Mundarija: Kirish I bob rus davlatining tashkil topishi



Download 66,44 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi66,44 Kb.
#677953
Bog'liq
oʻrta asrlar


Mavzu:O’rta asrlarda rus madaniyati

Mundarija:


Kirish
I BOB Rus davlatining tashkil topishi
1.1.IV-XIIasrlarda Kiyev Rusi davlati
1.2.Kiyev Rusiga Mo’g’ullar istilosi
II BOB Buyuk Rus madaniyati
2.1 Rus madaniyatining o’ziga xosligi
2.2. Mo’g’ullarning Rus madaniyatiga ta’siri
III BOB “O’rta asrlarda Rus madaniyati” mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
3.1. Mavzuni o’tishda zamonaviy metodlardan foydalanish
3.2. Mavzuni o’tishda prezintatsiya va slaydlardan foydalanish

XULOSA


GLOSSARIY

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



KIRISH

Madaniyat inson faolitati va shu ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa adabiyot, badiiy tasvir, me’morchilik,teatr, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon bo’lishi mumkin. Madaniyat jamiyat, inson ijodiy kuch va qobilyatlaritarixiy taraqiyotining muayyan darajasi.Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko’rinishlarida shuningdek ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi.Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr,konkret jamiyat,elat va millat,shuningdek,inson faoliyati yoki turmushining o’ziga xos sohalarini izohlash uchun qo’llaniladi.Tor ma’noda madaniyat atamasi kishilarning faqat manaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.


Madaniyat arabcha madina (shahar) so’zidan kelib chiqqan.Arablar kishilar hayotini ikki turga:birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar.Badaviylik ko’chmanchi holda dasht-u sahrolarda yashovchi xalqlarga,madaniylik shaharda o’troq holda yashab o’ziga xos turmush tarziga ega bo’lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.
Yevropada madaniyat deyilganda dastlab insonning tabiatga ko’rsatadigan maqsadga muvofiq ta’siri,shuningdek,insonga ta’lim tarbiya berish tushunilgan .Lotincha “cultura” yerni ishlash parvarishlash degan ma’noni anglatgan.Ruschadagi kultura so’zi ham shundan olingan.Madaniyat faqat mavjud norma va urf odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas balki ularga rioya qilish istagini rag’batlantirishni ham o’z ichiga olgan.Madaniyatga bunday ikki yoqlama yondashuv har qanday jamiyatga xos. Ellinlar madaniyatsiz varvarlardan o’zlarining asosiy farqini “paydey”ya’ni “tarbiyalanganlik”da deb bilganlar.Qadimgi Rimning so’nggi davrlarida madaniyat tushunchasi ijtimoiy hayotning shahar turmush tarzini ifodalovchi mazmunlar bilan ham boyigan va o’rta asrlarga kelib keng tarqalgan.Bu tushuncha keyinchalik kelib chiqqan sivilizatsiya tushunchasiga yaqin turadi.
Fan texnika taraqqiy topgan sharoitda ko’pgina sotsiologlar va madaniyatshunoslar madaniyatning yagona g’oyasini izchil amalga oshirish mimkin emas degan qoidani ilgari surdilar.Bu polisentrizm,G’arb bilan Sharqning azaldan qarama qarshiligi va ijtimoy taraqqiyotning boshqa umumiy qonuniyatlarini inkor etuvchi nazariyalarda o’z ifodasini topgan.
Madaniyatning ikki asosiy turi moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishga qarab moddiy va ma’naviy madaniyatga bo’linadi.Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini hamda uning natijalarini o’z ichiga oladi.Ma’naviy madaniyatga ong,ma’naviyat sohalari kiradi.har bir jamiyat o’z madaniyat tipiga ega.Jamiyatlarning almashinishi bilan madaniyat tipi ham o’zgaradi,biroq bu xol madaniyat taraqqiyoti uzulib qolganini,eski madaniyat yo’q bo’lib madaniy me’ros,o’tmish qadriyatlardan voz kechilganini anglatmaydi.Zotan har bir yangi jamiyat o’zidan ilgargi jamiyatning madaniy yutuqlarini zaruriy ravishda me’ros qilib oladi va ularni ijtimoiy munosabatlarni yangi tizimiga kiritgan.
Uzoq vaqt davomida madaniyat so’zi insonning jonsiz tabiatga ta’sirini bildirish uchun ishlatilgan va faqat XVII asrdan boshlab u kengroq ma’noda inson tomonidan yaratilgan hamma narsaga nisbatan qo’llanila boshlaydi.Bugungi kunga qadar jamiyat va inson bilan bog’liq har bir fan ushbu hodisaga o’ziga xos yondashuvni ishlab chiqdi.Shuning uchun aytishimiz mumkinki,bu hodisaga alohida tarixiy ,falsafiy,sotsiologik,etnografik,antropologik,sanoatshunoslik kabi yondashuvlari mavjud.Madaniyat so’zi turli kontekstlarda umumiylik darajasidagi hodisalarga nisbatan qo’llanganligi sababli ancha noaniqdir.Madaniyat hodisasi nihoyatda boy va xilma xildir.Amerikalik olimlar Alfred Krober va Klayd Klyukhonning hisob kitoblariga ko’ra 1871-yildan hpzirgi kungacha madaniyatga 500 dan ortiq ta’riflar berilgan (boshqalarning fikriga kora bu ko’rsatgich 1000 ga yaqin).Madaniyatga turli nuqtai nazardan qaraladi.Ko’pgina faylasuflar ma’rifatparvarlar shuningdek,nemis shoiri va faylasufi F.Shiller madaniyatni insondagi inson darajasi,uning ichki ma’naviy boyligi deb tushunganlar.F.Nitshe madaniyatni xalqning turmush tarzi deb belgilagan. Rus faylasufi N. Bertyaev uchun madaniyat “xalqning tirik taqdiri”vazifasini bajaradi.
I.BOB Rusdavlatining tashkil topishi
1.1.IV-XII asrlarda Kiyev Rusi davlati

Rus yilnomalarida varyaglar haqida “O’tmish yillar yilnomasi” qissasida sharqiy slavyan qabilalari hududlari, knyazlikning vujudga kelishi haqida ko’plab ma’lumotlar berilgan. IX asrda Sharqiy Yevropadan musulmon sharqini xristian g’arbi bilan bog’lovchi savdo yo’llari o’tgan. Xazar xoqonligiga bo’ysungan polyanlar, saveryanlar, radimichlar, vyatichlar ularga boj-yasoq to’lab turganlar. Shimoldan varyaglar hujumlar qilib turganlar. Ayni varyaglardan slavyanlar knyaz yuborishni iltimos qilib elchi yuborganlar. Taklifga binoan uch aka-ukalar: Ryurik, Sineus, Truvorlar kelib, Novgorod, Beloozer va Izborskda knyazlik qila boshlaydilar.ikki yil o’tib Sineus va Truvor vafot etib Ryurik yagona hukmdor bo’lib qoladi. 879-yilda Ryurik vafot etganida, o’g’li yosh bo’lganligi sababli, hokimiyat uning yaqin qarindoshi Olegga o’tadi.


Novgorod kyazi bo’lgan Oleg 882-yilda Kiyevga yurish qilib, yo’l-yo’lakaySmolenskni ham egallaydi. Oleg va keying Kiyev knyazlarining asosiy muammolari Xazar xoqonligidan ozodlikka erishish, sharqiy bslavyan qabilalarini birlashtirish, Vizantiya bilan savdo bo’lgan. Oleg tez orada shimolda Ladoga ko’lidan janubda Dneprning quyi oqimidagi yerlarga qadar hududlarni birlashtiradi. 907-yili Oleg qo’shini Vizantiyaga hujum qilib katta to’lov undiradi. Uning vafotidan so’ng taxtga kelgan Igor (912-945) dastlab Kiyevga bo’ysunmay qo’ygan drevlyanlarga, so’ng Rus chegaralariga kelgan bijanak qabilalariga qarshi urush olib borgan. Knyaz X asrning 40-yillarida Vizantiyagaqarshi ikki marta yurish qiladi.Urushlarda harbiy g’alabaga erishmasada, Vizantiya bilan manfaatli shartnomalar tuziladi.
Knyaz Igor 945-yili drevlyan qabilalaridan boj undirish uchun qilingan yurishda halok bo’lib, o’g’li Svyatoslav yosh bo’lgani sababli hokimiyatni rafiqasi Olga boshqaradi. Svyatoslav (964-972) boshqaruvi davrida xazarlar ustidan g’alabaga erishadi. 966-yili Dunay ortiga yurish qilininib, bolgarlar mag’lub etiladi. Lekin Vizantiyaga qarshi yurishdan qaytayotgan Svyatoslav bijanaklar bilan jangda halok bo’ladi.
Svetoslavning o’g’illari yaropolk, Oleg, Vladimirlar dastlab davlatni ahillik bilan boshqaradi.keyinchalik ular orasida nizo chiqib, Oleg halok bo’lib, Vladimir Shvetsiyaga qochadi. Lekin Vladimir kuchli norvegiyalik drujina bilan qaytib, datlab Novgorod knyazligini egallaydi.980-yili esa barcha Rus yerlari hukmdoriga aylanadi.
Vladimir Svyastovislavich (980-1015) sharqiy slavyan qabilalarini Kiyev Rusiga birlashtiradi. 981-yili Cherven shahri hamda viloyati va Peremishlni knyazlikka qo’shib oladi. 982-yili Karpat tog’larining har ikki tomonidagi xorvatlar yerlari egallanadi. 983-yili Rus drujinalari prusslar bilan chegaradosh yashagan rus aholisi va yatvyaglarga qarshi yurish qiladi. Vyatichlar joylashgan hududlar 981-yili kiyev Rusiga qo’shib olinadi. Oradan uch yil o’tib, 984-yili Pishane daryosi bo’yidagi jangdan so’ng Kiyev radimichlar ustidan ham o’z hukmini o’rnatadi. Shu tariqa, barcha sharqiy slavyan qabilalari yaxlit davlatga birlashtiriladi. Yevropa xaritasida yangi davlat – Kiyev Rusi paydo bo’ladi.
Xristianlik bilan Rus avvaldan tanish edi. X asr boshlarida knyaz Igorning drujinachilari orasida xristianlar bo’lgan. Knyagina Olga ham xristianlikni Vizantiyada bo’lganda qabul qilgan. Rusda xristianlikning 988-yili qabul qilinishi yozuv va savodxonlikni tarqalishiga, Rusning boshqa xristian davlatlari bilan yaqinlashuviga, rus madaniyatining boyishiga imkon yaratdi.
X asr oxiri – XI asr boshlarida Rusda katta o’zgarishlar yuz berdi. Kiyev Rusi knyazi o’z o’g’illarini turli viloyat va shaharlarga noiblikka tayinlab, ular orqali mamlakatni boshqargan. Viloyat noiblari boshqaruvda o’z drujinasi va mahalliy zodagonlarga tayanganlar. An’anaviy xalq vechelari, qabila yig’inlari o’tmishga aylana boradi. “Minglik “ harbiy tashkiloti knyaz hokimiyatiga bo’ysundirildi. Rus qonunlari takomillashib boradi. Yillar o’tib erkin jamoa a’zolari bo’lgan qishloq aholisi qaram dehqonlarga aylanib, ularning yerlari knyazlar, boyarlar, drujinachilar, cherkovnikiga aylandi. Yaroslav Vladiromirovich (1015-1054) davrida Novgorodda ijtimoiy kurashning kuchayishi “Rus haqiqati” ning tuzilishiga olib keladi. Unda novgorodliklar Kiyev knyazlari bilan huquqlarida tengligi tan olinadi. Hujjatda jamiyatdagi turli toifalar : xizmatkorlar, savdogarlar, drujinachilar, dehqonlar va boshqalar mavjudligi ta’kidlanadi. Novgorod knyazi Yaroslavning ukase Svyatopolk bilan o’zaro urushlarida unga ko’maklashgani evaziga ma’lum imtiyoz va erkinliklarga, yorliq va o’z ustaviga ega shaharga aylandi. Yaroslavning Donishmand laqabi, unga faqat qonunlar va boshqaruv tizimini yaratgani uchun emas, kitobga va bilimga qiziqishi sababli ham berilgan. Yaroslav knyazligi davrida Rusning janubiy sarhadlari mustahkamlanishi davom etiladi. Volga daryosi sohilida Yaroslav shahri, shimoli- g’arbda – estlar yerida Yurev bunyod etiladi. Kiyev qo’shini 1036-yili bijanaklarni yengishi oqibatida, Kiyevdan janubdagi ko’plab turkiy ko’chmanchi qabilalari: turk, bijanak, berendeylar o’troqlasha boshlaydilar.
Qipchoqlarga qarshi kurashish zaruriyati Rus knyazliklarini birlashishiga undaydi. Lekin 1097-yilgi Lyubechdagi syezd “ barcha o’z yeriga egalik” qilsin degan qarorni qabul qilib, Rus yerlaridagi siyosiy tarqoqlikni qonuniylashtiradi. Faqat 1101-yilga kelib, knyazlar o’zaro yarashib,keying yili qipchoqlarga qarshi yurishlarni mo’ljallashadi. Vladimir Monamax 1103-yili Svyatopolk huzuriga Dolobskga kelib, uni dala ishlari boshlangunga qadar yurishga chorlaydi. Rus Ettita knyazlarining birlashgan qo’shini Dnepr bo’ylab qayiqlada va otlarda janubga siljib, so’ng sharqqa – dasht tomonga buriladi. Rus drujinalari hujumini kutmagan qipchoqlar qochishga tutinadilar, g’oliblar katta o’ljalar bilan bir qatorda, asirlar olib, asirlikdagi o’z yurtdoshlarini xalos etishadi. 1107- yildan so’ng urush harakatlari dushman hududiga ko’chiriladi. Vladimir Monamax (1113-1125) Kiyevda knyazlik qilgan paytda qipchoqlar bilan urushlar faqat ular yashagan hududlarda olib borilgan. Monamaxning o’limidan so’ng, qipchoqlarning Rus yerlarini talashga qaratilgan harakatlarini Monamaxning vorisi Yaropolk qaytaradi. Lekin uning o’limidan so’ng, hokimiyatni qipchoqlar bilan do’stlashgan Vsevolod olib, u avvalgi amaldorlarni chetlatadi. Vsevoloddan so’ng Kiyev knyazligi Monamaxning nabirasi Izyaslavga o’tadi. Endilikda qipchoqlar muammosida uning amakisi Yuriy Dolgorukiy o’z maqsadida – qanday bo’lmasin, Kiyevni olish uchun foydalanishga intilgan. Aepaxonning kuyovi bo’lgan bu knyaz qipchoqlarni Kiyevga qarshi besh marta boshlab kelib, hatto o’zining ona shahri Pereyaslavning talanishiga sababchi bo’ladi. Knyaz Yuriy Vladiromivich Kiyev taxtiga erishsa –da, davlatni uzoq boshqara olmadi. Uch yil o’tmasdan, uni zaharlab o’ldirishadi.

Kiyev knyazligi Ros daryosi havzasida yashagan torg va boshqa turkiy qabilalar bilan hamkorlikda 1159- 1160 va 1162-yillar qipchoqlarga nzarba berishga erishadi. Ammo o’zaro kurashlar g’alaba natijalarini yo’qqa chiqaradi. XII asrning 70-yillarida Don dashlarida Konchak xon boshchiligida qipchoqlarning yirik davlat birlashmasi shakllanadi. 70-80-yillarda Rus knyazliklarining qipchoqlarga qarshi kurashi goh g’alaba, goh mag’lubiyat bilan davom etib, muvaffaqiyatsizliklariga uchrashishining asosiy sababi, siyosiy tarqoqlik bo’lgan. Undan tashqari, hokimiyat uchun kurashayotgan knyazlarningaksariyati qipchoqlar bilan ittifoqqa kirib, ulardan yordam olishi ham vaziyatni murakkablashtirgan. 1202-yili qishda Volin knyazi Roman Mstislavich qipchoqlarga qarshi yurish qilib, ko’plab asirlarni xalos etadi. 1206-yilning aprelida Ryazan knyazi Roman dashtliklariga zarba berib, ko’plab chorvani qo’lga kiritib, asirlarni ozod qiladi. Bu Rus knyazlarining qipchoqlarga qarshi so’nggi yurishi edi.


XII asrning o’rtalarida qachonlardir yaxlit Kiyev Rusi 15 ta mustaqil knyazliklarga bo’linib ketadi. Vladimir – Suzdal, Polotsk – Minsk, Turov- Pinsk, Smollensk, Murov – Ryazan, Chernigov, Kiyev, Pereyaslavel, Galich – Volin, Tmutarakan knyazliglari, Novgorod respublikasi va keyinchalik ulardan ajralib chiqqan Pskov knyazligi bo’lgan. Ulardan eng yiriklari Vladimir – Suzdal hamda Galich- Volin knyazliklari va Novgorod respublikasi bo’lgan. Vladimir- Suzdal knyazligi hududida o’rmonlar ko’p bo’lib, XII asrda Moskva o’rmon yonida joylashgan edi. IX asrga qadar bu hududa sharqiy fin-ugor qabilalari: merya, ves va muromlar yashab, qo’shni slavyan – krivichlar va vyatichlar bilan asta-sekin aralashib ketganlar. XI asr oxiridan bu hududlarga Novgorod va Smolensk yerlaridan, so’ng feudal urushlari va qipchoqlar bosqini davrida janubiy viloyatlardan ko’chib kelgan aholi joylashgan. Janublik aholi bilan ko’plab daryo va shaharlar nomlari ham kelib qolgan. Xususan, Libed, Irpen, Trubej daryochalari, Zvenigarod, Galich, Vishgarod, Starodub va boshqa shaharlar nomlari shu tariqa paydo bo’lgan. Ular qatorida yangi shaharlar – Moskva, Nijniy, Novgorod, Dmitrov, Kostroma, Buyuk Ustyug, Gorodets va boshqalar ham bo’lgan. O’lkada XIII asrga kelib, 80 ga yaqin shaharlar bo’lgan. Savdo- hunarmandchilik bilan shug’illanuvchi aholi XII-XIII asrlarda, ayniqsa, yosh shaharlarda tez ko’payadi.
Yuriy Dolgarukiyning o’g’li Andrey Rostov – Suzdal yerida (1157-1174) knyazlik qiladi. U Rusdagi eng kuchli knyazlardan biri edi. Andrey ham otasi singari Kiyev va Novgorod ustidan o’z hukmronligini o’tkazishga intilgan. U 1169-yili Kiyevga va uni egallashga intilgan knyazlarga zarba beradi. Shundan so’ng Andrey Novgorodda ham o’z kishisini knyazlikka qo’yishga erishadi.Knyaz Andrey Rostov – Suzdalda o’z mavqeini kuchaytirish uchun kuchli boyarlarga qarshi kurashadi. Andreyni Vladimir va boshqa yosh shaharlar qo’llaydi. Natjada, knyaz poytaxtni Vladimirga ko’chirib, uning yaqinidagi Bogolyubovoda o’z qarorgohini bunyod etadi. Knyazning Bogolyubskiy laqabi ham anashu joy nomidan olingan. Lekin Andrey ham kurashni yakuniga yetkaza olmaydi. Boyarlar fitnasi knyazning o’limiga sabab bo’ladi. Fitnachi boyarlar ikki yil davomida aholini talab, zulm o’tkazadi. Taxtga Andreyning ukase Vsevolod Yurevich (1176-1212) kelib knyazlik hokimiyatini mustahkamlay boshlaydi. Boyarlarga qarshi kurashgan knyaz, savdogarlar va boy hunarmandlarga qator imtiyozlar beradi. Vsevolod Novgorodni o’zi yuborgan knyaz, amaldor va noiblarni qabul qilishga majbur etadi. Kiyev knyazi Vsevolodning hokimiyatini tan oladi. Sharqda Vladimir- Suzdal lashkari bulg’orlarga Volga bo’yida – mordvalar va boshqa elatlarga qarshi yurishlar qilgan. Vladimir shahri Volga daryosi orqali Kavkaz va Xorazm bilan savdo-sotiq olib borgan. Lekin knyazning qudrati Rus yerlarida emas, Vladimir- Suzdal knyazligida ham siyosiy tarqoqlikka chek qo’ya olmaydi.

Vsevolodning vafotidan so’ng knyazlikda yana feodal urushlar boshlanadi. Vsevolodning o’g’illaridan biri Konstantin 1216-yilda buyuk knyaz bo’ladi. Ammo knyazlik qator mustaqil mulklarga bo’linib, ularni Vsevolodning o’g’illari boshqargan. Faqat Yuriy Vsevolodovich davrida (1218-1238) knyazlik kuchayib, sharq tomonga kengaya boradi. Bulg’orlarga qarshi yurishdan so’ng, 1226-yili Volga sohilida yangi – Nijniy Novgorod shahriga asos solinadi. Vladimir feodallari mordvalar yerlarini egallash imkoniga ega bo’ladilar. Yuriy va boshqa mahaliy knyazlar buyuk Novgorodni hamda Ryazan va Smolensk knyazliklarini bo’ysundirishga kirishadi. Suzdal knyaziYaroslav Vsevolodovich 1236-yili Kiyev knyazligini olsa, uning o’g’li Aleksandr (keyinchalik – Neviskiy) – Buyuk Novgorod knyazi bo’ladi.


Buyuk Novgorod. Novgorodyerlarining markazi – Buyuk Novgorod Volxov daryosi sohilda bo’lgan. Novgorod yerlariga faqat slovenlar emas balki, void, ijor, karel, chud va boshqa fin-ugor qabilalari yerlari ham kirgan. Novgorod o’z yerlarini Boltiqbo’yi tomonga, ujoyda bunyod etilgan YUrev (Tartu) shahriga tayanib kengaytirgan. XI asrdayoq Novgorodliklarning Oq dengiz va Ural tog’lariga siljishi boshlangan. Novgorod yeri aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik bo’lgan. Ov, baliqchilik, tuz tayorlash va yovvoyi asal yig’ish xo’jalikning yordamchi tarmoqlari hisoblangan. Knyazlikdagi o’ziga xosliklardan biri cherkov va monastirlar, savdogarlar qo’lida yirik yer-mulklarning to’planishi bo’lgan. XI-XII asrlardan jamiyat hayotida pulning o’rni oshib borgan. Feodallar dehqonlarni yerga biriktirib, bir xo’jayindan boshqasiga o’tishni cheklashga intilganlar. Novgorod va boshqa shaharlarda hunarmandchilik ancha taraqiy etgan. Eng rivojlanga hunar turlari: duradgorlik, kulolchilik, ko’nchilik, temirchilik va zargarlik bo’lgan. Novgorod atrofidagi Pskov, Ladoga, Staraya Rusa, Velikie Luki shaharlarida ham ko’plab hunarmandlar yashagan. Hunarmandlar faqat buyurtma bo’yicha emas, bozorga ham buyum tayyorlaganlar. Novgorodning ichki va tashqi savdosi ham gullab-yashnagan. Bunga hududning qulay geografik o’rni ham qo’l kelgan. Novgorod savdogarlari Gotland oroli, Shvetsiya, Daniyaga muntazam qatnagan. XII asrning ikkinchi yarmidan novgorodliklar Ganza shaharlari bilan savdo-sotiq qila boshlaydilar. G’arbiy Yevropaga mo’yna, sham, zig’irpoya tolasi, yog’, tyulenyog’I va morj dandonlari, hunarmandchilik buyumlari olib borilgan. Novgorodga G’arbdan movut, vino, ziravorlar, kamyob buyumlar keltirilgan. Kiyev Rusining boshqa knyazliklari, ayniqsa, Vladimir-Suzdal bilan savdo ham keng ko’lamda olib borilgan. Savdogarlar o’z hamkorlik tashkilotlarini tuzganlar. Novgorodda savdogarlar va boy hunarmandlarning yuqori qatlami XI asr oxiri – XII asr boshlarida kuchayib boradi. Savdo va sudxo’rlik bilan bog’liq boyarlar va monastirlar ham yuqori mavqega ega edilar. XI-XII asrlardagi Novgoroddagi feodallarga qarshi chiqishlar odatda Kiyevdan mustaqillikka erishish tusini olgan. Novgorod 1015-yildayoq buyuk knyazga boj to’lashdan bosh tortadi. 1102-yildan esa Novgorod, buyuk knyazning o’g’lini qabul qilmay o’z knyazini saylay boshlaydi. Shu tariqa, Novgorodda feudal respublikasi turidagi davlat tuzilmasi shakllanadi.
1136-yili knyaz Vsevolod boshqaruvidagi kamchiliklari uchun hokiyatdan chetlatilib, surgun qilindi. Natijada, Novgorod boyarlariorasida hokiyat uchum kurash kuchayadi. Mustaqillikka intilgan Pskov knyazi Vsevolodni qabul qiladi. Novgorod vechesini boyarlar boshqargan. Ijro hokimiyati boyarlar qo’lida bo’lgan. Yuqori lavozimlarga ham aksari boyarlar saylanib, ularning lavozimi bmerosiy tus olgan. Lavozimlar orasida birinchisi Novgorod yepikopi bo’lgan. Yepiskop xazinani saqlagan, davlat yerlarini boshqargan, tashqi siyosatni olib borishga javob bergan, tosh-u tarozilarni nazorat qilgan, cherkov sudini boshqargan. Uning saroyida Novgorod yilnomasi bitilgan, o’z xizmatkor zodagonlari va harbiy bo’linmasiga ega bo’lgan. Yepiskop yirik boyarlar va amaldorlardan tashki topgan “kengash”ni boshqargan. Yana bir muhim lavozim – posadnik Novgorod sudini boshqarishidan tashqari, lavozimlarga tayinlash yoki chetlatish, knyaz faoliyatini nazorat qilish, u bilan birga harbiy yurishlarda ishtirok etish bilan shug’illangan. Pasadnikning yordamchisi mingboshi (tysyatskiy)bo’lgan. U xalq lashkarini, savdo sudini boshqargan. Novgorodda knyaz ham bo’lib, u drujinasi bilan politsiya, urush paytida barcha harbiy kuchlar qomondoni vazifasini bajargan. Knyazning boshqaruv ishlarida ishtirok etishi va sud qilishi, uning boyarlari va drujinasi esa Novgorod respublikasida yer-mulkka ega bo’lish, savdoda qatnashishi taqiqlangan. Veche knyaz bilan shartnoma tuzib, unga maosh to’lagan. Rusdagi siyosiy tarqoqlikdan foydalangan Novgorod ko’pincha mustaqil bo’lgan. Ammo boyarlar orasidagi hokimiyat uchun kurash, respublikaning qayta qaramlikka tushishiga sabab bo’lavergan. XIII asrning 20-yillarida Novgorod Vladimir –Suzdal knyazi Vsevolodning o’g’li Yaroslavni knyazlikka qabul qiladi.
XIII asrdan Novgorod uchun yangi dushman – nemis knyazlari ritsarlarining bo’linmalari va Litva paydo bo’ladi.


    1. Kiyev Rusiga Mo’g’ullar istilosi

Ruslarning mo’g’ullar bilan ilk to’qnashuvi qipchoqlar xoni Kotanqo’shini tarkibida 1223-yilning 31-mayida Kalka daryosi bo’yidagi jangda bo’ladi. Qipchoqlar qo’shini tarkibidagi Galich, Volin va boshqa knyazliklar harbiy bo’linmalari ham katta talofat ko’radi. Oltita knyaz halok bo’lib, Galich va Volin knyazlari qochib qutiladi. Mo’g’ullarning yangi urushlari Botuxon va Subutoy bahodir boshchiligida 1237-yil boshlanadi. Istilochilar o’sha yilning qishida Ryazan knyazligiga bostirib kiradi. Ryazan knyazining Vladimir va Chernigovlardan yordam so’rab yuborgan murojaatlari e’tiborsiz qoladi. Knyazlikning evpatiy Kolovrat boshchiligida to’plagan so’nggi 1700 kishilik durijinasi partizanlik usuliga o’tib, qator janglarda dushmanga talofat keltirsada vaziyat o’zgarmaydi. Vladimir knyazi Yuriy Vsevolodovichning katta qo’shin to’lay olmay dushmanga qarshi yuborgan alohida harbiy bo’linmalari ketma-ket mag’lubiyatga uchragan. 1238-yilning fevralida mo’g’ullar shaharni qisqa qamaldan so’ng egallab, vayron qiladi. Shahar talanib, ko’plab kishilar asirlikka olib ketiladi. Knyazning so’nggi harbiy kuchlari 1238-yil martida Sit daryosi yaqinidagi jangda yengilib, Yuriy halok bo’ladi. Shundan so’ng, mo’g’ullar Torjokshahrini egallab, aholisini qirib tashlaydi. Kozelsk shahrini olib, aholisini qirg’in qiladi. Vladimirning yangi knyazi Yaroslav Vsevolodovich (1238-1246) qishloq xo’jaligi va shaharlarni tiklashga kirishadi.
Botuxonning Rus yerlariga yangi hujumi 1239- yili boshlanadi. Istilo yo’nalishi g’arb tomonga yo’naltirilib, Janubiy Pereyaslavl, Gluxov shaharlari olinib, so’ng vo’lga bo’yidagi Murom va Meshera yerlari egallanadi. Botu qo’shini 1240-yil so’ngida Kiyevga yaqinlashdi. Kiyev hokimi Dmitr qo’shinlarining mardonovor jang qilishiga qaramasdan, shahar 6-dekabrda olinadi. G’arbiy Yevropada yurishlar 1242-yilning yoziga qadar davam etib, so’ng mo’g’ullar Volgabo’yi dashtlariga qaytgan. Yevropalik sayoh Plano Karpini Botuxon tomonidan vayron etilganidan olti yil keyin Kiyevda 200 ga yaqin butun uy saqlanganini yozgan. Ayni paytda knyazlarning o’zaro urushlari, mo’g’ullarning talonchilik bosqinlari davom etishi jarayonga salbiy ta’sir o’tkazadi. Jumladan, mo’g’ullarning 1281-yilgi bosqini Shimoliy – Sharqiy Rus yerlariga katta talofat keltiradi. Knyazlarning o’zaro urushlarini mo’g’ullarning talonchiliklari ham to’xtata olmaydi. O’rda qo’shini 1293-yildagi yangi nizolar paytida 14 yirik shahar va volostlarni talaydi. E’tiborga moligi, 80-yillardagi knyazlarning o’zaro urushlari paytida buyuk knyaz Tver va Moskva knyazlariga tayanib, o’z mavqeini saqlab qoladi. Buyuk knyaz qo’shini 1285-yili unga muxolif knyazlarning O’rda qo’shini ko’magidagi yurishlarini bartaraf etadi.
Botuxon 1243-yili yevropaga yurishlarini yakuniga yetkazadi Rus manbalarida Oltin O’rda deb ham nomlangan bu davlatning poytaxti Volganing quyilishidagi saroy shahri bo’lgan. Keyinchalik poytaxt Saroy Berkaga ko’chiriladi. Oltin O’rdani Jo’ji ulusi yoki chingiziylar avlodidan qurultoyga saylanga xon tomonidan boshqarilgan. Ulusdagi yaylovlar va ko’chmanchi aholi xon sulolasi a’zolari va no’yonlar orasida taqsimlangan. Yirik bosqoqlar, dorug’alar va boshqalar bo’lishgan. Xo’jalik asosini ko’chmanchilar xo’jaligi – ayllar tashkil etgan. Dehqonlardan – qozon, chorvadorlardan –qopchur solig’I olingan. Tez orada Oltin O’rdaning o’zi ham parchalana boshlaydi. Jumladan, Qora dengizning shimolidagi hududlar dorug’asi No’g’ay ma’lum muddat Oltin O’rdaga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Mo’g’ullar Rus yerlarini birdaniga istilo qilmagan. Shimoliy-sharqiy va g’arbiy yerlar bosqinga uchramagan. Galich – Volin hudulari shimoli-sharqdagi yerlarga nisbatan kam vayron qilingan. Botuxon 1243-yili o’z huzuriga Vldimir knyazi Yaroslav Vsevolodovichni chaqirib, uni butun Rus yerlari oqsoqoli etib tayinlab, unga yorliq beradi. Unga ko’ra, Rus knyazlari mo’g’ullar yurishlarida o’z qo’shini bilan qatnashmog’I lozim edi. Knyazliklar aholisi O’rda hisobiga soliqqa tortiladi. O’z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida mo’g’ullar bosqinlar uyushtirib turganlar. Ular knyazlar orasiga nizo solishga, siyosiy tarqoqlikni kuchaytirishga intilganlar. 1245-yili Saroyda Chernigov knyazi o’ldirilgan. 1246-yilda Qoraqurumda zahar berib Yaroslav yo’qotiladi. Undan so’ng buyuk knyaz etib, uning o’g’li Andrey Yaroslavich tayinlanadi. Berka sulton (1257-1266) Rus yerlarida aholini ro’yxatga olish tartibini o’tkazadi. Dastlab, soliq O’rda tomonidan tayinlangan amaldorlar tomonida yig’ilgan bo’lsa, so’ng boy musulmon savdogarlar soliq yig’ish huquq-barotini ola boshlaydilar. Natjada, soliq to’lay olmaganlarni qullika olib ketilishi, zo’ravonliklar kuchayadi. Nazorat uchun O’rdadan har bir knyazlikka bosqoqlar yuborilgan. Vladimir shahrida yashagan bosh bosqoq o’z harbiy bo’linmasiga ega bo’lgan. Ayrim knyazlar, jumladan, Galich – Volin hukmdori Daniil mustaqil siyosat olib borishga intilib, mo’g’ullarga katta boj to’lab, 1252- va 1254-yillari Botuxonning 60 minglik qo’shini hujumini qaytarsada, oxir-oqibat, 1259-yildan ularga itoat etishga majbur bo’ladi. O’rdaning 70-80-yillardagi bosqinlari Janubiy-G’arbiy Rus yerlari qishloq xo’jaligi, hunarmandchiligi, savdosini inqirozga uchratdi. Rusning shimoliy-sharqiy hududlarida Aleksandr Neviskiy (1252-1263) buyuk knyaz bo’lgan. U otasi singari g’arbdan hujumlarni qaytarib, O’rda bilan tinch munosabatlarni saqlash tarafdori bo’lgan.
Rus knyazliklarining qayta tiklanishi XIII asrning o’rtalarda boshlanadi. Xalqning mashaqqatli mehnati bilan Vladimir, Torjok, Suzdal, Moskva va boshqa shaharlar tiklana boshlanadi.minglab qishloqlar qayta tiklanadi. XIV – XV asrlarda Rusning shimoli-sharqiy hududlarida yirik yer egaligi yanada yuksaladi. Dunyoviy va diniy feodallar faqat aholi yashaydigan hududdagi ekinzorlar emas, ko’plab bo’sh yerlar, o’rmonlar, o’tloqlarga ega bo’lganlar. Yirik yer egaligi va ularning mulklari hajmi ko’paya boradi. Xususan, Moskva knyazi Ivan Kalitaning Moskva, Rostov va boshqa knyazliklarda50 ta qishlog’I bo’lsa, oradan yuz yil o’tib knyaz Vasiliy II ning qishloqlari soni 125 taga yetadi. Mo’g’ullarga qarshi dastlabki jang Mamay qo’shini bilan 1378-yili Ryazan yeridagi Voje daryosi sohilida bo’lib, unda knyaz Dmitriy lashkari g’olib chiqadi. Moskva knyazi 1380-yili, Don dryosi sohilidagi Kulikova maydonidagi yangi g’alabasi sharfiga Doskoy degan nomga sazovor bo’ladi. Lekin 1382-yili Oltin O’rda xoni To’xtamish Nijegorod va Ryazan knyazlari ko’magida Moskvani egallab, uni yana boj to’lashga majbur etadi. Donskoyning vorisi Vasiliy I Dmitreivich (1389-1425) davrida (1392-1393-yillari) Nijegorod knyazligi Moskvaga qo’shib olindi. XIV asrning 90-yillarida Vologda, Velikiy Usuyug, Volok, Lamiskiy, Bejets Verxlar ham moskva knyazligiga o’tadi. XV asrning birinchi choragida Murov, Meshera yerlari, Okadagi Kasimovalar ham egallanadi. Ayni paytda, Osiyoda yangi hukmdor – Sohibqiron Amir Temur davlati vujudga keladi. Uning Buyuk Ipak yo’lida nazorat o’rnatish maqsadini ro’yobga chiqarishdagi to’siqlaridan biri Oltin O’rda xonligi edi. Shuning uchun Sohibqiron unga qarshi kurash olib boradi. Temue 1391-yili Samra va Chistopol oralig’idagi Kondurcha, 1395-yilda shimoliy Kavkazdagi Tarak janglarida Oltin O’rda xoni To’xtamishni mag’lub etadi. Sohibqiron Ryazan yaqinidagi Eletsni egallagandan so’ng, ortga qaytadi. O’rdada Amir Temur taxtga qo’ygan Edigey hukmronlik qila boshlaydi. Edigey qo’shini 1408-yili hujum boshlab, Serpuxov, Rostov, Nijniy Novgorod va boshqa shaharlarni bosib oladi. Moskvadan katta to’lov undiradi. O’rda zaiflashgan bo’lsada, hali Rus yerlariga ko’plab kulfat keltiradi. XV asrning ikkinchi choragidan Moskva knyazligida buyuk knyaz hokimiyati kuchayadi. VasiliyII (1425-1462) davrida yana ichki siyosiy kurashlar avj oladi. Rus yerlarining Moskva atrofida birlashuvi esa buyuk knyaz Ivan III (1462-1505) davrida yakun topadi. 1463-yili Yaroslavl, 1471-yili Rostov kyazligi bo’sundiriladi. 1471-yili Novgorod yeri ham Moskva knyazi hukmiga o’tadi. 1477-yilda Novgorodda Vechega asoslangan boshqaruv bekor qilinadi.Eng so’nggida, 1485-yili Tver egallanadi. 1480-yili Oltin O’rda xoni Axmatning Moskvaga yurishi muvaffaqiyatsiz chiqib, Ivan III O’rdaga boj-yasoq to’lashdan bosh tortadi. Oqibatda, Rus yerlarida mo’g’ullar ibtidodiga chek qo’yiladi.
II.BOB Buyuk Rus madaniyati
2.1.Rus madaniyatining oʻziga xosligi
Xalq madaniyati o’tgan davr madaniyatini davom ettirishdan, hozirgisidan taraqiylashtirishdan, boshqa xalqlarning madaniyati bilan aloqalashishidan yig’ilib boradi. Kiyev Rusi davlat asosini tashkil etuvchi sharqiy slavyan qabilalari madaniyati davomchisi edi. Unga asosan Ko’chmanchi Cho’l qabilalari va Vizantiya hukumronlik qilganini ko’ramiz. Vizantiyadan Rusga xristianlik kirib kelgan edi. Vizantiya orqali Rus boy antic davr madaniyati bilan tanishdi. XII-XIII asr boshlarida rus madaniyati g’arbiy-yevropa roman ananalari hukumronligi ostida edi. Mongol-tatar bosqini Rus madaniyati aloqalari va yo’nalishini keskin o’zgartirib yubordi. Rusning mo’g’ullargacha bo’lgan madaniyatini 3 davrga bo’lish mumkin: Sharqiy slavyan madaniyati, Kiyev Rusi madaniyati, rus yerlari va knyazliklari davri madaniyati. Sharqiy slavyanlar davlatchilikgacha bo’lgan davri Kiyev Rus hokimligining birinchi o’n yilligi davri uchun alohida belgilar–tilning shakllanganligi xalq dunyo qarashining o’zgarishi edi. Kiyev hokimligi davri asosiy belgilari sharqiy slavyanlar va Vizantiya xristian madaniyatlari yutug’ini sintez jarayoni edi. Bu davr odatda adabiyot va snatning tarixiy monumental davri deb ham ataladi. XII asr boshlarida knyazliklar va hududlar Kiyev Rusi va qadimgi rus madaniyati mahalliy ko’rinishlari zamirida o’z madaniyatini tashkil etadi.
Sharqiy slavyanlar madaniyati. Qadimgi Rossiya madaniyati butun rus madaniyati rivojiga poydevor bo’ldi. O’z navbatida, Rossiya madaniyati qadimgi qatlamda, Sharqiy slavyanlar madaniyatida ildiz otgan. IX asrning oxiriga kelib, Sharqiy slavyanlar allaqachon madaniy rivojlanishning ancha yuqori darajasiga yetgan edi. Ularning hayotiy faoliyatining asosini dehqonchilik tashkil etgan boʻlib, u shimolda chorvachilik va dehqonchilik, janubda dehqonchilik, chorvachilik koʻrinishida mavjud boʻlgan. Sharqiy slavyanlarning iqtisodiy hayotida ovchilik, baliqchilik va asalarichilik muhim rol oʻynagan. Turli xildagi hunarmandchilik ancha rivojlangan. VII-VIII asrlarda Sharqiy slavyanlar qishloq xo’jaligi va hunarmandchilik asboblarining asosiy majmuasiga ega bo’lib, ular takomillashtirilib, keyingi asrlarda ishlatilgan. Ularda turli mehnat ko‘nikmalari shakllandi, tabiat to‘g‘risida sezilarli darajada amaliy bilimlar to‘plandi. Din ijtimoiy tajriba va to’plangan bilimlarni yangi avlodlarga o’tkazish usullaridan biri bo’lib xizmat qildi.

Sharqiy slavyanlarning dini butparastlik edi.Uning asosiy xususiyati politeizmdir. Butparastlik slavyanlar orasida qadimgi davrlarda, ibtidoiy jamiyatda, qadimgi rus davlati paydo bo’lishidan ancha oldin paydo bo’lgan. Garchi u hali etarlicha o’rganilmagan bo’lsa-da, slavyan diniy e’tiqodlarini joriy etishga arzigulik emas.


Sharqiy-slavyanlarning diniy g’oyalarida boshqa xalqlar orasida mavjud bo’lgan butparast kultlarga xos bo’lgan barcha bosqichlarni topish mumkin. Ularning ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi va X asrning oxiriga kelib uzoq evolyutsiyadan o’tib, Sharqiy slavyan qabilalarining rivojlanishining asosiy bosqichlarini aks ettirdi. Sharqiy slavyanlar diniy g’oyalarning eng qadimiy qatlami tabiatni ma’naviyatlashtirish, inson hayoti bilan birga bo’lgan yaqin atrofdagi narsalar va hodisalarga sig’inish edi. Bu fetishizm va animizm deb ataladigan narsa. Sharqiy slavyanlar toshlarga, daraxtlarga, bog’larga va hayvonlarga sig’inardilar. Ular “arvohlar va qirg’oqlar uchun qurbonlik qilishdi, ya’ni elementlarni boshqaradigan yovuz va yaxshi ruhlarga sig’inardi. Slavyanlar ruh shaklidagi xudo turli xil narsalar va hodisalarda yashaydi, hayvonlar, o’simliklar, toshlar o’lmas ruhga ega deb ishonishgan. Odamlar bo’rilarga ishonishgan, ya’ni odamlarning hayvonlarga aylanishi (totemizm). Lochin, burgut va xo’roz slavyanlar orasida qushlar orasida eng hurmatga sazovor totemlar va hayvonlar orasida ayiq edi. Keyinchalik Sharqiy slavyanlar orasida ajdodlarga sig’inish paydo bo’ldi. Ularning fikriga ko’ra, o’lgan ajdodlar keyingi hayotda ham o’z turlarining ishlariga ergashishgan va unga homiylik qilishgan. Xristianlikning qabul qilinishi butun rus madaniyatining shakllanishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Rossiyada choʻqintirish uchun umumiy qabul qilingan sana – 988 yil. Tabiiyki, Rossiya birdaniga xristian davlatiga aylana olmadi. Slavyanlar nasroniylik bilan 80-yillardan ancha oldin tanish boʻlgan. Xristianlashtirish jarayoni esa 100-150 yil davom etdi.
Har qanday qadimiy madaniyatning asosi yozuvdir. Hozirgacha rus yozuvining paydo bo’lish vaqti va uning ikki shakli: Glagol va kirill alifbosi haqida bahslar mavjud. Uzoq vaqt davomida yozuv Rossiyaga nasroniylik bilan birga cherkov kitoblari va ibodatlar bilan yetib kelgan degan fikr mavjud edi.Ammo slavyan yozuvi Rossiyaning nasroniylashuvidan ancha oldin mavjudligi haqida dalillar mavjud. 1949 yilda sovet arxeologlari Smolensk yaqinidagi qazishmalar paytida X asr boshlariga oid sopol idishni topdilar, unda “nok” (ziravorlar) yozilgan. Buni Vizantiya diplomati va slavyan o’qituvchisi Kirilning guvohligi ham tasdiqlaydi. IX asrning 60-yillarida Xersonsda bo’lganida Krill slavyan harflari bilan yozilgan Xushxabar bilan tanishdi. Slavyan yozuvi dastlab glagolit shaklida paydo bo’lgan deb ishoniladi. Keyinchalik, Kiril va uning ukasi Mefodi slavyan alifbosini, ya’ni kirill alifbosini yaratdilar, bu aftidan, Sharqiy, Janubiy va G’arbiy slavyanlar orasida nasroniylikdan ancha oldin mavjud bo’lgan slavyan yozuvi tamoyillariga asoslangan edi.
Yangi din Sharqiy slavyanlarning birlashishiga va qadimgi rus xalqining shakllanishiga, davlatchilikning rivojlanishi va mustahkamlanishiga, boshqa nasroniy mamlakatlar bilan madaniy aloqalarni kengaytirishga va butun Evropa dunyosining madaniy merosiga kirishga yordam berdi. O’sha davrda paydo bo’lgan rus pravoslav cherkovi yozuv va kitoblarning tarqalishida muhim rol o’ynadi. Cherkov kuchayib borgani sari, hayot va madaniyatning barcha jabhalariga diniy ta’sir ham kuchaydi. Din hamma amal qilishi kerak bo’lgan mafkura rolini o’ynay boshladi, cherkovdan chiqish qattiq jazolandi. Biroq, xristian dini endi qabul qilingan davrida Rossiyada cherkov va dinning ta’siri, albatta, unchalik kuchli emas edi. Xristianlikning qabul qilinishi Rossiya uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib keldi. Bu birinchi navbatda uning Yevropa davlati sifatida keyingi rivojlanishini belgilab berdi, xristian olamining ajralmas qismiga aylandi va oʻsha davrda Yevropada katta rol oʻynadi. Rus knyazlarining sulolaviy aloqalari bu haqida juda aniq gapiradi. Mashhur Viking Garold Boldning xotini bo’lgan Yaroslav Donishmandning qizlaridan biri Elizabetning turmushga chiqishi diqqatga sazovordir. Elizabetning qo’liga erishish uchun u uzoq va mashaqqat chekkan bo’lishi kerak edi. Garold nafaqat jasur jangchi, balki shoir ham edi. O’zining tanlagan sharafiga u o’zining jasoratlari haqida hikoya qiluvchi qo’shiq yaratdi. Uning o’n olti bandining har biri quyidagi so’zlar bilan tugaydi: <>. Oltin yelkali deb atalishiga sabab Yelizaveta Kievdagi Avliyo Sofiya sobori freskalarida tasvirlangan Yaroslavning boshqa qizlari orasida tan olinishi mumkin. Savodxonlik Rossiyaning nasroniylashuvi yozuv va savodxonlikning yanada rivojlanishiga kuchli turtki berdi. Agar G'arbiy Evropada ibodat, adabiyot va madaniyat tili lotin tili bo'lsa va u erda savodli bo'lish uchun avvalo uni o'rganish kerak bo'lsa, Rossiyada bu funktsiyalarning barchasini qadimgi rus tili bajargan. Adabiyot tili aslida so‘zlashuv tili edi.
Rusning eng muhim arxitektura markazi Vladimir-Suzdal knyazligidir. XII asrning ikkinchi yarmida bu yerda oq ohaktoshdan qurilgan ibodatxonalar paydo bo’ladi.Bu o’lka me’morchiligining asosiy xususiyatlari Andrey Bogolyubskiy (1157-1174) davrida shakllangan. Keyin Vladimirda Oltin darvoza shahriga, Bogolyubovodagi knyazlik qal’asiga va Nerldagi Shafoat cherkoviga olib boradigan Assosatsiya sobori qurildi. Xronikada aytilishicha, Assotsiatsiya soborini qurish uchun “Xudo butun dunyodan hunarmandlarni olib kelgan”. Biroq, Andrey Bogolyubskiy Vladimirni Kievdan ajratib olishga intildi va kievlik ustalarni jalb qilishni xohlamadi. Kiev bilan raqobat Bogolyubskiy Kievdagi Avliyo Sofiyadan balandroq ma’bad qurishni buyurganida ham namoyon bo’ldi. Natijada, Assosatsiya sobori XII asrda Rossiyadagi eng baland (32 m) bino bo’lib chiqdi. Rassomlik Kiev Rusida yuqori rivojlanishga erishdi va rangtasvir, ularning asosiy turlari: mozaikalar, freskalar, piktogrammalar va miniatyuralar. Shu bilan birga Freska va mozaikalar eng ko’p ishlatilgan.(Freska – ho’l gipsga suv bazlı bo’yoqlar bilan bo’yash texnikasi.).Mozaika – rangli toshlar, keramika, smaltning alohida qismlaridan iborat tasvir yoki naqsh. Kiev Rusida smalt keng qo’llanilgan – maxsus shishasimon material. Qoida tariqasida, mozaik panellar, masalan, ma’badning eng yoritilgan, markaziy qismlariga joylashtiriladi. Shunday qilib, mozaik texnikada Kievdagi Avliyo Sofiya soborida Xudoning onasi Orantaning insoniyat uchun ibodat qilayotgan ulkan figurasi yaratilgan. Mozaikaning eng qimmatli sifati yorqinlikdir. Kiev Sofiya smalti turli xil rangdagi 177 ta rangga ega.Mozaikalar va freskalar ma’badga kelayotgan ko’p sonli odamlarni idrok etish uchun mo’ljallangan. Cherkov me’morchiligi va ibodat marosimining o’zi bilan birgalikda ular ilohiy muqaddaslik, tantanavorlik, marosim bilan birlashishga to’la o’ziga xos muhit yaratishga chaqirilgan.Freska va mozaik tasvirlar juda uzoqdan va pastdan idrok etish uchun mo’ljallangan. Shuning uchun ularda qisqartma o’zgarishlar mahorat bilan qo’llanilgan: ular ko’plab tasviriy ob’ektlar oval yuzalarda – gumbazlar, bo’shliqlar, tonozlar va boshqalarda joylashganligi sababli paydo bo’lgan. Tasvirlangan figuralarning nisbati ularning ichki qismida joylashgan joyga bog’liq edi.
Ma’bad XII asrda Rossiyada mozaikalar, ehtimol, juda murakkab va ko’p vaqt talab qiladigan texnologiya tufayli yo’qoladi va bugungi kungacha deyarli saqlanib qolmadi. Biz bu haqda Kiev Sofiya yoki Mixaylovskiy Oltin gumbazli monastiri mozaikalaridan bilib olishimiz mumkin. Ammo fresk o’z mulkini sezilarli darajada kengaytiradi. Unda Vizantiya ta’siri kamroq seziladi, u ruscha uslub va ruhga aylangan.Soborlarning devorlarini bo’yashda rassomlar Vizantiyada klassik davrda rivojlangan ikonografik kanonni tashkil etuvchi qat’iy qoidalarga amal qilishgan. Ekumenik kengashlarda u butun pravoslav dunyosi uchun majburiy deb belgilandi.
Shu bilan Mo’g’ullargacha bo’lgan davrda yaratilgan asarlardan bizgacha 150 ga yaqin kitob yetib kelgan.Ulardan eng qadimiysi ,,Ostromirov Evangeliyasi” edi.U 1056-1057 yillarda yozilgan (xaratya deb atalgan teri). Pergamenntlarni buzoq terisidan tayyorlaganlar Matn katta qizil harf bilan bosh;angan (hozirgacha qizil harf bilan yozish saqlangan).Kitoblar minaturalar deb atalgan rasmlar bilan bezalgan.Kitob varaqlari ikki qattiq doska orasiga qistirilgan bo’lib ular terini cho’zib turishi kerak edi. Kitoblar qimmat bo’lib avlodan –avlodga meros kabi o’tgan. Rusda tarjima qilish ham keng rivojlangan bo’lib, tarjima adabiyotlari ham diniy ham dunyoviy sohaga tegishli bo’lardi. “Aleksandriya” Makedoniyalik Aleksandr yurushlari haqida, “Quddusni vayron qilinishi haqida qissa” Iyosef Flavviya, Vizantiya xronikalari va boshqalar. Grek va Lotin tilidan tarjima qilingan diniy va dunyoviy adabiyotlardan tashqari, qadimgi rus mualliflari asarlari ham yaratilgan. Yevropaliklardan farqli o’laroq, rusda yevropadaki kabi latin tili adabiy til bo’lmay rus mualliflari ona tililarida yozganlar. Qadimgi rus adabiyotida yilnomalar janri turgan. XII asr boshlarida Kiyev Pecher monarxi tomonidan tuzulgan qadimgi rus yilnomasi–“O’tmish yillar qissasi” edi Rusda knyazliklarni alohida qissalari mavjud edi. Bunday yilnomalar bir – biridan farq qilgan. Ular qahramonlik harbiy hronikalar ko’rinishida bo’lib, Pskov yilnomasi, Novgorod yilnomasi – shahar hronikalari edi. Shuningdek knyazlik haqida yozilgan “Galich – Volin yeri” yilnomasi “Ipatev yilnomasi” ham bo’lgan. Lavretitiv yilnomasi – Vladimor Suzdal yeri yilnomasi bo’lib unda birlashgan knyazliklar g’oyasi berilgan. Yilnomalar muallif, joy yoki saqlovchi nomi bilan atalgan. Masalan Ipatev yilnomasi Kastranomadagi cherkovda saqlangan. Lavrentiv yilnomasi rohib Lavrentiy nomi bilan atalgan. U knyazlik uchun maxsus yozgan.Rus adabiyotining yana bir janri rus avliyolarining hayotini yozish edi ularning eng mashhuri “Boris va Gleb” knyazlar haqidagisidir. Xi asr 40 – yillaridagi Kiyev mitropoleti Illarionning “Qonun va Hadiyalar” nomli publisistik asari Rus publitistik asarlari ichida eng asosiysi edi. Bu davrning mashhur asarlari Vladimor monamahning “Bolalarni o’qitish”, “So’z”, “Moleniya”,”Doniel zachyotnik” va boshqalardir. Ularda asosan umumiy dushmanga qarshi birlashish, o’z halqi va davlatidan g’ururlanish g’oyalari aks ettirilgan. “Igr polka haqida qissa” asari ham rus adabiyotining mohir durdonalaridan biridir.
Xalqning ko’chmanchilarga qarshi qahramonlik janglari xalq og’izaki ijodining asosiy g’oyasi bo’lib, u yozma ijod bilan bir qatorda rivojlanganini ko’rish mumkin.
Hunarmandchilik. Bu uzoq davr haqida yana bir ma’lumot beruvchi manba hunarmandchilik hisoblanadi. Akademik B.A. Ribakov hisobiga qaraganda qadimgi Rus shaharlari Mo’g’ul bosqini arafasida 300 ga yaqinlashib qolgan edi. Hunarmandchilik turlari esa 60 tagachha bo’lgan. Masalan rus temirchilari 40 dan ortiq unsurdan tuzilgan qulf yaratishgan bo’lib, G’arbiy Yevropada qo’llanilgan, pichoqchilik ham rivojlangan. Pichoq 3 metal platinadan yasalgan. Hunarmandlar orasida qo’ng’iroq yasovchilar, zargarlar, oynaga ishlov beruvchilar ajralib turgan.X asr o’rtalarida g’isht, rangli spool, teri va daraxt moxsulotlari keng ishlatila boshlandi. Qurolsozlik sohasi ham tez rivojlangan, sovut, qilich, kamon yasalgan. XII – XIII asrlarda aravalar bo’lib, ularning boshida uchi tig’li nayzalari bo’lgan.

Me’morchilik. Hozirgacha mo’gillargacha bo’lgan davrga oid 150 dan ortiq me’morchilik yodgorliklari aniqlangan. X asrgacha rusda toshdan yasalgan me’moriy yodgorliklar bo’lmagan. X asr oxirida yunonlar Kiyevda cherkov qurishadi. Bu desyatina deb ataladi va birinchi toshdan qurilgan inshoot edi. Bizgacha uning poydevori yetib kelgan. Mo’g’il Tatar bosqinii davrida bu inshoot yoqib yuboriladi va uning harobalari ostiga so’nggi jangchilari ko’mib yuboriladi.XI asr o’rtalari – Yaraslav Donishmand ya’ni 1037 – yilda Sofiya sobori quriladi. U 13 gumbazdan iborat edi. Kiyevdagi Oltin darvoza ham shu davrda qurilgan. Bu qurulishlar bilan Konstantinopldan qolishmasligini ko’rsatgan. Ulardan keyin Novgarod, Polosk, Chernigovda Spass sobori quriladi. XI – XII asrlarda Rusda bir biriga o’xshash 15 ta tosh soborlar aniqlangan. Ibodatxonalar qurilishiga ko’ra Vizantiya ibodatxonalarini takrorlagan. Ibodatxonalar o’lchami 31 x 31 sm bolgan, 2,5 – 4 smdagi yassi g’ishtdan qurilgan. Vizantiya Ko’rinishidagi ibodatxonalar turi Xoch gumbazli deb atalgan.gumbazni 4, 6 yoki undan ko’p bo’lgan korinishidan xochni eslatgan ustnlar ushlab turgan. Sharqiy qismida Aksidlar – tepaliklar bo’lib, ular mehroblar deb atalgan. Mehrob qismi mato va butlar bilan bezalgan. Ibodat qiluvchilar turadigan joydan ajralib turgan. Keyinchalik mehrob qismi kengayib 5 -7 qator turadigan haykallar turadigan qator bilan kengaygan. G’arbiy qsimda balkon bo’lib knyaz yaqinlari bilan ibodat vaqtida turgan bu hor balkon knyazning uyi bilan birlashtirilgan bo;lib knyaz ko’chaga chiqmasdan bu yerga kelishi mumkin. Bu davrda ko’pgina badiiy me’yorchilik maktablari tashkil topgan. XII – XIII asr ibodatxonalari bir biriga o’xshash freskalar o’rniga mozaikalar egallaydi. Ko’pchilik binolar mahalliy yoki chetki homashyolar bilan qurilgan, bir biini takrorlamagan. Masalan Kiyev, Smolensk, Chernigev, Rezanda asosiy qurilish hom ashyosi plinf bo’lsa, Novgorodda asosiy hom ashyo oxaktosh bo’lgan. Novgorodda Yurev sobori, Antonova cherkovi, Neredis va Spass cherkovlari mashhur edi. Kiyev va Novgoroddan farqli ravishda Vladimir – Suzdal, Galich – Volin knyazligida asosiy hom ashyo tosh bo’lgan. U 50x50x50 o’lchamlardagi bloklardan tashkil topgan. 2 qator blokdan tosh devot tiklanib, ularning orasi suyuqlik bilan birlashtirilgan. Oq tosh keng yoyilgan bo’lib, bezak ishlarida ham ishlatilgan. Oqtoshning asosiy hususiyati hushbichimligi, devorning hashamatliligi edi. Cladimor – Suzdal knyazligidan bizgacha Oltin darvoza, Uspenskiy va Dmitriy sobori, Knyaz Andreyning Bogolyubovdagi saroyi Niva daryosi bo’yidagi Pokrov cherkovi, Pereyaslav Zalets sobori, Suzdal va Yurevpol soborlari saqlangan.


Naqqoshlik va haykaltaroshlik. Ibodatxona ichidagi devorlar mozaika va freskalar bilan bezatilgan. Sofiya bodatxonasida Yaraslav Mudriyning o’g’li va qizi tasviri, ovlar o’tgan davr suratlarining freska ko’rinishi saqlangan. Mozaika, tosh bo’laklari oyna marmar, spool, freska qurimagan suvoqqa rangli rasmni tasvirlash. Qadimgi rusda asosan shisha buyumlardan mozaikalar tuzilgan , ular smalta deyilgan. Kiyevdagi Sofiya ibodatxonasida ona hudo Oranhning surati ishlangan. Ibodathonalarning yana bir bezagi, but haykallar – ikonalar (yun. Ikona – tasvir, obraz) edi. Ular ibodatxonaga qarab turli o’lchamda edi. Ular ham mozaika va freskolar kabi yunon ustalari tomonidan ishlangan edi. XI – XII asr o’rtalarida yunon haykaltaroshi tomonidan qo’lida bola tutgan “hudoning onasi” yasalgan edi. U “Vladimirsbov Bogamatere” nomini olgan bo’lib Tretyakov galeriyasida saqlanadi. Haykaltarosh qaramaqarshi tuyg’ularni onaning timsolida yarata olgan. Ayolning onalik baxti, muxabbat bilan birgallikda bolasining kelajakda kutayotgan azoblarini his qilayotganlgini tasvirlay olgan. XI asrda rus haykaltaroshlaridan Olisey, olimpiy, Georgiy va boshqalar bore di. Mustaqil knyazliklar tuzulishi bilan alohida farqlanuvchi ijodiy maktablarni tashkil topishiga asos bo’ldi. Bu davr haykaltaroshligi asosan ibodatxonalarga hizmat qilar edi. Rossiyadagi birinchi dunyoviy ruhdagi haykallar XVIII asrda vujudga kelgan. Albatta ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning keskinlashuvi rus madaniy hayotiga salbiy ta’sir qilgan. Kiyev Rusi va knyazliklar tarqoqligi, davr madaniyatining o’sishi, rivojlanishi asosan qadimgi rus madaniyati bilan hususiyatlanadi. Unga yagona til, siyosiy birlik, umumiy hudud, moddiy va ma’naviy madaniyatning o’zaro uyg’unligi, tarixiy ildizning umumiyligi xosdir.
Yozuv va maorif. Xrisrianlik qabul qilinganda Rusda alifbo bore di.xristianlik esa yozuv va maorifni rivojlantirdi. Haqiqatdan ham yunon shahri Solonikidan aka–uka missioner Kirill va Mefodiy IX asr 60–yillarida Evangliyani Slovyan harflari bilan yozilganligini ko’rishgan. Lekin rus alifbosi yaratuvchilari sifatida ular tan olindi. Hozirgi ko’pgina mutaxassislar fikricha IX asr o’rtalarida Kiril va Mefodiy glagol alifbosini (glogolitsa) tuzdilar. Ruslar undan 1918 – yildan, Pyotr I joriy etganidan boshlab foydalanadilar. Asosiy (savol) talim markazlari cherkov va monastrlar qoshidagi maktablar bo’lib, ularda nafaqat o’qish, yozish balki o’sha davrning oliy fanlari (Ilohiyot, Gramatika, Diolektika, Ritorika va boshqalar) ham o’qitilgan. Qadimgi rusdagi aholining savodxonligi rivojlanganini isbotlovchi ashyolar saqlangan. Ular hunarmandchilik ahsyolari bo’lib , ular yozuvlar bilan berilgan. Masalan etikdo’z o’z buyumiga haridorning ismini yozgan. Yozuvlarning ko’pchjiligi (ular grafit deb atalgan) qadimgi sabor devorlariga yozilgan. Ularning ko’pchiligi “hudo yordam ber” so’zlari bilan boshlanib, davomida iltijolar bo’lardi. Ayrim ho;;arda kulgili yozuvlar ham uchrardi. Kiyevdagi Sofiya devoridagiyozuvga qarab tarixchilar Yeraslav Mudriyni (sarkofag) Kiyev kinyazlari tomonidan buyuk shoh titulini olganini bilganlar. 1951–yilda arxeologlar Novgoroddan yorliqlarni qo’lga kiritgan. Hozirga qadar 70 ortiq yorliqlar Novgoroddan, Smolenskdan, Moskvadan, Polotskdan, Pskovdan topilgan.Bu yorliqlar ichida xo’jalik xatlari,ibodat, oilaviy tragediya haqida xat ,sevgi xatlari va boshqalari uchraydi.Bundan tashqari kiyevda Yoraslav Donishmand davrida maktab ochilgan bo’lib unda 300 nafar bola o’qigan.Ta’lim olgan. Yoraslav Donishmandning qizi birinchi savodli ayol bo’lib Fransiya qirolichasi bo’gan.
2.2. Moʻgʻullarning Rus madaniyatiga ta’siri
Mo’g’ul tatar bosqini va Oltin O’rda hukmronligi qadimgi rus xalqining rivojlanishining yo’nalishi va suratini to’xtatdi. Bosqin davrida minglab kishilar halok bo’ldi.Trik qolgan hunarmandlar qullikga mahkum etildi.Tom qoplamalari yasash, shisha bilakuzuklar yasash, anfar-ko’rchag, rangdor spool yasash sohalari yo’qoldi. Toshdan qurish yarim asr mobaynida to’xtab qoldi. Bosqinchilarga asosiy qarshilik ko’rsatgan inshoatlar, arxetektura yodgorliklari, soborlar vayron etildi. Ko’pgina adabiyot yodgorliklari yoqib yuborildi. Yilnomalar tuzish Novagoroddan tashqari qolgan barcha hududlarda yo’q qilindi. Rus madaniyatining rivojlanganligi unga tarixining og’ir davriga chidashiga yordam berdi. Mo’g’ullarning ayovsiz bosqiniga qaramay rus madaniyati o’z ananasi va milliyligini saqlab qolgan hududlar Psbov, Novgorod kabi hududlar bo’lib, ular bosqinchillikka uchramagan va lekin O’rdaga qaram bolgan. XIII-XV asrlarda Rus madaniyati. Rus madaniyatining XIII-XV asrlar davri 2 bo’limga bo’linadi. XIII-XV asrlari madaniyat rivojining o’rta chegarasi Kulikova jangi hisoblanadi (1380).Birinchi etapga mo’g’ul bosqinidan keying sustlashish xos bo’lsa 1380- yildan boshlab umummoskvada badiiy maktablarning tarkib topishi umumrus madaniyatining dinamik uyg’onishi bo’ldi.
O’rtada mamlakat duchor bo’lgan tatar-mo’g’ul istilosiXIII asr., rus madaniyatiga dahshatli zarba berdi. Arxeologlarning fikriga ko’ra qazishmalar natijasida ma’lum bo’lgan XII-XIII asrlarga oid Rossiyaning 74 ta shahri: 49 tasi Botu tomonidan vayron qilingan, 14 tasida esa tiklanmagan, 15 tasi qishloqqa aylangan. Shaharlarni yoqish va talon-taroj qilishda yozma yodgorliklar, meʼmorchilik va rassomchilikning ajoyib asarlari vayron boʻldi. Ko’p savdolar yo’qoldi. Masalan, shishasozlik Qadimgi Rossiyada ma’lum bo’lgan – u Rossiyada faqat XVII asrda qayta tiklangan. Boshqa hunarmandchilik, texnologiyani soddalashtirish tufayli sifat darajasini sezilarli darajada pasaytirdi. Ma’lumki, o‘rta asrlarda hunarmandchilik sirlari otadan o‘g‘ilga og‘zaki o‘tib kelayotgan sir bo‘lgan. Mo’g’ullar bosqinida hunarmandlarning butun oilalari qirib tashlangan, tirik qolganlari esa to’xtatib, asirga olingan. Hayotning beqarorligi, xavfsizlikning yo’qligi, odamlarning har doim o’z hayotini yaxshilashga ojizligi jinoyatchilikning ko’payishiga olib keldi. Bu Rossiyada sodir bo’lgan voqea. Ko’p sonli qaroqchi Shasklar, o’g’rilar, qotillar paydo bo’ldi.Bosib olingan mamlakatlar tarixi shundan dalolat beradiki, moʻgʻul koʻchmanchi etnosi madaniyatining taʼsiri, oʻljaga intilish instinktlari bilan “dasht ovchisi” ideali barcha bosib olingan mamlakatlar uchun buzgʻunchi, regressiv xarakterga ega boʻlgan. Rus madaniyatiga yetkazilgan zararni baholash qiyin. Madaniy jihatdan Rossiya ilg’or Evropa davlatlaridan uzoqda edi. Sababi ham boshqa madaniyat markazlaridan ajralgan holda, ham xalq orasida tobe mavqeda, sivilizatsiya taraqqiyotining quyi bosqichida turgan edi. Ammo shu bilan birga, milliy qiyofasini saqlab qolgan holda, u rivojlanish turi va yo’nalishi bo’yicha Evropa bo’lib qoldi.Shuni ta’kidlash kerakki, O’rda rus madaniyatiga ma’lum ta’sir ko’rsatdi, ammo bu ta’sir hal qiluvchi ahamiyatga ega emas edi. U bir qator sharqona so‘zlarning (masalan: do‘kon, bozor, chordoq, zal, oltin, sandiq, idish, tarif, kalibr, zenit, stavka va boshqalar), ayrim elementlarning o‘zlashtirilishida ifodalangan.Kiyim-kechak, qurol-yarog’, amaliy san’atda ko’pgina sharqiy urf-odatlar rus hukmron elitasi tomonidan qabul qilingan, masalan, mamlakatning eng go’zal qizlari orasidan podshoh kelinini tanlash, keng qamrovli saroy xizmatini yaratish va boshqalar. Lochinchilik, itlar bilan ov qilish, ba’zi jangovar texnikalar rus zodagonlari tomonidan moʻgʻullardan oʻzlashtirib olingan.Bosqinning bevosita natijasi shundaki, rus erlarining katta qismi Polsha, Vengriya hukmronligi ostiga o’tdi yoki Litva Buyuk Gertsogligi tarkibiga kirdi. Bu hududlarda asta-sekin ukrain va belarus millatlari shakllanadi. XIII-XV asrlar davri Madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan ikki bosqichga bo’lish mumkin. Birinchisi XIV asrning o’rtalarigacha davom etdi va regressiya bilan ajralib turdi. Bosqindan qolgan narsalarni saqlab qolish istagi, garchi XIII asr oxirida bo’lsa ham uyg’onish davrining ba’zi belgilari mavjud. O’sha paytdagi rus yerlari orasida vayron bo’lmagan Novgorod va Pskov ajralib turardi, ular G’arb bilan aloqalarni davom ettirdilar va hali ham Yevropa madaniyatining asosiy markazlari bo’lib qolib, boshqa knyazliklarda madaniyatning rivojlanishiga foydali ta’sir ko’rsatdilar. Ikkinchi bosqich XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu rus madaniyatining yuksalishidan dalolat beradi. Iqtisodiy taraqqiyot muvaffaqiyati, tatarlar ustidan harbiy g’alabalar bilan bog’liq edi. Bularning barchasi odamlarning o’z-o’zini anglashining kuchayishiga, rus yerlari birligiga intilishiga sabab bo’ldi. Bu XIV asrda edi. Manbalarda Buyuk Rossiya nomi uchraydi.Moskva asosiy siyosiy va madaniy markazga aylanadi.
Xalq og’izaki ijodi. Mo’g’ul bosqini va Oltin O’rda hukumronligi davriuda xalq orasida turli og’izaki qissalar bo’lib ular Qadimgi Rus xalqining qahramonliklari, dushmanga qarshi kurashni ifodalar edi. U xalqqa yangi kuch bag’ishladi. Yangi afsonalar vujudga keldi. Masalan “Ko’rinmas Ritaj shahri haqida ertak” bo’lib unda ozera bo’yida joylashgan o’rinning jasur qo’riqchilariga ega bo’lgan, dushmanga ko’rinmaydigan bo’lgan shahar haqida yozilgan. U xalqni Oltin O’rda hukumronligiga qarshi kurashga chorlagan. 13 7-yildagi Tver Qo’rgoni haqida “Shelkan Dudentevich haqida she’r”da bayon etilgan.
Yilnomalar. Xo’jalikning uyg’onish va asta sekin tiklanishi bilan ish yozuvlari yuritila boshlaydi. XIV-asrda qimmat pergament o’rniga qog’ozdan foydalana boshlaydilar.Bu esa yozuv rivojiga katta foyda berdi.XV-asrda hozirgi ypzuvga yaqin bo’lgan yozuv tarkib topgan.Qog’oz bilan birgalikda pergament ham muomilada bo’ladi. XIII-XIV-asrda yangi yilnomalar tuzuvchi markazlar shakllandi. 1325-yilda Maskvada yilnoma tuzish boshlandi. Markazga aylangandan so’ng yilnomalar tuzish ahamiyati ortgan. Ivan III Novgorodni egallashga kirishganda o’zi bilan Stepan Borodatni olgan bo’lib, u yurishdagi vaqtda yilnomachilarga novgorodliklarning aybini isbotlashi bu bilan yilnomalarda Novgorodning Maskvaga qo’shib olinishining asosini isbotlashi kerak edi. 1408-yilda umum rus yilnimalariga asos solinib, tuzila boshlangan bo’lib u Trioits yilnomasi deb ataladi.Lekin u 1812-yilgi yong’inda yonib ketgan. 1479-yildan alohida Maskva yilnomalari tuzila boshlangan.Ularning asosida – umumrus birligi, Maskvaning Kiyev va Vladimir ananalarini davom ettirgan holda davlatni birlashtirishdagi roli haqida yoritilgan. Tarixni yoritishda yana bir muhim butun jahon xronikasini yoritish- xronograf bo’lib 1442-yilda birinchi rus xronografi tuzilgan. Uning muallifi Paxomey Logotet edi. Tarixiy qissalar: Bu davr qissalarida haqiqiy tarixiy kishi faoliyati, aniq faktlar va voqealar bayon etilardi. Kulikova jangiga qadar “Kalkadagi jang haqida”, “Ryazan Batiye haqida qisa”-unda Ryazanlik bahodir Yevpatiy Kolovrat haqida yozilgan, Aleksandr Nevskiy haqida qisa va boshqalari yaratilar edi. 1380-yilgi Dimitriy Donskiy g’alabasi haqida ko’plab tarixiy qissalar yaratilgan. Satoniy Ryaranes “Zadonshina” asarini yozib unda rus xalqining g’alabasi xaqida so’z beradi.Maskva atrofiga qolgan knyazliklarni birlashtirish davrida yangi janr kishilar hayotini yoritish janri paydo bo’ldi.Yozuvchilar Paxomiy Logofet va Epifaniy Premudriy ko’pgina cherkov hodimlarining hayotini yozdi. Ular metropil Pyotr, Maskvaga mitropoliya markazini olib kelgan, Sergey Radonejskiy Trois-Sergiyev monastri asoschisi, uning nomi bilan rus xalqining o’zligini anglashi bog’liq edi. “Uch dengiz bo’ylab” (1466-1472) asarida Yevropa adabiyotida birinchi bo’lib Hindistonni yoritilishi edi. Muallif Tuerlik savdogar Afanosiy Nikitin. Vasko Da Gama tomonidan Hindistonga yo’l ochilishidan 30 yil olgin Afanosiy NIkitin o’z sayohatlarini uyishtirgan edi.
Arxitektura.Novgorod va Pskovga boshqa hududlarga qaraganda oldinroq tosh qurilishdan foydalanila boshlangan edi. Ular 10dan ortiq ibodatxonalarni qurganlar.Pskovdagi (1410), Vasiliyning Gorkedagi cherkovi, Novgoroddagi Fyodr Stratilatning Ruchdagi cherkovi (1361) bu davr memoriy yodgorligi edi. Devortarning dekarativ bezaklari, umumiy hashamdorlik, tantanavorlik bu yodgorliklar uchun o’ziga xoslikdir. Novgorodda mahalliy ananalar saqlanishga harakat qilingan.XIV–XV asrlarda Moskvada birinchi tosh qurilmalar qurildi.Bizgacha Uspenskiy sobori (1400)vaSavvino Starjevskiy manastri (1405) Zvennigorodda va Troits sabori 1442Adronikov monastri Moskvada (1427) yetib kelgan Ular Vladimir -Suzdal oq tosh me’morchiligini davom ettirgan.1367-yili Dimitriy Donskiy davridayoq Moskva Kremlining oq toshli devorlari qurilgan.1387-yil To’xtamishning bosqinida unga katta zarar yetkazilgan. XV asr oxiri XVI asr boshlariga kelib bizning kunimizgacha saqlangan Moskva Kremli qurilgan.Uni qurishda Italiyan ustalari ishtiroki bor.Kreml hududi 27,5 ga bo’lib qizil g’isht bilan o’ralgan .Uzunligi-2,25 km qalinligi 3,5-6,5metr balandligi 5-19 metr edi.Mavjud bo’lgan 20 ta minoralarning 18 tasi XV asrda qurilgan. Minoralar to’rtburchak tomli bo’lgan.Kreml Moskva daryosidan Neglin daryosigacha bo’lgan hududni egallagan.Shu ko’rinishi bilan Kreml orol kabi ko’ringan.Bu yerda buyuk knyaz saroyi Mitrapolit saroyi davlat ishlari binolari va monastrlar o’rin olgan.Kreml markazida –Sabor maydoni joylashgan bo’lib unda asosiy saborlar o’tkazilgan.Uning markaziy inshoati – Ivan Buyukning qo’ng’iroq inshoati edi. Oxirgi qurilish Boris Godunov davrida bo’lib balandligi 81 metr. 1471-1479-yillarda Maskva Kremlining asosiy sabori Uspenskiy qurilgan. U1471-yilda qurila boshlangan bo’lib Maskvadagi zilzila uning devorlarini buzib yuborgan. Uspenskiy saborini qurish Italiyan Uygonish davri me’mori Aristotel Fiorovantiga topshirilgan. U ananaviy va Yevropa texnik memorchiligidan foydalangan holda inshoatni hal qilingan, sabor chaqirilgan, qirollar qasamyod qilgan. 1481-1489-yilda pskov ustalari tomonidan Maskvada cherkov qurilgan. 1505-1509-yilda italiyan Alevir Novog boshchiligida – Arxangel sabori qurilgan. Unda rus ananalari saqlangan bo’lsada ko’proq bezalishi Vizantiya saroylarini eslang , 1487-1491-yillarda Qirolli palata qurilgan. U qirol saroyning bir qismi bo’lib uning hokimiyat rali bo’lgan. Zal to’rtburchak bo’lib aydoni 500 m2 va balandligi 9 metrni tashkil etgan. Podsho bu yerda elchilar qabul qilgan, qabullari o’tkazgan, muhim masalalar bilan shug’ullangan.
Naqqoshlik. Badiiy maktablarning tashkil topishi naqoshlikda ham bo’lib u davomiy rivojlanish jarayoni bo’lib uning izlari: XVI va XVII asrlarda uchraydi. XIV asrda Novgorod va Maskvada Vizantiyalik easom Feofan Grek ishlagan. Rus rassomi Andrey Rublev uning davrdoshi edi. U XIV-XV asr o’rtalarida yashagan. Uning mashhur “Troitsa” asari jahon snatining nodir durdonasi hisoblanadi. Unga Vladimirdagi Uspenskiy sabori freskolari, Zvernigorod budlari tegishli. Uning asarlari Tpetyakov galeriyasida saqlanadi, “Iroits” (Trois) asaridagi obrazlar dunyo va insonlarning birligi haqidagi tasavurni beradi. Diniy dunyoqarash avalgidek jamiyatning manaviy hayotini asoslangan.Bunda 1551-yilgi sabor muhim o’rin egallagan. Andrey Rublev ijodi ham beqiyos bo’ldi. XVI asrda buyuk rus xalqining shakllanish jarayoni tugadi.Bunda u yagona birlikka birlashadi. XVI asr dunyoviy elementlar madaniyatda uchraydi. XVI asrdagi voqealarii rus publistikasi davlat hokimyatning xusisiyati va yo’nalishi haqidagi, Cherkovlar haqidagi Rossiyaning boshqa davlatlar orasidagi o’rni haqidagi ko’gina muammolarni hal qilishga davit etardi. XVI asrda tarixiy asar “Vladimir buyuk kyazlari haqidagi Qaydlar” yaratildi. Asarda rus davlatchiligi yaratilish tarixi berilgan bo’lib unda Prus va Ryurik izdoshlari knyazlar haqida afsonalar keltirilgan. Ivzn Grozniyning fikricha Rossiya davlati Rim, Vizantiya va Kiyevning ananalari davomchisi bo’lgan. Cherkovda Maskva haqida tezis qabul qilingan bo’lib – u ‘‘Uchinchi Rim’’ edi. U quydagi uch dunvoviy hukumronlik tarixiy rivojlanishi keltiradi.
-Brinchisi Rim ,,umurboqiy shahar”yerisilar tasirida yo’qolgan.
-Ikkinchisi Konstantinopol katoliklar ta’sirida yo’qolgan.
-Uchinchisi esa xristianlik qo’riqchisi –Moskva bo’lib doimiy mavjud bo’lishi kerak edi.
I.S.Peresvetov asarlarida bu davr siyosiy hayoti haqida keltirilgan.Yilnomalar. XVI asrda yilnomalar tuzish rivojlanishda davom etdi. ,,Podsholik boshlanishi yilnomasi”,-Ivan Grozniy hukumronligiga bag’ishlanadi.,,Podsholik darajalari kitobi” bo’lib unda Vladimirdan Ivan Grozniygacha bo’lgan knyaz va mitropolitlar 17 daraja bo’yicha joylashgan. XVI asrda Moskva yilnomalari katta yilnoma zaxirasiga ega bo’ldi. XVI asrda Niton yilnomasi deb nomlangan ensiklopediyani tashkil etgan. Bu davrda tarixiy qissalar rivojlanishi ham kuzatilib, ular o’sha davr haqida malumot beradi. Yangi xronograflar tashkil etildi. Foydali malumotlar kiritilgan kitoblar ham rivojlanib, Silvestr aftorligida ko’rsatilgan “Domota” unga misol bo’ladi.

Kitob bosishning boshlanishi. 1564-yilda birinchi rus “Arostol” kitobi chop etilishi rusda kitob chop etilishining boshlanishi sifatida ko’rish mumkin. 7 ta chop etilgan vaqti nomalum bo’lgan kitoblar ham bor. Bunday anonym kitoblar-1564 yilgacha chop etilgan. XVI-asrda bu sohani rivojlantirishda – Ivan Fedorovning xizmati beqiyos bo’ldi. Tipogratiya ishlari Kremlda boshlanib Nikol ko’chasiga ko’chirilgan edi. Bu yerda tipografiya binosi qurildi. Ivan Feodorov va shogirdi Pyotr Mstislavets 1574-yilda diniy kitoblardan tashqari birinchi alifbo-“Azbuka”ni chop etgan. XVI asrda Butun Rassiyada 20 ta kitob nashr etilgan. Qo’lyozmalar kitoblar XVI-XVII asrda ham muhim o’rin tugan.


Arxitektura. Arxetuktrada bu davrda ustunlarsiz, poydevorga tayanadigan yangi usul rivojlanadi. U shatr usuli edi. U ibodatxonalar qurilishida qo’llaniladi. Kolomenskdagi Cherkov, Pokrob sabori mana shu usuldagi ibodatxona edi. XVI asr qolgan ibodatxonalari Maskvadagi Uspenskiy sabori ko’rinishida edi. XVI asrda yana bir usul tosh va yog’och ibodatxonalarning qurilishi edi. XVI asrning 30-yillarida Maskva Kremlining yon qismi g’ish devor bilan qurilgan bo’lib u Kitay goroda deb nomlangan. (Tarixchilar fikricha bu so’z – “kita ”- xodalar shodasi, qo’rg’onlar qurishda foydalaniladigan so’zidan kelib chiqqan, yoki italiyancha ‘‘shahar’’ so’zidan, yoki turkcha “qo’zg’on” so’zidan kelib chiqan. XVI asrlar oxirida arxitektor Fyodr Ron tomonidan Oq shaharning 9 metrli oq toshli devoir qurilgan.()Hozirgi Bulvar aylanasi). Tosh qal’alar Nijniy Novgorodda, Karanda, Astraxanda, Tulada, Serpuxobda, Smolenskda, Novgorodda, Pskovdr, Irborskda, Peshoraxda, Saloven orollarida ham qurilgan. XV-XVI asrlarda yashagan Dionisiy eng mashhur naqqosh edi. Uning qalamiga mansub asarlar Maskva mitropoliti Alekseyning hayotidan lavhalar tasviri, Feranonta monastridagi Podjestvinskiy sabor freskalari edi. XVII asrda butun rossiya bozorining yig’ilishi boshlanadi.rus madaniyati va undagi dunyoviy belgilarning tarkib topishi shaharlari o’sishi, hunarmandchilik va savdo – sotiq rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Bu jarayon adabiyotda “madaniyatning dunyolanishi” deb ataladi. XVII asrda Maskva amalgorlari G’arb boshqaruvini kamaytirish maqsadida Maskvadagi chetelliklarning bu yerdan uzoqroqdagi – “Nemis slobodida o’tkazdilar ”. G’arbiy Yevropa bilan siyosiy va madaniy aloqalarning kengayishi Rossiyaga, Ukrainani birlashishiga asos bo’ldi.
Maorif. XVII asrning ikkinchi yarmida birqancha davlat maktablari tashkil etilgan edi.Xalqning savodxonligi oshib borar edi. U.F.Bureyevaning “Bukvar” kunda 2400 ekremplyarda chop etilgan. Meleitya Smotritskiyning “Gramatika”si -1648 yilda, va katta jadvali 1682-yilda chop etildi. 1687-yilda Rossiyada – Maskvada birinchi oliy o’quv yurti-Slavyan-yunon-lotin akademiyasi tashkil etildi. Akademiyada grek olimi aka-uka Safroniy va Ioannikiy Lixud asos soldi.Ular Italiyadagi Padue universiteti bitiruvchilari edi. Bu yerda dindorlar va amaldorlar tayorlangan. Bu akademiyada M.Lomonosov o’qigan. XVII asrda asosiy yutuqlar tibbiyotda kuzatildi. Geografiya faniga ko’pgina sayyohlar olib kirdi. 1648-yilda Semyon Dejnev ekspeditsiyasi bo’lib o’tdi. Rossiyaning eng sharqiy qismi Uning nomi bilan ataladi, uning yo’nalishi Osiyo va Shimoliy Afrika oralig’ini tashkil etgan. 1649-yilda E.F.Xabarov xarita tuzgan. Rus aholisi tashkil topgan Amur yerlarini o’rgangan Uning nomi bilan Xabarovsk shahri va Yerefey Pavlov qo’rg’oni ataladi.XVIII asr oxirida Sibr qozog’i V.V.Atlasov Kamchatka va Kurill orollarini o’rgandi.
Adabiyot. XVII asr so’ngi rasmiy yilnoma asarlar yaratildi ,,Yangi yilnoma “ (30-yillar) Ivan Grozniy o’limidan to ,,g’ira- shira” davr oxirigacha bo’lgan vaqt yoritiladi.Unda yangi sulola Ramanovlarning taxtni egallashi isbotlangan.Tarixiy adabiyot markaazida tarixiy qissalar bo’lib, ular ommaga hos bo’gan. XVIII asrda satiric qissalar yaratilishi bilan dunyoviy adabiyot rivojlanish davri boshlandi “Tulki va Tovuq haqida qissa”, “Kabakka xizmat” shunday satiric asarlar edi. Ularda cherkovdagi ahvolning parrodiya ko’rinishlari joy olgan edi. Ukraina va Rossiyaning birlashishi tarixiy birinchi rus bosma asarlarini yaratilishiga asos bo’lldi. Kiyev monarxi Inakenti Vizel “Sinopsis” tuzub unda Ukraina va Rossiyaning birgalikdagi tarixi yoritilgan edi. U kiyev rusi tashkil topishidan boshlangan edi. XVII – XVIII asr birinchi yarmida “Sinopsis” rus tarixidan darslik sifatida foydalanildi.
Teatr. 1672 – yilda Moskvada teatr tashkil etilgan bo’lib, to’rt yil faoliyat ko’rsatgan. Unda nemis aktyorlari rol o’ynagan. Ayollar va erkaklar ro’llarini erkaklar ijro etishgan. Uning repertuarida “Bibliya” qissalari va tarixiy afsonaviy syujetlar bo’lgan. Rus shaharlari va qishloqlariad sayyor teatrlar ham mavjud bo’lib, ular asosan qo’g’irchoqlardan iborat bo’lgan.
Arxitektura. XVII asr arxitekturasi naqshinkorligi bilan ajralib turadi. Ular rangdor va dekorativ xarakterga ega. Me’morlar asosan bir biriga o’xshamagan oynalar bilan bezashni yoqtirishgan. XVII asrda rangli – “quyosh plitkalari” qo’yilgan. Tosh va g’ishdan bezak sifatida foydanish keng rivojlandi. Bu davr yodgorliklari Kremldagi Aleksey Mixaylovich podsho saroyi, XVII asr Moskva, Pskov, Kostrom boyarlarining tosh palatalari kiradi. Karovnik va Tolchkovdagi Yeroslav ibodatxonasi, Illi payg’ambar cherkovi, Moskvadagi Nikol va Tpois cherkovlari XVII asrning o’ziga xos ananalari ta’sirida qurilgan me’moriy yodgorliklardan hisoblanadi. Bu davrda qurilayotgan binolar avvalgidek harbiy hususiyatga ega bo’lmay, ular ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilikka ihtisoslasha boshladi. Endilikda qurilayotgan Kremllar qala bo’lmay dekorativ hususiyatga ega bo’la boshladi. Kopgina monastrlar devorlari umumlashgan dizayn ko’rinishga ega bo’lib, dekorativ buyumlar bilan bezalgan. Bular Moskva monastri, Vologddagi Kiril belozer monastri, Suzdaldagi Spas Yefimiyev va Trois – Sergiyev monastilari manoshunday turdagi monastrlar edi.moskva uchun binolar rangi qizil va oq uyg’unligi o’zgacha hususiyati edi. XVI asrda Italiyaliklar tomonidan Rusda birinchi martta Arxangelsk soborida “Borokko” usuli qo’llanilgan. XVII asrda qadimgi me’morchilikning rivojlanishi yuz berdi. Moskvadaning Kolomensk qishlog’idagi Aleksey Mixaylovich saroyini zamondoshlari “dunyoning sakkizinchi mojizasi” deb ataganlar. Bu saroy 270 xona va taxminan 3000 ta oyna va oynachalardan iborat. Uni rus ustolari Simyon Pitrov va Ivan Mixaylevlar bunyod etishgan. Saroy XVIII asrgacha mavjud bo’lgan.
Tasviriy san’at. XVII asrning eng mashhur rassomi Simyon Ushakov edi. Uning “Spas Nerukotvarnыy” asarida sohaning yangi real belgilari mavjud. Simyon Ushakov yaratgan maktab uchun haqiqiy kishi tasvirini ifodalash o’ziga hosdir. Rossiyada portret tasviriy san’at yo’nalishini rivojlantirdi. Unda podsho Fyodor Ivanovish M.U. Skopinishuy tasviri ifodalangan. XVII asrning oxirida birinchi parsunlar paydo bo’ldi va bu XVIII asdagi portret san’atining rivojiga katta yordam berdi.
III.BOB “ Oʻrta asrlarda Rus madaniyati” mavzusini oʻqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
3.1. Mavzuni oʻtishda zamonaviy metodlardan foydalanish
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o`quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:

  • Pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;

  • O‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;

  • O`quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;

  • O`quvchlarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;

  • O`quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;

  • Pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.

“6x6x6” METODI
“6x6x6” metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan o‘rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangidan shakllangan guruh a’zolari o‘z jamoadoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
“6x6x6” metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
- Guruhlarning har bir a’zosining faol bo‘lishiga undaydi;
- Ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
- Guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil qiladi;
- Ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi.
Eng muhimi, mashg‘ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lgan bir necha guruhlarda qo‘llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o‘rtasida “6x6x6” metodi qo‘llanilganda vaqtni ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun birmuncha ko‘p vaqt talab etiladi. So‘z yuritilayotgan metod qo‘llanilayotganda mashg‘ulotlarda quruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud.
“6x6x6” metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirmasligi topshiriq yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu metod yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo‘yib chiqadi.O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadi. O‘quvchilarni guruhlaga bo‘lishda har o‘rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o‘z o‘rinlariga joylashadilar.O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot mavzusini e’lon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma’lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangidan shakllangan guruh a’zolari o‘z jamaodoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
“AQLIY HUJUM” METODI
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni tanlash imkoniyati tug‘iladi. “Aqliy hujum” metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
- O‘quvchilarning o‘zlarini erkin his etish uchun sharoit yaratib berish;
- G‘oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni tayyorlab qo‘yish;
- Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash;
-. Mashg‘ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni belgilash;
- Bildirilayotgan g‘oyalarning ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;
- Qog‘oz varaqlari g‘oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng ularni yozuv taxtasiga osib qo‘yish;
- Bildirilgan fikrlarni yangi g‘oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash;
- Boshqalar tomonidan bildirilgan g‘oya (yoki fikr)lar ustidan kulish, kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Yangi g‘oyalar bildirilish davom etayotgan ekan, muammoning yagona yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik.
Shuningdek:
- O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har qanday g‘oya baholanmaydi;
-O‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muhit yaratiladi;
- G‘oyalarning turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi.
-Boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning o‘quvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
Dars jarayonida “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:O‘quvchilarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish.Har bir o‘quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi. Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi yangi fikrlarning tug‘lishiga olib keladi.Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, o‘quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
“QORA QUTI” METODI
Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilar tomonidan mavzuni puxta o‘zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyatlarni boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

  • O‘quvchilar juftlikka biriktiriladi;

  • Juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar(tayanch so‘zlar, sanalar, belgilar, raqamlar va . . . )ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi;

  • O‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan topshiriqning bajarilishini tekshiradilar;

  • Topshiriqni to‘g‘ri bajargan guruhning bir a’zosi o‘qituvchi rolini bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi;

  • Sinf o‘quvchilari yozuv taxtasida qayd etilgan fikrni sharhlaydilar (tayanch so‘zlar, sanalar, belgilar, raqamlar va . . .qanday ma’noni anglatishini aytadilar);

  • To‘g‘ri javob bergan o‘quvchi o‘qituvchi rolini bajarib, juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki tasvir yaratishni topshiradi va o‘qituvchi yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi.

“QIZIL VA YASHIL RANGLI KARTOCHKALAR BILAN ISHLASH” METODI


O‘quvchilar bilan ommaviy va guruh shaklda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- O‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har bir kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi “yadro” tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi);
- Har guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmusi topshiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
-Guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi.
- Agar topshiriq guruhlar tomonidan to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, yakuniy jarayonda kartochkalar orqa tomonga o‘girilganda mavzuning mohiyotini yorituvchi “yadro” tushuncha hosil bo‘ladi.
Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o‘quvchilarda mavzuni muayyan qismlarga bo‘lib o‘rganish va qismlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik hamda aloqadorlikni analiz va sintez asosida aniqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.
“BILAMAN. BILISHNI XOHLAYMAN. BILIB OLDIM”METODI
Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin:Har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg‘ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo‘yicha umumlashtiriladi;Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.O‘quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi: Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim.
3.2. Mazuni oʻtishda prezintatsiya slaydlardan foydalanish
Prezentatsiya yoki taqdimot (lotincha: praesentatio — taqdim etish) — yangidan yaratilgan, tuzilgan muayyan narsaning rasmiy taqdim etilishiga aytiladi. O’qish davrida yoki ish faoliyatini boshlaganimizda eng kerakli ko’nikmalardan biri – taqdimot yaratishni o’rganish desak mubolag’a bo’lmaydi. Ta’sirchan taqdimot (ya’ni prezentatsiya) yaratish uchun amerikalik professor Andrew Abelani “Ekstrim Taqdimot” usulidan foydalanishimiz mumkin.Tinglovchilarning yoshi, mutaxassisligi, qiziqishlari va taqdimot joyi kabi faktorlar uning uslubini to’g’ri tanlashda yordam beradi. Tinglovchilar ma’lumotni qanday qabul qilishlari muallif o’z fikrini qanday bayon qilishga ham bog’liq bo’ladi. Slaydlar sonini taqdimotni davomiyligiga qarab iloji boricha kamroq qilish, ularda multimedia fayllaridan (rasm, video, musiqa) foydalanish va (oynani oldida turib) yetarlicha tayyorgarlik ko’rish hikoyani tinglovchilarga aniq yetkazib berishni osonlashtiradi. Taqdimotlar tajribada qancha ko’p qo’llanilsa, odamda o’ziga bo’lgan ishonchi va mahorati shunga yarasha oshib boraveradi. Shu qatorda taqdimot qiluvchiga to’g’ri qo’llanilgan o’zini non-verbal harakatlari tinglovchilar bilan “bog’lanish”ga va ularni bayon qilinayotgan fikrlarga ishontirishga yordam beradi.Agar mavzuni chuqur yoritish uchun 50 ta tafsilotlarga to’la slaydlar tayyorlansa, tinglovchilarning ichida ko’proq kontseptual o’ylaydiganlar bo’lsa, 11-chi slaydni o’zidayoq ular prezentatsiyadan “uzilib” qolib mobil telefonga tikilishni yoki yonidagi inson bilan gaplashishni boshlashlari mumkin. Yoki, taqdimotni boshidayoq keyingi qadamlar va xulosalarni keltirsangiz, auditoriyda o’tirgan nisbatan ehtiyotkorroq bo’lgan insonlar fikrlaringizda shoshqaloqlikni ko’rib sizning takliflaringizga qarshi chiqishlari mumkin. Agar ular auditoriyadagi qaror qabul qiluvchilar bo’lishsa, ushbu xato sababli muammo vujudga keladi. Odatda taqdimotchilar materiallarni o’zlari uchun mantiqiy bo’lgan tartibda joylashtiradilar. Masalan, oldin kirish qismi, keyin loyiha haqida ma’lumotlar, keyin amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va hokazo. Bu tinglovchilar uchun juda zerikarli bo’lishi mumkin. Shuning uchun prezentatsiyani hammaga qiziq bo’lgan muammo bilan boshlash zarur, keyin yechimi bo’yicha o’z takliflaringizni berganingiz maʼqul.
Oʻquvchilarga slayd va prezentatsiyalardan foydalanib dars oʻtish oson va vaqtni birmuncha tejaydi. Ayniqsa qisqa videolar, rasmli slaydlar va xaritalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Oʻquvchilarning barchasi siz qoʻyib bergan slaydga eʼtibor qilishi uchun mavzuga qiziqarli maʼlumotlar va faktlardan foydalanish kerak.Ba’zida slaydlardagi ma’lumotlar auditoriya uchun emas, balki ma’ruzachining manfaati uchun tayyorlanganligi ko’rinib qoladi. U slaydlardagi matnni ovozi bilan o’qishni boshlaydi, auditoriya ham ichida o’qiydi. Natijada, ovoz bilan matn raqobat qilishni boshlashadi va yetkazilmoqchi bo’lgan ma’lumotlar shu “shovqin”da o’z ta’sirchanligini yo’qotadi. Aslida esa, vizual (grafik) ma’lumotlardan ifoda etilayotgan fikrlarni qo’llab-quvvatlanilishi uchun foydalanish kerak. Shuning uchun, slaydda ko’proq grafik va kamroq matn ishlatilganda, ovoz bilan birga slaydni asosiy mazmunini kuchaytirish mumkin.

Xulosa
Xulosa qilib aytamanki, Madaniyat - bu insonni hayvonlardan ajratib turadigan, faqat insoniyat jamiyatiga xos bo'lgan narsa. Har bir davlatning oʻziga xos madaniyati va sanʼati boʻladi. Rus madaniyati dastlab yaxshi rivojlanadi, soʻng moʻgʻullar istilosi davrida bir muncha tushkunlikka uchraydi. Rossiyada ayniqsa Yaroslav Donishmand davrida madaniyat yuksaladi. Balki bu rivojlanish hozirgi kundagi Rossiya yuksalishi uchun poydevor boʻlib xizmat qilgan.


Madaniyatga arxitektura, yozuv, hunarmandchilik va boshqa bir qator sanʼat turlarini koʻrsatish mumkin. Bu sanʼat namunalari yuksak did bilan yaratilgan buyumlar, meʼmoriy obidalar, kitoblar bunga misol boʻla oladi.
MADANIYAT — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. «Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik Madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek Madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (masalan, badiiy Madaniyat, turmush Madaniyati)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda «Madaniyat» atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. Rossiya xristian dini qabul qilgandan keyin koʻplab asarlar kirib keldi va ularni tarjima qildi.

Glossary


Boyarlar (turkiycha bajar — amaldor, boy er, janob) — 1) 9—17-asrlarda Rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi.
Freska (ital. Fresco — yangi) — rangtasvir asari yaratish usuli; asarlari yangi nam suvoqqa quriganda yupqa shaffof kalsiy karbonat qatlami hosil qiluvchi suvli yoki ohak suvi qoʻshilgan boʻyoqlarda ishlanadi.
Mozaika (frans. Masaique — muzalarga bagʻishlangan) — bir xil yoki turli xom ashyo (koshin, tosh, yogoch, marmar, metall va boshqalar) bulaklaridan ishlangan tasvir, naqsh.
Sobor — xristianlikda — oliy martabali ruhoniylar toatibodat qiladigan yirik xristian ibodatxonasi.
Monarxiya (yunoncha: monarchia — yakka hokimlik) — davlat boshqaruvi shakli. Bunda davlat boshligi monarx hisoblanadi.
Kitay goroda - Tarixchilar fikricha bu so’z – “kita ”- xodalar shodasi, qo’rg’onlar qurishda foydalaniladigan so’zidan kelib chiqqan, yoki italiyancha ‘‘shahar’’ so’zidan, yoki turkcha “qo’zg’on” so’zidan kelib chiqan.
Glogolitsa – glagol yozuvining qadimda nomi
Slavyanlar — kelib chiqishi bir va tillari oʻzaro yaqin boʻlgan Yevropa xalqlarining eng yirik guruhi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Salimov “ Jahon tarixi” – 2014- yil
2.L.Elimov “ Kiyev Rus madaniyati” 2021 -yil
3. “ Kulurologiya. Istoriya kultura Rossii” Sankt-Peterburg 2005- yil
4. “Taʼlimni tashkil etishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish”
Oʻ.X. Muhammedov

Download 66,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish