2.2. Tayyorlov guruhidagi kar bolalar talaffuz malakalari ustida ishlashda qoʻllaniladigan samarali metodlar.
I bosqich - Bola haqida anamnestik ma’lumotlarni o’rganish natijalari.
Zaif eshituvchi bolang’ich sinf tarbiyalanuvchilaring talaffuzidagi me’yordan chetga chiqishlar, eshitishning pasayishi bilan bog’liq holda, ushbu tovushlar idrokining chegaralanishi oqibatida yuzaga keladi. Shu sababli tarbiyalanuvchilarning talaffuz malakalari haqidagi dalillarni ularning faol lug’ati, tilining grammatik tizimi, shuningdek, mustaqil nutqini o’rganish jarayonida olingan ma’lumotlarga tayangan holda keltirdik
Tarbiyalanuvchilar shaxsiy hujjatlarini o’rganish asosida olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, kurs ishida ishtirok etgan bolalar eshitish muammosining kelib chiqishiga ko’ra ham, eshitishining pasayishiga ko’ra ham turli-tuman toifalarni tashkil etdi (1-jadval).
Tarbiyalanuvchilarlarning 40 % (4nafari) jismoniy sog’lom ota-ona farzandlarini tashkil etgan bo’lsa, 3 % (3 nafar) ining eshitish muammosi, taxminiy sabablarga ko’ra, onaning homiladorlik paytida turli infekstion kasalliklar bilan og’rishi tufayli antibiotik dori moddalarining qabul qilishi natijasida yuzaga kelgani, 3 % (3 nafari) tarbiyalanuvchining ota-onasi sog’lom bo’lsa-da, naslida eshitish muammosi bo’lgan shaxslar bo’lganligi aniqlandi. Eshitishi pasaygan 40 % (4nafari) bolalar hujjatlarining tahlili shuni ko’rsatdiki, ularda eshitishning pasayishi turli – yiringli, yallig’lanishli, infekstion kasalliklarning o’z vaqtida davolanmay, surunkali avj olishi natijasida yuzaga kelgan. Anamnestik ma’lumotlar tahlili kurs ishida qamrab olingan bolalar eshitishidagi muammolarning ota-onalar tomonidan kech aniqlanganini, ko’p vaqtning tibbiy muolajalar uchun sarflanganini, ular tomonidan farzandlarining muassasaga kelguniga qadar nutqni rivojlantirish ishlariga deyarli e’tibor bermaganini ko’rsatdi.
Zaif eshituvchi bolalar maktab-internatlarida eshitishning darajasi 80-85 destibell (db.) gacha pasaygan bolalar tarbiyalanishlari lozim. Audiometrik ma’lumotlarni o’rganish quyidagi xulosalarga kelish uchun asos bo’ldi .Kurs ishida ishtirok etgan tarbiyalanuvchilarning 30 % (3 nafari) 1- daraja, 30 % (3 nafari) 2 - daraja, 20 % (2 nafari) 3-daraja guruhiga mansubligini ko’rsatdi. Anamnestik ma’lumotlarni o’rganish, shuningdek, muassasalarda eshitish qoldig’ining holatiga ko’ra karlik toifasiga kiruvchi bolalar ham ta’lim-tarbiya olayotganliklarini ko’rsatdi. Ular tajriba-sinov ishida ishtirok etgan tarbiyalanuvchilarning 2 % (2 nafar) ini tashkil etdi.
II bosqich – Tayyorlov guruh zaif eshituvchining talaffuz malakalarini rivojlanganlik holatini o’rganish natijalari.
Zaif eshituvchi Tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilar talaffuz malakalarini tadqiq qilish natijalari.
Faol lug’atni o’rganishda rasmlar taklif etildi hamda ularning mazmuniga ko’ra savollar berildi (Kim bu? Bu nima? Nima qilyapti? Qanday?). Zaif eshituvchi bolalarga stol, sher, g’oz , konfet, qo’g’irchoq, bayroq, jo’ja, shar, karam, qor, choy ,soat rasmlari taklif etildi hamda ularning mazmuniga ko’ra saollar berildi.Rasm mazmuniga oid berilgan savollarga bolalar tomonidan qanday javob berilgan bo’lsa, qaror-qaydnomalarda shundayligicha hech bir o’zgarishsiz aks ettirildi. Zaif eshituvchi bolalar talaffuzidagi me’yordan chetga chiqishlar, eshitishning pasayishi bilan bog’liq holda, ushbu tovushlar idrokining chegaralanishi oqibatida yuzaga keladi. Shu sababli tarbiyalanuvchilarning talaffuz malakalari haqidagi dalillarni ularning faol lug’atini o’rganish jarayonida olingan ma’lumotlarga tayangan holda keltirdik
Kurs ishiimizda zaif eshituvchi tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilaring mazkur so’zlarning talaffuz qilinishida uchraydigan quyidagi me’yordan chetga chiqishlar aniqlandi:
Co’zdagi ma’lum bir tovushlar talaffuzining buzilishi.
Aytib o’tish joizki, bunday me’yordan chetga chiqish turli ko’rinishlarga ega bo’lsa-da, ularning barchasida so’zning umumiy ko’rinishining saqlanib qolingani kuzatildi.
Kuzatishlarimiz zaif eshituvchi tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari tomonidan buzib talaffuz qilingan tovushlarni quyidagicha guruhlashtirish imkonini berdi:
Undosh tovushlarning unli tovushlar bilan almashtirib talaffuz qilinishini anglatuvchi sonantlik. Masalan, jarangsiz s, sh, z tovushlarining lablashmagan til oldi i unlisi bilan almashtirilishi.
Jarangsiz undosh o’rniga jarangli undoshning talaffuz qilinishi. Masalan, yaqin til orqa jarangsiz k o’rniga yaqin til orqa jarangli g ning talaffuz qilinishi, lab-tish jarangsiz f tovushining lab-lab jarangli v tovushi bilan almashtirilishi, til oldi jarangsiz t tovushining til oldi jarangli d ko’rinishida talaffuz qilinishi.
Jarangli undosh o’rniga jarangsiz undoshning talaffuz qilinishi. Masalan, q tovushining k, d ning t, b ning p, j ning ch, j ning t holida deb talaffuz qilinishi kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |