Mundarija: kirish I. Bob. ‘’shaxs va jamiyat’’ hayotida ma’naviuyatning tutgan o’rni


SHAXS DUNYO QARASHI RIVOJLANINISHIDA MA’NAVIYATNING TUTGAN O’RNI



Download 44,87 Kb.
bet3/4
Sana10.07.2022
Hajmi44,87 Kb.
#772964
1   2   3   4
Bog'liq
2 5282827349086178911 (2)

SHAXS DUNYO QARASHI RIVOJLANINISHIDA MA’NAVIYATNING TUTGAN O’RNI
2.1 MANAVIYATNING INSON HAYOTIDAGI BAJARADIGAN VAZIFALARTI
O’zbekiston o’z mustaqilligini mustahkamlash johon ham jamiyatida o’zining munosib o’rnini egallash jarayonida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda – kishilar tafakkurida tubdan o’zgarish – milliy g’oya-milliy mafkurani shakillantirish jarayoni kechmoqda.Birinchi prezident I.Karimovning quyidagi so’zlari o’ta ibratlidir: “Biz kelgusi asrga o’zimiz bilan nimani olib o’tishmiz mumkin? Va nimalardan vos kechishimiz darkor? Ya’ngi ming yillikda qanday muammolarning yechimi bizning diqqat e’tiborimiz turmog’i lozim? ¹” ( I.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. 1999-yil 3-bet.)
Madaniy me’ros - bu o’tmishdan qolgan qadriyatlar, g’oyalar, tajriba, bilimlar ularni o’zlashtirish usullari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va ularni tashkil qilish hamda uning natijasidir. O’zlashtirish yoki aniqrog’i madaniy me’ros jarayoni o’ta muhim bo’lib, madaniyatning harakatdagi siyosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insoniyatning o’tmishi, buguni va kelajagi bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi. Bor narsani izlash, ma’lum narsani ochish, qilinga kashfiyotni kashf etish kerak bo’lmaganidek o’tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shart emas. O’tmish bilan batamom uzulish mumkin emas. Insoniyat tarixida mutlaqo yangi madaniyat yaratishga urunishlar bo’lgan biroq bunday urunishlar xunuk natijalarga olib kelgan. Bunda 1920-yillarda Sovet Rossiyasida “proeetar madaniyati”yaratishga urunishi yoki madaniyat inqilobini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu “inqiloblar” jarayonida yangi madaniyat yaraladi, aksincha bori ham yo’q bo’ladi: qo’l yozmalar,kitolar, suratlar yoqildi; me’moriy yodgorliklar buzuldi, eng achinarlisi madaniy qadriyat egalari mavh qilindi. Oqibatda o’tmish bilan bog’liq uzviylik jamiyat ma’nan orqaga ketdi.
Madaniyatning me’yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodga meros qilib qoldirishni bildiradi. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asososiy e’tiborni qaratgan holda O’zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga harakat qilib jahon madaniyati rivojiga hissa qo’shmoqda. Bu borada jadal amaliy yo’llar qilinmoqda: xalqaro konkurs va fiestevallar o’tkazilishi, chet mamlakatlarning madaniy kunlari va san’at asarlari ko’rgazmasi namoyish qilindi, Hind madaniyat markazi, Fransuz madaniyat markazlari ochildi. Hozirgi kunda turli xalqlarning milliy markazlari 100dan ortdi.
O’zbekiston madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslash va uning jahon madaniyatidagi o’rnini munosib baholash ishtiyoqi ham kuchli. “Mirzo Ulug’bek va uning jahon sivilizatsiyaga qo’shgan hissasi” (1994) “O’zbekistonning jahonda tutgan o’rni va roli. Buxoro va jahon madaniyati”, (1995) “O’rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi” kabi mavzularda o’tkazilgan xalaqaro konfrensiya va semenarlarni ko’rsatish mumkin (1998). Ma’lumki, YUNESKO qarori bilan yer yuzida nishonlangan “Amir Temur va uning jahon tarixidagi o’rni” mavzusidagi (1996) konfrensiya misolida Porij shahrida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi” mavzusida ilmiy anjuman hamda ko’rgazma bo’lib o’tdi. Bu tadbirda xalqaro jamoatchilik Amir Temur, al- Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Bobur kabi buyuk yurtdoshlarimizning jahon tamadduni va madaniyati rivojiga qo’shgan munosib ulushini yuksak baholashni ko’rsatdi. Milliy an’anallar va ko’hna madaniyatimiz qayta yuz ocha boshlayapti. Ulug’ ajdodlarimizni yod eta boshladik. Ularni ma’naviy merosini o’zlashtirayapmiz. Prizident I.A.Karimov o’zning asarlari va nutqlarida ma’naviyat, tarbiyaga juda katta e’tibor qaratadi, ayniqsa uning quyidagi fikrlarida buni yaqqol ko’rish mumkin.
“… Hara qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir”! (Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. “Sharq” 1998-yil 5-bet)
Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyati bir biriga yaqin tushunchalardir. Ularni ma’naviy merosi, madaniyati, mafkura va qadriyatlar tashkil qiladi.
Prizidentimiz I.Karimov qayd etganidek, “Beshafqat davr sinovlarida omon qolgan eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, butun kutubxonamiz xazinasida saqlanayotgan 20 mindan ortiq qo’lyozma ularda mujassamlashga tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matimatika, fizika, ximya, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 10 minglab asrlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin …”!
Madaniy – ma’naviy meros o’zaro bir-biridan farq qilsada, ularning o’rtasida o’tib bo’lmas “Xitoy” devorini qo’yish ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etishning zamirida ham ma’naviyat – ya’ni insonning madaniy – ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dodi, aqli va nazariy bilim faoliyati yotadi. Madaniy va ma’naviy meros o’rtasida umumiylik ham farqli tomonlari ham mavjud.
Madaniy meros ko’proq umumiylik ustunlik qilsa, manaviy merosda uslubiylik ustunlik qiladi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tutashmaydigan qismiga milliy qadriyat deyiladi.
Ma’naviy boyliklar avloddan avlodga bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o’tadi va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o’tmishdagi, hozirgi davrdadi ma’naviy jihatdan g’oyat qimmatli, o’chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi.
Prizidentimiz aytganlaridek xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o’zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashga oqilona foydalanishimiz lozim. 1
Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalari, ulug’ shoir va mutafakirlarimiz yaratgan dunyoviy va badiiy asarlar, Qur’oni Karim, hadislar yassaviy va Baqirg’aniylar yaratgan diniy axloqiy ruhidagi asarlar, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojiblar yaratgan aqliy, pand-nasihat turidagi asarlar Najmiddin Kubro, Baxovuddin Naqshbandiy yaratgan inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta’limotlar, Navoiyning o’lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma’naviy boyligimiz hisoblanadi.
2.2. JAMIYATNING IJTIMOIY SOHASIDA MANAVIYATNING TUTGAN O’RNI VA AHAMIYATI
S Sivilizatsiyaning o’zi insonning madaniyati va ma’naviyati taraqqiyoti bosqichida ro’y beruvchi sifat jihatida yangi boshqichi bo’lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. Sizilizatsiya – ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo’lga kiritgan sifat jihatdan yangi, yuqori yutuqlari majmui.
Shunday qilib, madaniyati, madaniy meros, sivilizatsiyalar yutug’i jamiyat va inson manaviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlod voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o’tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qatiyan kirishildi.
Mustaqilligimizning o’tgan yillarida anashu merosimizni o’zlashtirish orqali chinakkam milliy tiklanishimizga erishdik. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.
Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat sharq balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamiyatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu-ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarishga ona yurtimizda tug’ulib kamolga yetgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Bu ko’hna tuproqda milodgacha bo’lgan davrda va undan keyingi qurilgan suv inshootlari hali hanuz o’zining ko’rki tarovatini saqlab kelayotgani sari atiqalarimiz qadim-qadimdan o’lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan 4 mingdan ziyod moddiy-manaviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro’yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bungungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-mingab qo’lyozmalar, ular mujassamlashgan tarix, adbiyot, san’at,siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matimatika, mineralogiya, kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilk va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xoli dunyoda kamdan-kam topiladi.
Ota-boblarimizning asrlar davomida to’planga hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yogorliklar orasida bundan qarib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida axloqiy o’rin tutadi. Avalambor, shuni aytish joyizki, oilis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo’ri mahsuli bo’lmish bu noyob yodgorlikning zamon to’fonlarida, qanchadan-qancha og’ir sinovlarda o’tib, bizning davrimizgacha yetib kelganing o’zida katta ma’no mujassam. Bunday o’lmas asori-atiqalar bu ko’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi. Misol uchun, “Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilni oladigan bo’lsa unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni, ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq holda ko’rsatilgani ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyoni shakillantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o’tkazib keganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi. Shu ma’noda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa “Alpomish” ana shu dostonning shox bayti, desak to’g’ri bo’ladi.2
Shu boyis “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning mozorlarimizni har qanday tajavvuzdan himoya qilishga o’rgatadi.
Bir paytlar, aniqrog’i, o’tgan asrning 50-yillarida, milliy merosimizning ko’pgina namunalari kabi, “Alpomish” dostoni ham millatchilik ruhidagi asar sifatida qaralib, qatag’onga uchragan edi. O’sha og’ir yillarda fidoyi ziyolilarimiz jasorat ko’rsatib, saqlab qolishga muvaffaq bo’lganliklarini butun minnatdorchilik bilan eslaymiz.
Bu o’lmas asarni xalqimiz asrlar davomida yaratgan, o’z iymon-e’tiqodidek asrab avaylagan, qancha avlod-ajdodlarimiz “Alpomish” dostoni asosida tarbiya topgan, o’zligini anglagan, ma’naviy boylikka ega bo’lgan. Demak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot.
Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram-sharqona yangi yil bo’lmish Navro’z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi.
`Ayniqsa, ko’p asrlar mobaynida xalqimiz qalbida chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni qadriyatimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlashimiz joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shavqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan anashu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g’arazli huruj va hamlalardan tuxmat va bo’xtonlardan ximoya qilish, uning asl mohiyatini unib o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizga to’g’ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g’oyalarini keng targ’ib etish vazifasi hamon dolzarb bo’lib kelmoqda. Ma’lumki, xalqimiz azaldan islom dini va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shib keladi. Bu haqiqatni jahon jamoatchiligi, butun musulmon yaxshi biladi va tan oladi. Nufuzli xalqaro tashkilot bo’lmish islom konfrensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzilmasi AYSESKO tomonidan Toshkent shaxrini 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinganini ham anashu yuksak e’tirofning yana bir tasdig’idir.
Musulmon olamining “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuxrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo’tabar zot merosining gultoji bo’lmish eng ishonchli hadislar to’plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom diniga Quroni Karimdan keyingi 2-muqaddas manbaa bo’lib, ahli islom e’tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug’i hisoblanadi.
Abu Iso Muhammad Ibn Sino, Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan, “Sunoni Termiziy” asari ham musulmon olamida anashunday yuksak qadrlanadi.
Mustaqillik eng ulug’ va eng aziz ne’mat. Ozodlik, hurriyat, erkinlik. Bu oiliy tushunchalarni yurakdan his qilish, anglab yashash – buyuk saodat.
Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosni tarixiy-me’moriy obidalarni asrash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayapti.
Mustaqil rivojlanish yillarida tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo’lga kiritdi. Buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o’zgarib, jahon hamjamiyatidagi o’rni va nufuzi yuksalib bormoqda.
“Pathcon-Assas Paris 11” Universiteti professori Jek Baraning ta’kidlashicha, madaniy va ma’naviy merosga, iqtisodiy, sayyohlik va inson salohiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston mamlakatini modernizatsiya qilish va demokratik yangilash yo’lidan shahdam borib, xalqaro munosabatlar tizimida alohida o’rin tutgan holda, jadal sur’atlarda rivojlanmoqda degan edi. Parij shahrida joylashgan Fransiya Geografiya jamiyatida O’zbekistonda olib borilayotgan demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar hamda dolzarb mintaqaviy muammolarga bag’ishlangan anjumanda:
Yurtimizda madaniyat va san’at, jumladan, musiqa rang-barangligini ta’minlash doimiy etiborda. Zero, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida milliy san’atimizni taraqqiy ettirish bilan bir qatorda, jahon san’atining ilg’or namunalarini ijodiy o’zlashtirgan va rivojlantirgan.
Mustaqillik yillarida zamonaviy O’zbek san’ati dunyo miqyosida yanada yuksak obro’ va e’tibor topayotganda iqtidorli yoshlarimizning xizmati kattadir, iste’dod egalarining baland parvozida ijodkor yoshlarni qo’llab quvvatlash mamlakatimizning davlat siyosatiga aylangani muhim ahamiyat kasb etdi.
Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o’tgan murakkab rivojlanish yo’llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki qayerda davlat va jamiyat taraqqiy etsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi o’z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo’yib, yashashi uchun yetarli sharoit yaratilgan bo’lsa, o’sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug’uladi. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakillantirish masalasi biz uchun g’oyat dolzarb ahamiyatga ega.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohatlarimizning samaradorligi avvalo xalq-ma’naviyatning shakillanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan bog’liqdir.
“Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko’z o’ngimizdan o’tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita dahldor dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar tarixiy an’analar, umuminsoniy, ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak”
Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo’lishi lozim? Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligimizning ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Bizning vazifamiz – shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish kerak.
Masalaning boshqa tomoni ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning to’la qonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo’lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o’choqlarini ko’paytirish va ularning sharoitini yaxshilash.
Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma’rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim. Va nihoyat shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi o’qtuvchilar va shifokorlar madaniy muassasalardagi va boshqa sohalardagi ko’plab mutaxasislar – chinakam ziyolilardir. Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimiga e’tiborni ko’paytirish kerak. Chunki ma’naviy boyliklarni aynan shular yaratadi.
Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalgam oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarning amaliy natijasi o’laroq, adabiyot va san’at, madaniyat matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo’lganini qayd etish joyiz. Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashmiz kerak. Ulug’ adib Cho’lpon aytganidek adabiyot yashasa – millat yashaydi. Qachonki milliy madaniyatning uzviy qismi bo’lgan teatr san’ati xususida so’z borar ekan, buyuk marifatparvar maxmud Xo’ja Behbudiyning “Teatr bu ibratxonadir” deb aytgan fikrini eslash o’rinlidir. Kino san’atining inson ongi va tafakkuri, jamiyat hayotiga ta’siri beqiyos ekanini hisobga olgan holda istiqlol yillarida milliy kinomotografiyani ham har tomonlama rivojlantirish, bu borada zarur moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha amalgam oshirilgan keng ko’lamli chora tadbirlar tufayli yangi-yangi filmlar suratga olinmoqda, ular orqali tariximiz va bugungi hayotimiz bilan turli mavzular yoritilmoqda. Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimining rivoji tasviriy san’at namunalarimiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’zbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi yutuqlarni qo’lga kiritayotganni, bu sohaga ko’plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani uchun uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi.
Bugungi kunda poytaxtimizning Amir Temur, Samarqanddagi Ko’ksaroy, Shaxrisabzdagi Oq saroy maydonida Sohibqiron siymosida doimo nur jilvalanib turganini ko’rishimiz mumkin. Farg’ona shahrida Ahmad Farg’oniy, Urganchda Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida Alisher Navoiy, Poytaxtimizda G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa “El-yurt tayanchi” va boshqa ko’plab monumental san’at asarini barpo etishga muyassar bo’ldik. 2010- yida Ko’hna va Boqiy Buxoro “manument”i ham bunga misol bo’ladi.


XULOSA
XXI asr axborot asri, axborot texnologiyalari asri bo‘lib kirib keldi. Ana shu 
asrda keng qamrovli va jadal sur’atlarda tarqalayotgan informatsiyalar insonning istaklarini, qarashlarini o‘zgartirishi, fikriga 
ta’sir qilishi mumkin. «Eng asosiy narsani ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydi» degan qudratli targ‘ibot kuchlari 
kishini hamma yerda va har kuni qurshab turadi. Endilikda xilma-xil usullarda olib borilayotgan 
mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotning asosiy ob’ekti, maqsadi inson qalbi va ongi uchun kurash 
maydoniga qaratilmoqda. Bu kuchlarning maqsadi insonni nimagadir ishontirish, nimagandir undash, nimagadir og‘dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o‘z 
diniga e’tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba’zi davlatlar o‘zining «katta og‘a» ekanini uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni bo‘lganidek, bu g‘oyaning ikkinchi tomoni teskari 
tomoni bo‘lishi ham mumkin. Agar o‘sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki 
sotayotgan bo‘lsa, uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi? Agar
o‘sha dindor, din chetda qolib, davlat tuzumini ag‘darishga chaqirayotgan
bo‘lsa, uning buzg‘un-chiliklarini kim gapirishi mumkin. Yoki jahonda «katta 
og‘a»larning qo‘lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntir-adi? Ana shu targ‘ibot va aksil targ‘ibotni kim amalga oshiradi?
Inson qalbi va ongi uchun kurash jarayonida g‘oya va ong munosabati birinchidan, muayyan g‘oya inson tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Ikkinchidan, muayyan g‘oya shaxs ongida faqat axborot sifatida saqlanib qolishi, ya’ni keraksiz buyum kabi, inson ongining bir chetida «chang bosib» yotaverishi mumkin. Birinchi holatda g‘oya inson ongida hyech qanday iz qoldirmaydi, ikkinchi 
holatda esa, u shaxs uchun hyech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmaydi g‘oya faqat inson qalbini egallagan, ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangan 
taqdirdagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, faoliyat dasturiga aylanadi. Shuning uchun ham, bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh maqsadi inson qalbini zabt etish orqali uning ongini egallash bo‘lib qolmoqda.
«Bugungi kunda insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan 
qurol-yarog‘lar yer kurrasini bir necha bor 
yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamon-dagi eng katta xavf insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. 
Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hyech qachon unutmaslik lozim» degan edi Prezidentimiz Islom Karimov.
Hozirgi paytda rivojlangan davlatlar qudratli targ‘ibot tizimiga ega bo‘lishga intilmoqda. 
Masalan, o‘z faoliyatining targ‘ibotiga AQSh hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflayapti. Fransiya ham o‘z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frank sarflamoqdi. Bu ma’lumot 
targ‘ibotlar nafaqat dinda, biznesda balki siyosatda ham, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham muhim ahamiyatga ega. Demak, rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan sira voz 
kechmagan. Puxta ishlab chiqilgan strategik yo‘nalish davlat istiqbolini belgilaydi. O‘zbekistonning strategik maqsadlari Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan, «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» kabi asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish, ularni g‘oyalar shaklida singdirish zaruratga aylanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ‘iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko‘rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O‘zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ‘ib qilishni talab etadi. Bunday targ‘ibot islohotlarni «mafkuraviy asosda ta’min-lash»ga xizmat qiladi.



Download 44,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish