I BOB O’ZBEKISTONDA KARTOGRAFIYANI SHAKILLANISHINING HOZIRGI HOLATI
1.1 Kartografiya tarifi va uning tarmoqlari
Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari Kartografiya – tabiat va jamiyatdagi voqea va xodisalarning joylashishini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini, hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini, maxsus tasvir-obrazli belgi modellar vositasida matematik yo‘l bilan tekislikda kichraytirib generalizatsiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli asosida manba sifatida foydalanishni o‘rgatuvchi fandir. Kartografiya qadimiy fanlardan biri bo‘lib, bu fan to‘g‘risidagi dastlabki ta’rifni miloddan ikki asr ilgari yashagan ulug‘ olim Klavdiya Ptolomey tomonidan berilgan desa bo‘ladi. U geografiya fanining vazifasi Yer yuzasini kartografik jihatdan tasvirlashdan iboratdir degan edi. Vaqt o‘tishi bilan kartografiya fanining ta’rifi ham o‘zgarib takomillasha bordi va yaqin vaqtlargacha kartografiya-geografik kartalar to‘g‘risidagi fan deb, uning asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va undan foydalanish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat deb kelingan. «Karta» atamasi o‘rta asrlardan buѐn foydalanib kelinmoqda. Bu atama lotincha «chartes» so‘zidan olinib papirus qog‘oz varag‘i degan tushunchani bildiradi. Hozirgi vaqtda «karta» atamasi dunѐning turli davlatlar tillarida ishlatilib kelinmoqda. Masalan, fransuzcha- carte, nemischa-qarte, italyancha va portugalcha-carta, gollandcha -avval va h.z.lar. Shu bilan bir qatorda bu atama o‘rniga, bir qancha mamlakatlarda boshqa atama ya’ni «mappa» so‘zini ishlatib, polotoni bir bo‘lagi degan ma’noni bildiradi. Masalan, inglizlar-map deb ataydilar. Ba’zi mamlakatlarda ikkala atama ya’ni inglizlar «chart» so‘zini dengiz va aeronavigatsiya kartalarida, ispanlar «carta» atamasini plan, dengiz kartalarida ishlatadilar. Ba’zi o‘rinda butunlay boshqa atamalarni-masalan, yaponiyaliklar-tizu, vengerlar-erqep (joy tasviri) degan atamani ishlatadilar.
Ba’zi manbalarda karta – Yer yuzasini tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb yuritilib kelingan. Haqiqatdan ham geografik kartalar matematik yo‘l bilan hisoblash natijasida Yer ellipsoidini tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida vujudga keladi. Yuqorida aytilganidek, kartalarda voqea va hodisalar maxsus belgi-obrazli modellar ѐrdamida tasvirlanadi. Tasvirlanaѐtgan voqea va hodisalarning miqdori, sifati, joylashgan o‘rni va boshqa xususiyatlarini kartaga qarab bilish mumkin. Lekin kartaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga qarab tasvirlanaѐtgan tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib, ya’ni generalizatsiya qilingan holda tasvirlanadi. Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bo‘lib, tasvirlanaѐtgan hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jixatlarini, voqea va hodisalarning geografik joylanish xususiyatlarini, ularning o‘zaro bog‘liqligi va hatto o‘zgarishini bashorat qilish imkoniyatiga ham egadir. Karta, okean va dengizda suzishda, havoda uchishda, turistik sayѐhatlarda va harbiy sohada asosiy yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Karta xalq xo‘jaligimizni rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilishlarni loyihalashda, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini to‘g‘ri taqsimlashda va hududlarni har taraflama rivojlantirishda foydalaniladigan asosiy manbalardan biridir. Nihoyat, geografik karta maktabda o‘quvchilarga geografiya va tarix fanlarini o‘rganishda asosiy ko‘rgazmali bilim manbaidir. Kartografiya fani ko‘pgina fanlar, chunonchi georafiya, geodeziya, topografiya, matematika, geoinformatika, statistika fanlari bilan uzviy bog‘langandir. Kartografiya, o‘z navbatida bir necha mustaqil qismlarga bo‘linadi: kartashunoslik, kartometriya, matematik kartografiya, kartalarni chizish va jihozlash, kartalarni tuzish va taxrir qilish, kartalarni nashr qilish, kartalarni modellashtirish, kartografik menejment va boshqalar. Kartashunoslik kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib o‘tgan tarixiy taraqqiѐt yo‘li, kartalar va boshqa kartografik tasvirlarning tiplarini va xillarini, kartadan foydalanish usullarini, har xil kartografik asarlarni tahlil qilish usullaridan bahs etadi. Matematik kartografiya geografik kartalar tuzishda ishlatiladigan kartografik proeksiyalarni, ya’ni Yer ellipsoidini tekis yuzada tasvirlash usullarini o‘rgatadi. Kartometriya kartalarda maydon, masofa, hajmlarini hisoblash yo‘llarini, relefni o‘rganish natijasida miqdor ko‘rsatkichlar asosida sifat ko‘rsatkichlarni ko‘rsatib berish yo‘llarini o‘rgatadi. Kartalarni loyihalash va tahrir qilish kartografiyaning asosiy qismlaridan biri bo‘lib, kartaning dastlabki nusxasini (asil) tuzish va uni tahrir qilish usullarini tushuntiradi. Kartani nashr qilish sohasi, asosan kartani nashrga tayѐrlash va nashr qilish hamda uni yig‘ib, kerak bo‘lsa muqovalash ishlarini o‘rgatadi. Tadqiqotni kartografik usuli o‘ziga xos soha bo‘lib, kartadagi tasvirlangan voqea va hodisalarni tadqiqot qilish uchun kartadan foydalanish masalalarini o‘rganish, ya’ni kartadan tadqiqot manbai sifatida foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadi. Kartografik menedjment kartografiyada yangi soha bo‘lib, kartografik korxonalarni tashkil qilish, karta ishlab chiqarishni rejalashtirish va tayѐr maxsulotni egalariga yetkazib berish va sarf-xarajatlarni, hisob–kitob qilishning yangi usullarini qidirib topish yo‘llarini o‘rganadi. Geoinformatsion kartografiya kartografiyada yangi tarmoq bo‘lib, kartadan informatsiya manbai sifatida foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi. Kartografiya juda ko‘p fanlarni o‘rganishda foydalanilib, ba’zi bir sohalar uchun maxsus kartografiya tarmoqlar yaratilgan: Masalan, geologik kartografiya, geomorfologik kartografiya, geobotanik kartografiya, tuproqlar kartografiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, geoekologik kartografiya, demografik kartografiya va hokazolar. So‘nggi yillarda kosmosdan olingan suratlar asosida yangi mavzuli mukammal va aniq kartalar yaratilib, eski kartalar yangilanmoqda, natijada kosmik kartografiya alohida kurs sifatida o‘rganilmoqda. Hozirgi vaqtda karta tuzishda, nashr qilish jaraѐnida kompyuterdan keng foydalanilmoqda, natijada karta tuzish va nashr qilish tezlashib sifati yaxshilanmoqda. Oxirgi vaqtlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq Yer tasvirini umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliѐtda foydalanishni o‘rganuvchi fan geoikonika tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa televideniyada, gazeta va jurnallarda kartadan keng foydalanilmoqda, bu esa ko‘rsatuvlarning mazmuni, sifati va ko‘rgazmaliligini oshishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada televezion kartografiya shakllanmoqda.
Kartografiya fanini rivojlanishida Eratosfen, Ptolomey qatori o‘rta osiѐlik allomalar al Xorazmiy va al Beruniylarning xizmatlari kattadir. Dunѐ kartografiya fanini shakllanishida G‘arbiy Yevropa olimlari Merkator, Sanson, Snelluslar va rus olimlari F.N.Krasovskiy va A.A.Izotovlarning xizmatlari katta. Sobiq Ittifoq davrida kartografiya bo‘yicha yirik kartografik asarlar yaratildi. Masalan, BSAM (Dunѐning katta sovet atlasi), FGAM (Dunѐning tabiiy geografik atlasi), Dunѐ atlasi va sobiq respublikalarning kompleks atlaslari. Shu jumladan, O‘zbekistonning 2 tomli ilmiy ma’lumotnomali atlasi, Toshkent atlasi hamda O‘zbekistonning o‘quv atlaslari. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatimizda kartografiya ham boshqa sohalar kabi rivojlanmoqda. O‘tgan o‘n yil ichida respublikani 1:1 mln. masshtabli Ekologik kartasi, iqtisodiy kartasi va bir qancha O‘zbekiston o‘quv kartalari chop etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |