Mundarija: kirish I bob. O’zbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlanish bosqichlari


Xalqaro turizmning rivojlanish dinamikasi



Download 36,23 Kb.
bet3/6
Sana10.07.2022
Hajmi36,23 Kb.
#769420
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUNDARIJA

Xalqaro turizmning rivojlanish dinamikasi:
(1950-2016) 1-jadval

YILLAR

XALQARO KIRUVCHI TURISTLAR SONI (mln)

UMUMIY DAROMAD (mlrd) dollar

1950

25

2

1960

70

7

1970

160

18

1980

285

102

1990

460

265

2000

698

476

2001

689

464

2002

703

471

2003

694

-

2004

764

633

2005

806

680

2006

820

650

2007

903

856

2008

922

944

2009

880

970

2010

940

927

2011

995

1042

2012

1,035

1075

2013

1,087

1197

2014

1,133

1245

2015

1,189

1196

2016

1,235

1220

Manba: Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO). “Turizmda muhim voqealar”, 2017.

O‘zbekistonda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida turizm sohasining markazlashgan ma’muriy boshqaruv tizimi 1971- 1991-yillar davriga to‘g‘ri keldi. Bu davrda salbiy oqibatlar ham ko‘zga tashlana boshladi. Qurilmay qolgan turistik-rekreatsion maqsadidagi obyektlar sonining ko‘payishi, mavjudlarida esa mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlaming sifati bo‘yicha ko‘plab e’tirozlar paydo b o ia boshladi. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko‘ra, mehmonxonalar, turbazalar, dam olish uylari hamda pansionatlar tomonidan taklif qilinadigan 50 foizgacha boigan barcha xizmatlar fuqarolaming noroziligini keltirib chiqargan. Joylashtirish va ovqatlanish xizmatlari bilan birga, hordiq chiqarish va tibbiy xizmat ko‘rsalish talab darajasida boimagan. Turistik xizmat turlari va hajmi sezilarsiz va sifatsiz boigan. Bugungi kunda 0 ‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlamshini shartli ravishda beshta bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 1991- yildan keyin milliy turistik xizmatlar bozori shakllana boshladi. Aynan shu davrda respublika o‘zining iqtisodiy mustaqilligini hamda mustaqil ravishda tashqi dunyo bozorlariga chiqishini eion qildi. Bu davrda qabul qilingan tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun turistik xizmatlarni sotuvchi korxonalarga yangi imkoniyat yaratdi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy boiinmalarim tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi. Mustaqillikdan keyin turizm sohasida bir vaqtning o‘zida uchta muhim jarayon amalga oshirildi: - eski tizimdagi korxona va tashkilotlarning tanazzulga uchrashi (ekskursiya byurosi, sayohat byurosi), o‘zlarining tuzilishi va faoliyat turiga ko‘ra yangi xizmat ko‘rsatish talablariga javob bermay qoldi; - turoperator va turagent sifatida yangi tashkilotlar tuzildi; - eski turistik korxonalarni qayta tiklash yo‘!i bilan 0 ‘zbekiston va xorijiy iste’molchilar talab qiluvchi turistik mahsulotni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. 1992-yilda respublikada « O’zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshiira boshladi. 1993-yilda « O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi. Bu jarayon, o‘z navbatida, xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidgi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo'yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994-yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlami amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995-yillar mobaynida « O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8 foiz turistik obyektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlami qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi.
1995-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojiantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni5 Buyuk Ipak yoiida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik ahamiyatga ega boidi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda turizm sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yoiidagi shaharlar va turistik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom alBuxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq Gijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahmudi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Margiloniy, Buxorodagi Chor Bakr kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. 1998-yildan boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda “Buyuk Ipak yoiida turizm” nomli Xalqaro turizm yarmarkasi tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o'rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Bu bosqichda 0 ‘zbekistonning turizm sohasida quyidagi muhim masalalari amalga oshirildi: - davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni; - yangi xorijiy investorlami jalb qilish; - tashqi bozorlarga chiqishning yangi yoilarini izlash, xalqaro ko‘rgazmalarga chiqish (Berlin, London, Madrid, Moskva); - turistik korxonalar va sayohatchilaming manfaatlarini himoyalovchi nodavlat tashkilotlarning vujudga kelishi; - turistik yo‘nalishlaming jozibadorligini ta’minlash, mahsulotning ekologik talablarini kuchaytirish, yangi hududlarni turistik diqqatga sazovor joylar sifatida ochish; - 0‘zbekiston mehmonxonalarini boshqarishda xorijiy menejmentni qoilash; - kichik xususiy mehmonxonalar tarmogini kengaytirish; - turizm sohasida mutaxassislami tayyorlash (o‘rta maxsus hamda oliy taiim bosqichida); - xorijiy tajribaiami o'rganish; - ilmiy loyihalar tayyorlash; - BTT tadqiqot guruhining 0‘zbekistonga kelishi va «Turizm to‘g‘risida»gi Qonunni tayyorlash borasidagi ishlar; -turfirmalarning nodavlat va korporativ tashkilotlar «Ustoz»«Meros», «Ekosan» va h.k. bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, 1999- yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi, shu yilning 20-avgustida esa 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «Turizm to‘g‘risida» gi Qonun qabul qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik obyektlar o‘zlarini mustaqil ravishda boshqara boshladi, xizmatlar bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, ular o‘miga samarali ishlovchi yangi xususiy korxonalar tashkil

Turoperatorlar turistlik mahsulotni shakllantirishni (tuzish yoki loyihalash), uni bozor tomon harakatini, shuningdek realizatsiya qilinishini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.


Turni shakllantirish deganda muddatlari, maqsadini aniqlash bo‘yicha tartiblashtirilgan va bir-biriga bog‘langan, narxi va sifati bo‘yicha, ketma-ketligiga ko‘ra kelishilgan xizmat ko‘rsatish va ish bajarish, ularni taklif etish bo‘yicha shartnomalar tuzish, tegishli ravishdagi bronlashtirish va rezervlashtirish tushiniladi. Yo‘naltirish deganda shunday ishlar majmui tushiniladiki, bunda potensial iste’molchida shu ishlarni sotib olish uchun moyillik tug‘dirish bo‘yicha ishlar bajariladi
Faoliyatning an’anaviy sxemasi bo‘yicha turoperator turistlik agent-kutarachilarga turistlik mahsulotni faqat ulgurji sotishni amalga oshiradiki, agent kutarachilar bu mahsulotni mintaqalar bo‘yicha taksimlaydilar va ularni mahalliy turistlik agentliklar orqali sotadilar. Turlarni iste’molchining o‘ziga, turistga chakanalab sotishni turistlik agentligi (yoki qisqacha turagentlik) amalga oshiradi. Ba’zan turoperator o‘z huzurida maxsus strukturaviy bo‘linma - faqat turistlarga ko‘rsatishnigina emas, balki barcha agentlik ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bilan ham shugullanuvchi turlarni chakanalab sotish bo‘yicha markaziy turistlik agentligini tuzishi mumkin. Amaliyotda turizm sohasidagi korxonalar ichida turoperatorlarning soni 5 % dan oshmaydi, turagentliklar esa 95 % ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, turoperator turistlik mahsulotni iste’molchi (turist) oldida bajarilishi uchun javob beradi va amalda turistlik mahsulotni nazorat qilish va operativ kuzatib borishni amalga oshiradi. Odatda turoperatorlik funksiyasini amalga oshirish uchun korxonani shundayligicha yuridik shaxs sifatida yoki yuridik shaxs ma’lumotiga ega bo‘lmagan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishigina emas, balki bunday faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus litsenziya ham olish zarur. Masalan, Rossiyada litsenziya olish faqat xalqaro turistlik faoliyatni amalga oshirishda talab etiladi. Ichki turizm sohasidagi faoliyatda litsenziya va maxsus ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. O‘zbekistonda esa ichki va xalqaro turizm uchun yagona litsenziya zarur. Turoperator turistlik mahsulot iste’molchisi oldida javobgar hisoblanadi, iste’molchi ko‘pgina turli xil korxonalar xizmatini o‘z ichiga olgan xizmat ko‘rsatishlar paketini aynan undan sotib oladi. Bu javobgarlik turoperatorning tegishlicha kafolatlarini (ma’lum summadagi mablag‘ depoziti yoki boshqa ta’minot uchun bank kafolati, agar litsenziyalashtirish qonunlari bo‘yicha mumkin bo‘lsa, malakaviy javobgarlikni sug‘urtalashni nazarda tutadi. Turli mamlakatlarda javobgarlikning ta’minlanish darajalari turlicha belgilangandir, masalan, 10 dan 250 ming USD.
Turistlik agentliklar (turagent) - bu iste’molchiga, ya’ni turistga yoki mijozlarga ayrim turistlik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Agentlashtirish sohasida faoliyatning bir nechta turlari farqlanadi, shaxs nomidan va korxonaning topshirig‘i bo‘yicha turlarni sotish. Mohiyatan bu turli xildagi turoperatorlarning «turistlik yo‘llanmalar do‘koni» dir. Turistlik yo‘llanmada doimo bunday sotishni amalga oshirgan turoperator va turagentning barcha rekvizitlari to‘liq ko‘rsatiladi, agentlik foizi tushunchasi bor bo‘lgan mamlakatlarda, agentlik foizining summasi doimo turistlik xizmatlarning cheki yoki vaucherida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday mamlakatlarda yo‘llanmalar yuk vaucher bo‘lib, unda kassa apparatidagi ma’lumotni yozib qo‘yish uchun maxsus xoshiya mavjud. Bunday holda agentlikning o‘zi barcha oqibatlari va javobgarlikni bo‘yniga olgan holda turoperatorlik funksiyasini bajaradi.


Download 36,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish