II. Bob. Tabiat va inson faoliyatidagi natijasida ekologik muvozanatning buzilishi va atrof-muhitga ta'siri
2.2. Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabat tushunchasi va shakllari.
Yer yuzida aholi soni ko‘payib, fan va texnika rivojlanib borgan sari insonning tabiatga ta’siri kuchayib boradi, inson tabiatdan tobora ko‘p mahsulot oladigan bo‘ladi. Buning oqibatida tabiat boyliklari kamayadi, ba’zan atrof-muhit ifloslanadi, tabiatdagi muvozanat buziladi. Bu esa tabiatni muhofaza qilishni, tabiiy boyliklardan to‘g‘ri va o‘z o‘rnida foydalanishni talab qiladi.
Respublikamiz aholisi insonning tabiatdan oqilona foydalanishiga yaqqol misol bo‘la oladigan ko‘p ishlarni amalga oshirgan. Cho‘llarda va tog‘ etaklarida obod vohalar bunyod etgan. O‘zbekiston mo‘tadil va subtropik mintaqalar chegarasida, asosan, cho‘l va chalacho‘llar zonasida joylashgan. Yer yuzasining xilma-xilligi tufayli g‘arbda qumli pasttekisliklardan sharqda qorli tog‘largacha bo‘lgan rang-barang tabiat tarkib topgan. Iqlim ham o‘lkamizda xilma-xil: cho‘llarda qahraton sovuq qish jazirama issiq va quruq yoz bilan almashinib tursa, tog‘larda qish uzoq davom etadi, qor qalin yog‘adi, yozda kunlar iliq, yog‘in ham yetarli bo‘ladi.
Tabiatdan va uning boyliklaridan foydalanish ko‘lami hozirda juda kengaydi hamda yangicha sifat kasb etdi. Asrlar mobaynida qahrab yotgan bepoyon cho‘llarga suv chiqarilib, yangi vohalar bunyod qilindi, kanallar, suvomborlari qurildi. Yer bag‘ridan xilma-xil foydali qazilmalar topilib, ular qazib chiqarilmoqda, yirik sanoat markazlari paydo bo‘ldi. Bular oqibatida kishilarning tabiiy muhitga ta’siri juda kuchayib ketdi. Ayrim joylarda bu xavfli tus oldi. Qishloq xo‘jaligida katta maydonlarning o‘zlashtirilishi, ayniqsa, obikor yerlarning kengayishi, ko‘plab mineral o‘g‘it, turli xil defolant, gerbitsid, pestitsidlarning ishlatilishi, yirik korxonalarning qurilishi landshaft komponentlari o‘rtasidagi muvozanatning muayyan darajada buzilishiga olib keldi. Oqibatda, tabiiy jarayonlarda ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Orol dengizi tobora qurib bormoqda. Orolbo‘yida ekologik vaziyat juda yomonlashdi.
Bularni o‘rganish, salbiy o‘zgarishlarning oldini olish hozirda eng dolzarb vazifalardan biridir. Hali dunyoda ham, respublikamizda ham tabiatni muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishda hal etilmagan masala ko‘p. Bu masalalarni hal qilish xalq ommasining tabiat muhofazasi, tabiatdan to‘g‘ri foydalanish, tabiatning umumiy geografik qonuniyatlari haqidagi bilimi darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Aholining geoekologik tarbiyasi qanchalik yuqori, tabiatdan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi bilim darajasi qanchalik baland bo‘lsa, tabiatdan foydalanish madaniyati ham shuncha yuqori bo‘ladi.
Insonning tabiatga ta’siri natijasida yuzaga kladigan o’zgarishlar.
Inson ishlab chiqarishni rivojlantirib borgan sari tabiatga katta zarar еtkazildi. Sanoatning tеz rivojlanishi bir qancha tabiat boyliklarini ishlab chiqarishga jalb qilishga olib kеldi. Yerdan, o’rmonlardan, hayvonot dunyosidan kеng foydalanish bilan bir qatorda tabiiy boyliklar ham jadal ishlatila boshlandi. Tabiiy boyliklardan tartibsiz va vahshiyona foydalanish uning jamg’armalari, zaxiralarini kеskin kamayishiga olib kеldi. Yerga ayovsiz minеral o’g’itlar solish yo’li bilan ko’p mahsulot olish natijasida tuproq o’zining biologik xususiyatlarini yo’qotib, eroziyaga uchradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |