Mundarija kirish I. Bob. O’zbekistonda tuproqlarning geografik tarqalishi



Download 463,17 Kb.
bet1/9
Sana14.05.2022
Hajmi463,17 Kb.
#603816
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIMDA UYG’UN KREOLLASHGAN MATN NUTQIY KOMPETENTSIYA IMKONIYATLARI


o'zbekiston hududida tarqalgan tuproqlarning xilma-xilligi


MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………2
I.BOB. O’zbekistonda tuproqlarning geografik tarqalishi.
1.1. O’zbekistonda tuproqlarning tarqalishi.……...……………………..4
1.2.Tekkislik tuproqlari……………………………………….……………...11
1.3.Cho’l tuproqlari…………………………………………………………...13
1.4.Adir va tog’oldi tuproqlari……………………………………………….25
1.5.Tog’ va yaylov tuproqlari………………………………………………...27
II. BOB. o'zbekiston hududida tarqalgan tuproqlarning xilma-xilligi,
2.1. Tuproqlarda chirindi………………………………………………………30
2.2.Tuproqning fizik va kimyoviy xossasi……………………………………..36
2.3.Tuproqlarni foydalanish va muhofaza qilish……………………………...40
Xulosa…………………………………………………………………………….45
Foydalaninlgan adabiyotlar……………………………………………………..46
Kirish
Tuproqning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir (q. Tuproq unumdorligi). T. ni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklarva hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻinsochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt utishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimita va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz mikdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi(gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak katlam — T. paydo boʻladi. Iklim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning Tuproq hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos Tuproq tiplari vujudga keladi. Mas., tayga zonasida chimli podzol Tuproq, dashtlarda qora va kashtan T., choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir T. lar va b (q. Tuproq zonasi).
Odamning xoʻjalik faoliyati qam Tuproq hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, mas., oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va b. bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda Tuproq hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.
Tuproq qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli Tuproq lardagina emas, balki bir Tuproq tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. Tuproq qattiq qismini mineral moddalar tashkil kiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar Tuproq massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliklarning umumiy yigʻindisi Tuproq gʻovakligi deyiladi. Tuproq gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli Tuproqning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostrukturaelementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng. Tuproqning mineral qismidagi govakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan Tlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik Tuproqning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq.
Kovaklarda Tuproqning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — pguproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda Tuproqning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. Tuproq tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosferayogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va b. bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. Tuproq dagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O220,96%, SO20,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqsori deyarli teng.
Tuproqning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, Tuproq tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.



Download 463,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish