I BOB. Hindixitoy yarim orolining geografik joylanishi
1.1. Geolgik tuzilishi va relifi
Hindixitoy — Osiyoning janubi-sharqiy qismidagi yarim orol. Maydoni 2 mln. km2. Gʻarbda Bengaliya qoʻltigʻi, Andaman dengizi va Malakka boʻgʻozi, janubiy va sharqda Janubiy Xitoy dengizi va uning Siam va Bakbo qoʻltiqlari bilan chegaralangan. Shimoliy chegarasi shartli ravishda Gang va Brahmaputra daryolari deltalari bilan Xongxa daryosi deltasidan oʻtkazilgan. Janubiy uchi Kra boʻynidan jan.ga choʻzilgan Malakka yarim oroldan iborat. Sharqiy qirgʻoqlari kam parchalangan, gʻarbida qoʻltiq, orol koʻp. Yer yuzasi, asosan, togʻli, meridian boʻylab choʻzilgan tizmalardan iborat. Gʻarbiy qismidagi Arakan togʻlari (eng baland joyi 3053 m, Viktoriya choʻqqisi), markazidagi Shan togʻligi va sharqidagi Annam togʻlari keng pasttekislik (Iravadi, Menam, Kam-bodja) va platolar (Korat) bilan boʻlingan. Karst keng tarqalgan. Pasttekisliklar, asosan, allyuvial va koʻl yotqiziqlaridan tuzilgan. Foydali qazilmalardan qalay va volframning yirik konlari topilgan. Iqlimi subekvatorial mussonli, Malakka yarim orolda ekvatorial iqlim. Oʻrtacha temperatura tekisliklarda 20° dan pastga tushmaydi, bahor va yoz oylarida 27—30°gacha koʻta-riladi, togʻlarda 15° gacha. Shamolga roʻpara garbiy yon bagʻirlarida yillik yogʻin 2500-3000 mm, asosan, yozda yogʻadi. Ichki rayonlarda 1000 mm gacha, sharqiy sohilida 2000 mm gacha (aso-san, qishda yogʻadi). Shim.dagi togʻ tepalarida qor yogʻadi. Daryolari sersuv, yozda toʻlib oqadi. Eng yiriklari: mekong, Iravadi, Saluin, Menam-Chao-Praya. Suvidan sugʻorishda keng foydalaniladi. Eng katta koʻli — Tonlesap. H.ning sernam togʻli hududlarida doim yashil tropik oʻrmonlar, dengiz sohillari va deltalarda mangra oʻrmonlari, ichki rayonlarda barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar va butazorlar bor. Tekislik qismi ekinzorlarga aylantirilgan. Asosiy ekini — sholi. malakka yarim orolda kauchukli oʻsimliklar plantatsiyalari barpo qilingan.
Hindixitoyning katta qismi (Malakka yarim oroli ham shunga kiradi). Hindixitoyning shimoliy va sharqiy qismlarida hamda Malakka yarim orolida mezazoyda ro’y bergan burmalanish, yer pustining eng yangi davridagi ko’tarilish va uzilishlari o’rtacha balandlikdagi burmali-palasxali tog’larning tarqalishiga sabab bo’lgan. Tog’ tizmalari orasida joylashgan Shan tog’ligi, Annam tizmasining bir qismi va Kambodja pasttekisligi janubda yoshi birnuncha qadimiy bo’lgan o’rta massiv burmalanishlariga to’g’ri keladi.Hindixitoy doirasida mezozoidlar tarqalgan oblast Alp–Himoloy burmali mintaqisiga borib tutashadi; Alp Himoloyburmalimintaqasig’arbdaPireneyyarim orolidan janubi sharqda Zond orollariga qadar butun yevrosiyo bo’ylab cho’zilib ketgan . Butun mintaqa uchun nisbatan qadimiy strukturalarining, yani paleozoyda yoki hato undan oldi burmalangan o’rta massivlarning tarqalganligi harakterlidir. Bu o’rta massivlar hozirgi relefda bir necha tekislangan yuzalar yarusidan va zinapoyasimon-uzulmali yon bag’irlaridan iborat o’rtacha balandlikdagi tog’lardir. Tog’larning tuzilishida arxey erasidan to’rtlamchi davirgacha o’tgan turli davirlarning Kristal, metamorfik, chukindi va vulqon jinslari ishtirok etadi. Bu jinslar markaziy qismlarida kuchli ustma siljinishlar uzilishlar natijasida murakkablashib ketgan burmalar hosil qilgan.Ular kembriydan oldingi kiristal jinslar, shuningdek paleozoy, mezozoy va paleogenning kuchli darajada metomorfuklashgan chukindi jinslaridan tuzilgan. Tog’larning bu mintaqasi uchun jadal burmalanish, yer pustining yorilishlari va vulqon harakatlari hosdir. Osiyoning orollardan iborat janubiy –sharqiy va sharqiy chekka qismlari Tinch okean tektonik mintaqasi tarkibiga kiradi. Hindixitoyning birma doirasidagi g’arbiy qismi kaynazoy erasining oxirida paydo bo’lgan o’rtach balandlikdagi burmali –palasxali tog’lardan iborat. Bu tog’lar Sumatr, Kalimantan, Tayvan orollarigacha davom etadi. Tinch okean tomonidan ularga hozirgi geosinklimal mintaqa kelib tutashgan ; bu mintaqa Osiyoning Tinch okeanning markaziy qismidan ajratib turadi. Hozirgi geosinklinal mintaqa uchun orol yoylarining geoantiklinal zonasi geosinklinal novlar (chuqur suvli nov ) hamda chekka dengizlarning geosinklinal soyliklari harakterlidir. Butun mintaqa nihoyata kuchli sesmikasi va intensive vulkanik faoliyati bilan harakterlidir. So’ngan va ko’pdanko’pharakatdagivulqonlaFilippin, Yava va boshqa materik orollardagi tog’ tizmalirning eng baland tog’ tepalarini hosil qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |