Mundarija kirish I. Bob qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish infratuzilmasining o‘rni


II. BOB QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASINING O‘RNI



Download 68,38 Kb.
bet4/6
Sana20.06.2022
Hajmi68,38 Kb.
#679164
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2.Qishloq xo\'jaligi korxonalari

II. BOB QISHLOQ XO‘JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASINING O‘RNI
2.1 Qishloq xo‘jaligi barqaror rivojlantirishda infratuzilmaning ahamiyati
Qishloq xo‘jaligi raqobatli bozor tuzilmasi va o‘ziga xos bozor munosabatlari tizimiga ega bo‘lgan, milliy iqtisodiyotning muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotni modemizatsiyalash sharoitida qishloq xo‘jaligi tarmoq mahsuloti bilan boshqa tarmoqlar mahsulotlari o‘rtasidagi narxlar nomutanosibligining o‘sishi bilan tavsiflanuvchi vaziyat yuzaga keldi. Bozor mimosabatlarining rivojlanishi bir butun bozor organizmini bir me’yorda faoliyat ko‘rsatishini ta’min etuvchi va unga yordamchi tavsifga ega bo‘lgan bozor infratuzilmasiga ma’lum darajada bog‘liqdir. Bozor infratuzilmasi bozor xo‘jaligiga xizmat qiluvchi muassasalar, tashkilotlar, davlat va tijorat korxonalaridan tashkil topadi. Bozorning qaror topishi bir qator iqtisodiy asoslarga tayanadi. Barcha bozorlar turli mezonlardan kelib chiqqan holda, o‘z tavsifiga ko‘ra quyidagicha tarzda tasniflanishi mumkin:
Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida ikki xil: tovar ishlab chiqarish va muomala qonunlariga muvofiq tarzda amalga oshuvchi aloqalar mavjud. Abdug‘aniyev A.A fikriga ko‘ra bozor bir qator muhim iqtisodiy funksiyalami bajaradi2. Faoliyat ko‘rsatayotgan bozorlaming turli tumanligi ulami qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori; qishloq xo‘jaligi uchun moddiy-texnik resurslar bozori; xizmat ko‘rsatish soha lari bozorlariga ajratish imkonini beradi. Quyidagi rasmda qishloq xo‘jalik mahsulotlari bozorining tartibga soluvchi, rag‘batlantimvchi va boshqa qator funksiyalari keltirilgan.
Mustaqil tovar ishlab chiqamvchilar sonining ko‘pligi, alohida ishlab chiqamvchining narxga ta’sir eta olmasligi, bozorga kirish to'siqlarining mavjud emasligi, mahsulotlaming bir xilligi va standartlashganligi, tarmoqqa kirish to‘siqlarining yo‘qligi, erkin raqobatli bozorning asosiy belgilari bo‘lib hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi moddiy-texnik resurslari bozoriga uch yirik tarmoq: qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, ozuqa ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlari kelib tushadi. Dilerlik, ta’mirlashtexnik, agrokimyoviy, meliorativ va boshqa tashkilot va firmalar fermerlarga va dehqon xo‘jaliklariga taqdim etiluvchi xizmatlar sohasi bozorining subyektlari bo‘lib hisoblanadi.
Bozor mexanizmi davlatning aralashuvisiz qishloq xo'jaligi texniklari bozorini mustaqil tarzda tartibga solish imkoniyatiga ega emas, chunki ular tartibga solish yagona tizimining bir-birini to‘ldiruvchi komponentlari bo‘lib hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligi texnikalari bozoriga davlat aralashuvining pasayishi:
1) mashinasozlik va qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxlari;
o‘rtasidagi narx nomutanosibligining kuchayishiga;
2) fermer xo‘jaliklarining to‘lov layoqatining pasayishiga;
3) ishlab chiqarish quwatlaridan to‘la foydalanmaslik va energiya qiymatming yuqoriligi oqibatida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ining inqirozga yuz tutishiga;
4) amortizatsiya fondi mablag‘laridan maqsadsiz foydalanishga;
5) qishloq xo‘jaliging texnikasiga QQSning joriy etilishiga;
6) fermer xo‘jaliklariga texnikani lizing asosida yetkazib berishda monopoliyaning vujudga kelishi;
7) fermer xo‘jaliklarining texnikalami lizing bo‘yicha xarid qilishda budjetdan yetarlicha moliyalashtirilmaganligi;
8) fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan texnikalarga ta’minotchi korxonalar tomonidan kafolatli xizmatlar ko‘rsatishning mavjud emasligi kabi bir qator salbiy holatlaraing namoyon bo‘lishiga olib keldi.
Ta’kidlash lozimki, infratuzilmaning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rnining muhimligi bajaradigan funksional vazifalari va xizmat turlarida yanada yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Ko‘pgina adabiyotlarda infratuzilmaning funksional vazifalari va xizmat turiga qarab nazariyotchi olimlar uni metodologik nuqtayi nazardan ikkita guruhga: ishlab chiqarish va ijtimoiyga.
Shu jumladan A.O‘lmasov va N.To‘xliyevlamingyozishlaricha: Ishlab chiqarish infratuzilmasi (bevosita moddiy ishlab chiqarishga xizmat qiladi) va noishlab chiqarish infratuzilmasi mavjud. Ishlab chiqarish infratuzilmasi yalpi ijtimoiy mahsulot, milliy daromad yaratadi; ijtimoiy infratuzilma sohalari (maorif, fan, sog‘liqni saqlash va b.) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishga, inson omillarini faollashtirishga xizmat qiladi3.
A.Tursunov infratuzilmaning mohiyatini yoritishda aynan shunday yondashuvga suyangan: ≪Infratuzilma iqtisodiy kategoriya (toifa) sifatida birinchidan, moddiy ishlab chiqarish xarakteriga egabo‘lmagan(sog‘liqni saqlash, savdo, aholi tashuvchi transport, mehmonxona, oshxona, shahar komunikatsiya inshootlari, xodimlami tayyorlash masalalari va hk;) ikkinchidan: moddiy ishlab
chiqarish xarakteridagi, (umumiy transport xo‘jaliklari, elektr quvvatini uzatish liniyalari, tabiiy resurslardan foydalanish tarmoqlari, axborotni uzatish va ishlab berishdagi vositalar va hk.) obyektlarining mazmunini o‘zida ifoda etadi≫4.
Albatta, infratuzilmaning ana shunday ikkita katta guruhga bo‘linishi bajaradigan asosiy vazifalar hamda milliy iqtisodiyotning moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga bo‘linishiga asoslanadi. Biroq infratuzilma elementlarining o‘zaro juda jips bog‘langanligi ulaming u yoki bu guruhga mansubligini belgilashni mushkullashtiradi. Masalan, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi transport yoki aholining transport vositalarini ta’mirlash kabi xizmatlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra birga aholiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmaning sohasidir, biroq ularda umumiy texnik-ishlab chiqarish xususiyatlari ham mavjud. Shu bilan birga bu sohalarning
iqtisodiy-funksional xizmat vazifasi aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilganligi bois ijtimoiy chiqarish infratuzilmaga mansub deb topilishi ham tabiiydir.
Infratuzilma soha mutaxassislari tomonidan turlicha tasniflangan. Ayniqsa, islohotlardan oldingi davrda ishlab chiqarish, noishlab chiqarish (ijtimoiy), xalq xo‘jaligi (yoki magistral), institutsional; mintaqaviy, korxona va sohalar nomi bilan yuritiladigan infratuzilma turlari ilmiy adabiyotlarda ko‘p yoritilgan. Lekin hozirgacha infratuzilmaning guruhlarga bo‘linishiga qaramay, uning tarkibiy tuzilishi, mohiyati va bajaradigan vazifalari yuzasidan yagona fikr shakllanmagan.



Download 68,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish