MUNDARIJA:
KIRISH …………………………………….……………………………...………2
I BOB. Boshlang’ich ta’limda pedagogik texnologiyalarda foydalanishning nazariy asoslari
1.1 . Pedagogik texnologiya haqida tushuncha ……………………………………4
1.2 “Yuzlik” mavzusini nomerlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish .…………………………………………………………….………………….......10
II BOB. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini nomerlashga o’rgatishning amaliy asoslari
2.1. 10 ichida sonlarni nomerlashga o’rgatish ........................................................14
2.2. 100 ichida sonlarni nomerlashga o’rgatish ......................................................19
XULOSA …………….…………………...…………….….………......................25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ……….....………….…...26
ILOVALAR ……………………………………………………..…………….…28
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo’lib turibdi. Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning eng samarali zamonaviy muammoli texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o’rganib borishi orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Umumiy o’rta-ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan uzluksiz matematik ta’lim tizimi jarayonida pedagogik tajribani o’rganish va yoyish, zamonaviy muammoli texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.
Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo’yicha bilimlar berish bilan birga ularga o’rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo’lishini ta’minlash, ularni qo’llay olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo’llashlari uchun zarur ko’nikma va malakalarni shakllantirish boshlanqich matematik ta’limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim.
Shu nuqtai nazardan o’quv jarayonida matematik masalalar, jumladan hayotiy mazmunli,ularning to’plagan tajribasiga asoslangan masalalarni echish usullariga va ularni qo’llashga o’rgatish o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularni ta’lim mazmuni va o’rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish, o’zaro aloqadorlikda va o’quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo’shgan holda o’qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bu usullarni ishlab chiqish va amalda qo’llash o’qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Boshlang’ich ta’limda matematika o’qitishning asosiy maqsadlaridan biri ham o’quvchilar intellektual tafakkurini shakllantirish asosida o’quvchilar qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish hisoblanadi.
Albatta, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutloqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim–tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashishini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: |