Mundarija kirish I. Bob. Meningit bilan kasallangan bemorlarning yosh xususiyatlari



Download 107 Kb.
bet2/4
Sana05.01.2023
Hajmi107 Kb.
#897872
1   2   3   4
Bog'liq
meningit

Kurs ishining maqsadi: Meningit va meningoensefalit bilan kasallangan bemorlarni psixologik xususiyatlarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti: Meningit va meningoensefalit bilan kasallangan bemorlar psixologiyasining o’ziga xosligi.
Kurs ishining obekti: Meningit va meningoensefalit bilan kasallangan bemorlar.
Kurs ishining vazifalari:
1.Meningit va meningoensefalit kasalligining kelib chiqish sabablarini o’rganish.
2.Meningit va meningoensefalitga chalingan bemorlarda kuzatiladigan klinik belgilar va psixologik holatlarni o’rganish.
3.Kasallikni klinik va psixologik davolash usullari haqida ma’lumotga ega bo’lish
4.Kasallikkka qarshi vaksinatsiya haqida tushuncha.
5.Kasallikka chalingan bemorlarni parvarish qilish usullarini o’rganish.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I-BOB.MENINGIT BILAN KASALLANGAN BEMORLARNING YOSH XUSUSIYATLARI


1.1. Meningit kasalligining tarixi va kelib chiqish sabablari
Ba’zi olimlarning fikriga ko’ra, Gippokrat meningit borligini bilgan. Meningitning belgilarini Gippokrat ham, o’rta asrlarda shifokorlar ham yozib o’tgan. Uzoq vaqt davomida miyada yallig’lanish jarayonining kelib chiqishi millionlab insonlar o’limiga sabab bo’lgan sil kasalligi tufayli deb hisoblangan.Uyg’onish davridan oldingi boshqa shifokorlar masalan,Abu Ali ibn Sino (Avitsena) kasallik haqida o’zlarining fikrlarini yozib qoldirishgan. 1768-yilda Shotlandiya shifokori Robert Whytt tomonidan sil kasalligi bilan kasallangan meningit qayd etilgan. Robert Whytt tamonidan bemorning oʻlimini tasvirlashda meningit, sil va uning qoʻzgʻatuvchisi oʻrtasidagi munosabatlar aniqlanmagan. Keyinchalik 19-asrda aniqlangan. Epidemik meningit nisbatan yaqinda paydo boʻlgan hodisadir. Rossiya va Yevropa davlatlarida bugungi kunda bakterial etiologiyali meningit uchun 100 000 aholi boshiga 3 ta holat va virusli etiologiyali meningit uchun 100 000 aholi boshiga 10 ta holat to’g’ri keladi. Meningitning tuberkulyoz shakli bemorlarning soni va asosiy kasallikni davolash uchun ko’rsatiladigan yordam sifatiga bog’liq, shunisi e’tiborga loyiqki, ikkinchi omilning ta’siri birinchisiga nisbatan ancha ko’proq. Kasallik mavsumiyligi va epidemiyalarning yillik davriyligi qayd etilgan. Birinchi hujjatlashtirilgan epidemiya 1805-yilda Jenevada sodir boʻlgan.Keyingi yillarda Yevropa va Qoʻshma Shtatlarda bir nechta epidemiyalar paydo boʻldi,birinchi marta 1840-yilda Afrikada ilk bor paydo bo’lgan.Afrika epidemiyalari XX asrda tez-tez takrorlanishni boshlagan. 1905-1908 yillardagi Nigeriya va Ganadagi epidemiyalardan boshlangan.Meningitning sababi sifatida bakterial infektsiya haqida birinchi maqola avstriyalik bakteriolog Anton Vayxselbaum (nemischa: Anton Weichselbaum1887 yilda meningokokkni tasvirlab bergan Anton Vayxselbaum). XIX asrning oxirida meningitning koʻplab klinik belgilari ham tasvirlangan. Rossiyada kasallikning eng ishonchli belgisi 1884 yilda Obuxov kasalxonasi shifokori V. M. Kernig tomonidan tasvirlangan. Virusli meningitning birinchi shakllaridan biri limfotsitik xoriomeningitdir. Armstrong va Lilli 1934 yilda maymunlar ustida oʻtkazgan tajribada meningitning bu shakli avtonom filtr virusidan kelib chiqqanligini koʻrsatdi. Tez orada Armstrong va Lilli virusi ham bemorlarning miya suyuqligidan ajratildi.1953-yilda S. N. Davidenkov kana keltirib chiqaradigan ikki toʻlqinli seroz meningitni tasvirlab berdi. Kana bilan yuqadigan ensefalit virusi bilan kasallangan oʻtkir seroz meningit sindromi kasallikning kashfiyotchisi A. G. Panov hisoblanadi.XX asrga qadar meningitdan oʻlim ho’lati 90 % ga yetdi. 1906-yilda amerikalik olim Saymon Fleksner (Simon Flexner) tomonidan immunizatsiya gʻoyasining rivojlanishi meningitdan oʻlimni sezilarli darajada kamaytirdi.1944-yilda penitsillin bu kasallikni davolash uchun ishlatilishi mumkinligi koʻrsatildi.XX asrning oxirida Haemophilus influenzae ga qarshi vaktsinalardan foydalanish ushbu pathogen bilan bogʻliq kasalliklar sonining kamayishiga olib keldi. 2002-yilda bakterial meningitda kasallikning borishini yaxshilash uchun steroidlardan foydalanish taklif qilindi. Meningit lotincha meningis so’zidan olingan bo’lib,yallig’lanish degan ma’noni bildiradi. Miya va orqa miya membranalarining yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik sifatida paydo boʻladigan birlamchi va asoratlar tufayli yoki infeksiya yuqishi, masalan, oʻrta quloq, burun yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishi, gripp,qizamiq, tepki, sil, zaxm oqibatida kelib chiqadigan ikkilamchi meningit farqlanadi. Meningit qoʻzgʻatuvchilariga (virusli, bakterial, zamburugʻli; sil, zaxm meningiti va boshqalar), kechishiga (oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali meningit),orqa miya suyuqligininh (likvorning) oʻzgarishiga qarab (yiringli va seroz meningit) ajratiladi. Chivin va kanalar yuqtiradigan infeksion kasalliklarda (ensefalitda, meningoenefalitda) ham meningit kuzatiladi. Infeksiya meningit bilan ogʻrigan bemor yoki bakteriya tashib yuradigan „sogʻlom” kishilardan (ular bilan soʻzlashganda, oʻpishganda, bemor aksirganda, yoʻtalganda), aksari yuqori nafas yoʻllari yalligʻlangan bemorlardan yuqadi. Kattalarga nisbatan yosh bolalar koʻproq kasallanadi. Aksariyat kech kuz, qish va erta bahorda uchraydi. Kasalllk toʻsatdan boshlanadi, harorat 38-40°ga koʻtariladi,badan uvishadi, bemor tez-tez qayt qiladi (ovqat yesa-yemasa ham), bezovtalanadi.Meningitning shakliga qarab klinik belgilari xilma-xil boʻladi, lekin ularning barchasiga xos ayrim alomatlar mavjud; qattiq bosh ogʻrigʻi, bosh va boʻyin muskullarining tortishishi natijasida bemornig boshi orqaga engashgan boʻlib, oldinga ega olmaydi, oyoqlari bukilib qoladi. Baʼzan bemor alahlaydi, talvasa tutishi ham mumkin, tashqi taʼsirotlarga (kuchli yorugʻlik, qattiq tovush va hokazolarga) taʼsirchan boʻladi. Soʻnggi vaqtlarda mamlakatimizda aholi oʻrtasida meningit kasalligi keng tarqalganligi haqida xabarlar paydo boʻlmoqda. Ushbu holat boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan joylardagi vaziyat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi. Aniqlanishicha, 21 yoshli fuqaro meningit xastaligidan vafot etgan. Sababi esa tibbiy yordamga kech murojaat etganligi bilan bogʻliq. Bu kasallik mavsumiy boʻlib, respublikada uchrab turadi va har yili 5 tadan 10 tagacha qayd etilishi mumkin. Joriy yilning oʻtgan davrida hammasi boʻlib, 17 nafar fuqaro ushbu kasallikda gumon qilingan. Ularning 6 nafarida laboratoriya tekshiruvi orqali kasallik tasdiqlangan. Ayni paytda oʻtkir respirator kasalliklar yaʼni, faringit, nazofaringit kabi xastaliklarga chalingan fuqarolar orasida kasallikni erta aniqlash boʻyicha tibbiyot xodimlarining hushyorligi oshirilgan. Olib borilgan saʼy-harakatlar tufayli ushbu holat Sogʻliqni saqlash vazirligining toʻliq nazorati ostida. Eng muhimi, meningit aholi oʻrtasida keng tarqalmagan, epidemik vaziyat barqaror. Aslida ushbu xastalikning erta bahor mavsumida uchrab turishi tabiiy jarayon boʻlib, shu kunlarda aksariyat Yevropa va bizga qoʻshni boʻlgan davlatlarda bir necha yuzlab odamlarda ushbu kasallik qayd etilmoqda. Maʼlumki, koʻpgina kasalliklar qish fasli tugab, bahor mavsumi kirib kelishi bilan avj oladi. Shu bois Sogʻliqni saqlash vazirligi kasalliklarning mavsumiy koʻtarilish davri ekanligini hisobga olgan holda, aholidan oʻz sogʻligʻiga eʼtiborli boʻlishlarini, meningit va shu kabi kasalliklar belgilari, yaʼni, tana haroratining koʻtarilishi, kuchli bosh ogʻrigʻi, qayt qilish, tomoqda achishish singari klinik belgilar kuzatilgan holatlarda darhol tibbiyot xodimlariga murojaat etishlarini soʻrab qoladi, – deydi vazirlik bosh epidemiologi, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori Nurmat Atabekov. – Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joizki, meningit xavfli kasallik emas. Agar u ilk bosqichlarda aniqlansa, ushbu xastalikdan oson forigʻ boʻlinadi. Shuning uchun aholining bundan xavotirga tushishiga hojat yo’q. Meningit xastaligi kuzatilganda, birinchi navbatda, qanday choralarni koʻrishi kerak? Meningitning klinik belgilari kuzatilganda, avvalo, tezkorlik bilan shifokorga murojaat qilishi zarur. Aslo oʻzicha davolanishga harakat qilmasligi, oʻtib ketar deya befarq boʻlmasligi lozim, – deydi Sogʻliqni saqlash bosh infeksionisti, Respublika virusologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori Erkin Musaboyev. Shifokor profilaktika maqsadida tavsiya etgan antibakterial dori vositalarini belgilangan miqdorda va oʻz vaqtida isteʼmol qilishga qatʼiy rioya etishi talab qilinadi. Imkon qadar statsionar sharoitda davolanish tavsiya etiladi. Yoki boʻlmasa, bemorni shifokor tavsiyasi bilan alohida xonaga oʻtkazish, ishga, maktabga, umuman olganda, jamoat joylariga bormasligi, jamoat transportidan foydalanmasligi kerak. Bu choralar kasallikning sogʻlom odamga yuqishining oldini olishda juda muhim. Chunki, meningit bir odamdan boshqa odam yuqqani sari kuchayib boradi. Shu bois imkon qadar yuqish ehtimoli boʻlgan har bir holatning oldini olishga harakat qilishimiz talab etiladi. Yana bir muhim jihat, yashash joylarning havosini muntazam almashtirish, xonani tez-tez artib-tozalash meningit kasalligining oldini olishda juda muhim oʻrin tutadi. Meningit qanday kasallik? Meningit – miya pardalarining o’tkir yallig’lanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik. Meningitning og’ir turlari bolalik davrida ko’p kuzatiladi. Katta yoshdagilarda meningit kam uchraydi va biroz yengil kechadi. Kasallik mavsumiyligi va epidemiyalarning yillik davriyligi qayd etilgan. Meningit uchun eng xarakterli bo’lgan davr noyabrdan aprelgacha hisoblanadi, bu havo haroratining o’zgarishlari, ovqat ratsionidagi cheklashlar va vitamin yetishmasligi, sovuq havo tufayli kishilarning kam shamollatiladigan xonalarda yig’ilishi tufayli yuz beradi. Organizmning xususiyatlari va ijtimoiy sabablarga ko’ra, xavf guruhiga 5 yoshgacha bo’lgan bolalar va 25-30 yosh oralig’idagi erkaklar kiradi. Kasallikning kelib chiqish sabablari: Infektsion etiologiyali kasallik sifatida boshlanadigan birlamchi meningit patogen mikroorganizmlar tufayli kelib chiqadi. Meningit rivojlanishiga turtki bo’ladigan viruslar va bakteriyalar turli yo’llar bilan yuqadi, ulardan eng keng tarqalgani:

  • Havo-tomchi: patogen yo’talish paytida va aksa urganda shilliq va so’lak orqali havoga tarqatish;

  • Maishiy aloqalar: bemor yoki kasallik tashuvchisi bilan to’g’ridan to’g’ri aloqa qilish, bitta maishiy vositalardan foydalanish (idishlar, sochiq, tish cho’tkasi);

  • Gigiyena qoidalariga amal qilinmaganda oral-fekal yo’l orqali: oziq-ovqatni yuvilmagan qo’llari bilan qabul qilish, ishlov berilmagan, yuvilmagan sabzavot, meva, ko’katlar va hokazo oziq-ovqatlarni iste'mol qilish;

  • Gematogen: meningit qo’zg’atuvchilarini (odatda bakterial, lekin virusli, protozoal va boshqa shakllari ham uchraydi) qon orqali yuqishi, bemor organizmidagi infeksiyaning mavjud o’choqlardan qon orqali miya qobig’iga tarqalishi;

  • Bachadon ichida rivojlanish vaqtida yo’ldosh orqali, shuningdek, tug’uruq yo’llaridan o’tishda yoki infeksiyaning homilaga amniotik suyuqlik orqali yuqishi;

  • Og’zaki: Meningit qo’zg’atuvchilari bilan ifloslangan suvni yutish (suv omborlarida, dezinfeksiya qilinmaydigan jamoat basseynlarida tasodifan yutish, ifloslangan suv ichish) va hokazo.

Meningit qanday belgilarga ega? To’satdan bolaning tana harorati 40°C gacha oshadi, kuchli bosh og’rig’i paydo bo’ladi, ketma-ket qayt qiladi, boshi orqaga qayrilib yotib qoladi. Biroz vaqt o’tmay bola hushini yo’qotib komaga tushishi yoki tutqanoq xurujlari kuzatilishi mumkin. Meningitning ba’zi turlarida tanaga toshmalar toshib ketadi. Kasallikning hatto erta bosqichlarida, ayniqsa, meningit yashin tezligida rivojlanishida ong chalkashishi, haddan tashqari holsizlik yoki qo’zg’alish, gallyutsinator hodisalar namoyon bo’lishi ham mumkin. Meningit — infektsion etiologiyali, bosh miya yoki orqa miya qobig’ining yallig’lanishli jarayonlaridir. Meningitning klinik belgilariga qattiq bo’yin (bo’yin muskullarining qisqarishi, bemorning boshi orqaga tortilib qoladi va normal holatga qaytish qiyin bo’ladi), kuchli bosh og’rig’i, tana gipertermiyasi, ong buzilishi, ovoz va yorug’li qo’zg’atuvchilariga o’ta sezuvchanlik kiradi. Meningit qobiqning infektsiyalanganligiga javob tariqasida birlamchi shakl yoki boshqa kasalliklar asoratlari tufayli yuzaga keladigan ikkilamchi shakl sifatida namoyon bo’ladi. Meningit yuqori o’lim ko’rsatkichli, bemorlarni nogiron qiladigan, bedavo buzilishlar va organizm disfunktsiyasiga olib keladigan kasallikdir. Meningit jiddiy kasallik bo’lib, miya yoki orqa miya qobqig’ining yallig’lanishi bilan kechadi. Qobiqlar miya va umurtqa kanali to’qimalarini qoplaydi. Inson tanasida ikki xil qobiq farqlanadi: yumshoq va qattiq. Infektsiya qay turdagi to’qimaga ta’sir qilishiga qarab, yallig’lanish jarayonining joylashuvi quyidagilarga ajratiladi:
Leptomeningit, yumshoq qobiq shikastlanadigan va eng keng tarqalgan shakli;

  • Paximeningitt — qattiq miya qobig’ining yallig’lanishi, usbu tur har 100 ta kasallik holatidan taxminan 2tasida yuz beradi;

  • Miya qobig’ining ikkalasi ham ta’sirlanganda panmeningit tashxisi qo’yiladi.

Odatda, tibbiy ma’noda meningit tashxisi qo’yilganda yumshoq miya qobiqlarining yallig’lanishi nazarda tutiladi. Antibiotiklar kashf qilinishidan oldin meningit o’lim darajasi 95% ni tashkil etardi. Penitsillinning kashfiyoti kasallik o’lim ko’rsatkichlarini sezilarli darajada kamaytirdi. Bugungi kunda meningitni davolash uchun zamonaviy sintetik preparatlar mavjud, kasallikning ko’plab shakllarini oldini olish uchun eng keng tarqalgan qo’zg’atuvchilar — pnevmokokk, meningokokk va gemofil tayoqchalariga qarshi emlashlar qo’llaniladi.Meningit tarqalganligi, kasallikning mavsumiyligi, xavf guruhlari:Meningit uchun eng xarakterli bo’lgan davr noyabrdan aprelgacha hisoblanadi, bu havo haroratining o’zgarishlari, ovqat ratsionidagi cheklashlar va vitamin yetishmasligi, sovuq havo tufayli kishilarning kam shamollatiladigan xonalarda yig’ilishi tufayli yuz beradi. Organizmning xususiyatlari va ijtimoiy sabablarga ko’ra xavf guruhiga 5 yoshgacha bo’lgan bolalar va 25-30 yosh oralig’idagi erkaklar kiradi. Meningit yuqish yo’llari: Infektsion etiologiyali kasallik sifatida boshlanadigan birlamchi meningit patogen mikroorganizmlar tufayli kelib chiqadi. Meningit rivojlanishiga turtki bo’ladigan viruslar va bakteriyalar turli yo’llar bilan yuqadi, ulardan eng keng tarqalgani:

  • Havo-tomchi: patogenni yo’talish paytida va aksa urganda shilliq va so’lak orqali havoga tarqatish;

  • Maishiy aloqalar: bemor yoki kasallik tashuvchisi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilish, bitta maishiy vositlardan foydalanish (idishlar, sochiq, tish cho’tkasi);

  • Gigiena qoidalariga amal qilinmaganda oral-fekal yo’l orqali: oziq-ovqatni yuvilmagan qo’llari bilan qabul qilish, ishlov berilmagan, yuvilmagan sabzavot, meva, ko’katlar va hokazo oziq-ovqatlarni iste’mol qilish;

  • Gematogen: meningit qo’zg’atuvchilarini (odatda bakterial, lekin virusli, protozoal va boshqa shakllari ham uchraydi) qon orqali yuqishi, bemor organizmidagi infektsiyaning mavjud o’choqlardan qon orqali miya qobig’iga tarqalishi;

  • Bachadon ichida rivojlanish vaqtida yo’ldosh orqali, shuningdek, tug’ruq yo’llaridan o’tishda yoki infektsiyaning homilaga amniotik suyuqlik orqali yuqishi;

  • Og’zaki: Meningit qo’zg’atuvchilari bilan ifloslangan suvni yutish (suv omborlarida, dezinfektsiya qilinmaydigan jamoat basseynlarida tasodifan yutish, ifloslangan suv ichish) va hokazo.

Kattalardagi meningit: Kasallanish xavfi mavjud guruh 20 dan 30 yoshgacha bo’lgan yosh erkaklardan iborat. Eng ko’p kuzatiladigan patogenlar meningokokklar, pnevmokokklar, gemofil tayoqchalaridir, shuningdek, tuberkulyoz kasalligini noto’g’ri davolash fonida meningitning tuberkulyoz shakli ham uchraydi.Ayollar meningitga kamroq moyil bo’lishadi, lekin homiladorlik davrida immunitetning tabiiy pasayishi tufayli kasallik rivojlanishi xavfi oshadi. Profilaktik tadbirlarga oldindan emlash, o’z vaqtida sanatsiya qilish, yallig’lanishli kasalliklarini davolash, aloqalarni cheklashlar kiradi. Bolalarda meningit: Tug’ilgandan boshlab 5 yoshgacha bo’lgan davrda meningit bolalar uchun o’ta jiddiy xavf hisoblanadi, o’lim darajasi juda yuqori: har 20 nafar bemor boladan bittasi kasallik tufayli vafot etadi. Ushbu yoshdagi kasallikning asoratlari ham bolaning sog’lig’iga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Bolalar meningitining eng og’ir shakli ona tug’ruq yo’llaridan o’tish jarayonida streptokokk agalaktiya (Streptococcus agalactiae) bilan infektsiyalanish natijasida rivojlanadi. Kasallik yashin tezligida rivojlanadi va og’ir asoratlarga olib kelishi yoki chaqaloqning o’limiga sabab bo’lishi mumkin.1-5 yoshli bolalar uchun ko’proq meningitning virusli shakllari xosdir, ular xira klinik ko’rinish va kamroq asoratlar qoldirishi bilan ajralib turadi. Meningokokk, pnevmokokk va gemofil tayoqcha tufayli yuzaga kelgan meningit shakllari ancha og’ir kechadi, shu tufayli bolani kasallikdan himoya qilish uchun emlash tavsiya etiladi. Meningit alomatlari va belgilari: Meningit yuqumli kasallikdir va uning birinchi belgilari infektsiyaning mavjudligi va asab tizimining shikastlanishini ko’rsatadi. Kasallikning bunday belgilariga quyidagilar kiradi:

  • Tana haroratining to’satdan ko’tarilib ketishi, ba’zan eng yuqori darajalargacha;

  • Kuchli bosh og’rig’i;

  • Bo’yin mushaklari rigidligi (tortilib qolishi), karaxtlik hissi, bosh mushaklarini harakatlantirish, boshni egish, burish qiyinlashuvi;

  • Ishtahaning pasayishi, ko’ngil aynishi, yengillik bermaydigan tez-tez qayt qilishlar, diareya (asosan bolalarda);

  • Qizil, pushti toshmalar toshishi. Toshmalar bosilganda bir muddat yo’qoladi, bir necha soatdan so’ng rangi ko’kimtir tusga o’zgaradi;

  • Umumiy zaiflik, holsizlik;

  • Kasallikning hatto erta bosqichlarida, ayniqsa, meningit yashin tezligida rivojlanishida ong chalkashishi, haddan tashqari holsizlik yoki qo’zg’alish, gallyutsinator hodisalar namoyon bo’lishi.

Meningit quyidagi belgilar bilan namoyon bo’ladi:

  • Kuchli bosh og’rig’i;

  • Gipertermiya 40 °C gacha, isitma, varaja;

  • Giperesteziya, turli qo’zg’atuvchilarga yuqori sezuvchanlik (yorug’lik, tovushli, tegadigan);

  • Bosh aylanishi, chalkashlik, gallyutsinatsiyalar, hatto komagacha borishi mumkin bo’lgan ongning buzilishi;

  • Ishtahaning yo’qolishi, ko’ngil aynish, qayta-qayta qusish;

  • Diareya;

  • Ko’z qovoqlarida bosim hissi, ehtimol ko’z yoshlanishi, konyunktivitning namoyon bo’lishi;

  • Yallig’lanish tufayli limfa bezlarining kattalashishi, og’rishi;

  • Uch shoxli nerv sohasi, qoshlar orasi , ko’z osti palpatsiya qilinganda og’riqli hislar;

  • Kernig simptomining mavjudligi (oyoqlarni tizza bo’g’imlarida yoza olmaslik, bu tos-boldir guruh mushaklarining tarangligi ortishi natijasida yuz beradi);

  • Brudzinskiy simptomiga ijobiy javob (bosh egiltirilganda, bosilganda oyoq-qo’llarning reflektor harakatari);

  • Bexterev simptomlarining namoyon bo’lishi (yuz urib ko’rilishiga javoban yuz mushaklarining qisqarishi);

  • Po’latovning alomati (boshning sochli qismi urib ko’rilganda og’riqli hislar);

  • Mendel alomatlari (tashqi eshitish kanalini bosish og’riqni keltirib chiqaradi);

  • Chaqaloqlarda Lesaj alomatlari: pulsatsiya, agar bola qo’ltiqlaridan ushlab ko’tarilsa, boshi orqaga ketib qoladi, oyoqlarini esa qorniga ko’tarib, bukib oladi.

Meningitning o’ziga xos bo’lmagan alomatlari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin:

  • Ko’rish qobiliyatining pasayishi, g’ilaylik, nistagm, ptozga olib keladigan ko’z mushaklari distoniyasi, ko’rishning ikkilanishi;

  • Eshitish qobiliyatining yomonlashuvi;

  • Yuz mushaklari pareziyasi;

  • Kataral hodisalar (tomoq og’rig’i, yo’tal, burun bitishi);

  • Qorin bo’shlig’idagi og’riqlar, ich qotishi;

  • Tananing qaltirashlari;

  • Epileptik xurujlar;

  • Yurak ritmining buzilishi, taxikardiya, bradikardiya;

  • Qon bosimining ortishi:

1.2. Kasallikning turlari va davolash usullari
Menengit turlari: Menengit ikki katta guruhga bo’linadi:
­- virusli
- bakterial
Shunday qilib, meningit turlari kelib chiqishiga qarab farq qiladi.
Ular orasida virusli meningit odatda, yaxshi oqibatlarga olib kelmaydigan va emlash yoki profilaktika talab qilinmaydigan yaxshi prognozga ega kasallik.
Bakterial meningit Ular xavfli bo'lib, bemorni kasalxonaga yotqizishni talab qiladi, chunki bu miya oqibatlariga va hatto o'limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun har xil turdagi bakteriyalarga hujum qiladigan bir qator vaktsinalar ishlab chiqilgan. Eng tez-tez uchraydiganlari:

  • Meningokokk B

  • Meningokokk S

  • Hemofilus grippi turi

  • Pnevmokokk

Virusli va bakterial infektsiyalar meningitning eng keng tarqalgan turlari hisoblanadi. Meningitning yana bir qancha shakllari mavjud. Masalan, qo'ziqorin infektsiyasidan kelib chiqqan kriptokokk va saraton bilan bog'liq bo'lgan karsinoma. Bu turlar kamroq tarqalgan.

Virusli meningit:Virusli meningit meningitning eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Ushbu toifadagi viruslar kattalarda 52 foizga, chaqaloqlarda esa 58 foizga sabab bo'ladi. Virusli meningit odatda davolanmasdan o'tib ketadi. Biroq, ba'zi sabablar davolanishni talab qiladi Ular yoz va kuzda ko'proq uchraydi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:


  • Koksaki virusi A

  • Coxsackie B virusi

  • echoviruslar

Ushbu turkumdagi viruslar haqida sabab bo'ladi 10-15 million infektsiya yiliga, lekin infektsiyalangan odamlarning faqat kichik bir qismi meningitni rivojlantiradi.Boshqa viruslar meningitga olib kelishi mumkin. Bunga quyidagilar kiradi:

  • G'arbiy Nil virusi

  • kabutarlar

  • OIV

  • Qizamiq

  • herpes viruslari

  • Bu Kolorado Shomil isitmasi sabab bo'ladi.

Bakterial meningit: Bakterial meningit yuqumli bo'lib, ma'lum bakteriyalar bilan infektsiyadan kelib chiqadi. Agar davolanmasa, o'limga olib kelishi mumkin.Bakterial meningitning 5 jiddiy asoratlari bor. Bakterial meningitga olib keladigan eng keng tarqalgan bakteriyalar turlari:


  • odatda havo yo'llari, sinuslar va burun bo'shlig'ida topiladi va "pnevmokokk meningit" deb ataladigan narsaga olib kelishi mumkin.Nafas olish suyuqliklari orqali tarqaladi va "meningokokk meningit" deb ataladigan kasallikni keltirib chiqaradi.

  • oziq-ovqat bakteriyalari odatda butun terida va burun yo'llarida topiladi va "stafilokokk meningit" ni keltirib chiqaradi.

Qo'ziqorin meningit: Qo'ziqorin meningit - meningitning kam uchraydigan turi. Bu sizning tanangizni yuqtirgan va keyin qon oqimidan miya yoki orqa miyaga tarqaladigan qo'ziqorin tufayli yuzaga keladi.Immunitet tizimi zaif bo'lgan odamlarda qo'ziqorin meningitini rivojlanish ehtimoli ko'proq. Bu saraton yoki OIV bilan kasallangan odamlarni o'z ichiga oladi.


Menengitga qarshi emlashlar: Meningitga qarshi emlash bu ushbu kasallikning oldini olishning eng yaxshi usuli. Ispaniya pediatriya assotsiatsiyasi 2 oylikdan boshlab chaqaloqlarga emlashni tavsiya qiladi. Yoshga qarab, dozani yuborish mumkin. Ideal narsa - 2 oylik dozada birinchi emlashni 5 oydan 4 oygacha boshlash va keyin 3 oydan 6 oygacha 2-3 dozani qo'llash. 2 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan davrda o'spirinlar va kattalar uchun 2 dozadan va bir xil dozada buyuriladi. Yaxshiyamki, vaktsinalar deyarli barchasi uchun ishlab chiqilgan meningit turlari bakterial bakteriyalar va ularning ko'pi Ispaniyaning rasmiy emlash jadvaliga kiritilgan. Gemofil grippi B, meningokokk C va pnevmokokklarga qarshi vaktsinalar eng yaxshisi hisoblanadi. Menengitga qarshi vaksinaning ko'rinishi va uning variantlari tufayli Ispaniyada bakterial meningit sezilarli darajada pasaygan. Agar meningit diagnostikasi kechikkan yoki bemor tegishli davolanishni olmagan bo'lsa, bu kasallik bemorda shikastlanishlar va oqibatlarga olib kelishi mumkin. Eng ko'zga ko'ringanlari:

  • Eshitish qobiliyatini yo'qotish (karlik).

  • Gidrosefali

  • Tutqanoq

  • Subdural qon ketish

  • Miya shikastlanishi.

  • Miyaning shishishi

  • Venus sinus trombozi.

  • Kranial asab falaji.

  • Epileptik tutilishlar.

  • Septik zarba.

  • Buyrak etishmovchiligi.

Dastlabki bosqichlarida meningitni aniqlash qiyin kechishi mumkin. Bu bakterial menenjit ekanligini bilish uchun orqa miya suyuqligi namunasini olish va tahlil qilish uchun umurtqada lomber ponksiyon qilinadi. Shuningdek, shifokor ultratovush tekshiruvi yoki kompyuter tomografiyasi (KT) kabi qo'shimcha testlarni buyurishi mumkin. Meningitning qo‘zg‘atuvchilari meningakokk, pnevmakokk, stafilakokk, streptakokk, salmonellalar, ichak tayoqchalaridir. Bolalarda ko’proq uchraydi, sababi gematoensefal barer to’liq yetilmagan bo’ladi. Bu meningitlarning qo’zg’atuvchilari yuqori nafas yo’llari orqali organizmga kirib, u yerda ko’payadi va yuqori nafas yo’llarining yallig’lanish belgilarini namoyon qiladi. Keyinchalik limfa tugunlarida ko’payib, qon orqali bosh miya pardalariga boradi. Meningit boshqa surunkali kasalliklar (otit, zotiljam, abssess, sepsis) dan keyin ham paydo bo’ladi. Kasallikning yashirin davri 3—5 kun davom etadi. Meningit bilan kasallangan bemorlar kuchli bosh og’riqdan shikoyat qiladilar. Bemorning hushi karaxt, ruhiy bezovtalik, alahsirash va og’ir hollarda hushning yo’qolish holatlari bo’ladi. Agar yallig’lanish miyaning tepa qismida (konveksital) bo’lsa, qaltirash belgilari meningial belgilar bilan kechadi. Qaltirash belgilari ko’proq yosh bolalarda uchraydi. Kasallikning 2—3 kunidan boshlab meningial belgilar paydo bo’ladi (ensa mushagi tarangligi,Kernig, Brudzinskiy belgilari). Bemor boshni orqaga tashlab, oyoqlarini qorin bo’shlig’iga yaqinlashtirib yotadi. Yosh bolalarda katta liqildoq taranglashgan bo’ladi. Giperesteziya, pay reflekslari oshgan, III— IV—VII—VIII—XII juft kalla bosh miya nervlarining zararlanishi kuzatiladi. Agar yallig’lanish miyaning asosida bo’lsa, unda bemorlarda g’ilaylik, ko’zga narsalarning, ikkita bo’lib ko’rinishi, yuqori qovoqning osilib qolishi, yuz mushaklarida asimmetriya kuzatiladi. Bu mahalliy miya belgilari faqat miya shishgan vaqtlarda paydo bo’ladi. Bemorning rangi oqargan, og’iz atrofi ko’kargan, nafas olishi va tomir urishi tezlashgan, qon bosimi biroz ko’tarilgan, ishtahasi yo’qolgan bo’ladi. Baʼzi bemorlarning oshqozon-ichak yo’llarida buzilish bo’lib, jigar va taloq kattalashadi, siydikda oqsil va silindrlar ko’p miqdorda ajralib chiqadi. Yosh bolalarda sababsiz bezovtalik, qichqirib yig’lash, tana haroratini ko’tarilishi, ich qotish meningitning asosiy belgilari hisoblanadi. Orqa miya suyuqligida yiringli meningit bosim oshgan, rangi loyqa, sariq-ko’k rangda, oqsil 0,66 dan 6 g/l gacha va undan ham yuqori bo’ladi.
Davosi: Bemorni tezda shifoxonaga yotqizib davolash zarur. Birinchi kundan boshlab penitsillinni bolalarga 400—500 tb/kg har 3—4 soatda mushak orasiga, kattalarga 18—24 mln tb dan kuniga har 4 soatda mushak orasiga, 5—7 kungacha qilinadi. Levomitsitin suksinat 100 mg/kg kuniga 4 mahal 7—10 kun, seporin 1 g dan har 6 soatda mushak orasiga qilinadi. Sulfamonometoksin birinchi kuni 2 ta tabletkadan 2 mahal, ikkinchi kundan boshlab 2 ta tabletkadan 1 mahal 5—9 kungacha beriladi. Bosh miyadagi shishlarni olish uchun mannit, plazma, laziks, furatsemid, magneziy sulfat, diakarb, gidrokortizon 7—12 mg/kg, tutqanoqqa qarshi fenobarbital, benzonal, geksamedin, difenin, depakin, finlepsin buyuriladi. Toksikozga qarshi natriy xlor 0,9 %, glukoza 5—10 %, gemodez, reopoligukin, kokarboksilaza, kavinton 0,5 mg/kg t/i har kuni 10 kungacha,solkoseril, aminazin, gammaglobulin va burun orqali kislorod berib turish zarur.
Bemorlarning yoshiga qarab penitsillinning kunlik dozalari

Yoshi, oylari

O'rtacha
vazn, g

Mushak ichiga 6
doza, birlik

Yoshi, yillari

O'rtacha
vazn, kg

yangi tug'ilgan
chaqaloqlar

3200

1 200 000

1

10

1

4000

1 200 000

2

12

2

4800

1 200 000

3

14

3

5500

1 200 000

4

16

4

6500

1 500 000

5

17

5

7000

1 500 000

6

21

6

7500

2 000 000

7-9

27

7-10

8500

6 000 000

10-12

45

11-15

9500

9 000 000

16

-

17 va undan
katta

-










Kasallikning paydo bo’lishidan oldin boshqa aʼzolarda sil jarayoni (o’pka sili, bronxial bezlar yoki boshqa aʼzolar sili) bilan og’rib o‘tgan bo‘lishlari kerak.


Sil meningiti 3 ta klinik shakldan iborat:
1. Sil meningitining bazi shaklida meningial belgilar bilan barcha 12 juft kbm nervlarining zararlanish alomatlari kuzatiladi.
2. Meningoensefalit shaklida meningial belgilar bilan bir qatorda bosh miya to’qimasining o’choqli jarohatlanishi (afaziya — nutq buzilishi, afoniya — ovozning bo’g’ilishi, afagiya — ovqatni yuta olmaslik yoki qalqib ketish, qo’l-oyoqlarda gemiparez alomatlari kuzatiladi.
3. Serebro-spinal shaklida, miya to’qimasining, pardalarining zararlanish belgilari bilan birga orqa miya ildizlarida periferik asab falajligi belgilari va chanoq aʼzolari faoliyatida ham o’zgarishlar kuzatiladi. Sil meningitida orqa miya suyuqligini olish uchun maxsus xonada aseptik va antiseptik qoidalarga rioya qilgan holda punksiyani bajarish zarur. Punksiyani bajaruvchi shifokor qo’llarini zararsizlantirilgan cho’tka va sovun bilan yuvib tozalaydi, so’ngra zararsizlantirilgan salfetka bilan artib quritadi va spirt-yod-spirt bilan tozalaydi, ayniqsa barmoqlarni. Boshini ko’krak qafasiga va oyoqlarini qorin tarafga eggan, gorizontal holatda yotgan bemorning bel umurtqa sohasini spirt-yod-spirt bilan artiladi. III—IV—V umurtqa pog’onasi oralig’ini (asosan, III—IV) maxsus mandrenli igna bilan punksiya qilinadi. Orqa miya suyuqligi 3 ta shisha idishga 3 ml dan kam bo’lmagan miqdorda olinadi. 1 va 2 shisha idishlar umumiy tahlil—oqsil, hujayralar, qand, xloridlar miqdorini aniqlash uchun va bakterioskopik tekshirish uchun laboratoriyaga yuboriladi, 3 chi shisha idish esa o’rgimchak inisimon pardoning hosil bo’lishini kuzatish uchun (12 soat) xonada qoldiriladi. Agarda parda hosil bo’lsa, uni darhol, chayqatmasdan bakterioskopik usul bilan tekshirishga yuboriladi. Bemor punksiyadan keyin 2 soat davomida tepaga qarab yotishi kerak va hech qanday ovqat hamda dori vositalari buyurilmaydi. Orqa miya suyuqligi tiniq, sarg’ish, sal tovlanib turadigan bo’ladi. Suyuqlik tarkibida oqsil va limfasitlar ko’p miqdorda uchraydi. Orqa miya suyuqligida 24—28 soatdan keyin yupqa parda paydo bo’lib, shu pardadan sil tayoqchalari topilishi mumkin. Mana shu davrda bemorning tana harorati 38—39°C ga ko’tariladi. Es-hushi vaqti-vaqti bilan karaxt bo’lib turadi.
Zaxm kasalligi bilan og’rib yurgan bemorlarda zaxm meningiti kelib chiqishi mumkin. Kasallik meningial belgilar bilan boshlanadi. Bunda bosh og’riq, bosh aylanish, ko’ngil aynishi, qusish va haroratning ko’tarilish belgilari asta-sekin kuchayib boradi. Zaxm meningitida miya asosining pardasi ko’proq zararlangani uchun II—III—VI juft kbm nervlarining zararlanish belgilari kuzatiladi. Bosh og‘riq kechalari bilan zo‘rayadi, qo‘loyoq mushaklari zaiflashib boradi, pay reflekslari o‘zgaradi, patologik reflekslari paydo bo‘ladi. Tashxis qo’yishda qon va likvor tahlil qilinadi. Vasserman reaksiyasi musbat bo‘lsa, tashxis to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi.Zaxm meningitida zaxmga qarshi dori vositalari qo’llaniladi.


Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish