Mundarija: Kirish. I bob: Mehmonxonalarni tasniflash tizimi


Samarqand viloyatida turizm va mehmonxonalarning rivojlanish xolati



Download 1,28 Mb.
bet11/13
Sana08.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#757801
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi

2.3. Samarqand viloyatida turizm va mehmonxonalarning rivojlanish xolati
Samarqandning tarixiy va madaniy qiymatini hisobga olgan holda,
O‘zbekiston hukumati ushbu qadimiy hamda hamisha navqiron shaharning
tarixiy va madaniy yodgorliklarini saqlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xususan, 2007 yilda YUNESKO boshchiligidagi bir qator xalqaro
tashkilotlar bilan birgalikda nishonlangan Samarqand shahrining 2750 yilligi
oldidan Shohi Zinda majmui, Hazrati Xizr masjidini qayta tiklash bo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar olib borildi. Samarqand shahrida 1997 yildan buyon har ikki
yilda bir marta o‘tkazib kelinadigan "Sharq taronalari" Xalqaro musiqa
festivali dunyoning barcha burchaklaridan yuzlab Sharq musiqasi sozandalari va
ixlosmandlarini o‘z bag‘riga chorlaydi. Viloyatda turizm sohasi boshqa
viloyatlarga nisbattan yaxshi rivojlangan bo‘lib mamlakat byudjetiga valyuta
tushumini ta’minlab kelmoqda. Samarqand O‘zbekistonning yirik turistik
markazlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xozirgi kunda viloyatda turizm faoliyati
bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan 177ta turistik
korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 89 ta joylashtirish vositasi, 45 ta
turoperatorlik, 30 ta turagentlik korxonalari va 13 ta sanatoriya kurort
muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda

Jadval ma’lumotlarini tahlil qilar ekanmiz Samarqand viloyatida
turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni yildan – yilga
oshayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Birgina 2013 yilda 2011 yilga nisbatdan
turfirmalar soni 17 taga, turagentliklar soni 6 taga, mexmonxona va shunga
o‘xshash joylashtirish vositalari soni 2 taga ko‘payganligini ko‘rishimiz mumkin.
“Buyuk ipak yo‘li”ning chorraxasida joylashgan Samarqand viloyati
mamlakatimizdagi eng jozibador turistik mintaqalarning biridir. Respublika
madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh
boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra viloyat hududida tabiiy va antropgen
harakterdagi turli davrlar, sivilizatsiyalar va dinlarga tegishli ob’ektlari davlat
ro‘yxatiga olingan. Samarqand, Kattaqo‘rg‘ondagi tarixiy shahar obidalari,
eski ko‘chalar, Paxtachi, Oqdaryo, Nurobod, Urgut tumanlaridagi qadimiy
me’morchilik yodgorliklari — masjid va madrasalar, fuqarolik inshoatlari, alohida
me’moriy komplekslar, rus istilosi davridagi bino va inshootlar, yuzlab arxeologik
yodgorliklar shular jumlasidandir. Bularning barchasi, shuningdek tovar va
xizmatlar bozorining yaqinligi, yuqori tabiiy-rekreatsion salohiyat va madaniy
qadriyatlarning saqlanib turganligi Samarqand viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Ammo hozircha mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga erisha olganimiz yo‘q.
Samarqand dunyoning eng jozibador turistik markazlaridan hisoblanadi va
haqli ravishda YUNESKO ning “Butunjahon merosi ro‘yxati”ga kiritilgan. Hozirgi
vaqtda Samarqandning iqtisodiy taraqqiyoti nafaqat uning ishlab chiqarish
salohiyati, balki tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan tovarlar va
xizmatlar sohasi bilan ham belgilanmoqda. Qulay geografik joylashuv, ulkan
tarixiy-madaniy meros, yaxshi shakllangan transport tizimi, barqaror vaziyat, turli
millat va elatlarning o‘ziga xos turmush tarzi, folklor – etnografik san’ati, milliy
udum va qadriyatlarining saqlanib qolganligi mintaqada turizmning tez
rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Undan tashqari Samarqandning
ta’lim va madaniyat, ishbilarmonlik markazi ekanligi shaharning o‘ziga xos
imidjini shakllantirib, ushbu tendensiyani mustahkamlanishiga hissa
qo‘shmoqda. Samarqand o‘zining boy tarixiy – me’moriy obidalari bilan dunyoda
dong taratgan. Aynan tarixiy – madaniy turizm Samarqand shahri uchun
turizmning eng istiqbolli shakli sifatida e’tirof etilmoqda. Turistik xizmatlar
hajmi va turizm industriyasining rivojlanish sur’atlari bo‘yicha Samarqand
mamlakatimizda yetakchi o‘rinlarda turadi. Hozirgi kunda shaharda
yaratilgan turizm infratuzilmasi yiliga o‘rtacha 600-700 ming turistni qabul
qilish imkoniyatlariga ega. Jumladan 2013 yilda Samarqandga tashrif
buyurganlar soni 180,3 ming kishini, shundan xorijiy davlatlar va MDH
mamlakatlaridan 90,4 ming kishi tashkil etgan. 2010 yil natijalari bilan
taqqoslaganda turistlar soni 11000 kishiga oshgan. Xorijiy turizm turistik
xizmatlar strukturasining eng katta qismini (78 %) tashkil etdi, keyingi o‘rinlarni
bolalar turizmi, xizmat turizmi va diniy turizm (22 %) egallaydi2.
Samarqandga turistik oqimlarning ko‘payishi barobarida turistik faoliyat
bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari soni ham yildan yilga ortib
bormoqda. 2013 yil yakunlari bo‘yicha Samarqand shahrida 84 turistik firma
va kompaniyalar faoliyat ko‘rsatib, ularning ko‘pchiligi keyingi yillarda
xalqaro turizm bozorida ham o‘z mavqeini mustahkamlab olishga erishdilar.
Hozirda shaharda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2011 yil 4 – oktyabrda tasdiqlangan “2011 – 2012 yillarda Samarqand
viloyatining turizm sohasini rivojlantirish va turizm xizmatlar eksportini oshirish
bo‘yicha manzilli dastur” muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda. Dasturda
belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli va aniq maqsadga
yo‘naltirilgan choralar o‘zining ijobiy samarasini bera boshladi. Ma’lumki, turizm
infratuzilmasida mehmonxonalar markaziy o‘rinni egallaydi. Bugun kunda
Samarqandda 3885 o‘ringa mo‘ljallangan 89 ta mehmonxona va shunga
o‘xshash joylashtirish vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika hukumati
Samarqand shahrini turistik markazga aylantirish maqsadida uzoq istiqbolli
reja tuzish hamda bu asosda Respublikada turistlarga ko‘rsatiladigan
xizmatlar sifatini oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash orqali 2020
yilga qadar 500 ming kishiga mo‘ljallangan turistik infratuzilmani yaratish
orqali turistik oqimni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Turistik xizmatlar sifatining ortishi oqibatida Toshkentga tashrif buyurgan
sayyohlar 2012 yilda o‘rtacha 1.9 kun yashashgan bo‘lsa, bugungi kunda bu
ko‘rsatkich 3 kundan oshayapti hamda byudjetga ko‘proq foyda keltirayapti.
Odatda Toshkentdan keyin turistlarning o‘rtacha 13%i Samarqandga tashrif
buyurishadi va bu yerda ular 3 – 3,5 kun vaqtlarini o‘tkazishadi. Yuqoridagilarni
inobatga olgan xolda shahrimizga kelgan turistlarni ko‘proq ushlab turish,
boshqacha qilib aytganda ularga shunaqangi xizmatlar taklif qilishimiz kerakki,
buning natijasida ularni sayyohat kunlari cho‘zilsin. Buni yuqori darajada
amalga oshira olsak mamlakatimiz byudjetiga katta daromad keltirar edik.
Mamlakatimizda 2013 yili xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni 165 759 kishini tashkil
etdi, shundan chet el turistlari 86 293 kishi, MDX mamlakatlaridan esa bu
ko‘rsatkich 11 906 kishini tashkil qildi. Ichki turizm bo‘yicha 2013 yili
mamlakatimizda turist sifatida ro‘yxatdan o‘tganlari 62 788 kishi tashkil
qilgani ham diqqtga sazovordir. Bu narsa shuni ko‘rsatadiki ichki turizm
salmog‘i ortib xorijiy turistlarga yaqinlashuvini ham kuzatishimiz mumkin,
agarda ichki turizmga e’tiborni kuchaytirsak bizga xorijiy turistlarning oqimi o‘z –
o‘zidan ko‘payaadi va rivojlanadi. Yillar davomida turistik oqim mutanosib
saqlanmagan. 2000 – 2002 yillarda xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni kam,
2011 – 2013 yillarda juda yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi (o‘sish sur’ati 80%
gacha oshdi). Turistlar oqiming bir xilda bo‘lmasligining bir qancha sabablari
mavjud. Bular: iqtisodiy (turlar narxining oshishi, aviachiptalarning
qimmatlashuvi), siyosiy omillar (milliy havfsizlik maqsadida viza rejimining
murakkablashuvi, qo‘shni davlatlar bilan harbiy harakatlar), ekologik vaziyatlar,
psixologik omillar (sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan davlatlarga ayrim yevropa
davlatlarining ishonchsizligi) va boshqalar. Samarqand shahrida turistlarga
ko‘rsatilgan xizmatlar 2002 yildan 2013 yilga qadar 2.7 barobarga oshdi. (2002
yilda 1.4 mln. so‘m, 2013 yilda 3.8 mln. so‘m). Samarqand hududida turistlarning
o‘rtacha tunash vaqti 2.4 kundan oshgani yo‘q. Agar turistlarni bu yerda ko‘proq
qolishga jalb qilsak, viloyat iqtisodiyotiga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lar edik.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, uzoq davlatlardan keladigan yuqori to‘lov
qobiliyatiga ega turistlar bizga ko‘proq foyda keltiradi. Bu guruhlar qisqa vaqt – 9
– 10 kun ichida Toshkent, Buxoro, Xiva va Samarqandni ko‘rib chiqishni
hohlashadi. Bunda turistlarning Samarqandda tunash vaqti 1 – 3 kunga to‘g‘ri
keladi. 2.3.2- rasmda 2002 – 2013 yillardagi turistlar oqimi ko‘rsatilgan.


2.3.2-rasm. Samarqand viloyatidagi turistik oqimning tuzulishi va . dinamikasi

2.3.2– rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, eng yuqori turistik oqim 2013 yilda


kuzatilgan. Aynan shu yili chet ellik va mahalliy turistlarga xizmat
ko‘rsatilgan. Samarqandda faoliyat ko‘rsatuvchi turistik firmalar ichki turizm
bilan shug‘ullanishga emas, balki kiruvchi turistlarni qabul qilish bilan
shug‘ullanishga moyillik bildirishadi. O‘z – o‘zidan ko‘rishimiz mumkinki xorijiy
turizm salmog‘i ichki turizmdan ancha ko‘p. Respublikamizda ichki turizmni
rivojlantirishning murakkab tomoni shundaki, mahalliy aholi hech qanday
turistik tashkilot yordamisiz, o‘z holicha sayohat qilishni afzal ko‘rishadi.
Mamlakatda ichki turizmni ro‘yxatga olishning yangicha tizimini shakllantirish
lozim. Bunda tashuvchilarda, tashkilotchilarda, xizmat ko‘rsatuvchilarda va
boshqalarda axborot bazasini shakllantirishga e’tibor qaratish lozim. Umuman
olganda bu aholining yashash tarzi, iqtisodiy ahvoli, turoperatorlarning
qiziqishlariga bog‘liq. 2002 – 2013 yillarda Samarqanddan chiquvchi turistlar
oqimi o‘zgaruvchan harakterga ega. 2.3.2. rasmdan ko‘rinadiki, 2012 yilda eng
yuqori ekanligini ko‘rish mumkin. Buning sabablari xalqning yashash sharoiti
yaxshilanganligi, iqtisodiyotning rivojlanishi, savdo – sotiqning ortishi bilan
bog‘liq. (Asosiy davlatlar Xitoy, Janubiy Korea, Dubay, Rossiya va Turkiya).
Inqiroz sharoitida ichki turizm juda ham foydali. Hammaga ma’lumki,
ichki turizmning foydali tomonlari bu yerda yetishmaydigan narsalar,
ularning narxlashtirish metodikasi, uni moliyaviy tomondan qo‘llab-
quvvatlashdir. Turistik mahsulotlarning tashkillashtirilishi turistik oqim ko‘proq
o‘tadigan turistik firmaning strategiyasiga bog‘liq. Zamonaviy sharoitlarda
turistik firmaning faoliyatini tashkillashtirish turoperatorlar va turistik
agentlarga bog‘liq. Bunda turistik bozorning holatini to‘liq tahlil qilish kerak.
O‘zbekturizm milliy kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra 2015 yilning 1
yanvariga qadar Respublikamizda turistik faoliyat bilan shug‘ullanish uchun
litsenziya olgan tashkilotlar soni 828 tani tashkil qiladi, shulardan 510 tasi
turoperatorlar va 318 ta zamonaviy mehmonxonalar. Samarkand viloyatida
tadan ortik zamonaviy mehmonxonalar faoliyat kursatib kelmokda.
Viloyatimizdagi turistik korxonalar turistlarni qabul qilish, jo‘natish, aviachiptalar
va mehmonxonalarni bronlashtirish, yashash xizmatini ko‘rsatish kabilar
bilan shug‘ullanishadi. 70 ta turistik tashkilotlar faqat turistlarni qabul qilish
bilan shug‘ullanadi. Ko‘pchilik turistik tashkilotlar ya’ni 30.4% mehmonlarni
qabul qilish va joylashtirish xizmatini taqdim etish bilan shug‘ullanishadi, 27.4%
i esa faqat qabul qilish bo‘yicha faoliyat olib boradi. Bular turoperator va
turagentlardir. Faqat 4 ta turistik tashkilot turistlarni chet davlatlarga jo‘natish
bilan shug‘ullanadi. Bular: "Baxtar-V", "MTD Travel", "Adiba", "Jamshed". Bir
vaqtning o‘zida turistlarni qabul qilish va jo‘natish bilan 8 ta tashkilot (7.9%)
shug‘ullanishayapti. Zamonaviy turistik bozorning tuzilishi qisman oligopoliy
bo‘ladi. Asosan 3 – 6 ta katta – katta turistik firmalar bozorning 40 – 60% ini o‘z
nazoratida ushlab turishadi. Samarqand turistik bozorida 30 dan ortiq katta
– kichik turistik tashkilotlar faoliyat olib boradi. Bularning ichida eng yirik 5
ta turoperatorlik firmalari mavjud. Bular: “Sogda tour”, “Orient Voyage”,
“Afsona travel”, “Asia travel international”.

Asia Samarkand” mehmonxonasi va uning turizm bozoridagi


o‘rni
“Asia Samarkand” mexmonxonasi 2008 yil ochilgan bo‘lib, 4* darajaga
ega. Alohida eksteriyer va interiyer va landashaft dizaynlariga e’tibor
berilgan hamda joylashishi eski shahar Registon maydonidan 300 metr
uzoqlikda joylashgan. Mehmonxonada juda yuqori saviyada yevropa
standartlariga mos xizmatlar va bu mehmonxonaga tashrif buyurgan mehmonlar
o'zbek urf – odatlari hamda o‘zbekona muhitni his qiladi. Malakali va
xushmomila personal xodimlari tashrif buyurgan mehmonlarni sayyohatini
maroqli bo‘lishiga maksimal darajada harakat qilishadi. Mehmonxonada, 2 ta
koferens – zallari, tungi bar, yozgi bar, sauna, massaj xonasi sport bilan
shug‘g‘ulanish xonalarini faoliyat ko‘rsatishi ham mehmonlarn o‘ziga jalb qiladi.
Bundan tashqari, ochiq basseyn va uning yonida bar o‘z xizmatlari bilan
mehmonlarni xushnud etadi. Mehmonxonada mehmonlar uchun telefon,
faks va simsiz internet (WiFi) xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Qabul
qilish bo‘limida (Reception) bepul seyfdardan hamda foydalanish uchun
kompyuterlar (Notebook) ham foydalanish uchun beriladi. Qo‘shimcha qilib
shuni ham aytish mumkinki, Asia Samarkand mehmonxonasida mehmonlar turli
– tuman sovg‘alar ham sotib olish uchun suvinerlar do‘koni 1 – qavatda tashkil
qilingan. Mehmonxona 85 xona (nomer)lardan iborat.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish