Mundarija kirish I. Bob. Marketing xizmat


Marketingni vazifaviy tashkil qilish



Download 393 Kb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi393 Kb.
#225976
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
marketing

Marketingni vazifaviy tashkil qilish



Marketing funktsiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar siyosati, narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon bo’ladi. Bunda quyidagi savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:

Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi.

Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari o’rganiladi.

Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi (assortment, narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo).

Marketingning umumiy funktsiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin: analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat.

Analitik funktsiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.

Ishlab chiqarish funktsiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi. 10

Sotish funktsiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli tovar va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalami hal qiladi.

Boshqarish va nazorat funktsiyasi strategik va operativ rejalashtirish, marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladi.

Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda marketingning asosiy, birlamchi tamoyili muayyan iste'molchilarning

muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda aniqlashadi va rivojlantiriladi:



  • iste'molchiga yo’naltirilganlik;

  • talabni prognozlash va shakllantirish;

  • qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi;

  • qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni boshqarish;

  • istiqbolga yo’naltirilganlik;

  • dasturli maqsadli yondashuv.

Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin, lekin asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi. Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va shakllanishini belgilab beradi.

Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va

ayraboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir".

Boshqarnv muammolari bo’yicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter Drukkeming ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo’q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o’rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida o’zini-o’zi sotadi".

Frantsuz marketing maktabida qo’llaniladigan ta'rif ham Peter Drukker ta'rifiga juda yaqin turadi. Unga ko’ra: "Marketing -bu sotishni ta'minlash va sotuvga tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish orqali ularning talabini qondirish maqsadida o’tkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir".

Amerika Marketing Assotsiatsiyasining 1985 yilda marketingga bergan ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir".

Keltirilgan ta'riflardan ko’rinib turibdiki marketing serqirra jarayondir. Shu bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi, fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bo’lamiz. Demak, marketing bir vaqtning o’zida "ham mushohada va ham harakat jarayoni" ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko’tarilgan mamlakatlarda marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab texnologiyalargacha bo’lgan jarayonlarda yaqqol ko’rinmoqda. Bugungi bozor iqtisodiyoti toboro chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va boshqa bozor sub'ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat ko’rsatishining birdan-bir yo’li marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish ekanligi hech kimga shubha tug’dirmaydi.

1.2 Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni

Marketingda eng asosiysi, bozomi, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o'rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta’sir ko'rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo'lgan talablarini shakllantirishdan iborat. Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi.

“Elektronika yutuqlarining kommunikatsiyaga o’ta yuqori tezlik bilan kirib kelishi televideniya,kompyuterlar va electron tarmoqlar orqali axborotlar lamshish tizimi -multimedya texnologiyalarining shakllanishiga olib keldi.Axborotlarni qayta ishlash va thlil qilish imkoniayatlaridan foydalanish -multimediya texnologiyalar ,keying yillarda dunyo fani va texnologiyasidagi innovatsiyaning asosiy yutqlaridir.Multimediya texnologiayalari -o’ta murakkab mediya vositalari va electron tarmoqlarining ko’p sohali kommunikatsiya imkoniyatlarini shakllantirish va ulardan biznes amaliyotida foydalanish usulalri majmuasini ifodalaydi. “11



  1. rasmda turli raqobat strategiyalari keltirilgan bo’lib, ular axborot texnologiyalarni qo’llashda ilg’or korxonalar bilan taqqoslaganda, sohadagi o’z holatini tahlil qilish natijasida korxonada foydalanishi mumkin. Axborot texnologiyalarini joriy qilgan ba’zi korxonalar, uchun afzallikni saqlab qolish dolzarb hisoblanadi (A). Bunday korxonalarda oliy daraja rahbarlari axborot texnologiyalarni rejalashtirish va foydalanish uchun bevosita javobgar hisoblanishadi. Masalan, AQShda Bank One prezidenti axborot texnologiyalarni rejalashtirish qumitasini boshqaradi hamda o’zini axborot texnologiyalarni ishlatishda va joriy etishni boshqarishda shaxsan javobgardir deb hisoblaydi.

Boshqa firmalar marketinga axborot texnologiyalarni joriy qilish imkoniyatlari minimal bo’lgan vaziyatdadir, biroq ishlab chiqarish va logistikada axborot texnologiyalardan foydalanish uchun kattagina salohiyatga ega. Mazkur korxonalar oldida integrasion sifatini yaxshilash vazifasi turadi (B). Bunday korxonalarda axborot texnologiyalari uning sifatini oshirish va xarajatlarni nazorat

qilish yuli bilan, mahsulot chiqarishni va taqsimlashni modemizasiyalash, integrasiyalash va muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Mazkur axborot texnologiyalar kattagina investisiyalarni, hamda joriy etish va boshqarishga funksionalaro yondashuvni talab etadi. Funksionalaro integrasiyalar uchun oliy rahbariyat bilan axborot texnologiyalar bo’linmalarning rahbarlari o’rtasida uzviy aloqa dolzarb hisoblanadi.







Download 393 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish