An`anaviy darsning bosqichlari:
Tashkiliy qism - salomlashish, davomatni tekshirish, zarur ko`rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik, motivatsiya - yangi mavzu bilan bog`liq o`tilgan dars mavzularini takrorlash, yangi mavzuni boshlashdan oldin o`quvchilarning bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqlash,baholash va yangi materialni o`zlashtirishga tayyorlash, yangi dars maqsadini tushuntirish va darsga qiziqtirish;
Yangi mavzuni yoritish - dars materiallarini kichik-kichik bo`limlarga
bo`lib, ketma-ket ma`lum uzviylikda va mantiqiy bog`liqlikda, ko`rgazmali tarzda va turli xil o`qitish uslublaridan foydalangan holda berish;
Yangi mavzuni mustahkamlash - olingan nazariy bilimlarni yorqin
misollarda qo`llash va turli xil topshiriqlarni bajarish asosida o`quvchilarda yangi mavzuga oid amaliy ko`nikmalarni hosil qilish va baholashdan iborat. Bunda baxolash uchun beriladigan savol va topshiriqlar aynan dars maqsadidan kelib chiqqan bo`lishi,unga erishilgan yoki erishilmaganligini aniqlashga qaratilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |