I.Bob. O’zbekistonda suv havzalari va ulardan foydalanish holati
1.1. O'zbekistonda aholini suv bilan ta'minlash muammolari
«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.
2018-yilda xalqaro moliya institutlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida aholini toza ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, 137 km. magistral suv tarmog‘i, 338 km. ichimlik suvi tarmog‘i, 53 km. kanalizatsiya tarmog‘i, 9 ta suv tarqatish inshooti, 29 dona suv qudug‘i va 4 ta nasos stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, hududlardagi 301 ta aholi punktlarining ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimlarini yaxshilash maqsadida 1434 km. ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda 254 ta ichimlik suvi inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, aholi punktlarida 256 km. ichimlik suvi tarmoqlari hamda 80 ta suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish, qishloq joylardagi arzon namunaviy uylar va shaharlardagi arzon ko‘p qavatli uylar massivlariga 636 km. ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, aholi punktlarida 531 km. ichimlik suvi tarmoqlari va 174 ta suv inshootini qurish hamda rekonstruksiya qilish, aholi punktlarida 9,6 km. oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ham davlat dasturi loyihasida ma’lum qilingan.
Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va hududlardagi epidimologik vaziyatni nazorat qilish – O‘zLiDeP deputatlari e’tiborida
Payariq tuman Davlat sanitariya va epidemologiya nazorat markazi bosh vrachi o‘rinbosari O.Abduvaxobov ta’kidlashicha tumanda virusli gepatit kasalliklari buyicha o‘tgan yilda sanitariya qoida va me’yorlariga javob bermagani uchun 19 ta ta’lim ob’ekti faoliyati vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan. Joriy yil davomida sanitariya nazorati davomida 52 nafar shaxsga nisbatan mamuriy jarima qo‘llanildi.
2017 yil Payariq tuman suvoqova DUK tomonidan Prezidentimizning “2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiyasi tizimlarini kompleks rivojlantirish xamda moderinizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Payariq tumanida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar suv va suv resuslarini muhofaza qilish, muhofaza etiladigan hududlar, chiqindilar, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar asosida olib borilmoqda. Bu esa tumanda ekologik vaziyatni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki iste’molchilarga toza ichimlik suvini etkazib berish aholiga ko‘rsatilayotgan hayotiy muxim xizmatlardan biridir.
Buni e’tiborga olgan holda keyingi yillar davomida ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta’minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
Faqat 2011-2016 yillarda mamlakatimizda qariyb 13 ming kilometrdan iborat yirik suv quvurlari va tarmoqlari, bino va inshootlarda 1 ming 600 dan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek,
1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.
Natijada, respublikamiz aholisining 67 foizi ichimlik suvi bilan markazlashtirilgan manbalardan ta’minlanmoqda, jumladan, shaharlarda 72,4 foizni (Toshkent shahrisiz) va qishloqlarda 61,5% foizni tashkil etadi. Aholimizning 24 foizi ichimlik suvi bilan muqobil (alternativ) manbalardan, 9 foizi esa tashib keltirilish bilan ta’minlanmoqda.
Respublikada aholini ichimlik suvi bilan 35% er usti hamda 65% er osti suvlari manbalaridan ta’minlanmoqda.
Bugungi kunda respublika bo‘yicha bir sutkada jami 6,8 mln.m3 ichimlik suvi ishlab chiqariladi va 4,1 mln.m3 suv iste’mol qilinadi. Aholi jon boshiga bir sutkada shaharlarda o‘rtacha 150 litr, qishloq joylarda 75 litr suv sarflanadi.
Tumanlar va aholi punktlari ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha 2017 – 2021 yillarga qabul qilingan dastur va loyihalarga asosan 10,2 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish qudug‘i, 1744 ta suv minorasi va rezervuari qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, 1440 dona nasos uskunasini o‘rnatish nazarda tutilgan
SHu bilan birga 20 ta ichimlik suvi ta’minoti ob’ektini qurish va rekonstruksiya qilish, 302 kilometrdan iborat suv o‘tkazish va vodoprovod tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Mazkur Dasturni moliyalashtirish uchun 4,8 trillion so‘m, jumladan, davlat byudjetidan 2,2 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlaridan
2,6 trillion so‘m yoki 730,7 million dollar miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi belgilangan.
2017-2021 yillrga qabul qilingan dasturni amalga oshirish natijasida 2021 yilga kelib aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olinishi respublikamiz miqyosida 84 foizga, bir qator hududlarda esa 90 foizga etkaziladi. Bunda 4,9 mln. aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi, shundan qo‘shimcha 1,1 mln. aholi sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Jumladan, Dastur doirasida Osiyo Taraqqiyot Bankining (OTB) imtiyozli kreditlari hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Nukus, Beruniy, Muynoq, Qo‘ng‘irot, Amudaryo va Qorauzyak tumanlari aholi punktlarini ichimlik suv ta’minotini rivojlantirish va tubdan yaxshilash, hamda «Tuyamo‘yin» 2-ko‘tarish stansiyasini modernizatsiyalash” loyihasini 2018-2022 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 160 mln. AQSH dollariga teng (shu jumladan, OTB hisobidan 100.0 mln.doll., “YAshil iqlim jamg‘armasi”ning 40.0 mln.dollar grant mablag‘lari va davlat byudjeti hisobidan 20.0 mln.doll. (soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etish xisobiga).
Loyiha doirasida suv tarqatish inshootlarini rekonsturksiya qilish va yangi qurish, mavjud “Taxiatosh” suv tozalash inshootining quvvatinikuniga 60 ming m3 dan 120 ming m3 gacha oshirish, hamda ichimlik suvi tarmoqlarini qurish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasining 131 ta aholi yashash punktlarida istiqomat qiladigan 357 mingdan ortiq aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
SHu bilan bir qatorda, Qashqadaryo viloyatining Koson va Muborak tumanlarida istiqomat qiladigan aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida “Kitob-SHaxrisabz er-osti suv xavzasi suv quvuri yaqinidagi qishloq axoli punktlari, Koson va Muborak tuman markazlari suv tizimini rekonstruksiyalash” investitsiya loyihasini 2018-2022 yillarda amalga oshirish maqsadida Saudiya Taraqqiyot Jamg‘armasi (STJ) hamda OPEK Jamg‘armasining imtiyozli kreditlari jalb qilinmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 52.81 mln. AQSH dollariga teng (shu jumladan, STJ hisobidan 26,3 mln.doll va OPEK Jamg‘armasi hisobidan
16.25 mln.doll. va davlat byudjeti hisobidan 20.0 mln.doll. (soliq va bojxona to‘lovlaridan ozod etish xisobiga).
Loyiha doirasida 4 ta suv tarqatish inshootlarini rekonsturksiya qilish, 19 km magistral quvurlar hamda 251 km ichimlik suvi tarmoqlarini qurish va rekonstrutsiya qilish natijasida, tumanlarning 110,0 mingdan ortiq aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
Aholi ho`jalik-turmush maqsadlarida ishlatiladigan suv quyidagi gigiеnik talablarga javob bеrishi kеrak:
- Yaxshi organolеptik xususiyatlarga va kishini tеtiklashtiruvchi haroratga ega bo`lishi, tiniq, rangsiz, ta'msiz va hidsiz bo`lishi kеrak.
- Kimyoviy tarkibiga ko`r zaharsiz bo`lishi kеrak.
- Tarkibida patogеn mikroblar va boshqa kasalliklarning qo`zg`atuvchilari bo`lmasligi, ya'ni kasallik manbayi bo`lib qolmasligi lozim.
- Tarkibida radioaktiv moddalar ruxsat etilgan miqdordan ko`p bo`lmasligi kеrak.
Suvning sifati ko`p jihatdan suv manbayining sanitariya holatiga bog`liq. Shuning uchun ham suv manbalariga baho bеrishda uning atroflari sanitariya-topografik jihatdan tеkshiriladi. Bundan maqsad tuproqni ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash, suv olish inshootlarini tеkshirish, laboratoriya tеkshiruvi uchun suv oladigan joyni bеlgilash va boshqalar. Bundan tashqari, bu suv manbayidan foydalanuvchilar orasida qanday kasalliklar uchrashini aniqlash, tumandagi epidеmiologik ahvol bilan tanishish lozim. Bunda, asosan, aholi va uy hayvonlari orasida uchraydigan, suv orqali tarqalishi mumkin bo`lgan kasalliklar o`rganiladi. Shunday qilib, sanitariya-topografik tеkshirishlar natijasi bilan laboratoriya natijalari qiyoslanib, suv manbayi va suv gigiеnik nuqtayi nazardan baholanadi.
Aholiga vodoprovod bilan tarqatiladigan ichimlik suviga qo`yiladigan gigiеnik talablar amaldagi standartda o`z ifodasini topgan. Suv sifatining standarti bеlgilangan mе'yorga muvofiqligi vodoprovod tarmog`idan olingan suvni sanitariya nuqtayi nazardan tеkshirish yo`li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |