Mundarija kirish I bob. Muammoni о’rganishning ilmiy-nazariy asoslari



Download 66,53 Kb.
bet1/16
Sana16.06.2022
Hajmi66,53 Kb.
#676344
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
FFNR IDROK Maftuna kurs (2)



MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………….. 2-7
I BOB. Muammoni о’rganishning ilmiy-nazariy asoslari
1.1.Idrok - psixologik tavsifnoma sifatida…………………………………..8 - 23
1.2. Idrokning psixofioziologik asoslari……………….……………………24 - 27
II BOB. Fonetik-fonematik nutq nuqsoni bo’lgan bolalarning idrokining o’ziga xos xususiyatlari
2.1. Fonetik-fonematik nutq nuqsoni bo’lgan bolalarning idrokining o’ziga xos xususiyatlari ………………………………………………………………….28-31
2.2. Fonetik- fonematik nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning idrokini rivojlantiruvchi metodikalar…………………………………………………32 - 40
Xulosa……………………………………………………………………….41 – 42
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………43 - 44

Kirish
Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Sh.M.Mirziyoyev
“Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda” – deb yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev takror-takror ta’kidlaganlari bejizga emas.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojatida 2021-yilda ta’lim tizimida kutilayotgan o’zgarishlar haqida ma’lumot berdi. 2021 yilda maktabgacha ta'lim qamrovi 65 foizga, 2023-yil oxirida esa 75 foizga yetkazilishi, 600 milliard so‘m subsidiya berilib, 2 mingta xususiy bog‘cha ochilishi, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetishi, 6 yoshli bolalarni maktabga majburiy tayyorlash tizimi yo’lga qo’yilishi, 2021- yilda 6 yoshli bolalarning 82 foizi (560 ming nafar) maktabga bepul tayyorlovga jalb etilishi, uzoq qishloqlarda maktabgacha ta'limni uyda berish modeli yo‘lga qo‘yilishi kabi maktabgacha ta’lim sohasiga alohida to’xtalib o’tildi.1
Maktab ta’limi sohasida esa, Bolaning tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini o‘stirishga mo‘ljallangan yangi darsliklar tayyorlanishi, boshlang‘ich sinflarda DTS o‘rniga bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan «Milliy o‘quv dasturi» joriy etilishi, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa 100 foiz ustama to‘lanishi, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun budjetdan subsidiyalar ajratilishi, 10 prezident maktabi; kimyo-biologiya, matematika va ATga ixtisoslashgan 197ta maktab ochilishi haqidagi ma’lumotlarga to’xtalib o’tildi.
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi, ya’ni ijtimoiy sohani rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, sohalarini rivojlantirish, xususan, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, shuningdek, ularni zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo‘lgan, XXI asr talablariga javob beradigan barkamol, yetuk shaxslar bo‘lib yetishishi uchun zarur bo’lgan imkoniyat va sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu masala nogiron bolalar tarbiyasiga, hayotga ijtimoiy moslashuviga ham ta’luqlidir.
“Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”da o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tamonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari muhim vazifa sifatida belgilanadi. Xususan, mazkur hujjatning 11 moddasida ushbu masalaga quyidagicha yondoshiladi: «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini soglom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi», bu esa maktabgacha ta’lim muassasasiga murakkab va ayni damda muhim vazifani yuklaydi.2Shu ma’noda, birinchi Prezident Islom Karimovning xalqimizning siyosiy tafakkur xazinasiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shiladigan “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobi barchamizni hozirgi o‘ta notinch va tahlikali zamonda doimo hushyor, ogoh va sergak bo‘lib yashashga da’vat etadi. Shu asosda “Vatanimizning yangi tarixini chuqur anglab, undan zarur saboq va xulosalar chiqarib, yurtimizning qadimiy shuhrati, bugungi qudrati va salohiyati, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib bo‘lib yashashga o‘rgatadi”.
Davlatimiz Konstitutsiyasining 41-moddasida belgilanganidek, «har kim ta’lim olish huquqiga ega». Ushbu huquq “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”ning 23 hamda 24-moddalarida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar nuqtayi nazaridan ham kafolatlangan.3 Hozirda davlatimiz, prezidentimiz tomonidan alohida yordamga muhtoj insonlarga ko‘rsatilayotgan e’tiborning kuchaytirilishi, hamda ularning ijtimoiy hayotga samarali adaptatsiyalashuvini ta’minlash masalasi dolzarb muammo sifatida butun respublikamizda, hamda dunyoda faoliyat ko‘rsatayotgan tadqiqotchi, amaliyotchi mutaxassislar oldida gavdalanmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PFnida ham Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilgʻor taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsad qilib qo’yilgan va “imkoniyati cheklanganlikning oldini olish, ularni bartaraf etish bilan bir paytda ularni ijtimoiy realibitatsiya qilish, ularning ishlash muhitini sog’lomlashtirish, maxsus korreksion ishlar olib borish orqali ulardagi nuqsonlarni korreksiyalash, ularni kasb-hunarga yo’naltirish va tayyorlash kabi murakkab, ammo savobli ishni amalga oshirish hozirgi zamon talabidir” deb alohida band ajratilgan. Yurtimizga hech bir soha e’tibordan chetda qolmayotgani yaqqol ko’rinib turibdi. O‘zbekiston Respublikasining o‘sha vaqtdagi Xalq ta’limi vaziri T.I. Jo‘raevning Toshkent shahrida 2006 yilning 15-noyabrida “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj bolalar ta’lim tarbiya muassasalarining holati va kelajakdagi istiqbollari tug‘risida”gi nutqida ham ushbu yo‘nalishda olib boriladigan ishlar yuzasidan bir muncha murakkab va ayni damda dolzarb bo‘lgan vazifalar belgilangan. Xususan, ushbu nutqda alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, ko‘rsatilayotgan uslubiy hamda moliyaviy ko‘maklar ko‘lamini kengaytirish hamda to’g‘ri va aniq yo’nalganligini ta’minlash xususida so‘z boradi. 2007-yilning «Ijtimoiy himoya yili» deb e’lon kilinishi ham aynan bizning oldimizda ushbu bolalarning ijtimoiy hayotga kirishuvini ta’minlash, ularni yetarli bilimlar zahirasiga ega bo‘lgan, yetuk fuqaro, shaxs sifatida kamol topishlarini asosiy masalalar darajasiga ko‘tarmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek: «Biz jamiyatimizdagi quyi pog‘onadagi tartib, intizom va mas’uliyatni mutlaqo o‘zgartirmoqchimiz. Eng zaif tomonimiz - yoshlar bilan shug‘ullanmayapmiz. Buni gapirish oson, endi shug‘ullantiradigan tizim joriy etishimiz kerak. Mas’uliyatli odamlarni shu lavozimlarga qo‘yishimiz kerak»4. Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur fikrlari bugungi kunda ta’lim-tarbiya tizimi mazmunini yangilashni talab etadi. Bu esa ijtimoiy tarbiya bilan oilaviy tarbiyani mazmunan uzviy bog‘lash zaruratini keltirib chiqaradi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli shu davlat, shu mamlakatda yashovchi fuqarolarning jismonan baquvvat va sog‘lom bo‘lishi ,oila va ijtimoiy tarbiya bilan belgilanadi. O‘zbekistonda barcha sohalarning, ayniqsa, ta’lim tizimining tubdan isloh qilinishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yaratilishi, davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi muallim va ustozlar zimmasiga yuksak vazifalar yukladi. Yuqorida zikr etilgan davlat hujjatlarining mazmun-mohiyati, asl maqsadi ham yosh avlodni ma’naviy barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan. Mamlakatimizda ma’naviy tarbiya, barkamol inson tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki inson jamiyatning tayanchidir. Jamiyatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar yuz berayotgan bir vaqtda Vatan ravnaqini ko‘zlash maqsadida asosiy e’tibor yoshlarning aqliy, axloqiy, jismoniy barkamolligiga demak, har tomonlama yetuk, sog‘lom avlodni o‘stirishga qaratilyapti .
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: «Farzandlari sog`lom yurt qudratli bo`ladi, qudratli yurtning farzandlari sog`lom bo`ladi» Sog`lom avlodni tarbiyalab o`stirish g`oyatda mas’uliyatli vazifa, shu bilan birga insonparvar siyosat natijasidir.
Fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlaming mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog`lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. Yuqoridagi holatlardan kelib chiqqan holda, kurs ishimizning mavzusi hozirgi dolzarb muammolarni o’z ichiga qamrab olganligi buning yorqin dalilidir.

Download 66,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish