Mundarija kirish I bob. Misr XIX asr oxiri-xx asr boshlarida


Kurs ishi mavzusining obyekti



Download 55,32 Kb.
bet2/6
Sana12.05.2023
Hajmi55,32 Kb.
#937545
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
jahon tarixi kurs ishi

Kurs ishi mavzusining obyekti: Misr XIX asr oxiri-XX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti. Misrning Buyuk Britaniya tomonidan mustamlakaga aylantirish jarayoni.
Kurs ishi mavzusining predmeti: Misr XIX asr oxiri-XX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti. Misrning Buyuk Britaniya tomonidan mustamlakaga aylantirish jarayoni haqida tafsilotlarini ochib berishdan iborat etib belgilandi.
Kurs ishi mavzusining maqsadi: Misrning yangi tarixi doirasida mamlakatda bo`lib o`tgan muhim voqea va hodisalarni undan tashqari, XIX asrning oxiriga kelib Misrni Buyuk Britaniya tomonidan bosib olinishi jarayonini tarixiy tadqiqotlar va asarlar yordamida tatbiq etishdan iborat.
Kurs ishi mavzusining vazifalari: Misr XIX asr oxiri-XX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti. Misrning Buyuk Britaniya tomonidan mustamlakaga aylantirish jarayonini tarixda tutgan o‘rnini turli ilmiy tadqiqot metodlari asosida o‘rganish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
.- Misrning XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tarixini natijalar orqali tahlil qilib, umumlashtirish;
.- Misrning yangi tarixi davomida davlatchilik tuzumi va chet el bosqinchilarining davlatga bo`lgan tajovuziga oid to‘plangan ma’lumotlarni Misr xalqi davlatchiligi tarixining yangi sahifalarini yoritishda muhim manba sifatida tahlil etish;
.- mavjud ma’lumotlarni qiyoslagan holda Misrni XIX asrning oxirida Buyuk Britaniya tomonidan ingliz prorektoratining o`rnatilishini manbalar va so‘nggi tadqiqotlar asosida ushbu masalalarni oydinlashtirish, munozarali masalalarga aniqlik kiritish;
Kurs ishining hajmi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, Kurs ishi umumiy 22 betni tashkil etadi.


I BOB. Misr XIX asr oxiri-XX asr boshlarida
1.1. Misrning XIX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli
1801-yili fransuz qo`shinlari Misrni tark etgandan so`ng avvalgi ittifoqchilar – inglizlar, mamluklar, turklar o`rtasida kelishmovchiliklar boshlanib ketdi. 1803-yili Fransiya bosimi ostida Angliya o`z qo`shinlarini Misrdan olib chiqib ketdi. Am`en tinchlik sulhining shartlariga ko`ra Misr turk sultoniga qaytarildi1. Shunga qaramasdan Angliya va Fransiya mamluklarning turli guruhlariga tayangan holda Misrdagi o`z ta`sirlarini yo`qotmaslikka harakat qildilar. 1802-1804 yillari mamluk beylari bilan Turkiya o`rtasida hokimiyat uchun kurash to`xtamadi.
Misr tarixidagi yangi davr turk armiyasi tarkibiga kiruvchi alban korpusi boshlig`i Muhammad Ali nomi bilan bog`liq. Alban korpusi Napaleonga qarshi kurashish uchun Misrga jo`natilgan edi. 1803 yili korpus yordamida Qohirada mamluklar hokimiyati o`rnatildi. Biroq mamluklarning eski tartiblarni tiklash uchun qilgan urinishlariga qarshi 1804-yili Qohirada Muxammad Ali boshchiligida qo`zg`olon boshlandi. U al-Azxar shayxi bilan alo­qa bog`ladi. O`z qo`shinlariga ega bo`lmagan shayx alban korpusini qo`llashdan manfaatdor edi. Qo`zg`olonchilar mamluk beyi Usmon Bardiysining saroyini vayron qilib, mamluklarni shahardan quvib chiqardilar. Qohira shayxlari Aleksandriya hukmdori Xurshidni Misr poshosi, Muxammad Alini esa uning o`rinbosari deb e’lon qildilar. To`rt oylik himoyadan so`ng Muxammad Ali mamluklarni yuqori Misrga siqib chiqardi. Ayni paytda Xurshid eski soliqlarni tikladi, uning turk qo`shinlari esa qohiraliklarni talashda davom etdilar. 1805 yil aprelda qohiraliklarning Xurshidga qarshi qo`zgoloni boshlandi. Muxammad Ali qo`zgolonchilarni qo`llab- quvvatladi. Xurshid shaxardan quvilgandan so`ng Qohira shayxlari Muxammad Alini Misr podshosi etib sayladilar, Turkiya hukumatining esa buni tasdiqlashdan boshqa chorasi qolmadi. Muxammad Ali tez orada cheklanmagan hokimiyatga ega bo`ldi. U mamluklar bilan kurashni davom ettirdi. 1807 yili ingliz- turk urushi paytida inglizlar Aleksandriyaga desant tushirdilar, ammo Muxammad Ali ularni tor-mor qilib, taslim bo`lishga maj­bur
1.Ergashev Sh. Jaxon tarixi : (Yangi davr. P-k. 1800-1918 yillar).-T.: O`zbekiston,2015.- 493b.
Misrning Usmoniylar imperiyasidan amalda mustaqilligi, mamluk feodal­lari hukmronligining tugatilishi mamlakatning iqtisodiy ri­vojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi. Misr iqtisodiy taraqqiyot bo`yicha ilgari ham Usmoniylar imperiyasining Arabiston va Anatoliyadagi hududlari ichida ancha yuqori turardi2. Muxammad Ali tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida Misr iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yangi bosqichiga ko`tarildi. Aslida islohotlarga olib kelgan sabab kuchli, yevropacha qurollangan va o`qitilgan armiyaga ega bo`lish istagi bo`lsa-da, islohotchilik faoliyati ijtimoiy munosabatlar, iqtisod, madaniyat va davlat boshqaruvining turli sohalarini qamrab oldi.
Eng muhim sohalardan biri agrar islohot bo`ldi. Uning nati­jasida 1811-yilga kelib Muxammad Ali mamluk beylarining imtiyozli holatini to`liq yo`q qildi. Musodara qilingan yerlarning bir qismini fellaxlarga tarqatdi. Uning davrida yangi sug`orish tizimlari bunyod etildi, ekiladigan maydonlar qariyb ikki baro­bar kengaydi. Paxta va boshqa eksportbop ekinlarga katta ahamiyat berildi. Biroq qishloq xo`jalik mahsulotlarini sotib olishga davlat monopoliyasi o`rnatilganligi sababli xalqning ahvoli ancha og`irligicha qolaverdi. Natijada qator qo`zgolonlar bo`lib, barchasi shafqatsizlik bilan bostirildi.
Harbiy islohot mamlakatning harbiy qudratini yuksaltirishga qaratilgan edi. Muxammad Ali yevropaliklar, asosan fransuz­lar yordamida zamonaviy armiyani shakllantirdi, uni yangi artil­leriya bilan qurollantirdi, harbiy flotga asos soldi. 1830 yili Misr armiyasida 150 ming askar, flotda 32 ta harbiy kema bo`lib, jangovar qobiliyati jihatidan turk sultoni armiyasidan ancha ustun edi3.
Harbiy islohot bir qator sanoat korxonalarining ham qurilishiga olib keldi. Cho`yan quyish, qurolsozlik va porox zavodlari, quyuv-mexanika ustaxonasi, to`qimachilik manafakturalari ochildi. Aleksandriya yerlarida yangi harbiy kemalar qurilishi davom etdi. 1840-yili sanoat tipidagi korxonalarda 35 ming ishchi mehnat qilardi.
2.Марсот А. Л.. Краткая история современного Египта.- Kembrij, UK, 1985.-B 164
3.Хааг М. История Египта: перевод.с английского.-М.: 2008.-С. 255.
Moliya tizimi va davlat boshqaruvi apparati ham yevropacha namunada qayta tashkil qilindi. Vazirliklar tashkil qilindi, Misr yettita provinsiyaga bo`linib, har biriga markaziy hokimiyatga bo`ysunuvchi gubernator tayinlanadigan bo`ldi.
Ta’limni rivojlantirishga ham e’tibor qaratilib, Yevropa fani va texnikasi yutuqlari bilan qiziqish rag`batlantirildi. Muxammad Ali davrida boshlang`ich va o`rta maktablar, to`rt yil­lik maxsus o`quv yurtlari ochildi, harbiy bilim yurtlari paydo bo`ldi. Yevropa darsliklari va ilmiy adabiyotlar arab tiliga tarjima qilindi. Muxammad Ali Fransiyadan muhandislar, yuristlar, o`qituvchilar, vrachlarni ishga taklif qildi. Yosh misrliklarni o`qish uchun Yevropaga jo`natish odat tusiga kirdi. Birinchi bosmaxona ish boshladi, 1828-yili esa Misrning birinchi gazetasi chiqa boshladi4. Ajablanarlisi shundaki, bu islohotlarning boshida turgan Muxammad Ali qirq yoshida o`qishni o`rganib oldi.
Muxammad Ali islohotlari kuchli va mustaqil Misr davlatini tuzishga qaratilganligi uchun ham muvaffaqiyat qozondi. Islohotlar Muxammad Ali hokimiyatini mustaxkamlashga xiz­mat qildi, Misrni Sharqni eng rivojlangan va kuchli davlatlari qatoriga olib chiqdi. Bunday sharoit Muxammad Aliga arab impe- riyasini tuzish va hatto Istanbulni zabt etib, sulton hokimiyatini egallash umidini berdi. Shu yo`lda u vaxxobiylarga qarshi urush olib bordi, Suriyani, Livanni va Kilikiyani zabt etdi, xatto Ana­toliya hududiga kirib, bevosita Turkiyaning o`z hududiga ham xavf soldi. Faqat Angliya va Rossiyaning aralashuvi sultonni muqarrar halokatdan saqlab qoldi. Angliya, Rossiya va Fransiya tobora kuch- sizlanib borayotgan Usmoniylar imperiyasi hududini bo`lib olish va shu maqsadni amalga oshirish yo`lida Muxammad Ali bilan sul­tonning kuchayib ketishiga yo`l qo`ymaslik uchun zimdan harakat qildilar.
Muxammad Ali milliy sanoatni rivojlantirdi va protektsionizm siyosatini olib bordi, mamla­katning iqtisodiy qudratini oshirib, Misrni Yevropa davlatlariga iqtisodiy qaram va mustamlaka bo`lishdan sa`lab qoldi. Uning vorislari ham asosan shu siyosatni davom ettirsalarda, iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirishga majbur bo`ldilar. Dehqon o`z mehnati mahsulidan erkin foydalanish huquqini oldi,
4.Ergashev Sh. Jaxon tarixi : (Yangi davr. P-k. 1800-1918 yillar).-T.: O`zbekiston,2015.-B 495.
qullik va qul savdosi bekor qilindi.
XIX asr 70-yillariga kelib mamlakatning jahon kapitalistik xo`jaligiga tortilishi oqibatlari aniq ko`zga tashlanib qoldi. 1840-yili Muxammad Ali 1838 yilgi ingliz-turk savdo shartnomasining Misrga ham joriy qilinishiga rozilik berishga majbur bo`ldi va bu ilgari mavjud bo`lgan savdo monopoliyalarining bekor qilinishiga olib keldi. Eksportbop ekinlar, birinchi navbatda, paxta ekiladigan maydonlarni kengaytirish jarayoni davom etdi. Paxtachilikni rivojlantirishga 1861-1865 yillari Shimoliy Amerikada yuz bergan fuqarolar urushi ham turtki bo`ldi.
Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoati ri­vojlandi. Bir necha qand zavodlari ishga tushirildi. 1860-1870 yillari temir yo`llar qurilishi jadal olib borildi, 13 ming km sug`orish kanallari qazildi, portlar qayta jixozlandi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi agrar qonunchilikning o`zgarishiga ta’sir ko`rsatdi, qishloq xo`jaligiga ham chet el kapitali jadal kirib kela boshladi.



Download 55,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish