Mundarija kirish i-bob bolaning nutqini o’stirishda grammatikaning o’rni va ahamiyati



Download 33,48 Kb.
bet1/5
Sana03.07.2022
Hajmi33,48 Kb.
#736723
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2. Bolaning nutqini o’stirishda oilaning ahamiyati Tovushlarni t


MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB BOLANING NUTQINI O’STIRISHDA GRAMMATIKANING O’RNI VA AHAMIYATI
1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga doir vazifalar
1.2 Bolaning nutqini o’stirishda oilaning ahamiyati
1.3 Tovushlarni talaffuz qilish usullari
XULOSA
ADABIYOTLAR RO`YXATI


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillikka erishgan mamlakatimizda yoshlar ta’limini va tarbiyasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi. Kitobxonlikka mehr uyg‘otish bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bodgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Zero yoshlar bizning kelajagimiz biz ularga qanchalik farovon, mamlakatimiz tinch osoyishta bodadi.
Respublikamiz prezidenti Sh. Mirziyoev 2016 yil 14 dekabr kuni bodib odgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bodib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bodib kamol topishi, baxtli bodishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” 1. degan edilar. Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 32 foizi, ya’ni 10 millionini 30 yoshgacha bodgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda ta’lim tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturning hayotga tadbiq etilishi samarasi odaroq, yoshlarimiz Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bodgan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib bormoqda.
Shubhasiz, yosh avlodning zamon talablariga munosib, mustaqil fikr- qarashiga ega, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyat sohibi va dunyoning har bir burchagidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bodib kamol topishida adabiyot va san’atning roli beqiyosdir. Bolalik davridan kitobga mehr qo‘yish, mutolaa madaniyatini shakillantirish zarurdir.
Ayniqsa bolalarga atalmish vaqtni matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg‘otish ta’lim - tarbiya berishda juda katta ahamiyat va odinni egallaydi.

I-BOB BOLANING NUTQINI O’STIRISHDA GRAMMATIKANING O’RNI VA AHAMIYATI


1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga doir vazifalar
Nutq vazifasi va shakli. Kattalar bilan ko‘rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular bo‘yicha muloqot qilishni yo‘lga qo‘yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o‘yinlarda o‘yinga kirishib ketish uchun sharoitlar yaratish. O‘z nutq faolligi paydo bo‘lishini rag‘batlantirish: muloqotdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o‘yin vaziyatlari, o‘rin bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish.Buyumlar xususiyatlari va ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va munosabatlarga qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn shaklidagi (3- 4 ta gap) mulohaza va fikrlashlarni rag‘batlantirish. Lug‘at. Bolalarni buyumlarning yangi nomlari, ularning sifati, umumlashtiruvchi nomlari bilan tanishtirish, qiyoslashda qarama-qarshi ma'noli (antonimlar) so‘zlardan foydalanishga, ko‘rgazmali vaziyatga tayanmasdan lug‘atdan foydalanishga undash. Grammatik qurilish. Yangi so‘zlarni grammatik jihatdan o‘zgartirishga va gapdagi so‘zlar bilan kelishtirishga undash. So‘zlar va ularning shakllarini mustaqil ravishda hosil qilish, nomlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik aloqalarni tadqiq qilishning o‘ziga xos bolalarcha usuli sifatida so‘z ijodkorligidan foydalanish. Narsalar va hodisalar o‘rtasidagi aloqalarga oid o‘z tushunchalarini murakkablashtirilgan gap tuzilmasi (yoyilmagan oddiy, bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap) orqali aks ettirish. Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni rivojlantirish (berilgan u yoki bu tovushni talaffuzda ajratish va so‘zda eshitish qobiliyati). Artikulyatsiyani, unlilarni va oddiy undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish, shovqin bilan chiquvchi va sonor tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni o‘zlashtirish qobiliyatini takomillashtirish. Nutqning ifoda jihatini, nutq sur'atini, ovoz kuchini, nutqiy nafasni erkin tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish. To'liq aqliy rivojlanishning eng muhim sharti - bu bolaning nutqini o'z vaqtida to'g'ri bajarishdir.
Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh) Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o‘ringa o‘tadi. Bola o‘z tengdoshini kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi. O‘yin jarayonidagi o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo‘la boshlaydi. Sherik bilan dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‘ladi. Bolalar endi qo‘shnilari e'tiborini jalb qila oladilar, o‘zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqining vazifalari turlichadir. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda, o‘ziga, o‘z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o‘zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta'sir ko‘rsatishda, o‘z faoliyatini tashkil etishda, o‘yindagi o‘z o‘rtog‘ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning nutqi shuningdek, ob'yektiv aloqalarning o‘ziga xos sohasi sifatida namoyon bo‘ladi, u bularni so‘z, tovush, qofiyalar va fikrlar bilan o‘ynab turib anglaydi. Nutqiy rivojlanishga til qobiliyatlarini - til elementlari va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish qoidalarini o‘z ichiga oluvchi harakatchan, funksional tizimlarni shakllantirish sifatida qaraladi. Bu til umumlashtirmalari negizida yaratiladigan individual til tizimidir. Turli yosh bosqichlarida turli til vositalarini, ya'ni: nutq tovushlari, leksik-grammatik materiallar va boshqalarni o‘zlashtirishda bolalar nutqida individual farqlar kuzatiladi. Shuningdek, bolalar nutqi shakllanishining asosiy bosqichlarida ham individual farqlar kuzatiladi. Bolalar tili nafaqat kattalar tilining dastlabki bosqichi, balki o‘z xususiy qonunlariga bo‘ysunadigan to‘la mustaqil tuzilmalar hamdir. Bola nutqi - bolaga oid bo‘lgan o‘ziga xos submadaniyatning qimmatli ovozidir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan bog‘liqdir. «…Tilni egallash jarayoni - bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy). Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta'sirlar bilan belgilanishi, ikkinchi tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, «o‘z-o‘zidan harakatga kelishi» bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib chiqishni talab qiladi.
Lug‟atni rivojlantirishda uni sifat jihatdan takomillashtirish dastlabki o‟ringa chiqadi. Bu antonimiya (o’tkir-o’tmas, achchiq-chuchuk), sinonimiya (o’tkir - uchi o’tkirlangan, o’tkirlangan), ko‟p ma‟nolilik (o’tkir pichoq, achchiq qalampir, achchiq til) kabi hodisalarni tushunish va ularni nutqda faol qo‘llashga taalluqlidir. Bolalar narsalar, tabiat hodisalari, insonlar qilmishlarini ko‘rib, ulardagi har xillik va umumiylikni aniqlashni hamda ularni ma‘nosi qarama-qarshi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar, taqqoslashlar, aniq fe‘llar, tashbeh (epitet)lar yordamida nutqda aks ettirishni o‘rganadilar. So‘z birikmasiga sinonim yoki antonimni tanlab olish usullari bolalarga so‘zlarning ko‘p ma‘noga egaligini tushuntiradi. Narsalarning funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar (hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va boshq.) shakllanadi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ham til borlig‘ini eng oddiy anglashni shakllantirish bilan o‘zaro bog‘liqdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar so‟zlar, tovushlar, qofiyalar bilan faol o‘ynaydilar. Ular so‘z jaranglagandagi umumiy va alohida jihatlarni payqay oladilar, artikulyatsion va akustik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni (S-SH, S-Z) farqlay oladilar, maqol, matal va tez aytishlardagi 4-5 ta so‘zda uchragan tovushlarni sezadilar. Maktabgacha katta yoshda nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabat paydo bo‘lishi hamda rivojlanishi, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga intilish bilan bog‘liq. To‘g‘ri so‘zlashga intilish grammatikaning barcha sohalari – morfologiyada (aniq shakl hosil qilishda, shakllarning turli-tumanligini o‘zlashtirishda: stollar, stullar, qavatlar va boshq.), so‘z hosil qilishda, (non uchun – nondon, tuz uchun tuzdon va boshq.) sintaksisda (og‘zaki nutq qurilmasini yengib o‘tish: va bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni cho‘zib yuborish, bitta gapda to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish va boshq.) ko‘zga tashlanadi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilish ko‘proq yetti yoshli bolalarga xosdir.
Besh yoshli bolakay hali ham grammatik shakllar ustida zavq bilan mashq qiladi va aynan mana shu so‘z bilan mashqlar kelajakda grammatik jihatdan to‘g‘ri ifodalangan nutq uchun poydevor yaratadi. Fikr bildirish hajmi va nutqning tezkorligi nafaqat bolaning faol lug‘at zahirasini, balki uning «o‘ta tezkor sintez» qila olish qobiliyatini ham tavsiflaydi. Bundan tashqari, fikr bildirish hajmi uning ob‘ekt bilan tanishlik darajasidan dalolat bermoqda. Bolalarning biron-bir narsa, hodisa haqidagi bilimlari qanchalik chuqur va xilma-xil bo‘lsa, ularning fikr bildirishlari ham shunchalik keng bo‘ladi. Bolalarning nutqida oddiy gaplar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Ba‘zan ESA, VA kabi bog‘lovchilar ishtirokida tuzilgan va ba‘zan esa ularsiz bog‘langan qo‘shma gaplar ham uchrab turadi. Bildirish xususiyatiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardir, nutq bir xil ohangda jaranglaydi, ko‘pincha so‘zlar o‘rtasidagi sintaktik bog‘liqlik, ya‘ni: gapdagi so‘zlar tartibi, inversiya buzilishiga oid xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bolalar fikrlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, ularning nutqida aniq ma‘noli otlar ustunlik qiladi. Nutqni otlar bilan boyitish quyidagi sharoitlar ta‘sirida ro‘y beradi: bola o‘zi uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarninggina nomlarini o‘zlashtirib olmoqda; unga tanish narsalar va shaxslar ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, bolalar nutqida sifatdosh va ravishdosh uchramaydi. Ularning nutqida qiyosiy daraja mavjud emas. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning ravon nutqini tadqiq etish natijalari Ertakni aytib berishda bolalar tomonidan qo‘llanilayotgan so‘zlar soni 19 dan 65 tagacha yetdi; gaplar soni esa 5-14 ni tashkil qildi. Bolalar nutqda asosan, oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalanishdi. O‘zbek tilidagi nutq madaniyatini tadqiq etish natijalari shundan dalolat bermoqdaki, o‘rganilayotgan bolalarning artikulyatsiya apparatlarida biron-bir organik kamchiliklar qayd etilmagan (qisqa qizilo‘ngach, dislaliya – tinglash qobiliyati normal bo‘lgani holda tovushlarni talaffuz qilishning buzilishi va boshq.). 3 nafar bolada yashirin rinolaliya (ovoz tembri va tovush talaffuz qilishning buzilishi) – ya‘ni, poliplar tufayli burundan havo o‘tmasligi aniqlangan; 4 nafar bolada disfoniya – haddan tashqari baland ovozda gapirish (qo‘shiq aytish, o‘yin paytida qichqirish) natijasidagi zo‘riqish sababli ovozning zaiflashib, xirillab qolishi kuzatildi. Bolalar nutqida nutqiy nafas olishning shakllanmaganligi, bolalarning nutqiy nafas chiqarishni so‘zlanayotgan jumlaning uzunligiga mos ravishda taqsimlay olmaganliklari tufayli pauzalar kuzatildi. Leksik buzilishlar shundan iborat bo‘ldiki, bolalar kerakli so‘zlar o‘rniga ushbu vaziyatga mos kelmaydigan boshqa so‘zlarni qo‘lladilar. Grammatika sohasidagi kamchiliklar shundan iborat bo‘ldiki, bolalar gapda so‘zlarni noto‘g‘ri joylashtirdilar (inversiya). Axborot tusiga ko‘ra bolalar hikoyalaridagi aksariyat gaplar darak gaplardan iborat bo‘ldi. Hikoya tuzishda bolalar nutqi bir xil ohangda jarangladi (monoton), savol yoki undov ovoz bilan ta‘kidlanmaydi, Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ona (o‘zbek) tilidagi ravon nutqini tadqiq qilish natijalari og‘zaki matnni so‘zlab berishda jumlalar hajmi 4-10 ta gap doirasida, yoki 13- 45 ta so‘zdan iborat bo‘lishini aniqlash imkonini berdi. Eng ko‘p jumlalar hajmi ertakni aytib berish, suratga qarab hikoya tuzish hissasiga to‘g‘ri keladi. Bolalarning hikoyalari leksik jihatdan juda sayoz bo‘lib, ularda sifat, fe‘lning sifatdosh va ravishdosh shakllari mavjud emas. Hikoyalar faqat sanab berish bilan cheklanildi, ularda obrazli so‘zlar va ifodalar mavjud emas, o‘z fikrlarini bayon etishda ketma-ketlikka rioya qilinmaydi. Bolalarning nutqi ifodali emas. Hikoya qilish chog‘ida bolalar tomonidan qo‘llanilgan so‘zlar 13-45 tani, gaplar esa 4- 10 tani tashkil qildi. Bolalar asosan oddiy, ikki tarkibli gaplardan foydalandilar. Jaranglayotgan nutqqa bo‘lgan qiziqishning jadal rivojlanishi, til borlig‘ini uning barcha – fonetik, leksik, grammatik tomonlarini qamrab oluvchi oddiy anglashning shakllanishi maktabgacha katta yoshdagi bolalar erishgan eng muhim yutuqlardir.



Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish