Mundarija: Kirish I. Bob. Populyatsiya genetikasi va molecular evolutsiyasi


Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari



Download 0,96 Mb.
bet3/11
Sana26.10.2022
Hajmi0,96 Mb.
#856826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Populyatsion genetika va molekulyar evolyutsiya

Populyatsiya tushunchasi va xususiyatlari. Populyatsiya- bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo’lib ular ma’lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funksiyalari xisobi8ni aks etdiradi. Populyatsiya a’zolarining hayotiy belgilari: tur vakillari qalinligi tug’ulishi,
o’lishi, yosh bo’yicha taqsimlanishi, organizmning biotik patensiali ma’lum hududda tarqalishi va o’sish xillaridir. Populyatsiya genetik xususiyatlarga ham ega bo’lib bu xolati organizmning to’gridan-to’g’ri ekologik moslashishi qayta ko’payishi va tug’ilishiga bog’liq, ya’ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobiliyatini saqlab qolishidir (Dobsxansky, 1968).
Populyatsiya “biologik” va “guruhlik” xususiyatiga ega bo’ladi. Biolgik xususiyatiga: populyatsiya a’zolarining hayot sikli, o’sishga qobiliyati faqrlanishi va o’zining son sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib, ular populyatsiyani xosil qiluvchi organizmlarga taalluqlidir (2-rasm. Populyatsiya o’ziga xos ma’lum biologik tashkiliy tuzulishlariga ega. Populyatsiya belgilari ularning tuzulishi va sonlarning nisbati bilan bog’lanadi va umumiy genetik xususiyatlari bilan ham harakterlanadi.

2-rasm.
Populyatsiyalar bir-birlari bilan asosan ekologik aloqalar orqali bog’lanib turadi. Populyatsiya ichidagi asosiy qonun-bu muhitdagi juda oz, chegaralangan zahiralardan foydalanib kelajakda avlod qoldirishdan iboratdir. Bu holat populyatsiya a’zolari miqdorining o’zgarishi, tur vakillarining o’z sonini boshqarib turishi orqali amalga oshiradi.
Populyatsiya-bu tur vakillarining guruhlik uyushmalari bo’lib, ular o’zlariga xos spetsifik xususiyatlarga egaki, bunday xislatlar ayrim vakillarga taalluqli emas.
Populyatsiya klasssifikatsiyasi. Populyatsiyani klasifikatsiyalashda bir necha prinsiplarga amal qilinadi,populyatsiyaning makonda tarqalishini prof.N.P.Naumov (1963) quyidagicha farqlaydi; elementar (boshlang’ich sodda),ekalogik va jo’g’rofik populyatsiyalar.Ularning qisqacha ta’rifi quyidagicha;
1)Elementar populyatsiya-bu uncha katta bo’lmagan, bir xil joyda uchradigan yig’indisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti xar xil bo’lsa, papulyatsiyalarning soni ko’p bo’ladi va ko’p sonli papulyatsiyalar hosil qiladi.Bir xil sharoitda bunday holat kam bo’ladi (3-rasm);
2)Ekologik populyatsiya sodda ,elementar populyatsiyala yig’indisidan hosil bo’ladi. Ular ma’lum biogetsenozdan, tur ichidagi guruhlardan yuzaga keladi. Masalan, olmaxonning “qarag’ay”, “qora qarag’ay”, “oq qarag’ay” kabi populyatsiyalari uchraydi. Lekin, bu populyatsiyalar bir –biridan keskin chegaralanmaydi, ular o’rtasida genetik informatsiya tez-tez o’tib turadi.

3-rasm.
3) Jo’g’rofiki populyatsiuya-ekologik populyatsiyalarni o’z ichiga oladi, bir xil jo’g’rofik sharoit va hududda uchraydi. Lekin jo’g’rofik ppulyatsiyalar yetarli darajada bir-biridan chegaralangan bo’lib o’lchamlari, ko’payish qobiliyatlari ekologik moslashishlari, fizologik va xulqiy xususiyatlari biln farqlanadi.
Populyatsiyalarning dinamik tavsifini - tug‘ilish, mahsuldorlik. nobud bo‘lish, hayotchanilk. emigratsiya va immigratsiya kabilar belgilaydi.
Tug‘ilish va mahsuldorlik.
Tug‘ilish ko‘payish tezligini miqdoriy jihatdan tavsiflovchi, ya'ni vegetativ yoki generativ yo‘llar bilan ko‘payishidan qafiy nazar populyatsiyada yangi hosil bo‘lgan individlar sonini
bildiradi. Populyatsiyada individlar sonining ortishi tug‘ilish hisobiga ortibgina qolmay, balki immigratsiya tufayli, ya'ni boshqa populyatsiyalardan individlarining kelib qo‘shilishi hisobiga ham
o‘zgaradi.
Tug‘ilish tushunchasi populyatsiyaga nisbatan ishlatiladi. Individlarga nisbatan mahsuldorlik tushunchasi ishlatiladi. U ma'lum vaqt oralig‘ida paydo bo‘lgan yangi tug‘ilgan individlar sonidir.
Hayoti davomida ko‘payish davri soniga qarab monotsiklik va politsiklik turlar farqlanadi.
Monotsiklik-xususiyat, odatda hayoti qisqa vaqt davom etadigan turlarga xosdir.(may qo‘ng‘izi, losos baliqlari, boshqa hasharotlar).
Politsiklik rivojlanishida esa. turlar bir mvsumda bir necha marta nasb beradi. Bu ko‘pincha umurtqali hayvonlarga va qator umurtqasizlarga, masalan qisqichbaqasimonlarga xosdir.
o‘simliklarda mono va polikarp turlarga bo‘linadi. Ular hayoti davomida bir marta va ko‘p marta ko‘payadi. Individlarning serpushtligi ham muhim ahamiyatga ega. Serpushtlilik ko‘pchilik hollarda parvarish qilishga yoki tuxumning oziqa moddalar bilan ta"minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Qushlarda tuxum qo‘yish baliqlardagi kabi min*gtagacha o‘zgarmaydi. Ular bittadan 20-25 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Ular bolalarini boqish uchun ko‘plab energiya yo‘qotadilar. Kichik qushlar uyasiga bir sutkada 100 marta oziqa olib keladilar. Masalan: qizilqum chumchug‘i-200 marotabadan ko‘p: katta chittak -400, sayroqi qush-600 marotabagacha uyasiga oziqa olib keladi. Agar iryap^qTryjjgan tuxumlar odatdagidan ko‘p bo‘lsa, jo‘jalar to‘yib oziqlana olmaydilar, ya'ni oziqa yetarli bo‘lmaydi va uning hayotchanligi past bo‘ladi. Agar populyatsiyalarda serpushtlik yuqori bo‘lsa, ularning nobud bo‘lishi ham yuqori bo‘ladi. Shuning uchun populyatsiyalarda serpushtlilik yuqori bo‘lsa, ularning umumiy ko‘payishi past bo‘ladi.
Nobud bo‘lish (o‘lish). Nobud bo‘lish populyatsiyada individlarning o‘lishini tavsiflaydi. Ekologik. nobud bo‘lish deganda, ma'lum sharoitda individlaming nobud bo‘lishi tushuniladi. Bu ko‘rsalkich tashqi muhit va boshqa omilar ta'sirida o‘zgarib turadi.
Nobud bo‘lishdan tashqari populyatsiyada individlar sonining kamayishiga emigratsiya ta"sir-qiladi. Emigratsiya muaan bir populyatsiyalardagrindividlarning boshqa populyatsiyaga chiqib*ketib, jadal ko"payishi va individlarning yuqori zichligi natijasida kelib chiqadi.
Populyatsiyadagi sonlarning umumiy o‘zgarishi 4 ta holat hisobiga amalga oshadi: tug‘ilish, o‘lish, turning emigratsiyasi, immegratsiya. Populyatsiya sonining o‘zgarishiqtug‘ilishQ immigratsiya-o‘ lishQemigratsiya.
Populyatsiyada individlarning o"lishi ko‘pgina sabablar orqali sodir bo‘ladi: turning genetik
va fiziologik lo‘liqligi, muhit sharoiti, noqulay omillar la'siri, yinqichlar, parazillar, kasalliklarning ta'siri. Tajribada, populyatsiyalarda o‘lishning qanday borishini bilish uchun yashab qolish egri chizig‘i chiziladi.
Tabiatdagi ko‘pchilik turlar uchun o‘lim-yosh organizmlarda ularning hayotining erta davrlarida -voyaga yetganlarga qaraganda doim yuqori bo‘ladi. Ko‘pgina baliqlarda voyaga yetgan fazagacha qo‘yilgan ikraning 1-2% gina yashab qoladi. Hasharotlarga qo‘yilgan tuxumdan-0,3-0,5% gina.
Insonlarda ham uzoq vaqtgacha yosh bolalar o‘limi yuqori bo‘lgan-tibbiyot rivojlanishi bilan, o‘lim biroz kamaygan. Bu esa avlodlar yashovchanlik egri chizig‘i tipining o‘zgarishiga olib keladi va yer yuzi aholi sonining ortishiga, ya'ni «demografik portlashga» olib keldi.
o‘lim 3 ta tipga ajratiladi:
1-tipiga-butun hayot davomida bir xildagi o‘lim kiradi, yoki bir tekis nobud bo‘lishi kuzatiladi u eksponensial egri chizig‘i bilan ifodalanadi. Bunday tipdagi o‘lim juda kam uchraydi, ya'ni butun hayoti davomida nisbatan kam nobud bo‘lishi kuzatiladi. Bu grafikda boshlanish va generatsiyaning nol miqdoridan boshlab bir tekis to‘g‘ri chiziq hosil qiladi.
2-tipi-rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida yuqori o‘lim bilan xarakterlanadi. Ko‘pchilik o‘simliklarning maksimal halokati-urug‘ning va o‘simtaning unib chiqish bosqichi ro‘y beradi. Hayvonlarda esa-lichinka fazasi va yosh holatida kuzatiladi. Bunday populyatsiyalarda o‘lish egri chizig‘i vertikal o‘q bo‘yicha boshidayoq keskin pasta tushib ketadi. Voyaga yetgan shakllari ancha himoyalangan va chidamli bo‘ladi.
3-tipi-katta yoshdagi ayniqsa qari turlarda yuqori halokat bilan xarakterlanadi. Agarda bitta generatsiyadan hosil bo‘igan individllr o‘zlarining biologik yosh chegarasigacha yashab. keyin qisqa
vaqt ichida o‘ladigan bo‘lsa, bu ideal holat hisoblanadi. Bu populyatsiyadagi eng kam nobud bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Avlodlar sonining vaqtga bog‘liqligini ifodalaydigan bunday egri chiziq dastlab gorizontal o‘qga parallel holda boradi, keyin esa tez pastga egilib tushadi.
Tabiatda ayrim turlarning nobud bo‘lishi unga maTum miqdorda yaqin bo‘lishi mumkin: Masalan, ayrim hasharotlarda - qo‘ng‘iz, yirik sut emizuvchilarda kuzatiladi. Bu tipga hozirgi inson populyatsiyalarini ham kiritish mumkin. Bunday populyatsiyalarda tuming o‘rtacha hayotining davom etishi yuqori bo‘lib, maksimumiga yaqinlab qoladi.
Populyatsiyadagi individlaming tug‘ilishi bilan nobud bo‘lishi o‘rtasidagi farq hayotchanlik deb qaraladi.
Yuqorida aytilgan o‘limning 3 tipi asosida yashovchanlik. hayotchanlik egri chizig‘i chiziladi.
Yashovchanlik egri chiziqlarining 3 xili (E.Makfeden bo‘yicha. 1965)

4-rasm. Yashab qolgan turlar

l-II- Yashovchanlik egri chiziqlari.


1 - Gidro va ba'zi qushlar, sut emizuvchiiarga xosdir.
2. -Yirik, ko‘pchilik umurtqasiz hayvonlar. baliqlar, qushlaming ayrim turlarida kuzatiladi.
3.-Yirik sut emizuvchilar, odam populyatsiyasiga xosdir.
2-asosiy savol bo‘yicha o‘qituvchining maqsadi:
Biopotensial, o‘sishning eksponensial va logistik modeli haqida tushuncha berish.
Populyatsiyalar o‘sishining bu modellarining mohiyatini ochib berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
2.1. Biopotensial mohiyatini tushunib yetadi.
2.2. o‘sishning eksponensial va logistik modeli nimadan iborat ekanligini biladi va
farqlay oladi.
2-asosiy savolning bayoni.
Biotik potensial.
Agar tashqi muhit omillari uni cheklab qo‘ymasa, har qanday populyatsiya ilmiy jihatdan olganda tabiatda sonining cheksiz o‘sishiga moslashgan. Bunday gipotetik holatda populyatsiya o‘sish tezligi tur uchun xos bo‘lgan faqat hayotiy potensial kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu tushuncha ekologiyaga 1928 yilda R.Chepmen tomonidan kiritilgan. Biotik potensial maTum vaqt birligi ichida bitta juftdan olinadigan avlodlarning nazariy maksimumini, masalan yil davomida yoki
hamma hayotiy davr davomidagisini aks ettiradi. Biotik potensial hisolanganda u koeffitsent r bilan belgilanadi. Populyatsiyaning maksimal o‘sishi N, ma"lum bir vaqtdagi populyatsiyalarning soni t, populyatsiyaning boshdagi soni-N0 bo‘lsa.
U xolda =rN0 bundan r=∆N\ ∆N0∆T
N - populyatsiya soni
No-populyatsiya sonining dastlabki davrlari.
Nt- qandaydir bir vaqtdagi soni.
Har xil turlarda biotik potensial kattaligi har xildir. Masalan. hayoti davomida urg‘ochi asalari - 50 ming tuxum. baliq(ayrim turlari) 3 milliardgacha ikra qo‘yishi mumkin. Bu turlaming biopotensiali aslida bundan ham yuqori. Agarda hamma avlodlari saqlanib qolsa, har qanday populyatsiyaning soni maTum bir vaqt intervalidan keyin geometrik progress bcrHicha oshishi mumkin edi. Mana bunday populyatsiyalaming o‘sishi ko‘rsatidigan egrichiziq cheksizlikka ketishi mumkin Bunday egri chiziq-eksporersional deyiladi.
Populyar sonining cheklovi omillar ta'sirsiz o‘sishi eksponensial o‘sish deb qaraladi. Eksponensial o‘sish kuyidagi tenglama bilan ifodalanadi;
N, =N0 ert
Hksponensial o‘sish organizmlar soni ortishining potensial imkoniyatini tavsiflaydi. R.N.Chepman uni biotik potensial deb atagan.
Tabiatdagi populyatsiyalarnig biotik potensiali hech qachon to‘liq o‘zlashtirilmaydi. Uning kattaligi odatda populyatsiyada tug‘ilish va o‘lish orasidagi farq bilan ifodalandi; r q v- d bu yerda, populyatsiyadagi bir vaqtning o"zida -v- tug‘ilgan, d- o‘lgan organiz soni.
Grafik arixmetik shaklida Nt j- simon chizish bilan ifodalanadi. Logarifm shaklga ega grafik to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘lib, uning etilishi populyatsiyaning potensial o‘sish bilan bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy populyatsiyalarda eksponensial o‘sish juda qisqa vaqt davomida kuzatilishi mumkin. Bundan populyayatsiya umuman juda katta tezlik bilan o‘sadi. Fitoplanktonlarning yalpi ko‘payishi natijasida vuqoridagi o‘sish kuzatiladi.
Cheklovchi tasnqimuhit sharoitda ko‘pchilik tirik organizlar uchun populyatsiyalar sonining logistik o‘sishi xosdir . 1845 yil Ferxyulst ko‘rsatib berganidek, uning grafik ifodasi S-simon. ya'ni
j-simon egri chmqqa nisbatan anchcha siniq ko‘rinishda bo‘ladi. Populyatsiyaning logistik o‘sish dastlab sekin boradi. kcyinchalik tezlashib ketadi. Tashqi muhit ta'ziqi, ya'ni noqulay ta'sir etuvchi omillar tufayli tug‘ilishiga nisbatan nobud bo‘lish ortadi. Natijada populyatsiyaning o‘sishi pasayadi. MaTum vaqtdan so‘ng barqaror muvozanat qaror topdi. Populyatsiyaning zichligi bilan tashqi muit resurslari nisbati to‘g‘ri kelganda muvozanat kuzatiladi.
Populyatsiyalar dinamikasining ba'zi turlari
A.-j-simon eksponensial o‘sish egri chizig‘i;
B. S - simon logist egri o‘sish chizig‘i.
M va K. -soni o‘zgarishining quyi va yuqori chegaralari.
Populyatsiyalarning o‘sishini ikki omil boshqaradi.
1. Organizlaming tug‘ma qobilyati. yani maksimal tezlik bilan ko‘payishi(biopotensial). 2. Muhitning ta'ziqi. ya'ni u biopotensial bilan amaldagi o‘sish tezligi o‘rtasidagi farq ko‘rinadi.
Muhitning ta'ziqiy-o‘z ichiga tiklanadigan (suv, joy va b) resurslarni oladi Mustaqil ish topshiriqlari oldingi mavzuda berilgan.



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish