2.2 Turar-joy binolarining qurilishida tejamkorlik masalalari
Qurilishda tejamkorlik va undan foydalanish masalalari bir-biriga qaramaqarshidir. Shuning uchun me’morning asosiy vazifasi ushbu qarama qarshiliklarni bir - biriga ta’sirsiz hal qilmog’i lozim. Qurilishni tejamkorlik bilan olib borishda qurilish jihozlarini va qurilmalarini to’g’ri tanlash, zavodda tayyorlanayotgan andozali konstruktiv qurilma va jihozlaridan o’rinli foydalanish qurilishni arzonroqqa tushirishga yordam beradi. Bundan tashqari uyning qavati va qurilish maydonini to’g’ri xal qilish ham tejamkorlik omillaridan biridir. Loyihaviy yechimlarni tanlashda arxitektura-qurilish me’yorlaridan to’liq va unumli foydalanish zarur, lekin xamma masalalarni yechishda ushbu me’yorlarga amal qilishning o’zi kifoya qilmaydi. Shuning uchun loyiha tanlashda bir necha xil loyihalarning ichidan texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari jihatidan tejamli bo’lganlarini olish yaxshi natija beradi.
O’zbekiston tabiiy-iqlimi sharoiti uylarni yaxshi shamollatish uchun derazalarni ikki qarama-qarshi tarafga o’rnatish, seksiyada to’rt xonadon o’rniga ikki xonadonni joylashtirishda zina kataklarining sonini oshib ketishi, katta-katta yozgi xonalardan foydalanish va quyoshga qarshi qurilmalarning o’rnatilishini taqozo etadi. Bu esa uyning tannarxini oshib ketishiga sabab bo’ladi. O’zbekistonda tez-tez yer qimirlab turishi ham uylarni mustahkam qurilmalar bilan qurishni talab etadi, bu esa o’z navbatida ortiqcha mablag’ sarflanishiga olib keladi. Shuning uchun bu sabablar bizning me’morlarimiz oldiga qurilishda tejamkor va unumli me’moriy loyihalarni tanlashni taqozo etadi.
Qurilmalar zichligi faqat sanitar – gigienik qulaylik talablariga zid bo’lmagan chegaralargacha oshishi mumkin. 12-16 qavatli uylar maksimal zichlikni beradi, lekin kam qavatli zich (2-4 qavatli) qurilmalar ham samarali bo’lishi mumkin. Turar-uy loyihasi iqtisodiy samaradorligi qurilish uchun smeta tuzishda to’liqroq aniqlanadi. Smeta ma’lumotlaridan kelib chiqib, turar-uy maydoni kvadrat metriga mos qiymati aniqlanadi. Ammo smetalar to’liq ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida tuziladi va loyihalash jarayonidan undan foydalanilmaydi. Shuning uchun, oraliq bosqichlarda loyihani baholash uchun, boshqa ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi, bu ko’rsatkichlar iqtisodiyot nuqtai – nazaridan optimal bo’lgan variantlarni tanlash imkonini beradi.
Ular orasidagi birinchi va eng ahamiyatli ko’rsatkich – bu K1 koeffitsienti orqali ifodalanuvchi, xonadondagi umumiy va yashash maydoni nisbatidir.
U quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Xo’jalik xonalari maydonini oshirish, iqtisodiy samaradorlik yechimini pasaytiradi. Ikkinchi loyiha jarayonida foydalanuvchi texnik – iqtisodiy ko’rsatkich – bu K2 koeffitsientidir. U turar-uy kubaturasining yashash maydoni yig’indisiga bo’lgan nisbatini harakterlaydi va u hajmiy koeffitsient deb nomlanadi:
K2 – kattaligi K1 ga; turar-uy seksiyasi hamda uydagi vertikal va gorizontal kommunikatsiyalar soni (zinapoya, liftlar, vestibyullar va h.k.); qavatlar balandligi; konstruktiv parametrlarga (devorlar, to’siqlar qalinligi va h.k.) bog’liqdir.
Turar uy-joy binolari o’zining vazifasiga ko’ra o’z ko’rinishiga ega bo’lishi kerak. Qurilishda turar uy-joyining bo’laklari (detali) inson o’lchoviga hamohang bo’lishi kerak. Bu vazifalar kam qavatli uy-joylarda osonroq hal qilinadi. Ko’p qavatli Turar-joy uylarining tashqi ko’rinishini tanlashda me’morlar ancha qiyinroq vazifalarni yechishiga to’g’ri keladi. Bunda binoning masshtabiga mos ravishda yirik bo’laklarni qo’llash (ustunlar, antablement va boshqalar), uy joy binolarini monumental va boy bo’lishiga olib keladi, bu esa ularning oldiga qo’yilgan badiiy talablariga javob berishi kerak.
Turar-joy binolari, ayniqsa, janubda joylashgan uylar tabiat bilan mujassamlashib ketishi kerak. Bu funksional xususiyat o’zining badiiy ko’rinishida, ya’ni yozgi xonalar (ayvon, supa va boshqalar) yechimida o’z aksini topadi. Quyoshga qarshi qurilmalarning uyni issiqdan saqlash uchun foydalanilishi janubiy uyning o’ziga xos badiiy ko’rinishini yaratishga yordam beradi. Ushbu maqsadda ko’kalamzorlashtirishdan ham foydalaniladi.
Turar-joy binolariga rang tanlash ham katta ahamiyatga ega, ya’ni har - xil qoramtir va kul ranglarni ishlatishdan saqlanish kerak, chunki ular binoga xunuk ko’rinish berishi bilan birga bu ranglar quyosh nurini yaxshi qaytara olmaydi va xonalarning isib ketishiga sabab bo’ladi. Bu yerda och va issiq ranglarni ishlatish zarur. Xalq me’morchiligining usullari, xalq an’analari, urf-odatlarini inobatga olgan holda turar-joy binolarining me’morchiligini jonlashtirish mumkin.
Yorug’lik karmonining kengligi (eni) uning chuqurligini yarmidan kam bo’lmasligi kerak (yondosh yo’lak kengligi hisobisiz). Yorug’lik karmoni xizmatini o’tashi mumkin bo’lgan zinapoya bo’lmasi orqali, uning ikki tomonida joylashgan yo’laklarni 12m.gacha yoritish mumkin. Devorlarning qalinligi xonadonni qishda sovuqdan yozda esa issiqdan, shu bilan birga ko’cha shovqini va changidan saqlashi kerak. Bulardan tashqari ichki va tashqari devorlar tovush o’tkazmaslik xususiyatiga ega bo’lishi kerak.
Maqbul sanitar-gigiyenik sharoitni yaratishda muhandislik jihozlaridan foydaniladi. Xonadonlarda umumiy isitish, sovuq va issiq suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, sun’iy shamollatish va boshqa muammolar hal etilgan bo’lishi lozim. Eng kerakli sanitar-gigiyenik talablardan biri O’rto-Osiyo sharoitida xonani quyoshdan asraydigan qurilmalardan foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |