KIRISH………………………………………………………………...………......3 I BOB. Milliy madaniyat va urf-odatlari ham turar uy-joylarining tuzilmasi va xillari 1.1 Turar joy majmuasining tarixi haqida..………………………….………..……5
1.2 Turar uy - joy qurilishida shaharsozlik talablar…………….…………………11
1.3 XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Yevropada turar joy majmuasining rivojlanishi ……………………………………………………………...…….…..19
II BOB. TURAR-JOY BINOLARINI LOYIHALASH ASOSLARI 2.1 Turar-joy binolari va xonadonlarni tanlash hamda shakllantirish uchun talab va sharoitlar………………………………….……………………………………….25
2.2 Turar-joy binolarining qurilishida tejamkorlik masalalari ...…………………30
2.3 O’zbekiston sharoitida turar-joy binolarini loyihalash uchun qo’yiladigan asosiy talablar ……………………………………………………….…………....36
XULOSA…………………………………………………………………………42 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………….…….……..….44 ILOVALAR………………………………………………………….…………...
Kirish O‘zbekistonda yuz berayotgan siyosiy va ma’naviy rivojlanish, jamiyatni demokratlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyot mamlakatimizdagi shaharsozlik sohasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini jadal rivojlantirish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga shaharsozlik sohasi ushbu zamonaviy bosqichda hududiy tizimlaming yangi masshtablari, rejalashtirish va kelajak istiqbollarining yangi loyihaviy muddatlari, shaharlami loyihalash va qurishning yangi muammolari bilan yuzma-yuz keldi. Bu esa yosh mutaxassislar - shaharsozlarni tayyorlashga yangicha yondashuvni talab etadi. Ular shaharsozlik sohasida barcha yutuq va kamchiliklami o‘rganib chiqib, oldingi tajribalar asosida malakaviy ko‘nikma va mahoratga ega bo‘lishlari lozim. Bu o‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanib borayotgan
O‘zbekistonning yangi shaharsozlik strategiyasini hayotga tatbiq etish mezonidir. O‘zbekiston shaharlarining zamonaviy rivojlanishi to‘xtovsiz urbanizatsiya jarayonida amalga oshadi. Bu o‘z navbatida jamiyat hayotining barcha jabhalarida ko‘zga tashlanadi va shaharlar ahamiyatining o‘sib borayotganidan dalolat beradi. Urbanizatsiyaning o‘ziga xos tomoni bu, shahar aholisining katta va yirik shaharlarda to‘planishidir va bu jarayonning natijasi - yashash muhitining yangisini shakllantirish va eskisini rekonstruksiya qilish talabining oshishidir. Hududlami arxitekturaviy-rejaviy tashkil etish masalasi, ulardagi tabiiy-ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolami yechishda shaharsozlik uslublarini qo‘llash zamonamizning dolzarb vazifasiga aylandi. Yashash muhitini shakllantirish butun shaharsozlik muammolari majmuasini hal etishga bog’liq. Bu muammolar o‘zida shahar va uning yashash hududi (turar-joy majmuasini va kichik majmualar) rejaviy strukturasini mukammallashtirish, turar-joy va jamoat binolari, savdo va xizmat ko‘rsatuvchi markazlar loyihalarini zamonaviy va kelajak talablariga moslashtirgan holda loyihalashni aks ettiradi.