Mundarija kirish i-bob. O’zbekiston Respublikasi agrar islohotlarida fermer xo’jaliklarining o’rni va rivojlanishi


I I I Bob. Fermer xo’jaliklarda biznes reja tuzish



Download 197,61 Kb.
bet12/19
Sana05.06.2022
Hajmi197,61 Kb.
#639543
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Фермер хўжаликларида бизнес режа тайёрлашнинг хос хусусиятлари ва амалиёти (2)

I I I Bob. Fermer xo’jaliklarda biznes reja tuzish.
3.1 Biznes rejaning faoliyat turiga mosligi
Fermer xo’jaliklari asosan kredit olish , o’z faoliyatini samarali yo’lga qo’yish , o’ziga investorlarni jalb qilish va invesetorlarga hisobot berishda shuning bilan birga ko’p tarmoqli fermer xo’jaligiga o’tish uchun o’z imkoniyatlarini tahlilini olib boorish uchun kerak.
Fermer xo’jaliklarining biznes rejasi oddiy korxona biznes rejasidan tubdan farq qiladi.
Fermer xo’jaligida tuziladigan biznes reja quyidagilarni inobatga olgan holda tuziladi:

  • Yerning sho’rlanganlik darajasi, unumdorligi;

  • Mintaqalardagi iqlim sharoitlari;

  • Yerning holati;

  • Fors major holatlari;

  • Texnik tadbirlar va meyorlar;

  • Mehnat resurslarini jalb qilish ;

  • Mehnat resurslari va texnika sarf xarajatlari;

  • Mahsulotlarni ekish davriyligi;

  • Yetishtirilayotgan mahsulot samarasini kutish davri;

  • Mineral o’g’itlar va yerlarning meliorativ holati.

Fermer xo’jaligida no’to’g’ri tuzilgan biznes reja bu tadbirkor faoliyatini tugatishga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.


Traktorchi-mashinistlarga haq to`lash xususiyatlari
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida qatnashadigan traktorchilarga (traktorchi, kombaynchi, mashinist va boshqa) yagona traktorchi-mashinist kasbi berilib, ularga ish staji, tajribasi va ishlab chiqarish malakasiga ko`ra I, II, III klass traktorchi-mashinist malaka unvoni beriladi. Traktorchi-mashinistlarga agar ular oila pudrati, brigada, zveno tarkibida bo`lsa ularga ish haqi haqiqatda yetishtirgan mahsuloti uchun to`lanishi mumkin. Yil davomida traktorchi-mashinistlarga ish haqi bajargan ishining miqdori va sifatiga ko`ra traktorchi mashinistlarga haq to`lash uchun belgilangan tarif jadvalini stavkalari bo`yicha to`lab boriladi. Traktorchi-mashinistlarning malakalarini doimo oshirib borishga rag`batlantirish uchun 1-klass unvoniga ega bo`lganlarga 20 foiz, 2-klass unvoniga ega bo`lganlarga 10 foiz qo`shimcha haq beriladi. Klassi uchun qo`shimcha haq faqat bevosita traktor ishlarida yoki traktor, traktor-dalachilik, kompleks brigadalarga boshchilik qilgan taqdirdagina to`lanadi. Traktorchi-mashinistlar qo`lda, ot-ulovda bajariladigan ishlarda band bo`lganda ularga ish haqi bu ishlarning tarif stavkasi bo`yicha, agar shu ishlar stavkasi traktorchi-mashinistlar uchun belgilangan tarif jadvali 2 razryadi stavkasidan kam bo`lgan taqdirda shu 2 razryad stavkasi bo`yicha to`lanadi. Traktorchi-mashinistlarning yetishtirilgan hosilni o`z vaqtida, tez va nobud qilmasdan yig`ib-terib olishdan manfaatdorligini oshirish uchun bu ishning ahamiyatini hisobga olgan holda hosilni yoppasiga yig`ib olishning dastlabki kunlarida, lekin 10 kundan ortiq bo`lmagan muddatda, traktorchi-mashinistlar smena me’yorlarini bajargan taqdirda donli va dukkakli ekinlar, makkajo`xori doni va sholi, kungaboqar, kartoshka, urug`lik uchun yetishtiriladigan o`tlar hosilini yig`ib olishda band bo`lgan traktorchi-mashinistlarga 60 foizgacha, boshqa ekinlar hosilini yig`ib olishda 30 foizgacha oshirilgan rassenkalar bo`yicha to`lash tavsiya etiladi.
Hosilni yig`ib olishning qolgan kunlarida (belgilangan 10 kunga qo`shimcha), lekin ma’lum cheklangan muddatda shu yuqorida keltirilgan ekinlarda birinchi 10 kun uchun belgilangan rassenkalarni oshirish hajmini yarmi miqdorida belgilanishi mumkin. Paxta hosilini yig`ib olish va topshirish bilan band bo`lgan traktorchi-mashinistlarga 30 kun mobaynida belgilangan smena me’yorini bajarib borgan taqdirdagina ish haqini 30 foizi oshirilgan tarif stavka bo`yicha to`lash tavsiya etilgan.
Bundan tashqari paxta hosilini yig`ib olishda uning erga to`kilishini kamaytirish maqsadida va bundan mexanizatorlarni manfaatdor qilish uchun hosilning erga to`kilgan qismi - 10 foizdan oshmagan taqdirda bajargan ishi uchun olgan ish haqini 15 foizi, 15 foizdan oshmagan taqdirda - 10 foizi hajmda qo`shimcha haq to`lash joriy etilishi mumkin. Bu ish haqi to`kilgan paxtani qo`lda terish uchun rejalashtirilgan ish haqining tejab qolingan qismi hisobidan to`lanadi. Hozirgi vaqtda traktorchi-mashinistlarga ularning ish staji uchun quyidagi hajmda qo`shimcha haq beriladi: 2 yildan 5 yilgacha 8 foiz, 5 yildan 10 yilgacha 10 foiz, 10 yildan 15 yilgacha 13 foiz, 15 yildan ortiqqa 15 foiz. Ish staji uchun qo`shimcha haq yillik ish haqiga nisbatan 1 yilda bir marotaba beriladi.
Traktorchi-mashinistlarga o`ziga biriktirilgan mexanizatsiya vositalaridan samarali foydalanganligi, yoqilg`i, moylash materiallarini, eksplutatsiya va saqlash bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarni tejaganligi uchun mukofot berilishi mumkin.
1. Yoqilg`i va moylash materiallarini tejab qolganligi uchun tejalgan materiallar qiymatining - 35 foizi miqdorida mukofot berilib, sifatsiz bajarilgan ishlarga va ortiqcha sarflangan yoqilg`i qiymatining 50 foizi miqdoridagi mablag` ular hisobidan ushlab qolinadi.
2. Texnikani saqlash, ta’mirlash bilan bog`liq xarajatlardan tejab qolingan mablag` qiymatining 1 yillik traktor ishi me’yori bajarilganda 40 foizi traktorchi-mashinistga, brigadirga, 10 foizi uning yordamchisiga va mexanikka mukofot tariqasida beriladi. YAngi traktorni eksplutatsiya qilgan taqdirda birinchi 2 yil davomida belgilangan mukofotning yarmi, 80 foizi amortizatsiya qilingan traktorlarda esa 1,5 baravarida to`lanadi.
Yerlarning har bir turi bo`yicha yagona yer solig`i summasi quyidagi formula bo`yicha belgilanadi:
H = Seu x Sb x Kp,
bu yerda:
N - yagona yer solig`i summasi, so`mlarda;
Seu - yer uchastkasi maydoni, gektarlarda;
Sb - soliqning bazaviy stavkasi, 1 gektar uchun so`mlarda;
Kp - tuzatish koeffitsiyenti.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish turli hududlarda va hatto bir korxonada turli tuproq sharoitlarida olib borilganligi tufayli surunkasiga mo`l va arzon mahsulot yetishtirishni ta’minlash uchun hatto bir korxonada almashlab ekishning turli sxemalari qo`llanilishi mumkin. Paxtakor xo`jaliklar uchun 10 dalali (3:6:1) va 12 dalali (3:6:3) almashlab ekish sxemalari tavsiya etilishi mumkin. Bunda bo`luv nisbati bilan berilgan raqamlar ekinlar turini, ekilish navbatini va necha dalani egallashni bildiradi (3:6) sxemada birinchi raqam bedani, ikkinchi raqam g`o`zani (paxtani), uchinchi raqam g`allani bildiradi, ya’ni bu sxemada paxta-beda-g`alla almashlab ekiladi. Bu almashlab ekish sxemasida uch dalani beda, olti dalani paxta va uch dalani g`alla egallaydi. Bir dalaga 3 yil davomida beda ekilgandan keyin 6 yil paxta va uch yil g`alla yetishtiriladi. Beda birinchi yili makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`tiga, ko`k ozuqa yoki don uchun esa arpaga qo`shib ekilishi mumkin.
Yerdan yanada samaraliroq foydalanish uchun beda sepiladigan birinchi dalaga don uchun kuzgi boshoqli ekin, uning o`rniga silos uchun makkajo`xori ekishi, hosilni yig`ishtirib olish bilanoq sentabr, oktabr oylarida uchinchi asosiy ekin sifatida beda sepish ham mumkin. Almashlab ekishning 2:5:3, va 2:6:4 sxemalarida beda yolg`iz o`zi, ko`k ozuqa uchun makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`ti bilan almashtirib ekiladi, ikki yildan keyin surunkasiga 5 yil paxta ekiladi. Shundan keyin dalaga bahorgi boshoqli don, so`ngra makkajo`xori silos yoki ko`k ozuqa olish uchun ekilib, hosil yig`ishtirib olinganidan keyin oraliq sifatida ko`k ozuqa uchun javdar yoki raps ekilishi mumkin, keyin 3-4 yil yana paxta yetishtiriladi. Aniq sharoitlarni hisobga olgan holda almashlab ekishning 1:3:5, 1:3:6 sxemalari qo`llanilishi mumkin.

Download 197,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish