Mundarija Kirish. I. Bob. Davlat tuzilish shakllari


Qoraqolpoq’iston Respublikasining huquqiy holati



Download 2,09 Mb.
bet8/9
Sana28.01.2023
Hajmi2,09 Mb.
#904787
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi

Qoraqolpoq’iston Respublikasining huquqiy holati 
Qoraqalpog’iston Respublikasi suveren bo’lib, O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpoq’iston Respublikasi o’z Konstitutsiyasini o’zi tasdiqlaydi. O’zining ma`muriy-hududiy tuzilishi masalalarini o’zi mustaqil hal qiladi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruv tizimini o’zi belgilaydi. Davlat hokimiyati tizimini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga taqsimlanishi asosiga quradi, O’zbekiston Respublikasi siyosatiga mos holda o’z mustaqil siyosatini yurgizadi. Qoraqalpoqiston Respublikasi hududi bo’linmas daxlsizdir. Bu millatning o’z eriga o’z boyliklariga o’zi egalik qilishidir. Bu tenglararo teng bo’lish, keng dunyo minbariga chiqish, xalqaro munosabatlar o’rnatish huquqidir. Koraqalpoqiston Respublikasi davlat tili qoraqalpoq va o’zbek tilidir.
Bu millatning o’z taqdirini o’zi belgilashi va farzandlari istiqbolini o’zi yaratishi, hal qilishidir. Bular O’zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza qilinadi.
Qoraqalpoqiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi singari ishlab chiqilib, umumxalq muhokamasiga qo’yilgan, so’ngra xalq erkin-irodasini hisobga olib, qabul qilingan. Koraqalpoqiston Respublikasi Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga aslo zid emas. Chunki Qoraqalpoqistonning O’zbekiston tarkibiga suveren davlat bo’lib kirishiga rozilik bildirgan xalq Qoraqalpoqiston Konstitutsiyasining ham O’zbekiston Konstitutsiyasiga zid bo’lishini aslo istamaydi. Chunki bu konstitusiyalar umuminsoniy qoyalar-tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va mamlakatlararo do’stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi eng uluq qoyalarga xizmat qiladi. Mana shu yangidan bunyod etilgan Qoraqalpoqiston suveren Respublika va mustaqil O’zbekiston Respublikasi xalqlarining abadiy birligi va qon-qarindoshliginiQKoraqalpoqistonning yangi qabul qilingan Asosiy qonuni ham tasdiqlaydi va Qoraqalpoqiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshdan-oyoq ana shunday olijanob manfaatlar ruhi bilan suqorilgandir.
O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo’lganidan qat`iy nazar, hamma uchun tengdir va bu bilan u Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda mustahkamlanib qo’yilgan huquq va erkinliklarga ega buladi. huningdek, u ma`lum burchlarni bajarishga majburdir. hu ma`noda O’zbekiston Respublikasi qonunlarining Koraqalpoqiston Respublikasi hududida ham majburiyligi, ayni vaqtda, Koraqalpoqiston fuqarolari uchun ham majburiydir.
O’zbekiston Respublikasining hozirgi ma`muriy-hududiy bo’linishi respublikaning ishlab chiqarish kuchlar ahvolini, ularning joylashish xarakterini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi.
Viloyat respublika ma`muriy-hududiy tizimidagi yuqori bo’qinidir va eng yirik bo’linma sifatida alohida o’rin tutadi. Hududiy tizimining qolgan bo’qinlari - tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul, viloyatning tarkibiy qismlari, ichki bo’qinlari bo’lib, shu tariqa u muhim tashkiliy funkciyani bajaradi. Chunki u orqali respublika davlat vakillik hokimiyat organi va boshqaruv idoralari bilan aloqa boqlashning butun tizimi amalga oshadi. Bunday holat viloyat quyi turuvchi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari faoliyatiga nafaqat rahbarlik qilishini, balki ularni umumdavlat va mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtirishni anglatadi.
Tuman-qishloq joylardagi iqtisodiy xo’jalik va ijtimoiy-madaniy hayotga bevosita rahbarlik qilishning muhim bo’qinidir. O’zbekistonning ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan, yangi tabiiy resurslarni o’zlashtirish hamda aholi sonining o’sishi bilan ma`muriy-hududiy bo’linmalarining chegarasi, o’zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo’qinlari hisobiga ro’y beradi.
O’zbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika itoatidagi (Toshkent shahri), viloyat, Qoraqalpoqiston Respublikasi va tuman itoatidagi shaharlarga bo’linadi.
Qishloq, ovul, shaharcha - respublika ma`muriy-hududiy tizimidagi eng quyi bo’qinidir.
Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat
• Oʻzbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va boʻlinmasligi;
• Qonuniylik;
• Maʼmuriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining samaradorligi;
• Maʼmuriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi.
Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat.
Viloyatlar tumanlardan, shuningdek, viloyat va tuman boʻysunuvidagi shaharlardan, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardan iborat. Viloyat boʻysunuvidagi shaharlar doirasida ham tumanlar tashkil qilinishi mumkin.
Viloyatlarning maʼmuriy-hududiy chegaralari doirasida respublika boʻysunuvidagi shaharlar boʻlishi mumkin.
Toshkent shahri tumanlardan iborat.
Maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari boʻyicha komissiyalar maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini hamda viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlarining iltimosnomalarini koʻrib chiqish hamda davlat ekspertizasidan oʻtkazish maqsadida tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan komissiya tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi rahbarlari kiritiladi.
Koʻrib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, komissiyalar tarkibiga davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ham kiritilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlari va shaharlari) hokimlari tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar tarkibiga koʻrib chiqiladigan masalalar mazmuniga qarab, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari kiritilishi mumkin.
Komissiyalarning ishlash va ularning faoliyatini tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyatlarni tuzish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
• viloyatni tuzish yoki tugatish zarurligi va maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan taklif;
• Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qarorlari loyihalari;
• Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan komissiya xulosasi;
• viloyat chegaralarining va viloyat tarkibiga hududlari oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi hamda viloyat chegaralari chizigʻining tavsifi (viloyatni tuzish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
• tarkibiga tugatilayotgan viloyat hududi oʻtkazilayotgan maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarining kartografik chizmasi va maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralari chizigʻining tavsifi (viloyatni tugatish toʻgʻrisidagi taklifga ilova qilinadi);
• viloyatni tuzish yoki tugatish bilan bogʻliq tegishli hisob-kitoblar va xarajatlarni moliyalashtirish manbalari.
Qaror bilan oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish qoidalari tasdiqlandi.
Unga koʻra, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doirada Oʻzbekistonning oʻlchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan tasdiqlangan turdagi oʻlchash vositalarini qoʻllashga ruxsat beriladi.
Ishlab chiqariladigan va (yoki) seriyalab ishlab chiqarilishi moʻljallangan oʻlchash vositalari va Oʻzbekiston hududida toʻp holida ishlab chiqariladigan va (yoki) olib kiriladigan oʻlchash vositalari davlat sinovlaridan oʻtkaziladi.
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish ishlari uchun haq shartnomaga muvofiq ariza beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish davomiyligi 25 ish kunidan oshmasligi kerak.
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan oʻtkazish natijalari ijobiy boʻlganda ijrochi 2 ish kuni mobaynida oʻlchash vositalarini sinovdan oʻtkazish natijalariga ega boʻlgan hujjatlarni “Oʻzstandart” agentligiga yuboradi hamda Agentlik oʻlchash vositalarining turini tasdiqlaydi va reyestrda roʻyxatga oladi.
“Oʻzstandart” agentligi rahbarligidagi akkreditatsiyadan oʻtgan davlat metrologiya xizmati organi ijrochi hisoblanadi.
Oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash sertifikatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi.
Ushbu qoidalar davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan sohada oʻlchash vositalarini qoʻllaydigan barcha shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Har yili 24-iyul sanasida chop etilishi anʼanaga aylangan nashr bu yilgi pandemiya taʼsiri ostida kechiktirilgani maʼlum qilingan edi.
Xoʻsh, bu yilda dunyo mamlakatlarining innovatsion faoliyatidagi dinamikasida qanday oʻzgarishlar yuzaga keldi?
Avvalo Oʻzbekistonning uzoq muddatli tanaffusdan soʻng yana qayta Global innovatsion indeksi reytingida roʻyxatga kiritilgani biz uchun asosiy va shu bilan birga muhim boʻlgan oʻzgarishlardan biridir. Buni albatta respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning, xususan shaffoflik va ochiqlik siyosati hamda innovatsion faoliyatdagi ijobiy oʻzgarishlarning natijalari deya eʼtirof etish mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi soʻngi marotaba 2015-yil ushbu xalqaro reytingda 140 dan ortiq davlatlar ichida 122 oʻrinni egallagani maʼlum. 2020-yilda Oʻzbekiston 131 dan ortiq dunyo mamlakatlari ichida 93 oʻrinni egalladi.
2020-yilda 80 ta koʻrsatkichlardan iborat boʻlgan Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari ichida Institutsional rivojlanish (Institutions), Inson kapitali va ilmiy tadqiqot faoliyati (Human capital & research), Infratuzilma (Infrastructure), Bilim va texnologiyalar natijadorligi (Knowledge & technology outputs) va Ijodiy natijadorlik (Creative outputs) kabi yoʻnalishlardagi indikatorlarda ijobiy natijalarga erishganini koʻrish mumkin.
Shu oʻrinda, Global innovatsion indeks reytingda yetakchilik qilayotgan davlatlar, respublikamizga qoʻshni boʻlgan va boshqa ayrim iqtisodiyotlarning ham 2020-yildagi erishgan natijalarini keltiramiz. Shveysariya- 1 oʻrin, Rossiya – 47 oʻrin, Qozogʻiston – 77 oʻrin, Qirgʻiziston – 94 oʻrin, Tojikiston – 109 oʻrinni egallagan.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5544-sonli “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiya toʻgʻrisida”gi Farmonida asosiy vazifalardan biri etib 2030-yilga qadar respublikamizni Global innovatsion indeks baholash reytingida yetakchi 50 ta davlatlar qatoriga kiritilishi belgilangan.

Xulosa
2020-yil Oʻzbekiston Global innovatsion indeksiga qaytdi, – deb sharh berdi mazkur mavzu yuzasidan Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov. – Mana shu qaytishning oʻzi yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijasidir. Oʻzbekistonning 93-oʻrinda boʻlishi hozirgi paytda ilm-fanga berilayotgan eʼtibor, innovatsion rivojlanishiga qaratilgan resurslarning samarasidir. Oxirgi yillarda ilm-fanga kiritilgan investitsiyalar, nomativ-huquqiy hujjatlar bazasining shakllantirilishi, eng muhimi, olimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va ijod erkinligi Global innovatsion indeksdagi oʻrnimizni belgiladi. Buni kelajakda ilm-fan va innovatsiyalarga katta investitsiyalarni jalb qilish uchun bir qadam deb hisoblash mumkin.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tegishli davlat boshqaruv organlari va idoralari bilan yaqin hamkorlikda soʻngi yillarda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish va Global innovatsion indeks reytingiga kiritilishini taʼminlashga qaratilgan salmoqli ishlarni amalga oshirdi. Jumladan,
• Global innovatsion indeks xalqaro reytingi asoschilari va 15 dan ortiq xalqaro tashkilotlari bilan bir qator uchrashuvlar va muzokaralar olib borish orqali hozirgi kunga qadar Oʻzbekistonning reytingga kiritilishi uchun toʻsiq boʻlib turgan muammolar oʻrganildi.
• Oʻzbekistonning Global innovatsion indeks reytingiga kiritilishi uchun taqdim etilmagan va eskirgan maʼlumotlar roʻyxati yuqoridagi hamkorliklar natijasida shakllantirildi va belgilangan xalqaro talablar asosida taqdim etish masalalari hal etildi.
• Oʻzbekistonning Global innovatsion indeks reytingiga kiritilishi va mavjud muammolarni tizimli ijobiy hal etish maqsadida mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan koʻplab rasmiy uchrashuvlar oʻtkazildi. Xususan, 2019-yil 29-31-oktyabr kunlari InnoWeek.uz 2019 innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Butun Jahon Intellektual Mulk Tashkiloti rahbariyati, Elsevier vakillari va boshqa xorijiy tashkilotlar ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasini Global innovatsion indeks reytingidagi oʻrnini yaxshilash” mavzusida davra suhbati tashkil etilgan.
• Global innovatsion indeks 15 ta xalqaro indekslar, 4 ta Jahon iqtisodiyot forumi (World Economic Forum) tomonidan olib boriladigan soʻrovnomalar va 61 ta koʻrsatkichlarga tegishli miqdoriy statistik maʼlumotlardan tashkil topgan. 2015-yil holati boʻyicha oʻrganilganda, respublikamiz ushbu reytingda 141 ta davlatlar ichida maʼlumotlarning yetarli darajada emasligi va mavjud statistik maʼlumotlarning eskirganligi boʻyicha 4-oʻrinda deb topilganligini inobatga olgan xolda, Oʻzbekistonning 2020-yilda ushbu reytingda aks etishi ham xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
• Mamlakatimizdagi innovatsion faoliyatda tub ijobiy burilishlar xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam tarzda eʼtirof etib kelinmoqda. Jumladan, Global innovatsion indeks nashrining bu yilgi sonida mamlakatimizning innovatsion faoliyatidagi oʻzgarishlariga toʻxtalib, soʻngi yillardagi davomiy va tizimli islohotlarning natijasi Oʻzbekistonning Global innovatsion indeksga 2020-yilda kiritilishi va Oʻrta Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlari ichida toʻrtinchi oʻrinda ekanligi taʼkidlangan.
• Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil Global innovatsion indeksga kiritilishida yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik va idoralarga hamda xorijiy tashkilotlarning respublikamizdagi barcha rasmiy vakolatxonalariga xususan, Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat statistika qoʻmitasiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, har yili 2-sentyabr Islom Karimov xotirasi kuni sifatida, bu ulugʻ insonni yod etish, hayoti va faoliyatini oʻrganish bilan bogʻliq tadbirlar oʻtkazilishi anʼanaga aylandi.


Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari dastlab Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi.
Qurʼon tilovat qilindi.
Birinchi Prezidentimizning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yoʻlidagi xizmatlari yodga olindi.
Shundan soʻng viloyat jamoatchiligi vakillari Registon maydoni yaqinida oʻrnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qoʻydilar.
Tadbirlarda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Peshkoʻda ulkan bayroq oʻrnatildi. Davlat bayrogʻining balandligi 42 metr, hajmi 10 metrga 5 metr, deyiladi Buxoro viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.
Bugun tuman markazi yana-da chiroy ochib, bir-biridan muhtasham inshootlar qad rostlamoqda. Mazkur ulkan bayroq peshkoʻliklarning milliy ramzimizga sadoqatining amaliy tasdigʻi boʻldi.
Davlat bayrogʻining oʻrnatilganligi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir katta tantanaga aylandi. Mustaqilligimizning ramzi boʻlgan Davlat bayrogʻi bu yerga tashrif buyurgan har bir yurtdoshimiz qalbida faxr-iftixor tuygʻularini joʻsh urdiradi. Qolaversa, yosh oʻgʻil-qizlarimizning vatanparvar, oʻz yurtiga sodiq, komil inson boʻlib voyaga yetishlariga ushbu salobatli bayroqning hissasi katta boʻladi.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish