Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda xorijiy tillarni o’qitish metodik uslublar takomillashuviga nazar tashlaydigan bo’lsak, chet tilini o’rgatishda zamonaviy qo’shiqlardan foydalanish dunyo miqyosida oldingi o’rinlardan birida turishini kuzatishimiz mumkin. Dunyo tilshunosligining hozirgi holati, jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, boshqa fanlarga bo‘lgani kabi, o‘zbek va koreys tilshunosligi oldiga ham yangi vazifalar qo‘ymoqda. Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida alohida ta’kidlaganidek, “Ayniqsa fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o'ta muhim sohalarda ona tilimizning qo'llanish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar chop etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o'zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o'zlikni, Vatan tuyg'usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz”.2
Ma’lumki, har bir tilda shu tilda so’zlashuvchi xalqning siyosiy va ijtimoiy turmush tarzi va qadriyatlari bevosita o’z aksini topadi. Shuningdek, til doim jamiyat bilan uzviy bog’liq bo’lib, ularni bir-birisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Hozirgi kunda g'arb tillari bilan bir qatorda sharq tillarini o'rganishga bo’lgan talablar kundan-kunga ortib bormoqda. Ushbu kurs ish koreys tilini o’qitishda zamonaviy qo’shiqlardan foydalanishnign afzalliklari haqidagi ma’lumotlarga bag'ishlangan.
Mavzuning o’rganilganligi: Koreys tili qadim tarixga ega tillardan biridir. Bu tilning o’ziga xos xususiyatlari ko’pchilik tadqiqodchilarda qiziqish uyg’otmoqda. Jumladan, Angilayaning “Garvard” universiteti tilshunosh olimlari koreys tilini dunyodagi eng sodda va har taraflama o’rganilib, tartib bilan tuzilgan tillar qatoriga qo’shishadi. Koreys tili grammatikasi XVI asrdan boshlab rus tilshunosh olimlari tomonidan o’rganila boshlangan. Xususan, mashhur tilshunosh olim Yu.N.Mazur koreys tili grammatikasiga oid ko’plab asarlar yaratgan. U o’zining “Грамматика корейского языка” asarida koreys tilining grammatik xususiyatlarini batafsil yoritib bergan. Shu bilan birga Tili o‘rganilayotgan mamlakatning davlat tizimi va hokimiyat boshqaruvini o’rganishda til juda muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi raqamlashga zamonda tillarni o’rganishda nafaqat grammatika balki shu davlat madaniyati hamda san’ati muhim rol o’ynayotganligini tan olmasdan ilojimiz yo’q. Ushbu kurs ishi ham zamonaviy san’at jumladan musiqaning til o’rgatishdagi o’rni va ahamiyati haqidaligi tabiiy holdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |