Mundarija kirish i-bob. Qurilish ishlarini ikkinchi va undan keyingi yillariga smeta qiymatini aniqlashning nazariy asoslari



Download 301,7 Kb.
bet27/30
Sana22.07.2022
Hajmi301,7 Kb.
#838163
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2 5303492253518404885

Mexnat muxofazasi. Mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, sog‘ligi va ish qobilyatini saqlashni ta’minlaydigan qonunchilik aktlari va ularga mos satsial – iqtisodiy, texnikaviy, gigienik va tashkiliy tadbirlar sistemasi mehnat muhofazasi deb ataladi. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonun asosida ishlab chiqarishdagi inson sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan omillarni bartaraf qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish jarayonlarining sanitariya – gigienik jihatdan qoniqarli holatda bo‘lishi uchun barcha zarur chora – tadbirlarni ko‘rish ma’suliyati ma’muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Sanoat korxonalarining ish jarayonida shikastlanish va kasbiy kasalliklarni kamaytirish davlat miqyosidagi ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lib, mehnat muhofazasi bo‘limi raxbariyat va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda chora – tadbirlar belgilaydi. Korxonada yuz beradigan har qanday baxtsiz xodisaga korxona birinchi raxbari va bosh muhandis bevosita javobgar hisoblanadi. Sanoat korxonalarida qonun asosida mehnatni muhofaza etish masalalarini hal qilish maqsadida, har yili kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan hamkorlikda mehnat muhofazasi chora – tadbirlari ishlab chiqiladi. Mehnat sharoitini yaxshilashga olib keladigan jami tadbirlar mazmuni bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
1. Baxtsiz xodisalarni oldini olish chora tadbirlari;
2. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklari oldini olish chora – tadbirlari;
3. Mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora – tadbirlari.
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib boorish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. (211 – modda. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun. ) Har bir ishga olinayotgan xodim mehnat muhofazasining asosiy omillaridan bo‘lgan xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong‘in xavfsizligi, birinchi tibbiy yordam va boshqalar bilan tanishtirilib chiqiladi. Mehnat muxofazasi davlat organlari tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib turiladi.


XULOSA
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida olib borilayotgan islohatlar, modernizatsiyalash va dversifikatsiyalash jarayonlarida amalga oshirishda bunyodkolik ishlarining asosiy hissasi qurilish komrleksi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu sababli qurilish industriyasining rivojlanish darajasi va sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Respublikamizda qurilish ishlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiyalarni keng jalb qilinishi bilan chambarchas bog‘liq. Shu sababdan investitsiya dasturlarini shakllantirishda qurilishning ikkinchi (va keyingi) yili uchun qurilish ob’ektida bajariladigan ishlarning shartnomaviy-joriy narxi optimal shakllantirish orqali jalb etilayotgan investitsiyalardan maqasdli va samarali foydalanish mumkin bo‘ladi.
Bitiruv malakaviy ishida investitsiya dasturlarini shakllantirishda qurilishning ikkinchi (va keyingi) yili uchun qurilish ob’ekti smeta qiymatini shakllantirishda asosiy narx shakllantiruvchi resurslarlarni to‘g‘ri tanlash va narxning o‘sishi prognozini optimal shakllantirish orqali ularni aniq va real indeksatsiya qilinish mexanizmi shakllantirilgan.
Yirik investitsiya dasturlari tarkibidagi obyektlar smeta qiymatlari shu investitsiya dasturi ishlab chiqilgan yil davomida shu yilning 1 kvartalida qayd etilgan narxlar ko‘rsatkichlari asosida tuziladi. Amalga oshirilayotgan dasturlarda esa yildan-yilga o‘tuvchi qurilish obektlarini keyingi yillar uchun smeta qiymatini hisoblash ishlari asosan yil boshidagi, ya’ni o‘tgan yilning 4-kvartali ko‘rsatkichlari asosida qayta hisoblanadi. Shu sababli narxlar o‘sishini o‘rtacha qiymatini shu yilning smetada qo‘llanilan kvartal katalogida qayd etilgan ko‘rsatkich bilan solishtirish orqali yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Yil davomida qurilish materiallari assortimentiga ko‘ra muvsumiy talabning o‘zgarishi hisobiga narx-navoning o‘zgarishi sodir bo‘ladi. O‘rganish jarayonida ayrim qurilish materiallar narxlari talab eng yuqori bo‘lgan mavsumda 25-30%gacha qiymatlashtshi aniqlandi.
Yilning to‘rt kvartalida narxlar o‘zgarishining o‘rtacha miqdori hisoblanganda yillik o‘rtacha narx bilan kvartallik narxlar o‘rtasidagi tafovudlarni aniq ko‘rish mumkin. Ilmiy ishda o‘tkazilgan tadqiqolar va tahliliy ko‘rsatkichlarga asoslangan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:
- qurilishning ikinchi (va undan keyingi ) yili uchun qurilish materiallari qiymatini hisobot yilining 4 kvartalida chor etilgan katalog asosida qayta hisoblash natijasida 5-16 foizgacha xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin;
- qurilish materiali narxini aniqlashda hisobot yilining 1-4 kvartallarida chor etilgan kataloglarda keltirilgan narxlarni umumlashtirib to‘rtga bo‘lish orqali yillik o‘rtacha narx hisoblab toriladi;
- qurilish materali qiymatini qayta hisblash jarayonida yillik o‘rtacha narxlarni qo‘llash orqari o‘rtacha 10 foizgacha xatolikni tuzatish mumkin bo‘ladi;
- qurilishning ikkinchi yili uchun joriy narxlardagi qurilish materiallari qiymatini hisoblashda o‘rtacha yillik ko‘rchatkichni qo‘llash orqali jami qurilish materiallari qiymati 10 foizga, qurilishning to‘g‘ri xarajatlar qiymati 4-6 foizga va ob’ektning umumiy smeta qiymati 3-4 foizga tuzatish imkonini beradi.
Tadqiqot natijasiga ko‘ra quyidagi taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:

  1. Investitsiya dasturlarini ishlab chiqishda qurilish ob’ektlari dastlabki smeta qiymatini hisoblashda qurilish materialalari qiymatini yillik o‘sish koeffitsentlarini hisoblab chiqish lozim (Yillik o‘sish koefitsentini hisoblash uslubi dissertatsiya ishining 3.1-bo‘limda keltirilgan).

  2. Qurilish ishlari uzoq davom etuvchi ob’ektlarda qurilish ishlarining keyingi yilga o‘tishi hajmini aniqlashda taqqoslash vedomostlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Taqqoslash vedomostini invesititsiya ob’ektining lokal smetasi asosida shakllantirish va unda har bir yil uchun ish turi bo‘yicha jami qurilish qiymatini hisoblash orqali keyingi yil uchun smeta qiymatini yuqori aniqlida hisoblash mumkin bo‘ladi.



Download 301,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish