Mundarija: Kirish I. Bob. Musiqa darsida musiqiy-ritmik faoliyatni tashkil etish


II BOB. 1- Sinfda musiqiy-ritmik harakatlar faoliyatlarni shakillantirish uslubi



Download 60,6 Kb.
bet4/6
Sana27.05.2023
Hajmi60,6 Kb.
#944528
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
muslima kurs ishi.docx1

II BOB. 1- Sinfda musiqiy-ritmik harakatlar faoliyatlarni shakillantirish uslubi.
2.1 Musiqiy-ritmik harakatlarda tovush balandligini eshitishni shakllantirish
1. Bolalar ko‘zlarini yumib, tovush balandligini cholg‘uning tembri bo‘yicha aniqlaydilar. Harakat-ramzlar orqali javob qaytaradiiar.
Masalan: A.Muhamedovning «Shoxi so‘zana» kuyidagi past tovushlarga oyoqlarini o‘ynatadilar, baland tovushga - qo‘l bilaklarini aylantiradilar; doyra tovushiga - shu cholg‘u ijrosini ko‘rsatadilar (Imitatsiya qiladilar).
2. O‘quvchilar turadilar. Birinchi turgan bola koptokni oladi. Agar musiqa baland yangrasa, bola koptokni boshi orqali keyingi bolaga doyra bo‘ylab uzatadi, agar past yangrasa, oyoqiari orasidan uzatadi.
3. O‘quvchi tinglagan ohangining doskaga bo‘r bilan chizadi. Keyin
ikki yoki uch o‘quvchi xuddj shuni hayolan doskaga chizadilar va harakat bilan ifodalaydilar. Bu mashqda D.Zokirovning «Gulxan» kuyidan foydalanish mumkin.
Musiqiy-ritmik harakatlarda ritm hissini oshirish.
1. Bolalar doyra bo‘lib yoki partada o‘tiribdilar. M.Mirzaevning «Bahor valsi» kuyiga koptokni ushlagan bola choraktali cho‘zimga koptokni u qo‘lidan bu qo‘liga o‘tkazadi, yarimtalik cho‘zimga doyra bo‘ylab yoki partadoshiga uzatadi.
2. Bolalar xona bo‘ylab yorqin kuyga yuguradilar, mayin, ohista musiqani tinglashlari bilan juft bo‘lib aylanadilar.
3. «Aks sado» o‘yini harakatlarda: ritmik suratni boshdan yuqorida, orqada oldida chapak bilan takrorlash, keyin oyoqlarni turgan joyda to‘pillatish yoki yon tomonga chapak chalib oyoqlarni to‘pillatish.
4. O‘quvchilar vazifa oladilar: berilgan harakatga ritmik suratni chapak orqali ko‘rsatish yoki kuylab berish. Avval o‘qituvchi ritmik asosni harakatda ko‘rsatadi, keyin esa o‘quvchilar chapak yoki barmoqlarni qarsillatish orqali namoyon etadilar.
Harakatlar yordamida o‘quvchilarda bir qator musiqiy-eshituv tasavvurlarini shakllantirish mumkin:
Ikki yoki uch hissali o‘lchov haqidagi tasavurlar.
1) Bunda o‘quvchilar turgan holda 2/4 o‘lchovidagi musiqaga oyoq uchida ko‘tariiib va pastlab harakat bajaradilar;
2) 2/4 o‘lchovidagi musiqaga kift va elkalarini boshga qarab ko‘taradilar va o‘z holiga tushiradilar
3) 3/4 o‘lchovidagi musiqaga esa - birinchi hissaga yengil yarim o‘tirgan holda harakatlanadilar va «uch»ga turadilar va hokazo.
Harakatli mashqlar.
1) Bolalar ko‘zlarini yumib o‘tiradilar ya tovushlar balandligi yoki cholg‘ular tembrlarini aniqlashga harakat qiladilar. Javoblarni bolalar harakatli belgilar yordamida ko‘rsatadilar. Masalan, past tovushlarga oyoqlar «raqs tushadi», baland tovushlarga - qo‘l bilaklari, doyra jarangiga bolalar doyrasida ijroga taqlid qilib ko‘rsatadilar.
2) O‘rta registrdagi tovush eshitilsa, bolalar ko‘krak balandligida chapak chaladilar, baland registrdagi tovush chalinsa - boshlari uzra chapak chaladilar.
3) Ijodkorlikka qaratilgan mashq:
3 qismli asardagi registrlarni taqqoslashda qo‘llar yuqori registrga «raqs tushadilar», o‘rta registrda esa-tanani harakatlantiradilar va hokazo. Bunda bir o‘quvchining harakatlariga ikkinchi o‘quvchi oddiy cholg‘uda ritmik jo‘r bo‘lishi ham mumkin.
Sinfga esa bu ijodiy vazifaning bajarilishini baholash topshiriladi. Musiqa tempi haqidagi tasavvurlami shakllantirish
1) O‘qituvchi chalayotgan yoki kuylayotgan turli tempdagi musiqiy asar
ostida yurish yoki yugurish (sakrash);
2) Hayvonlar harakatiga taqlid: sekin harakatlanuvchi - fil, toshbaqa; tez
harakatlanuvchi - tulki, quyon, it va hokazo.
Bunday va bunga o‘xshash musiqiy-ritmik harakatlar yordamida o‘qituvchi bir qator musiqiy tasawurlar va bilimlar doyrasini (dinamika, musiqa shakli, musiqiy jumla, tovush yo‘nalishi va hokazo) tarkib toptirishi boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish ishlarining samaradorligini oshiradi.
1.Yurish va yugurish turli tempdagi ijro. P.I.Chaykovskiyning «Yog‘och soldatchalar marshi» bunday mashqlarda juda qo‘l keladi.
2. Ijro etiiayotgan musiqiy obrazga xos ravishda harakatlanish.
3. Bir o‘quvchi bolalarga tanish bo‘lgan harakatlanuvchi mashqlarni boshqarib turadi. Qolganlar esa mashqlarni takroran bajaradilar.
4. Hayvonlarga taqlidiy harakatlar: sekin-fillar, toshbaqalar, ayiq; tezquyon, kuchuk, va boshqalar.
5. Musiqaning tezlashishi yoki sekinlashishi ostida harakatlarni o‘zgartirish: yurishdan yugurishga, yugurishdan sakrashga va hokazo.
6. Musiqaning tezlashishi va to‘xtashiga improvizatsiya, masalan: avtomobil, paravoz, arg‘imchoq. O‘quvchilarga ular tinglanayotgan va kuylayotgan musiqiy asarlari mazmuni va xarakteriga mos keladigan raqs va musiqiy-ritmik harakatlarni
tanlash, topish va mustaqil ijro etish taklif etilsa, bunday vazifalar ularda ijodkorlik qobiliyatlarini faollashtiradi, badiiy didni rivojiantiradi. Bu vazifalarni osonlashtirish maqsadida mazmuni va harakat ketma-ketligini namoyon qiluvchi qo‘shiq va dasturiy musiqa asari qo‘llaniladi. Sh.Najmiddinovning «Bolalar va g‘ozlar», T.Toshmatovning «Ayiqpolvonlar bog‘chasi», o‘zbek xalq «Boychechak», T.Xusaylining «Jo‘jalarim», A.Mansurovning «Piyoda askarlar qo‘shiqi», P.Chaykovskiyning «Yog‘och soldatchalar marshi» va hokazo asarlarini keltirish mumkin.
O‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda harakatlarni topadilar. Ijro paytida o‘qituvchi bolalarga harakatlarda ifodaviylikka erishish, ularni yaxshiroq bajarish
yo‘ llarini ko‘rsatib boradi. Musiqiy material tanlar ekan, musiqa o‘qituvchisi qaysi asarda tayyor kompozitsiyasini qo‘llash mumkin, qaysi asarni esa bolalaming o‘zlari ijod qilib, harakat va raqs elementlarini topishlari uchun mo‘ljallash kerakligini aniqlaydi. Bolalarda. ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish jarayonida ularda tashabbuskorlikni, qiziquvchanlikni qo‘llab-quwatlab, rag‘batlantirib borish
muhimdir.

Download 60,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish