Mundarija kirish I bob. O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son bhms) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»



Download 107,66 Kb.
bet13/22
Sana25.02.2022
Hajmi107,66 Kb.
#464650
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
22-SONLI BHMS VA UNI AMALIYOTGA QO\'LLASH MUAMMOLARI

Hisob siyosati
51. Sub’ektning hisob siyosati mazkur standartning 16 — 50-bandlarida keltirilgan prinsiplar asosida belgilanishi kerak.
Hisob siyosati xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzish uchun foydalanadigan maxsus prinsiplarni, konvensiyalarni, tartib va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.
52. Hisob siyosati moliyaviy hisobot barcha maqbul BHMSlarni qo‘llanish asosida tuziladigan tarzda tashkil etilishi kerak. Maxsus talablar bo‘lmagan taqdirda moliyaviy hisobot quyidagicha bo‘lishi kerak:
52.1. Foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli;
52.2. Shu jihatdan ishonchli bo‘lishi kerak:
52.2.1. Sub’ekt faoliyati va moliyaviy holatining barcha natijalarini xolisona ko‘rsatishi;
52.2.2. Faqat yuridik shakldan iborat bo‘lmay, hodisa va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi;
52.2.3. Betaraf (beg‘araz) bo‘lishi va majburiy bo‘lmasligi;
52.2.4. Betaraflikka zarar yetkazmagan holda ehtiyotkor bo‘lishi;
52.2.5. Barcha muhim jihatlari to‘la (tugallangan) bo‘lishi, ya’ni sub’ekt xo‘jalik faoliyatining barcha faktlarini to‘la aks ettirishi lozim;
52.3. Faoliyati o‘xshash boshqa sub’ektlar moliyaviy hisoboti bilan taqqoslanadigan;
52.4. Tushunarli.
53. Sub’ektning hisob siyosatini aniq bir yo‘nalish (masala) bo‘yicha shakllantirishda, buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzishda O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonun hujjatlariga amal qilish kerak.
54. Maxsus ixtisoslashgan BHMSlar mavjud bo‘lmaganda sub’ekt rahbari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilarga eng foydali axborot beradigan hisob siyosatini ishlab chiqishda o‘z qarorlaridan foydalanishga haqlidir.
O‘z qarorlaridan foydalanish jarayonida rahbar quyidagilarni ko‘rib chiqadi:
54.1. Bunday masalalar xususida BHMSning talablari va qo‘llanmalarini;
54.2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan har qanday boshqa axborotni;
54.3. Aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar uchun aks ettirish va o‘lchashning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilab qo‘yilgan mezonlarini;
54.4. Kapitallarning asosiy jahon moliya bozorlari qabul qilgan tarmoq ish tajribasini.
55. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbarining tegishli tashkiliy-farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish va boshqalar) bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Hisob siyosatini shakllantirishda sub’ekt tanlab olgan buxgalteriya hisobini yuritish usullari tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati chiqarilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab qo‘llaniladi, hisobot yili davomida yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bundan mustasnodir.
Bunda ular xo‘jalik yurituvchi sub’ektning barcha tarkibiy bo‘linmalarida (jumladan, alohida balansga ajratilgan bo‘linmalarida) ularning qaerda joylashganidan qat’i nazar qo‘llaniladi.
Yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tanlab olgan hisob siyosatini mazkur bandga muvofiq moliyaviy hisobot birinchi marta e’lon qilingunga qadar, lekin davlat ro‘yxatidan o‘tib yuridik shaxs huquqini olgan kundan boshlab 90 kundan kechiktirmay rasmiylashtiradi. Sub’ekt tanlab olgan hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro‘yxatidan o‘tgan) kundan boshlab qo‘llanish mumkin deb hisoblanadi.
56. Hisob siyosati kalendar yil davomida o‘zgartirilmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini quyidagi hollarda o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi:
56.1. Sub’ekt qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborilganda, bo‘linganda, qo‘shib olinganda);
56.2. Mulk egalari almashganda;
56.3. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi me’yoriy tizimda o‘zgarishlar bo‘lganda;
56.4. Buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda.
Hisob siyosatining o‘zgartirilishi asoslab berilishi va mazkur standartning 55-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.
Hisob siyosatida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarishlarning oqibatlari sub’ektning buxgalteriya hisobini yuritishning o‘zgartirilgan usullari qo‘llanila boshlagan vaqtdagi (oyning birinchi kunida) tekshirilgan ma’lumotlar asosida qiymat jihatidan baholanishi kerak.

Download 107,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish