Mundarija
Kirish 2
I BOB.INNOVATSIYA VA INNOVATSION RIVOJLANISH NAZARIYASI 8
1 .1.Innovatsiya tushunchasi va innovatsion siyosatning mohiyati 8
Xulosa 9
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 10
Kirish
Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosida joylashgan globalizatsiya va kuchli integratsiya iqtisodiyotni yanada tez va keskin tarzda shakllanishiga sabab bo`lmoqda. Ekspertlarning ta`kidlashicha, hozirgi keskin iqtisodiy tizimning kuchli globalizatsiyalashgan asosini o`zgartirish mumkin emas. Faqat ana shu jarayonlarga moslashgan holda uning tashkil qiluvchi elementlari hisoblangan asos sohalarni rivojlantirish bilan hozirgi vaziyatda raqobatbardoshlikni saqlab qolish mumkin. Ushbu murakkab va keskin iqtisodiy vaziyat hozirda amalda davlatlar oldiga iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va jahon iqtisodiyotiga raqobatbardosh kuchli integratsiyani hosil qilishga qaratilgan yangi usul va vositalarni ishlab chiqishni ustuvor vazifa qilib qo’ydi. Tarixda sodir bo’lgan global inqirozlar davrida jahon iqtisodiyotini rivojlantiruvchi va katalizator vazifasini bajaruvchi lokomotiv sohalar ajralib chiqdi. 2008-yilda yuz bergan inqiroz davrida alohida sur’atlar bilan rivojlanuvchi sohalar qatoriga innovatsion texnologiyalar (nanotexnologiyalar, yashil texnologiya, yuqori darajali kibernetika, biotexnologiya va boshqalar); alternativ energiya manbalari; erkin iqtisodiy hududlar, transport logistikasi; ekologik toza mahsulot ishlab chiqarish va boshqalar kiradi. Ushbu sohalar nafaqat davlatlar iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlariga aylandi, balki iqtisodiy rivojlanish modellarida “aqlli iqtisodiyot”, “yangi iqtisodiyot”, “innovatsion iqtisodiyot” kabi yangi yo’nalishlarni keltirib chiqardi. Kundan kunga ushbu rivojlanish vositasining ahamiyati ortib bormoqda.
Mavzuning dolzarbligi: Innovatsion texnologiyalar bugungi kunda iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili bo`lib xizmat qilmoqda. Chunki mavjud resurslardan to`laqonli foydalanayotgan mamlakatlar o`zining ishlab chiqarish hajmini yangi innovatsiyalar kiritish, modernizatsiya qilish orqali yuqori darajalarga ko`tarmoqda. Davlatlar innovatsiyalarni dastavval, ishlab chiqarish sohalariga, keyinchalik boshqa sohalarga olib kiradilar. Innovatsiyalarni ishlab chiqarish sohasiga olib kirilishi mahsulotlarning miqdor va sifat jihatidan oshishiga olib keladi. Hozirgi kunda nafaqat bizning davlatimiz, balki jahonning boshqa mamlakatlari ham iqtisodiyotini har bir sohasiga innovatsiyalar olib kirishga urinmoqda. Bu harakatlar tezda samara berib, davlatning milliy iqtisodiyotini, eksport va import hajmini, aholi turmush darajasini oshishiga olib kelmoqda. Innovatsion texnologiyalarning bunday katta miqdorda jalb qilinishi davlat iqtisodiyoti uchun ichki va tashqi jihatdan foydalidir. Birinchidan, innovatsiyalarni davlat avvalo sanoat, keyin boshqa sohalariga joriy etadi va iqtisodiy salohiyatini oshiradi. Ikkinchidan, ular yordamida ishlab chiqarilgan tovar va mahsulotlarni chet davlatlarga eksport qilish orqali tashqi savdo balansini ko`taradi. Shuning uchun ko`p davlatlar innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarilishini rag`batlantirib, texnoparklar va ilmiy tadqiqot markazlari tashkil qilishga harakat qilishadi. Xususan, Janubiy Osiyo mamlakatlari bu borada o’ziga xos modellarga ega bo’lib, ushbu modellar orqali katta yutuqlar erishmoqda. Bu esa o`z navbatida quyidagi omillarni talab qiladi: Investitsiya omili (innovatsion investitsiya, qiziqish bildirgan tomon investitsiyasi), xaridor omili, transport omili, davlat yordami, inson omili, geografik omil kabilar. Hozrida mamlakatimiz iqtisodiyotida ham innovatsion rivojlanish va innovatsion investitsiyalarni jalb qilish muhim ustuvor masala bo’lib turibdi. Xususan, muhtaram Prezidentimiz I.Karimov ham yurtimiz iqtisodiy rivojlanishida innovatsiyaning ahamiyati kattaligini bir necha bor ta’kidlanganlar. Bundan tashqari Janubiy Osiyo mamlakatlari O’zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi va ko’p jihatidan bizga o’xshash. Bu esa ular ishlab chiqqan modellarni o’rganish naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Jahon iqtisodiyoti amaliyotida innovatsion rivojlanish va innovatsiya sohasidagi to’plangan tajribalar va xalqaro qonun–qoidalar asosida mamlakatimizda ularni tadbiq qilish borasida, shuningdek, ularni tartibga solish usullarini yanada takomillashtirish masalalari bo’yicha R. Shodiev, A. Alimov, A. Xoliqulov, V. Abaturov, D. Rustamov, A. Bekmuratov, B. Xo’jaev, va boshqa iqtisodchi olimlar tomonidan tadqiq etilgan va ularning ilmiy kitoblari va risolalarida o’z aksini topgan. Chet el olimlar tomonidan ushbu mavzu atroflicha o’rganilgan bo’lib, xususan bu borada rus olimlari katta xizmat qilganlar. Rus olimlaridan L.Afanasiyeva, E. Belotelova, L.Bronshteyn, V.Livshits, S.Rezer, R.Sokolova, V. Sherbakova, O. Protsenko, N. Fasolyak kabi, chet el olimlaridan R.Ballou, E. Bardi, D. Bauersoks, J. Kavinato, M. Kristofer, D. Kloss, J. Koyl, D Lamberg, S. Lenli kabi olim va mutaxassislarni sanashimiz mumkin.
Lekin mamlakatimizda innovatsion rivojlanish va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining bu boradagi tajribalari, xususan Xitoyning va ularning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati bugungi kunda turli xil mushohadalarga sabab bo’lmoqda. Bu esa mavzuning naqadar chuqurligi va o’rganilishi lozim bo’lgan jabhalari ko’pligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |