2.2.Lyuks darajali mehmonxonalar loyihalashdagi dizayn stillari.
Mehmonxona xo‘jaligi o‘ziga butun bir kompleks xizmatlarni oladiki, bular
yurtimizdagi tashqi va ichki turizmning rivojlanishida, xalqaro turizm
bozorida raqobatdosh bo‘lishligini bosh omili hisoblanadi. Turistik-
mehmonxona kompleksi murakkab korxonalardan hisoblanib, ularda yuzlab
xodimlar turli mutaxassislikda mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha
ish faoliyati olib borishadi. Mehmonxona xo‘jaligining eng asosiy funksiyasi
bu – mehmonlarga vaqtinchalik yashash joyini berishdan iborat.
Mehmonxona korxonasi o‘zining sig‘imi, ya’ni nomerlar soni, yashash joyi bilan
bir-biridan farqlanadi. Uning tashkiliy tuzilmasi nimaga mo‘ljallanganligidan
joylashgan joyidan, qabul qilingan mehmonlar turidan va boshqa omillarga
bog‘liq bo‘ladi. Bugungi kunda mehmonxonalar shinamligi, dizayni, ularda
ko‘rsatiladigan xizmatlari kabi bir qancha xususiyatlariga qarab turlarga ajratiladi.
Kur ishimizning ishimizning quyidagi paragrafida “Lyuks” darajadagi
mehmonxonalar va ularga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha ma’lumotlar keltirib
o‘tishni joyiz deb opdik. “Lyuks” darajadagi mehmonxonalar uchun asosiy
mezon ularning hashamatliligi va shinamlik darajasi hisoblanadi. Oliy darajadagi
xizmatlar, shinam nomerlar va ularning dizayni, yuqori malakali xodimlar kabilar
“Lyuks” darajadagi mehmonxonalar uchun xos bo‘lgan elementlardir.
“Lyuks” darajadagi mehmonxonalar butun bir majmuli xizmatlarni o‘z ichiga
oladi. Jumladan, restoranlar, barlar, maqsad va qatnashchilar soniga qarab
konferenszallar, saunalar, SPA xizmatlari, Fitnes zallar, go‘zallik salonlari va
biznes markaz, do‘konlar, suvinerlar, basseynlar va v.h.k. shular jumlasidandir.
Lyuks darajadagi mehmonxona restoranlaridan joy buyurtma qilish bir necha
hafta hattoki 1 oy oldin amalga oshirilishi lozim. Bu yerda tabbiy mahsulotlardan
turli xil taomlar tayyorlanadi, oshpazlari professional tayyorgarlikka ega, va h.k.
Shuningdek, “Lyuks” mehmonxonalarni loyihalashda quyidagi dizayn
stillaridan foydalanish mumkin. Mehmonxona binolari insonlarning qisqa vaqt
davomida madaniy-maishiy talablarini qondirishga xizmat qiladigan
maskandir. Bunday muassasalar barcha turdagi zaruriy kammunal qulayliklar
(suv, kanalizatsiya, isitish qurilmalari va h.k.) bilan jihozlangan va tegishli
qurilish me’yorlari va qoidalariga to‘liq javob beradigan bo‘lishi zarur.
Interer go‘zalligi - shakllarning
qulayligi va bejirimligi, jihozlash
predmetlari o‘lchamlari va
konstruksiyalarining birikuvi
uyg‘unligida, xonalar arxitekturasi va
o‘lchamlarida, ularning yoritilishida, rangi va konfiguratsiyasida, ularning
materiali va ranglarining muvofiqligidadir. Odatda "interer" termini ostida
asosan xona ko‘rinishi, uning bezatilishi va mebeli tushuniladi. Vaholanki, bu
tushuncha anchagina keng, bu termin ostida binoning ichki me’morchiligi,
unga kiruvchi xonalar kompleksi butun jihozlari bilan, alohida xona
, zinapoyalar me’moriy yuzalarining bezak va elementlari tushuniladi. Shunday
qilib, ingerer vazifasi xususiyatlariga muvofiq jihozlangan alohida xonalar va
xonalar guruhlariga ajratilgan mehmonxona binosining ichki fazosidir.
Intererning hamma tarkibiy qismlari bir-biriga doimiy bog‘liqlikda bo‘ladi.
Masalan, mebelning joylashuvi maydon taqsimoti bilan, uning vazifasi bilan
hamda deraza, eshiklarning joylashishi bilan, yorug‘lik esa mebelning joylashuvi
bilan bevosita bog‘liq. Yorug‘lik intererning rang yechimiga ta’sir ko‘rsatadi,
ammo me’moriy yuzalar rangi mebel rangi bilan bog‘liq, mebel rangi
xonadagi matolar rangi bilan, matolarning ishlatilishi esa deraza, eshiklarning
borligi va xonalar vazifasiga bog‘liq.
Mehmonxona razryadi va toifasidan qatiy nazar hatto sharoit va jihozlanishda
ham interer ma’lum badiiy ifodaviylikka ega bo‘lishi kerak. Shuning uchun har
bir tanlangan predmet shakli va rangi jihatidan yaxshi, xona esa- ortiqcha
buyumlardan xoli bo‘lishi kerak. Shunga intilish kerakki, bezatish xususiyati,
masshtabi va nisbatlari bo‘yicha bir buyum boshqasini to‘ldirsin, uning
go‘zalligini yaxshiroq namoyon etishga yordam bersin.
Mehmonxona binosi intererining estetik
ifodaviyligini oshirishning asosiy vositalari
yorug‘lik, rang va materialdir. Sun’iy yorug‘lik
ham intererni boyitadi. Zamonaviy yorug‘lik
texnikasi yorug‘lik taassurotini yaratish, interer alohida bo‘laklarini ajratish, shakl va tuslarni hayolan o‘zgartirish, kishilar kayfiyatiga ta’sir o‘tkazishning keng imko niyatlariga ega.
Umuman olganda interer stilistik
yo‘nalishlariniuch guruhga bo‘lish mumkin. Bular - tarixiy, zamonaviy va etnik
stillar. Qadimgi Rim va Yunon me’morchilik an’analari bo‘yicha bajariladigan
intererlarni "tarixiy" yoki ko‘proq "klassik" deb atashadi. Har bir davr interer
yechimi yo‘nalishiga bir qadar o‘zgarishlar kiritadi. Hozir yangi sintetik materillar
paydo bo‘ldi, mebel va jihozlar yuqori texnologik saviyada bajarilmoqda.
Shunga qaramay, klassik yo‘nalish hozir ham keng qamrov olgan. Klassik usulda
ishlangan intererda yuqori sifatli, qimmat materiallar (yogoch, tosh, ipak
mato) qo‘llaniladi.
Ko‘pincha haykaltaroshlik, quyma
ganch mahsulotlari va klassik usuldagi
ustunlar bu yo‘nalishga xos. Derazalarga
maxsus intererga mo‘ljallangan matolar
tortiladi. Quyma yoki o‘yma ganch bezaklar ishlanadi. Mebel uchun
qimmatbaho olcha, yong‘oq, oq qayin draxtlarining yog‘ochidan
foydalaniladi. Odatda bezak uchun o‘ymakorlik emas, yog‘ochning tabiiy
rangi va fakturasi ko‘rsatiladi. Intererni bezashda chinni, moybo‘yoqli suratlar,
kitoblar qo‘llaniladi. Zamonaviy yoki modern stillarga minimalizm, purizm va
xaytek kiradi. Purizm - bu shakllarni oddiylikka va tozalikka chaqiruvchu
yo`nalish.
Minimalizm - bu funksionallik va bezaklarni
minimal darajada ishlatgan holda intererni yuqori darajada bajarish
Minimalizm yo‘nalishida ishlanayotgan intererda eng muhimi, xona fazosini
to‘g‘ri loyihalash, uni yetarli darajada yorug‘lik bilan ta’minlash nazarda
tutiladi.
Xaytek - yuqori texnologiyalar yo‘nalishi,
asosan intererda qo‘llaniladigan materiallarning estetikasini namoyon qiladi.
Bu yo‘nalishda eng zamonaviy materiallardan - shisha, metall, beton, tosh,
sintetik materiallar, tabiiy yogoch - foydalanish va yangi texnologiyalarni
namoyon qilish o‘rinlidir.
Etnik stil - bu ma’lum bir mamlakatga yoki
o‘lkaga xos bo‘lgan me’morchilik naqshlari, ranglar, amaliy san’at namunalari, uy
jihozlari qo‘llanilgan zamonaviy interer yechimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |