Mundarija kirish I bob. Futbol kelib chiqish tarixi va o'yin qoidalari


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 53,29 Kb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi53,29 Kb.
#799713
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Futbol jarima to\'pini o\'yinga kiritib hujum uyushtirish

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Futbol tahlili haqida ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti: Futbol jarima to'pini o'yinga kiritish va hujum uyushtirish.
Kurs ishining predmeti: Futbolda turli taktika tuzilishi tahlili bilan tanishtirish ko’nikmalari.
Kurs ishining tarkibiy tuzulishi va hajmi: Kirish, 2 bob, 4 bolim, foydalanilgan adabiyotlar va xulosadan iborat.


I BOB. FUTBOL KELIB CHIQISH TARIXI VA O'YIN QOIDALARI
1.1 Futbol kelib chiqish tarixi
Dastlab futbolni Angliyada uynay boshlashgan FUTBOLning dastlab kelib chikishi Britaniya orollaridan boshlangan. Dastlab futbol tuplari uldirilgan xayvonlar terisidan tayerlangan futbol maydonlari sifatida bozor maydonlari yeki shaxar kuchalari xizmat kilgan. Vakt buyicha ertalabdan kechgacha uynash mumkin bulgan,fakat oek bilan emas tananing barcha kismi xattoki kul bilan xam uynash mumkin bulgan.Uyinchini ushlash chalish va unga tashlanib yikitishga xam ruxsat etilgan. Dastlab futbol juda kupol tarzda uynalgan va uyinchilarning kuplab jaroxat olishlariga sabab bulgan,feodallar va serkov xizmatchilari bunday kupol uyinni takiklashni bir necha bor talab etishgach 1313-yilda kirol Eduard II bu odamlarning maslaxatlariga kulok solib shaxar va uning atrofida futbol uynashni takiklab kuydi.Odamlar futbol uyinini shaxardan tashkari xududlarda kishlok va ovullarda uynay boshladilar.1333- yilda kirol Eduard III sheriflardan futbol uynovchilarni kattik nazoratga olish, insonlarning futbol uynashlariga yul kuymaslikni talab kildi. Anglichanlarga bu uyin yekardi ular bir necha bor kiroldan takikni bekor kilishni surashlariga karamasdan rad javobini olishgan, 1389- yilda kirol Richard II kirollikda futbol uynashni butunlay takiklab kuydi, kimda kim futbol uynasa juda kattik jazolangan.Xattoki ulim jazosiga maxkum etilishi xam mumkin bulgan. Bu takiklarga karamasdan Anglichanlar futbol uynashni davom ettirishgan.Ancha yillik muzokara va baxslardan sung dastlab 1592-Shotlandiyada,sungra 1603- yilda Angliyada futbol uynashga ruxsat berildi. Birinchi bulib bu uyinni futbol deb Anglichanlar nomlashgan va uni ommaga targib kilishgan ular uzlarini futbol asoschilari deb xisoblashga tula xaklidirlar. Angliyada 1863-yilda birinchi futbol assotsiatsiyasi tashkil etilgan, bundan tashkari birinchi futbol klublari va futbol koidalariga asos solindi, bir necha un yillardan sung bu koidalar xalkaro mikesda tatbik etildi. Yangi futbol koidari buyicha fakat oek bilan uynashga ruxsat etilib, kul bilan uynash man etilgan. Bu konun koidalar 1863-yil 8-dekabrda Kembrijdagi yiginda uz tasdigini topdi, shu davrdan boshlab futbol tez ravishda rivojlanib bordi.
1871-yilda uyin vakti 90’ kilib belgilandi.
1873-yilda uyinga aut va burchak tupi koidalari tatbik etildi.
1874-yilda uyirnchilar epikirovkasida (щitki) ximoya vositasi paydo buldi.
1875- yildan boshlab uyinni maydonda xakam boshkara boshladi.
Xushtak chalib uyinni boshkarish yulga kuyildi, shuningdek darvoza tusinlari (perekladina) urnatib birlashtirildi.
1891- yilda darvozaga setka osish, 11 metrli jarima tupi xamda maydondagi bosh xakam (assistentlari) yon tomonlardagi yerdamchilari paydo buldi.
1902- yilda darvozabonga butun jarima maydoni buylab kul bilan uynashga ruxsat etildi.
1909- yilda darvozabonning kiyimi maydondagi uyinchilar sport kiyimidan ajralib turishi lozimligi tasdiklandi.
1913- yilda erkin va jarima tuplari tepilaetgan vaktda rakib jamoa uyinchilari tupdan 9,12 sm masofada turishlari lozimligi tasdiklandi.
1872- yilda birinchi xalkaro futbol musobokasi bulib utgan unda Angliya va Shotlandiya terma jamoalari uzaro baxs yuritishgan uyinda 0:0 xisobi kayd etilgan.
1900- yilda futbol birinchi bor olimpiada uyinlari tarkibiga kiritilgan va unda Angliya terma jamoasi galaba kozongan.
1904-yilda Parijliklar tashabbusi bilan FIFA(xalkaro futbol federatsiyasi) tashkil topgan.Xozirda FIFAga 200 dan ortik davlat a’zo, Djovanni Vinchenso Infantino(tugilgan23.03.1970 Щvesariya) 26 fevral 2016 dan FIFAning 9- prizidenti
1930- yilda futbol buyicha I-jaxon chempionati musobakalari utkazilgan. Final uyinida Urugvay termasi Argentina termasi ustidan 4:2 xisobida galaba kozonib musoboka golibiga aylanishgan.
1954-UEFA(Yevropa futbol assotsiatsiyasi) tashkil topgan, xozirda UEFAga 54 davlat a’zo Aleksandr Cheferin(tugilgan 13.10.1967 Sloveniya) 2016-yildan boshlab UEFAning 7-chi prizidenti.
1960-yilda birinchi bor Yevropa chempionati musobakalari utkazilib, final uyinida sobik Ittifok jamoasi Yugoslaviyaliklar ustidan 1:0 xisobida galaba kozonib musoboka golibiga aylanishgan.
OFK(Osiyo futbol konfederatsiyasi) 1954-yilda tashkil topgan.O‘zbekiston 1994-yildan boshlab ushbu tashkilot a’zosi xisoblanadi.OFK shtab kvartirasi Malayziyaning Kuala-Lampur shaxrida joylashgan bulib,xozirda bu tashkilotga 47 ta davlat a’zo. OFK prizidenti Salman bin Ibragim Al-Xalifa (Baxrayn) 2013-yil 2-mayda saylangan. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prizidenti Azizov Abdusalom Abdumavlonovich 2019-yilda saylangan Futbol eng qadimiy o‘yinlardan biridir. Inglizlarning e’tirof etishlaricha, oyoq bilan to‘p o‘ynash Britan orollarida IX asrdayoq juda mashhur bo‘lgan. 1863 yil 26 oktyabrda Londonda Angliya futbol uyushmasining tashkil etilishi paytida bu o‘yinning 13 moddadan iborat bo‘lgan ilk rasmiy qoidalari tasdiqlangan. Keyinchalik bu qoidalar boshqa barcha milliy uyushmalar uchun futbol o‘yinining asosi bo‘lib koldi.
Futbol o‘yinining ilk qoidalarida belgilanishicha, maydon uzunligi 200 yard (183 metr)dan, kengligi 100 yard (91 metr)dan oshiq bo‘lmasligi kerak. Darvozalar ikki ustundan iborat bo‘lib, ular orasida to‘sin bo‘lmagan va ustunlar orasidagi masofa 8 yard (7,32 m) bo‘lgan. 1866 yilda darvoza balandligini cheklash uchun ustunlar orasiga arqon tortib qo‘yilgan. Yana 10 yil o‘tib, bu arqonni yog‘och to‘singa almashtirishgan.
Darvozabonning qo‘l bilan o‘ynashga haqqi yo‘q edi. 1871 yilda o‘ng qo‘l bilan o‘ynashga ruxsat berilgan, u ham bo‘lsa faqat darvoza maydoni ichida. Darvozabonning jarima maydoni ichida ham qo‘l bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritishi uchun 30 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi (1902).
Uzoq vaqt mobaynida na jarima to‘pi, na 11 metrlik zarba bo‘lgan. Qoidabuzarlik uchun erkin zarbalar bilan chegaralanib qolinaverardi. Nihoyat, 1891 yil eng qat’iy jazolardan biri − 11 metrlik zarba kiritildi, uni inglizcha so‘z bilan «penalti» deb ataydilar.
Futbol shakllanayotgan davrlarda jamoa sardorlari o‘yin qoidalariga rioya qilinishini kuzatib turardilar. Futbol maydonida hakam 1880 yilda paydo bo‘ldi, 1 yildan so‘ng esa hakam ikkita yordamchisi bilan maydonga chiqa boshladi. Hushtak 1878 yilda kiritildi, bunga qadar hakam to‘xtatish yoki o‘yinni qayta boshlash uchun ovozdan yoki qo‘l harakatlaridan foydalanardi. O‘sha yillarda barcha milliy futbol uyushmalari uchun qoidalar bir xil yoki majburiy bo‘lmagan. Har bir uyushma o‘z xohishiga ko‘ra bu qoidalarga turli o‘zgartirishlar kiritishi mumkin edi. Bu vaziyat xalqaro uchrashuvlar o‘tkazish yoki xalqaro musobaqalar tashkil etishda qiyinchiliklar tug‘dirardi. 1882 yili mustaqil futbol ittifoqlari, ya’ni Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya ittifoqlarining birlashuvi bo‘lib o‘tdi. Bunda yagona qoidalar qabul qilindi va futbol qoidalarida u yoki bu o‘zgarishlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan xalqaro Kengash tasdiqlandi.
1871 yilda Angliyada mamlakat Kubogining yo‘nalishi tasdiqlandi. Bu kubok uchun hozirda ingliz futbol klublari kurash olib boradilar xalqaro miqyosdagi ilk futbol uchrashuvi Angliya va Shotlandiya jamoalari o‘rtasida 1873 yilda bo‘lib o‘tdi. O‘yinchilar jamoadagi joylashishi hozirgidan boshqacharoq bo‘lgan. Angliya jamoasida 7 nafar o‘yinchi hujumda, 1 nafari yarim himoyada bo‘lgan, shuningdek, 2 nafar himoyachi va 1 nafar darvozabon bo‘lgan. Shotlandiya jamoasi tarkibida esa 6 nafar hujumchi, 2 nafar yarim himoyachi va 1 nafar darvozabon bo‘lgan. XIX asrning 80-yillarida futbol o‘yini Yevropa qit’asidagi mamlakatlarga yoyila boshladi. 1875 yilda futbol Gollandiyaga, keyinroq esa Daniyaga kirib keldi. 1882 yildan boshlab Shveysariyada, 1890 yildan Chexiyada, 1897 yildan esa Rossiyada futbol o‘ynay boshladilar.
1882 yilda xalqaro uyushmalar boshqarmasiga asos solindi. Nihoyat, 1904 yil 21 mayda Fransiya tashabbusiga ko‘ra hozirda 200 dan ortiq davlatlar a’zo bo‘lgan Xalqaro Futbol Uyushmasi – FIFA tashkil etildi. FIFA bilan bir qatorda 1954 yildan boshlab Yevropa Futbol ittifoqi – UEFA ham faoliyat ko‘rsatadi.
1930 yildan boshlab har 4 yilda futbol bo‘yicha jahon chempionati, 1958 yildan boshlab esa milliy terma jamoalar qatnashadigan Yevropa chempionatlari o‘tkazilib kelmoqda. 1900 yilda futbol olimpiya sport turiga aylandi, ammo rasmiy jihatdan u Olimpiya o‘yinlari dasturiga 1908 yilda kiritilgan. Osiyo Futbol konfederatsiyasi (OFK) 1954 yili tuzilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda 44 ga yaqin mamlakatlarni birlashtiradi. O‘zbekiston Futbol federatsiyasi 1994 yildan FIFA va OFK ga a’zo bo‘lgan, hozirda FIFA va OFK tomonidan o‘tkaziladigan barcha rasmiy musobaqalarda qatnashib kelmoqda. Futbol (inglizcha foot — oyoq, ball — to’p) — sport o’yini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45— 90) da to’p bilan jamoa bo’lib o’ynaladi. Futbol to’pining og’irligi 410—450 g, aylana diametrining uzunligi 68—70 sm, o’yinning asosiy vaqti 90 minut (45 minutdan 2 bo’lim, 12—15 minut tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan bo’ladi. O’yindan maqsad raqib darvozasiga to’pni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qo’ldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qo’l bilan o’ynashi mumkin (jarima maydonchasida). Futbolga o’xshash o’yinlar miloddan avval Misr va Sharq mamlakatlarida ma’lum bo’lgan, keyin Yevropaga o’tgan. 1848 yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij universiteti o’qituvchilari Futbolning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863 yilda Angliya Futbol uyushmasi tuzilib, Futbol qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Janubiy Amerika davlatlarida ham Futbol uyushmalari tashkil kilindi. 1896 yil Futbol olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi. 1904 y.da xalqaro futbol federatsiyasi —FIFA tuziddi. Futbol Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa Futbolchilar bu o’yinning jahonda ommaviylashishiga hissa qo’shishdi. O’zbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy Futbol qoidalari asosida o’yinlar o’tkazilgan. 1912 yilda Qo’qonda birinchi Futbol jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham Futbol jamoalari paydo bo’ldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 yildan O’zbekiston birinchiligi) muntazam ravishda o’tkazila boshlandi. 1956 yilda Toshkentda «Paxtakor» jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada Futbolning rivojlanishiga turtki bo’ldi. 20-asrning 80-yillaridan O’zbekistonda Futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix O’zbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitьalarda ham nom qozondilar. 1959 yilda tashkil etilgan O’zbekiston futbol federatsiyasi 1992 yilda (keyin 2001 yilda) qayta ro’yxatdan o’tdi. 1992 yildan Futbol bo’yicha O’zbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar o’tkazib kelinyapti, Futbol jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi ta’minlanayapti. Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari to’g’risida» (1993 yil 18 mart) hamda «O’zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va printsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida» (1996 yil 17 yanvar)gi qarorlari Futboldagi yutukdarga zamin yaratdi. Farg’onaning «Neftchi» klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), «Paxtakor» klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida o’ynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), O’zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo o’yinlari (1994) va AfrikaOsiyo o’yinlari (2003) g’olibi bo’ldi. Hozirgi kunda O’zbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2 ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti.

Download 53,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish