchilarining bunday tuzatishlar kiritish jarayonida ishtirok etishi mexanizmini ishlab chiqish zarur. Sug‘urta shartnomalarini amalga oshirishda nizoli masalalarni tezda ko‘rib chiqish maqsadida xakamlar sudlovi kabi nizolarni sudgacha hal etish mexanizmni yaratish.


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish