34-modda. Investitsiya bitimini tuzish
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi investitsiya loyihasida bayon etilgan shartlar, muddatlar va tartib-taomillarga muvofiq investitsiya bitimini tuzadi.
Investitsiya bitimi investor tomonidan maxsus iqtisodiy zona ma’muriy kengashining bayonnomasi (undan ko‘chirma) olinganidan keyin investor va maxsus iqtisodiy zona direksiyasi direktori tomonidan uch ish kuni ichida imzolanishi kerak.
Investitsiya bitimi investor tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan sanadan e’tiboran kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |