Lupa. Lupaning ishlashini rasmda ko’rish mumkin:
1.10-rasm.
Eng sodda ko’rinishdagi lupa qisqa fokusli yig’uvchi linzadan iborat bo’ladi. Lupa vazifasini bajaruvchi L linza orqali qaralayotgan AB buyum linza va uning F fokal tekisligi orqali joylashadi.
Nurlar linzadan o’tayotgandan keyin kattalashgan mavhum tasvir beradi. Uni E ko’z A1 B1 tekislikda ko’radi.
AB buyum amalda F fokal tekisligida yotadi. Agar AB buyum tekisligi bilan F fokal tekislikda orasidagi masofani etiborga olmasak, bu vaqtda ABC va A1 B1 C1 uchburchaklarning o’xshashligidan
(2)
kelib chiqadi. (3) - lupani kattalashtirishini beradi:
d- normal ko’zning eng yaxshi ko’rish masofasi, u 25 sm ga teng.
Demak, lupaning kattalashtirishini U=25/f (4) ifodadan topish mumkin. f- kattalik lupa uchun takriban 1,2-5 sm bo’ladi. Demak, lupalar 20 martagacha kattalashtirib bera olar ekan. Lupaning kattalashtirishi kattalashish darajasini ko’rsatuvchi son bilan belgilanadi, masalan, 20x- yigirma marta kattalashtirishini bildiradi.
1.Mikroskop. Juda mayda buyumlarni kirish uchun oddiy lupa yordami bilan erishib bo’lmaydigan kuchli kattalashtirishlar kerak. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ancha murakkab bo’lgan optikaviy sistema kerak. Bunday sistema vazifasini mikroskop bajaradi.
Mikroskopning prinsipmal optikaviy sxemasi L1 qisqa fokusli linza obyektiv, boshqa L2 qisqa fokusli linza okulyar vazifasini o’taydi.
1.11-rasm.
AB buyum obyektivining old tomoniga uning old fokus masofasidan bir oz nariga joylashtiriladi. Buning natijasida obyektiv buyumning haqiqiy kuchli kattalashtirilgan A’B’ tasvirini beradi. Obyektiv beradigan kattalashtirish:
Uob = (5)
Bo’ladi, bu yerda f1 – obyektivining old fokus masofasi, obyektividan tasvirgacha bo’lgan masofa, u amalda obyektivdan okulyarning old fokusigacha bo’lgan masofaga teng. Mikroskop okulyarining fokus masofasi shunchalik kichikki, ni taqriban obyektivdan okulyargacha bo’lgan masofaga teng deb olish mumkin. kattalik obyektiv va okulyarni tutib turuvchi mikroskop trubasining uzunligini belgilaydi. Uni mikroskop tubusi deb ataydilar. Yuqoridan keltirilgan formuladan
A1B1 = AB (6)
Kelib chiqadi. L2 okulyar lupa vazifasini o’tab, kattalashgan A11B11 mavhum tasvir beradi. L2 okulyarning kattalashtirilishi
O K = = (7)
Ga teng; bu yerda f2 – okulyarning L2 – old fokus masofasi. (7) ifodadan
A11B11 = A1 B1 (8)
Bo’ladi. Mikroskopning U to’liq kattalashtirilishi A11B11/AB nisbat sifatida aniqlanadi. Yuqorida topilgan (6) va (7) ifodadan mikroskopning U kattalashtirilishi uchun quyidagi ifodaga ega bo’lamiz:
U = = 25 (9)
Shunday qilib, mikroskop tubusining uzunligi qancha katta, obyektiv va okulyarning fokus masofasi qancha kichik bo’lsa, mikroskopning kattalashtirilishi shunchalik katta bo’ladi. Obtikaviy mikroskopning kattalashtirilishi 2000 gacha yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |