Bog'liq Фермер хўжаликларида бизнес режа тайёрлашнинг хос хусусиятлари ва амалиёти (2)
Kreditlarni rasmiylashtirish tartibi Kredit olish uchun qarz oluvchilar bankka quyidagi hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadilar:
- kredit buyurtmanomasi;
- qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta ko’rsatilgan biznes-reja;
- Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va debitorlik hamda kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnoma (2a-son shakl). shuningdek, 90 kundan ziyod qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot (2-son shakl) - bundan dehqon xo’jaliklari mustasno;
- mazkur Tartibning 2.2-bandida ko’rsatilgan kredit qaytarimliligini ta’minlash shakllaridan biri.
- So’ndirmaslik xatariga yo’l qo’ymaslik maqsadida qarz oluvchi ta’minotga ega bo’lishi kerak, uning amalga oshiriluvchanligi buning asosiy talabi hisoblanadi. Qarz oluvchi bankka ta’minotning quyidagi turlaridan birini taqdim etishga haqlidir:
- mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlar garovi;
- bank yoki sug’urta tashkilotining kafolati;
- uchinchi shaxslar kafilligi;
- qarz oluvchining kreditni so’ndirmaslik xatarini sug’urtalashi to’g’risida sug’urta kompaniyasining sug’urta polisi.
Mol-mulk garovi kreditning qaytarimliligini ta’minlash shakllaridan biri hisoblanadi. Har qanday mol-mulk, shu jumladan, ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar), bundan oborotdan olib qo’yilgan buyumlar mustasno, qimmatbaxo toshlar. zargarlpk buyumlari, erkin almashtiriladigan valyuta va O’zbekiston Respublikasining "Garov to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq garov ashyosi bo’la oladigan boshqa buyumlar garov ashyosi bo’lishi mumkin.Kredit hisobiga qiymatining 80 foizi miqdorida xarid qilinadigan mol-mulk ham mazkur kredit bo’yicha garov ashyosi bo’lib xizmat qilishi mumkin.Mazkur Tartibning zarur hujjatlari ilova qilingan holda bankka oborot mablag’larini to’ldirishga doir kredit buyurtmanomasi kelib tushgan kundan boshlab bankning mazkur kredit buyurtmanomasi bo’yicha xulosasi beriladigan kungacha muddat bank bo’linmalari va o’z tarkibida bo’linmalar bo’lmagan tijorat banklari, shuningdek, xususiy banklar uchun 10 ish kunidan, banklarning viloyat bo’linmalari uchun 15 va bosh (respublika) banklari uchun 20 ish kunidan oshmasligi kerak.
Investistiya loyihasini moliyalash uchun kreditga doir kredit buyurtmanomasining banklar tomonidan ko’rib chiqilish muddatlari tegishli ravishda ikki baravardan ziyodga ko’paytirilishi mumkin emas.Kredit shartnomasi tuzilganidan keyin bank bo’linmasining rahbari yoki kredit bo’limi boshlig’i (xodimi) o’z vakolatlari doirasida muddat va foiz stavkasini ko’rsatgan holda ssuda hisobvarag’ini ochish to’g’risida buxgalteriyaga farmoyish beradi. Kredit berish to’g’risida qaror qabul qilingan qarz oluvchi nomiga kredit varaqchasi ochiladi, kredit ustidan nazorat unga qarab amalga oshiriladi.
Kreditlash va ssudani so’ndirish tartibi Kreditlar alohida ssuda hisobvarag’ini ochish va tovar-moddiy boyliklar uchun qarz oluvchining to’lov topshiriqnomalarini ana shu hisobvaraqdan naqdsiz yo’l bilan to’lash vositasida beriladi.
Alohida ssuda hisobvaraqlari bo’yicha berilgan kreditlar kredit xodimining farmoyishiga binoan muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular to’liq so’ndirilishiga qadar kreditlash muddatlariga bog’liq holda 91901 - "Qisqa muddatli ssudalar bo’yicha qarz oluvchilarning majburiyatlari", 91903 - "O’rtacha muddatli ssudalar bo’yicha qarz oluvchilarning majburiyatlari" deb nomlangan ko’zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
So’ndirish muddatlari grafik ko’rinishida taqdim etilishi mumkin, unda so’ndirish pul oqimlarining kelib tushish istiqboliga bog’liq holda bir necha bosqichlar bilan o’tkazilishi ko’zda tutiladi.
So’ndirish muddati kelgan va qarz oluvchida pul mablag’lari bo’lmagan holda kredit muddati o’tgan ssudalar hisobvarag’i orqali undirishga taqdim etiladi, unga doir muddatli majburiyatlar esa 2-son kartotekaga joylashtiriladi va taqvimiy navbat tartibida so’ndirilishi kerak. Bunda foizlar kredit qarzidan oldin so’ndiriladi.
Tijorat banklari doimiy monitoringni kreditdan foydalanishning butun muddati mobaynida amalga oshiradilar. Monitoring qarz oluvchining buyurtmanomasi va kredit shartnomasining shartlarini bajarish uchun har tomonlama yordam ko’rsatishga yo’naltirilishi kerak.Monitoring jarayonida mijozning moliya xo’jalik faoliyati, tuzilgan shartnomalar (buyurtmalar)ga muvofiq ular tomonidan maxsulot etkazib berish majburiyatlari bajarilishi, ishlab chiqarish hajmlari, noishlab chiqarish xarajatlari va talafotlari, muomala chiqimlari, foyda, o’z oborot mablag’lari mavjudligi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zahiralarining holati, oborot mablag’larining aylanuvchanligi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kredit yig’majildida ko’rsatkichlarni tizimlashtirib, kreditga qobillikning doimiy monitoringini amalga oshiradi.Qurilishni moliyalash uchun berilgan kreditlar bo’yicha, monitoring jarayonida bank kredit shartnomasida ta’kidlangan muddatlar va shartlarda kreditlanayotgan ob’ektda bajarilgan ishlar hajmining nazorat o’lchashini amalga oshiradi.Berilgan kreditlarda maqsadga muvofiq foydalanmagani aniqlangan taqdirda bank kreditning maqsadga muvofiq foydalanilmagan qismini qarzga oluvchining talab qilib olingungacha depozit hisobvarag’idan kredit shartnomasida belgilangan tartibda muddatidan oldin undirish huquqiga egadir. Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarz va unga doir hisoblab yozilgan foizlar kredit shartnomasida ta’kidlangan muddatda so’ndirilmagan taqdirda bank Fuqarolik kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq sudga murojaat etmasdan turib, undirishni mustaqil ravishda, garov ashyosiga qaratishga haqlidir. Qarzdor tomonidan kredit bo’yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmagan taqdirda, bank, mazkur qarzlarni qaytarishni qarzdorlarning likvidli mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, transport vositalari, kompyuter hamda korxona va tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Banklarni kreditlari bo’yicha qarzdorlik o’z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibi"ga muvofiq amalga oshirish huquqiga ega. (O’zR AV 31.01.2002 y. 907-1-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori tahriridagi band.