Yil mavsumlari bo'yicha qatnov qismi va yo'l yoqasi kengligining o'zgarishi
Reja
Аvtomobilь yoʼllarini bahor, yoz va kuz davrlarida saqlash ishlari
Qishki yer ishlarining alohida xususiyatiga havo haroratining salbiyligi
Suv o‘tkazmaydigan va kapillyar to‘suvchi qatlamni qurish
Аvtomobilь yoʼllarini bahor, yoz va kuz davrlarida saqlash ishlari
Аvtomobilь yoʼllari va yoʼl inshootlarini saqlashning vazifasi - yilning istalgan vaqtida avtomobilь harakatini uzluksizligini va xavfsizligini taʼminlash shartlari boʼyicha qoʼyilgan talablarga muvofiq, yoʼllarni saqlash va doimiy qarashni taʼminlashdan iboratdir.
Аvtomobilь yoʼllari va yoʼl inshootlarini saqlash ishlari tasdiqlangan smetalarga muvofiq, avtomobilь yoʼlining butun uzunligida yil davomida uning barcha elementlari va inshootlari boʼyicha muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Qishki yer ishlarining alohida xususiyatiga havo haroratining salbiyligi, qor va muzlar kiradi. Qishki mavsumda, masalan, yer sharining shimoliy tomonlarida, Sibir va Uzoq Sharqning ko’pgina tumanlarida, qishda qurilish joyiga borishning yagona sharoiti yaratiladi. Qurilish ishlarining qishda emas, aksincha yozda oshadi. Bu tumanlarda qishda botqoqliklarda ko‘tarmalarni qurish va torflarni chiqarib tashash ishlari texnologik jihatdan osondir, torfni olib tashlamasdan vaqtinchalik yo‘llarni qurish qulay va karyer va qishda faoliyat ko‘rsatadigan boshqa ob'yektlarga vaqtinchalik o‘tish yo‘lini ta'minlash mumkin. Ko‘rsatilgan tumanlarda qishki ishlarni olib borish muhim hisoblanadi, chunki bunday viloyatlarda qish mavsumi uzoq davom etadi.
Qishda ishlarni olib borishda quyidagi kamchiliklarga quch kelinadi: ishlashni gruntning muzlashi, grunt tarkibida muzlagan bo‘laklar bo‘lishib ishlashni qiyinlashtiradi; yer inshootlari asosini qor va muzdan tozalash; ishchilar uchun qishki kiyimning kerakligi; inson va texnikani ishlashi uchun normal sharoit yaratish, zaruriyati, suv-moyni isituvchi qurilmalar kerakligi. Bu esa kichik frontda mashinalarni bir yerga to’plash, ishni yuqori jadallikda bajarish; yer ishlarini iloji boricha uch smenada olib borishni taqozo qiladi. Bu holatlarda grunt muzlaguncha karyerni ishlash va ko‘tarmaga to‘kish, shuningdek, gruntni zichlashtirish ishlarini tugallash bo‘yicha hamma texnologik jarayonlarni bajarish lozim.
Qish mavsumida yer ishlarini bajarish: qurilish mavsumini uzaytirish; yil davomida yo‘l-qurilish mashinalaridan to‘liq va bir tekis foydalanish; qurilishga doimiy ishlovchi malakali ishchilarni biriktirish; qurilishni tezlashtirish va sarf harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Qish mavsumida qurilish olib borishga mo‘ljallangan ko‘tarma qurish uchun yoz oylarida asos tayyorlanishi: o‘rmonlar qirqilib, to‘nkalari va xarsangtoshlar olinishi, tabiiy asos tekislanishi va zichlashtirilishi kerak. Keyinchalik ko‘tarmani qurishdan avval bu asos qor va muzdan yaxshilab tozalanadi. Agar muzlash chuqurligi 1,5 m dan katta tumanlarda ko‘p ko‘pchiydigan gruntlardan ko‘tarma qurilsa, otski qatlamlar (1,2-1,5 m) qish boshlanguncha quriladi.
Suv o‘tkazmaydigan va kapillyar to‘suvchi qatlamni qurish
Suvbug‘ o‘tkazmaydigan qatlamlar yo‘l poyining hamma kenligi yoki materialni, tejash maqsadida, har bir tomonidan 0,5 m uzaytirib qatnov qismi kengligi bo‘yicha yotqiziladi. Suv o‘tkazmaydigan qatlamlar har qanday namlikning yo‘l to‘shamasiga o‘tishini to‘xtatadi.
Balandligi 1 m dan kichik ko‘tarmalarda, o‘simlik qatlami olingandan so‘ng, grunt suvlari ko‘tarilishining oldini olish uchun joylardagi gruntlarni 5 -10 sm chuqurlikda yumshatish, unga 2- 3 l/m2 organk bog‘lovchi material quyish, freza bilan bir marta o‘tib aralashtirish yoki ikki-uch marta avtogreyderda o‘tish va avval yengil katok, keyin og‘ir katok bilan zichlab suv o‘tkazmaydigan qatlam qurish mumkin. Bog‘lovchi material sifatida gudron, qovushqoqligi 25/40 bo‘lgan suyuq bitum, neft, emulsiya, sa'noat chiqindilari – tsirol mahsulotlari, qayta ishlatilgan yog‘, flyus, smolani regeneratsiyasi va boshqalarni ishlatish maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston sharoitida ko‘tarmaning balandligi 1 m dan oshganda, ko‘tarmaning qoshidan (3.18-rasm) suvbug‘ o‘tkazmaydigan qatlam 0,6-0,8 m chuqurlikda yotqiziladi. Bunday chuqurlikda suv o‘tkazmaydigan qatlam joylashsa, yuqorida yotgan gruntlar muzlashga uchramaydi.
3.18-rasm. Bug‘ o‘tkazmaydigan qatlam tuzilmasi:
1-qoplama; 2- asos; 3-filtratsiya koeffitsienti 2 m/sut bo‘lgan qumli grunt; 4-yo‘l poyi grunti; 5-bug‘ o‘tkazmaydigan qatlamcha; 6-grunt suvi sathi; 7-chetki mintaqa
Joylardagi gruntlarni qayta ishlashdan tashqari, korxonadan tayyor olib kelingan bitum mineral aralashmasi yoki gidroizoldan qalinligi 3-3,4 smli suv o‘tkazmaydigan qatlam quriladi. Hozirgi vaqtda eng yaxshi yechim - yuqori bosimli polietilen, polivinilxlorid va poliizbutanli sintetik plyonka yotqizishdir. Polimer plyonka polotnosining kengligi 2,4 dan 12 m gacha va qalinligi 0,1 dan 2 mm gacha bo‘ladi. Kengligi qancha katta bo‘lsa, polotnoni payvandlash yoki yopishtirishga shuncha kam mehnat sarflanib sifati yaxshilanadi. Plyonkaning qalinligi qancha katta bo‘lsa, shuncha ishonchli bo‘ladi.
Tayyorgarlik ishlariga plyonka polotnosini tayyorlash, choklarini payvandlash yoki yopishnirish kiradi. Tayyorlangan polotno tekislangan yo‘l poyining utsiga tortmasdan erkin holda yotqiziladi. Yotqizilgan maydon shunday bo‘lishi kerakka, smena davomida hamma polotnoni grunt bilan yopish mumkin bo‘lsin. Tekislangan grunt chetiga yoki yo‘l yoqasiga avtomobil-samosval to‘kkan grunt yoki drenajlovchi material to‘pi buldozer bilan plyonkaning utsida yoyiladi. Plyonkani buzilmasligi uchun buldozer «o‘zidan» usuli bilan gruntni suradi.
Sintetik plyonkani qo‘llab suv o‘tkazmaydigan qatlamni qurish ish jarayonlari quyidagilardan iborat: yo‘l poyini zichlash va tekislash, sintetik plyonkani yozish, muhofazalovchi qatlam uchun gruntni olib kelish, gruntni plyonkaga surish, gruntni zichlashtirish va yo‘l to‘shamasining keyingi qatlamini qurish.
Suv o‘tkazmaydigan qatlam sifatida, gruntning yuqori qismida, qobiqli suv o‘kazmaydigan material yoki sintetik plyonkadan qatlam qurish usuli qo‘llanadi (2.24-rasm).
3.19-rasm. Sintetik plyonka bilan yo‘l to‘shamasini yo‘l poyidan ajratish chizmasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |