2.2. Hindixitoy yarim orolining morfostruktura zonasi
Hindixitoy yarim oroli yer yuzasi beshta morfostruktura zonasidan tashkil topgan.
1.Qadimiy Hindisinya birlashmasining o’rtalikdagi orollari usti yosh yotqiziqlar bilan qoplangan turli baladlikka ko’tarilib qolgan kembiriydan oldingi platforma massivlaridir; bular yuqori Birmadagi Shan tog’ligi, Taylandning sharqidagi Korat platosi va Kambodjaning allyuvial tekisligidan iborat.
2. Bu yadrolarga gersin orogenizida Menam daryosi vodiysi bo’ylab va undan so’ng shimolda Mekoning o’rta qismi bo’ylab meridian yo’nalishda cho’zilgan kembiriydan oldingi davr va o’rta paleozoyning burmalangan yotqiziqlari qo’shilgan. Buning sharqiy chegarasi Daung- Pya-Fay qirlari va Kambodja tekisligi bilan Menam pastekisligini bir-biridan ajratib turuvchi Kardamon tog’laridir.
3.Yanshan burmalanishi vaqtida umumiy ko’tarilish va Hindsiniyaning quruqlika aylanishi ro’y . And. Unga g’arb tamondan Malakka tog’li zonasi qo’shilgan (Shan tog’ligidan Kalimantangacha). Uning kembriydan oldingi, paleozoy va trias yotqiziqlari meridian yo’nalishdagi burmalar hosil qilgan va ularining tarkibida qalayi-volfram rudalari bo’lgan granit intruziyalari yorib chiqan.
4.Sharq tomondan bu vaqta Tonkin –Annam tog’li zonasi qo’shildi, chekkalarida burmalanish ro’y bergan.Hindisiniyaning o’zi esa turlicha balandlikka ko’tarilib qolgan palasxalarga parchalanib ketgan.
5. Himalay orogenezi vaqtida Birmaning g’arbida yosh burmali tog’lar zonasi vujudga kelgan. Bular g’arbiy Birma tog’lari, Arakan-Yoma tizmasi va Iravada tog’ oralig’i bukilmas. Andaman va Nikobar opollari zanjiri orqali Himolay burmalanishi zonasi Indoneziyaga o’tadi.
Shunday qilib Hindixitoy yarim orolining hozirgi oragrafiyasi meridional yo’nalishda cho’zilgan va bir-biriga juda yaqin turgan turli yoshdagi tog’ tizmalaridan hamda ular oralig’idagi kambar bo’ylama vodiylar kotlovinalar (korat) va penepinlashgan bazan karst rivojlangan tog’liklardan (Shan)iborat.Eng baland tog’ tizmalari shimolda, Tibet tog’ligi yaqinida (Birma bilan Xitoychegarasidagi Xakab-Razi tog’ining balandligi 5870 m) joylashgan.
Hindixitoy yarim orolining yer bag’ri ayniqsa neft Irivada havzasi),qalay va folfram ( Birmaning sharqiy qismi, Malakka, Yuqori Tonkin),polimetallar (Shan tog’ligi va Tonkin), toshko’mir (Tonkin), sapfir va yoqut(Kardamon tog’lari),shuningdek temir (Tonkin), surma, simob, xrom, uran va bir qancha boshqa foydali qazilmarga boy.
Qish vaqtida mamlakatda shimoli-sharqiy uchun passat ustin turadi; havo bosimi janubiy Xitoy ustida 1023 mb, Indoneziya ustida 1009 mb,. Bu fasilda Annam tog’larining shamolga ro’para yon bag’irlarida ( yilga 1500-2000 mm) va qisman malakkada yog’in ko’p yog’adi. Temperatura pasttekislikning hech bir joyida 15 Co pasaymaydi, o’simliklar yil bo’yi o’sa beradi, dalalarda yiliga ikki –uch marta hosil olinadi.
Shan tog’ligida (1200 m), yanvar oyining o’rtacha teperaturasi 0 C ga yaqin, uzoq davom etadigan sovuqlar bo’lib turadi.
Hindixitoy yoz oylarida Hindiston mussoni tasirida bo’ladi; yarim orolning shimoliy qismida bosi, 1005 mb, ekvator yaqinida 1015 mb. Arakan- Yoyma va Tenasserma tog’larining janubiy –g’arbiy yon bag’irlariga 3000 mm dan 5000 mm gacha, mamlakat ichkarisidagi baland tizmalarning shamolga ro’paro yon bag’irlariga, shu jumladan Anam tog’larining ichki yon bag’irlariga 2500 mm ga yaqin yog’in yog’adi. Tog’lar oralig’idagi kotlovinalarda 1000 mm dank am yog’in tushadi, jumladan, Pakokkuga, Irivadi vodiysining markaziy qismiga 500 mm tushadi, holbuki mumkin bo’lgan bug’lanish yiliga 1600 mm ga yetadi.
Hindixitoy musson tipidagi katta sersuv daryolar mamlakati. Masalan, Irivada daryosining (Fillar daryosi) avgust oyidagi suv sarfi Pirom yaqinida (4080 m/sek) fevral oyiga qaraganda 17 hissa ortiq bo’ladi. Irivadi daryosi yiliga dengizga 428 km suv va 350 mln tonna loyqa keltirib, deltasini 50 m ga o’zgartiradi. Daryoda qo’yilish loyida yuqoriga tomon 1600 km masofaga kemalar qatnaydi.
Hindixitoyning eng uzun daryosi Tibetdagi Tangla tog’ tizmasining qor bilan qoplangan massivlaridan boshlanadigan Mekong (uzunligi 4500 km, shundan 1600 km da kemalar qatnaydi), shuningde asosan yozgi musson yomg’irlaridan ham to’yinadi, suv daryoning o’rta oqimida avgustda, quyi oqimida oktabrda ko’payadi. Yozda tog’lardagi qorlarning erishi daryodagi yozgi –kuzgi sersuvlikni oshiradi. Bu vaqtda Mekong daryosi suvining bir qismi juda loyqa bosib qolgan TONLE- Sap ko’liga oqadi.Mekongda aprel oyining oxirida,yani passat serkulatsiyasi bilan almashgan vaqtda ( issiq mavsumda) suv eng kamayadi. Bu vaqtga kelib Annam tog’idagi qishki yomg’irlar to’taydi, musson yomg’irlari esa hali boshlanmagan bo’ladi. Mekoning suv sarfi (yiliga 378 km) Irivadnikiga qaraganda kamsoq, lekin loyqa miqdordai jihatidan (yiliga 0,4 dan 1,5 km)gacha Mekong oldingi o’rinda toradi. Uning deltasi har yili dengiz tamonga 80 km cho’zilgan. Hinditoyning bir qancha daryolari chuqur daralarga oqadi. Masalan Saluen darasining chuqurligi bazi joylarda 1,5 km ga yetadi.
Irivad, Mekong, Menam, Song-Koy (Qizildaryo) daryolarning hosildor alliyuvial tekisliklari (daryo va dengiz bo’yidagi) va delta pasttekisliklari zich joylashgan aholining xo’jalik faoliyati qaynagan joylardir. Pasttekislik territoriyalarning deyarli 80% qismiga sho;I makkajo’xori, paxta, shakarqamish ,batag, (shirin kartoshka), tamaki va boshqa ekinlar ekiladi. Landshafti jihatdan bu yerlar ayrim daraxtzor va geveya, banan,papaya, anans, apelsin, qalampir daraxit, kofe, kardamon daraxti,va choy butalari plantatsiyasidan iborat antropogen savannalardan iborat. Bir qancha rayonlarda ayniqsa aholi zich joylashgan rayonlarda masalan Tonkintda faqat pasttekisliklargina emas tog’larning zinapoyalar qilingan yon bag;irlariga ham ekin ekiladi.
Hindixitoy territoriyasi oltita tabiiy –geografik oblastga bo’linadi;
G’arbiy birma tog’lari landshaftlari sharqiy himolay tog’lari landshaftiga yaqin. Shamolga ro’paro tog’ yon bag’irlarida 1000 m balandlikkacha podzolashgan laterit tuproqlarda usgan doimiy yashil namgarchilik subekvatoriyal o’rmonlar bilan qoplangan. Ular yuqorida doimiy yashil tog’ o’rmonlari bilan almashinadi. Bu o’rmonlarda dub ko’pchilikni tashkil etadi. 2000-3000 m balandlikdagi mintaqa qo’ng’ir tuproqda igna bargli o’rmonlari o’sadi . tog’ tepalari butazorlar va o’tloq bilan qoplangan . tog’latning shamolga teskari yon bag’irlarida qizil tuproqlarida yilning qurg’oqchil davrida barg to’kuvchi musson o’rmonlari joylashgan.
Xulosa
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Aleksandrovskaya.N.V va boshqalar-Dunyo qitalari tabiiy geografiyasi. – T., 1976
2. Valsova.T.V- Materiklar geografiyasi T,. 1981
3. Mixaylov.N.I Sibir,. M-1955
4. Qayumov A, Safarov I, Tillaboeva M. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf uchun darslik. – T.: O’qituvchi, 2010.
5. Ekonomicheskaya, sotsialnaya i politicheskaya geografiya: mir, regioni, strani. – M.: Ekon – Inform, 2008.
6. 9-sinf uchun atlas. – T.: O‘qituvchi, 2013.
7. www.prb.org
8. www. geographyabout.co
8. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |