taklovchi val
deb, bu valdan xarakatni qabul qilib ish bajaruvchi
qismga uzatuvchi valni esa ye
taklanuvchi val
deb ataladi.
Agar uzatma bir necha pog‟anali bo’lsa, har bir pog’ananing energiya
Manbai to’lgonidagi birinchi va ikkinchi valga nisbatan yetaklovchi ikkinchi val
esa pog’onadagi yetaklovchi val bo’ladi.
14
Umumiy xolda uzatmalar deb xarakatni mashinaning energiya manbai, yaʼni
dvigateldan ijrochi organlar(ishchi qismlar)ga uning kinematik va energetik
parametrlarini o‘zgartirib uzatuvchi mexanizmlarga aytiladi. Uzatmalar elektrik,
gidravlik, pnevmatik va mexanik bo‘lishi mumkin.
15
Mustahkamlik. Ish sharoitida detalning shakliy o`zgarishlari me’yorida bo`lgani holda
sinmay va benuqson ishlay olish xxususiyati uning mustahkamligi deyiladi.
Mustahkamlik ko`pgina detallarning asosiy ishlovchanlik xususiyati sanaladi.
Mustahkamligi etarli bo`lmagan detal uzoq muddat ishlay olmaydi. Umumiy holda
mustahkamlik sharti quyidagi ko`rinishga ega:
𝜎
≤ [
𝜎
], bu yerda σ − detalda hosil
bo`ladigan normal kuchlanish; [
𝜎
]- normal kuchlanishning ruxsat etilgan qiymati.
Detallarning mustahkamlikni yo`qotishi ikki turga bo`linadi: statik mustahkamlikni
16
yo`qotish va toliqishdan charchash. Bikrlik − detallarning yuklanish ta’siri ostida
geometrik o`lchamlari va shaklini saqlab qolishi bilan namoyon bo`ladi. Detallarni
bikrlikka hisoblanganda ularning egilish (deformatsiyasi) me’yoriy qiymatdan oshib
ketmasligi zarur: 9
𝑓
≤ [
𝑓
], bu yerda f − detalning deformatsiyasi − egilishdagi salqiligi,
[
𝑓
] salqilikning ruxsat etilgan qiymati.
Yeyilishga chidamlilik. Yeyilish detal geometrik o`lchamlarining ishqalanish
ta’sirida asta-sekin o`zgarishi bilan bog`liq bo`ladi. Bunda ishqalanib ishlovchi detallar:
podshipniklar, tishli uzatmalar, porshenli mashinalardagi silindrlarnining orasidagi
tirqish ortadi. Tirqishning ortishi bilan mashinalarning sifat ko`rsatkichlarini
belgilovchi omillar - quvvati, foydali ish koeffisienti, ishonchliligi, aniqligi va
boshqalar pasayadi. Yyeyilishni hisoblashda aniq bir usulni tavsiya qilish qiyin. Ba’zan
muhandislik amaliyotida solishtirma bosim r va shartli koeffisientlarni ruxsat etilgan
𝑃
≤ [
𝑃
],
𝑝𝑣
≤ [
𝑝𝑣
], qiymati bilan solishtirish usuli qo`llanadi. Texnika tarraqiyotining
zamonaviy bosqichida 85…90% mashinalar yeyilish natijasida va faqat 10…15%
boshqa sabablar bo`yicha ishdan chiqayotganligi monitoring qilingan
.
Korroziya − metallar yuqori qatlamining zanglash ta’siridan asta-sekin emirilishi.
Korroziya ko`pgina konstruksiyalarni muddatidan avval ishdan chiqishiga sabab
bo`luvchi, zararli hodisadir. Korroziya tufayli har yili ertilayotgan metallarning
taxminan 10 foizi ishdan chiqmoqda. Detallarni korroziyadan himoya qilish uchun
antikorrozion qatlamlar qo`llaniladi yoki detallar maxsus korroziyaga bardoshli
materiallardan tayyorlanadi. Issiqbardoshlik. Mashina detallarning qizishi quyidagi
salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrar: materialning mustahkamligi kamayishi, unda
17
«yoyiluvchanlik» hodisasi paydo bo`lishi, moy qatlamini himoyalovchi hususiyatning
kamayishi, tutash detallarda tirqishni o`zgarishi oqibatida ularning qisilib qolishi (rus
tilida zakl.. deyiladi), mashina aniqligining kamayishi va shu kabilar. Issiqbardoshlik
sharti bo`yicha mashina ishlashi jarayonida hosil bo`ladigan issiqlik miqdori Q
me’yoridan oshib ketmasligi shart:
𝑄
≤
𝑄
1, 10 Q − mashinaning ishlash jarayonida
hosil bo`ladigan issiqlik miqdori, Kkal hisobida. Q1 − mashinadan tashqi atmosferaga
tarqaluvchi issiqlik miqdori, Kkal hisobida. Titrashdagi ustivorlik. Mashina-
mexanizmlardagi titrashlar qo`shimcha dinamik kuchlanishlarni, hatto rezonans
uyg`otuvchi tebranishlarni hosil qiladi. Oqibatda detallar toliqishdan charchaydi. Ba’zi
hollarda titrash sifatni pasaytiradi. Masalan, metall kesuvchi stanoklardagi titrash ishlab
chiqarilayotgan mahsulot sifatini keskin pasayishiga sabab bo`ladi. Titrashlarning
zararli ta’siri mexanizmlarning shovqini oshishida ham namoyon bo`ladi. Mashina va
mexanizmlarning harakat tezligi oshishi bilan titrash havfi ham oshadi, shu sababli
tebranish (titrash)ni hisoblash katta ahamiyatga egadir. Aniqlik. Mexanizm va
mashinalar chiqish ko`rsatkichlari-parametrlarning me’yoriy hujjatlarda ko`rsatilgan
o`lchamlar-parametrlardan chetga chiqmasligi aniqlik deyiladi. Aniqlik mashina va
mexanizmlar ishchanligi va ishonchligiga ta’sir ko`rsatadigan mashinaning muhim sifat
ko`rsatkichidir. Uning parametrlari mashina ish jarayonini zarur aniqligi va
mexanizmlar me’yorida ishlashi bilan bog`liq bo`ladi. 1.4-§. Mashina detallarini
hisoblash va loyihalashning o`ziga xosliklari Hisoblash - loyihalash jarayonlariga
qaratilgan muammolarni mumkin qadar qulay va to`g`ri echim olish maqsadida
18
muhandislik hisoblarida xaqiqiy mashinalar konstruksiyasini soddalashtirilgan, ixcham
va real ko`rinishga yaqin holda tasvirlovchi modellar yoki hisobiy chizmalarga
keltiriladi. Masalan, mustahkamlikka hisoblashda detallar yaxlit (g`ovaksiz) va bir
jinsli deb faraz qilinadi, detalning tayanchlari, yuklanish va shakli ham
modellashtiriladi. Shuning uchun bunday hisoblar taqribiy hisoblanadi. Bunday
hisoblarni amalga oshirishda hisoblash chizmasi yoki modelni to`g`ri tanlash, barcha
ta’sir etuvchi omillar ichidan asosiylarini ajratib olish, ya’ni birinchi darajali omillarni
nazarda tutib, ikkinchi darajali omillarni “tushirib qoldirish” katta ahamiyatga ega
bo`lib, 11 loyihalovchi muhadisdan katta tajriba talab etadi. Hozirgi paytlarda taqribiy
hisoblarning xatoligini aniqlash va taqqoslash maqsadida unga mos keluvchi o`xshash
kichik modellar loyihalanadi hamda ulardan foydalanilmoqda. Shu tariqa tajribalardan
olingan natijalar asosida real mashinalar uchun foydalanish me’yorlari va tavsiyalar
ishlab chiqish yo`lga qo`yilgan. Masalan, ruxsat etilgan (ruxsat etilgan) kuchlanishlar
yoki mustahkamlik zahira koeffisientlarini me’yorlash, materiallar, hisobiy yuklanish
va h.k. bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqishda modellashtirish uslubi keng
qo`llanilmoqda. Mustahkamlikka hisoblashda yo`l qo`yilgan xatoliklar mustahkamlik
zahirasi koeffisienti hisobiga kamaytiriladi. Shuning uchun mustahkamlik zahirasi
koeffisientini to`g`ri belgilash hisoblash bosqichining o`ta ma’suliyatli qismi
hisoblanadi. Mustahkamlikning zahirasi koeffisienti qiymati kichik bo`lsa detal tezda
ishdan chiqishiga, asossiz katta qiymatlari esa detal massasini oshishiga va ortiqcha
material sarflanishiga olib keladi. Muhandislik hisoblarida ikki hil hisoblash
bosqichlari mavjud: loyiha va tekshiruv hisoblari. Loyiha hisobida detal uchun zarur
19
material tanlanib, uning geometrik o`lchamlari aniqlanadi. Shuning uchun loyiha hisobi
soddalashtirilgan dastlabki hisob sanaladi. Tekshiruv hisobida loyiha hisobida
aniqlangan ma’lum konstruksiyaning aniq o`lchamlari asosida uning mustahkamligi,
detalga ta’sir etayotgan haqiqiy kuchlanish bilan ruxsat etilgan kuchlanishni
qiymatlarini solishtirish yoki mustahkamlik zahirasi koeffisientini ruxsat etilgan
koeffisient bilan solishtirish, yuklanish me’yorini aniqlash yo`li bilan tekshiriladi.
Loyiha hisobini bajarishda topilishi lozim bo`lgan noma’lumlar soni odatda hisoblash
tenglamalar sonidan ko`p bo`ladi. Shuning uchun ba’zi noma’lum kattaliklar tajriba va
tavsiyalar asosida tanlab olinadi, ikkinchi darajali kattaliklarning ba’zilari esa hisobga
olinmaydi. Bunday soddalashtirilgan loyiha hisobi konstruksiya chizmalarini chizishda
ishlatiladigan geometrik o`lchamlarini aniqlash uchun zarurdir. Loyihalash jarayonida
detallarning loyiha va tekshiruv hisoblari hamda chizmalarini chizish ishlari parallel
olib boriladi. Bunda hisoblash uchun zarur bo`lgan bir qator o`lchamlar eskiz
chizmasidan aniqlanadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |