Bog'liq Фермер хўжаликларида бизнес режа тайёрлашнинг хос хусусиятлари ва амалиёти (2)
1.2 Fermer xo’jaliklarida yer berish va suv munosabati va tender o’tkazish munosabatlari Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yer asosiy vosita rolini o’ynaydi. Shuning uchun ham fermer xo’jaliklarini tashkil etishning negizida ularga yer berish masalasi yotadi. Fermer xo’jaliklariga asosan qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar beriladi. O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 46-moddasiga muvofiq, qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga fermer xo’jaliklarini yuritish uchun berilishi mustahkamlangan. Fermer xo’jaliklariga yer berishning huquqiy tartibi «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunning 10, 11 moddalarida ko’rsatib o’tilgan bo’lib, unga muvofiq, Fermer xo’jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga ellik yilgacha bo’lgan, lekin o’ttiz yildan kam bo’lmagan muddatga beriladi.Fermer xo’jaliklariga yer uchastkalarini berishning huquqiy tartibi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrdagi 476-son qarori bilan tasdiqlangan «Er uchastkalarini fermer xo’jaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to’g’risida Nizom» ga asosan belgilanadi.
Fermer xo’jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo’jaligi yerlari, ekinlaridan qishloq xo’jaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi yer to’g’risidagi qonunlarni qo’pol ravishda buzish deb hisoblanadi.
Fermer xo’jaliklariga yer uchastkalarini ijaraga berish bo’yicha materiallar tuman yer tuzish xizmati organlari tomonidan davlat byudjeti mablag’lari hisobiga tayyorlanadi. yer uchastkalari berish, qoidaga ko’ra, fermer xo’jaligini tashkil etish va yer uchastkasini ijaraga olish to’g’risidagi barcha hujjatlar qishloq xo’jaligi ekinlari yig’ishtirib bo’lingan muddatda rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Fermer xo’jaligiga yer berishning keyingi jarayonida yer resurslari bo’yicha tuman xizmati tomonidan besh kun muddatda yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi tayyorlanadi. Bu shartnoma viloyat hokimining ijobiy qarori qabul qilingandan keyin tuman hokimi va fermer xo’jaligi boshlig’i tomonidan imzolanadi. Shartnomaga, uning ajralmas qismi sifatida fermer xo’jaligi yer uchastkasining xaritasi ilova qilinadi. yer uchastkasi xaritasida qabul qilingan belgilarga muvofiq barcha holatlar (sug’orish, kollektor-drenaj va yo’l tarmoqlari, yerlar, konturlarning tartib raqami, fermer xo’jaligi chegaralari) to’liq ko’rsatiladi. Yer uchastkasi xaritasini yer resurslari bo’yicha tuman xizmati boshlig’i, fermer xo’jaligi boshlig’i va chegaradosh yer egalari, yerdan foydalanuvchilar vakili imzolaydi.
Fermer xo’jaligi boshlig’iga ijaraga beriladigan yer uchastkasi chegaralarini ko’rsatish yer resurslari tuman xizmati vakili tomonidan chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar vakillari ishtirokida, shartnoma tuzilgandan keyin besh kun muddatda amalga oshiriladi. Agar chegara suvsiz yerlar bo’ylab o’tsa, u holda chegara shudgorlanadi, burilish burchaklariga esa chegara belgilari qo’yiladi. yerlarni ko’rsatish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma yer resurslari bo’yicha tuman xizmati vakili, chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar vakillari hamda fermer xo’jaligi boshlig’i tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan bittasi yer resurslari bo’yicha tuman xizmatida, ikkinchisi fermer xo’jaligi boshligida saqlanadi.
Yerlarni ijaraga berishni rasmiylashtirish ishlari tugallangach yer tuzish yig’ma jildi tayyorlanadi, unda quyidagi hujjatlar mavjud bo’ladi:
-fuqaroning fermer xo’jaligi tashkil etish to’g’risidagi arizasi;
-er egasining yoki yerdan foydalanuvchining yer uchastkasi ajratish to’g’risidagi qarori;
-er uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha tuman komissiyasining yer uchastkasini ijaraga berishning maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi xulosasi yoki mazkur komissiya tomonidan o’tkazilgan tanlov yakunlari to’g’risidagi protokol;
-tuman va viloyat hokimining fermer xo’jaligiga yer uchastkasini ijaraga berish to’g’risidagi qarori;
-Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi;
-fermer xo’jaligining biznes-rejasi yoki faoliyat dasturi;
-fermer xo’jaligining yer uchastkasi chegaralarini ko’rsatish dalolatnomasi.
Yig’ma jild ikki nusxada tayyorlanadi, ulardan bittasi yer resurslari bo’yicha tuman xizmatida, ikkinchisi fermer xo’jaligi boshlig’ida saqlanadi.
Fermer xo’jaliklariga berilgan yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yer-kadastr va huquqni belgilovchi hujjatlariga tegishli o’zgartirishlar kirtilgan holda qishloq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari), boshqa qishloq xo’jaligi korxonalarining balansidan chiqariladi.
Yer ijarasi shartnomasi tuman hokimi va fermer xo’jaligi boshlig’i tuziladi. Shartnomada ijaraga olinayotgan yer uchastkasi maydoni miqdori, joylashgan joyi va ijara muddati ko’rsatiladi. Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan va unga ilova qilinadigan xaritada ijaraga oluvchining yer uchastkasi chegaralari ko’rsatiladi. Shuningdek, shartnomada yer usatkasining foydalanish maqsadi, eksplikastiyasi ko’rsatiladi.
Yer uchun ijara haqi yagona yer solig’i tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan stavkalar bo’yicha va muddatlarda to’lanishi va yagona yer solig’ini o’z vaqtida to’lamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda penya undirilishi belgilanadi.
Ijaraga beruvchi belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Ijaraga oluvchi tomonidan shartnoma shartlari buzilganda yoxud yer uchastkasini yoki uning bir qismini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yish zarur bo’lganda shartnomani o’zgartirishni yoki bekor qilishni talab qilish
Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:
-Ijaraga olingan yer uchastkasining belgilangan muddatlarda, shartnoma shartlariga muvofiq holatda berilishini ta’minlash;
-Yerlar davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo’yilgan taqdirda ijaraga oluvchining ko’rgan zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydasini to’lash;
-qishloq xo’jaligi ekinlari va daraxtlarni sug’orish uchun ajratilgan limitlarga muvofiq suv berilishini ta’minlash;
Yer ijarasi shartnomasida ijaraga oluvchining quyidagi huquqlari belgilanishi mumkin:
-Yer uchastkasida undan foydalanish maqsadiga hamda xo’jalik ustaviga muvofiq mustaqil ravishda xo’jalik yuritish;
-qishloq xo’jaligi ekinlari va daraxt ko’chatlariga, etishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotiga va uni sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
-er uchastkasida mavjud bo’lgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, o’rmonzorlar, suv ob’ektlaridan xo’jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
-sug’orish, yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
-qishloq xo’jaligi ekinlarini, daraxtlarni sug’orish va boshqa maqsadlar uchun sug’orish manbalaridan limitlarga muvofiq suv olish;
-ichki xo’jalik maqsadlari uchun ishlab chiqarish hamda boshqa imoratlar va inshootlarni belgilangan tartibda barpo etish;
-erlar olib qo’yilgan taqdirda o’ziga etkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani to’latish.
Ijaraga oluvchi quyidagilarga majburiyatlari:
-Yer uchastkasining ixtisoslashuvini shartnomaning shartlariga muvofiq saqlash; -davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulot etishtirilishini tashkil etish (ixtisoslashuvni hisobga olgan holda);
-Yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo’llanish, o’z xo’jalik faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik. Fermer xo’jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo’jaligi yerlari, shuningdek ekinlaridan qishloq xo’jaligi ekinlari shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qo’pol ravishda buzilishi hisoblanadi;
-Ishlayotgan irrigastiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikastiyalarini soz holatda saqlash;
-Yerlarni muhofaza qilish bo’yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
-yagona yer solig’ini o’z vaqtida to’lash;
-Boshqa yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
-Belgilangan shakllardagi hisobotlarni o’z vaqtida taqdim etish;
-Boshqa yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer uchastkalari mulkdorlariga etkazilgan zararni belgilangan tartibda to’lash;
-Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligini (uch yil mobaynidagi o’rtacha yillik hisobda) yerlarning normativdagi kadastr bahosidan past bo’lmagan darajada bo’lishini ta’minlash;
Ijaraga oluvchi "Fermer xo’jaligi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlarida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.Yer ijarasi shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko’ra, tomonlarning kelishuviga yerishilmagan taqdirda esa - sud qaroriga ko’ra o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shuningdek, shartnoma quyidagi hollarda:
-fermer xo’jaligi tugatilganda, shu jumladan bankrotlik to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq u iqtisodiy nochor bo’lgan taqdirda tugatilganda;
-Yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;
-Yerdan belgilangan maqsadda foydalanilmaganda, shu jumladan davlat ehtiyojlari uchun kontraktastiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xo’jaligi ekinlari ekilganda;
-Samarasiz foydalanilganda, ya’ni Ijaraga oluvchining aybi bilan muntazam ravishda (uch yil mobaynida) normativdagi kadastr bahosidan kam miqdorda hosil olinganda;
-Yerlarning ekologik holati ijaraga oluvchining aybi bilan yomonlashganda;
-Yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda olib qo’yilganda;
-Agar fermer xo’jaligi yer uchastkasi olingan paytdan boshlab bir yil mobaynida ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatiga kirishmasa bekor qilinishi mumkin.