II BOB.QUYOSH AKTIVLIGINING INSONLARGA TA’SIRI
2.1 Quyosh aktivligi o’zgarishining yerdagi hayotga ta`siri.
2000 –2004 yillar mobaynida 11 yillik davr bilan takrorlanuvchi aktivlikni boshidan o’tkazganquyosh oradagi bir oz sukunatdan so’ng yana 2006-yil mart oyining oxiri va aprel oyi boshlarida yana bezovtalanib boshladi. 14-aprel kuni ona yerimiz keyingi o’n kunlik ichidagi uchinchi bor magnit g’alayonlanishni o’z boshidan o’tkazdi. Bunga asosiy sabab quyoshda juda ulkan alanganing navbatdagi uzilishi bo’ldi. Natijada quyosh o’zining sokin nur sochish holatidan chiqdi. 5 aprel birinchi geomagnit g’alayonlanish qayd qilindi. 9-aprel kechqurun kuchli magnit g’alayonlanish Amerika mintaqasining to Kalorido shtatlarigacha ravshan ko’ringan Qutb yog’dularini yuzaga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |