1.2. Ishlab chiqarish samaradorlik va ualrning tarkibi
Inson yashamog’i uchun ovqatlanishi, kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro’zg’or buyumlari, turli jihozlarga ega bo’lmog’i zarurdir. Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi. Kimdir g’alla etishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab chiqaradi, kimdir ‘axta xom ashyosi etishtiradi, kimdir ‘axtadan tola ishlab chiqaradi, yana kimdir toladan i’ qilib to’qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va hakazo.Shunday qilib, insoniyat iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Lekin ming afsuslar bo’lsinki, ko’’gina iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida, ayniqsa keyingi vaqtlarda nashrdan chiqqan darslik va o’quv qo’llanmalarida ishlab chiqarish jarayonini yoritish e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qaerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qaerda qo’llanilishini va qanday bo’lishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo’lmoqda. Xolbuki, ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarga yo’nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish bo’lmasa ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan narsaning o’zi bo’lmaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonida qanday shakldagi munosabatlar sodir bo’lsa, boshqa fazalardagi munosabatlar ham shunday shaklda sodir bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko’’gina chalkashliklarga olib keladi.
Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslikdan deb o’ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko’rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o’ylaymiz va, shunga ko’ra, bu jarayonni batafsil ko’rib chiqish zarur deb hisoblaymiz.Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o’rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo’shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo’shilgan mehnat va ka’ital unumdorligining ‘asayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g’oyalar bilan tanishtiriladi.
Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol to’ishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to’xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’ektiv zaruriyatdir.Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo uning ro’y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo’lmog’i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo’lgan uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari bo’lishi shart
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat ‘redmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat ‘redmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (er-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat ‘redmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom ashyo bo’lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.Mehnat vositalarini mehnat ‘redmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko’ra bir nechta katta guruhlarga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil a’’aratlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o’zining iste’moli uchun zarur bo’lgan shaklga keltiradi.
Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo’ljallangan mehnat vositalari (stisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.
Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to’la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va boshqalar misol bo’la oladi.
Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat ‘redmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi.
Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari (er-suv, er osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko’’chilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mehnat, ka’ital, er-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.
Bu erda ishchi kuchi bilan mehnat o’rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning to’g’rirog’i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko’’gina adabiyotlarda esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko’’gina chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, mehnat turli omillarning birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida aytganimizdek, insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo’lib xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, ka’ital, er-suv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |