Kurs ishining maqsadi: Bromid va yodid kislotalar,ularning xossalari,kislorodli birikmalari va qo’llanilishi o’rganish
Kurs ishining obyekti: Bromid va yodid kislotalar,ularning xossalari,kislorodli birikmalari va qo’llanilishi mazmun mohiyatini o’rganish
Kurs ishining predmeti: Bromid va yodid kislotalar,ularning xossalari,kislorodli birikmalari va qo’llanilishi mazmuni
Kurs ishining tuzilishi: Kirish Asosiy qism, Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlardan iborat
I –BOB Berilliy va magniyning asosiy xossalari
Berilliy (Beryllium), Be— kimyoviy element. Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub, tartib rakami 4, atom massasi 9,012; kumushdek oq, yengil va qattiq metall. Tabiatda bitta barqaror izotop ʻBe holida uchraydi. Fransuz kimyogari Berilliy Voklen 1798 i.da berill mineralidan ajratib olingan oksidi VeO shaklida topgan (Berilliyning nomi ham shundan olingan). Berilliy Vyoler bilan Berilliy Byussi 1828-yilda bir-biridan mustaqil holda metall Berilliyni birinchi marta sof xolda olgan. Berilliyning yer poʻstidagm oʻrtacha miqdori ogʻirlik jihatdan 610~ 4% ga teng . Dengiz va okean suvlarida esa 610~4~7 mgGʻl ni tashkil etadi. Berilliyning 54 ta minerali maʼlum. Ulardan berillning amaliy ahamiyati katta, fenakit, gelvin, xrizoberill, bertranditning istiqboli porlokdir.
Berilliy berilliy xloridni elektrolizlab olinadi. Berilliyning ikki (a va (1) shakl oʻzgarishi maʼlum. a va (5 Berilliy 1277° trada bir-biriga aylanadi. Berilliy geksagonal sistemada kristallanadi.
Berilliyning zichligi 1816 kg/m³, suyuqlanish temperaturasi 1287°, qaynash temperaturasi 247G. Poling buyicha elektr manfiyligi 1,5; atom radiusi 0.113 nm; ion radiusi Ve2Q 0,030 nm, koordinatsion soni 3 ga teng . Havoda sirti himoyalovchi VeO pardasi bilan qoplanishi tufayli Berilliy oksidlanmaydi. 800° dan yuqori trada qizdirilganda tez oksidlanadi. Amfoterligi bilan II guruhning boshqa mstallaridan farqqiladi. Berilliy suyultirilgan kislota va ishqorlarda eriydi, shu jihatdan alyuminnyga uxshaydi. Berilliy ishqorlarning suvdagi eritmalarida eriganda, berillatlar (mas, Na,BeO2) hosil boʻladi. Yuqori trada aksari metallar bilan oʻzaro taʼsir etib, berillidlarni hosil qiladi.
Berilliy f-torid VeQ ishqoriy metallar f-toridlari va ammoniy f-torid taʼsirida sanoat uchun katta ahamnyatga ega boʻlgan f-torberillatlar (mas, Na,BeF4)HH hosil qiladi. Berilliyning changi va uchuvchan birikmalari juda zaharli. Berilliy samolyotsozlik, raketa va yadro texnikasida, elektrotexnikada rentgen trubkalari tayerlashda mis, nikel, xrom, alyuminiy hamda temir qotishmalariga qoʻshimcha sifatida qoʻllaniladi. Berilliydan neytronlar maibai sifatida foydalaniladi. Berilliyning tuzlari yorugʻlik texnikasida ishlatiladigan lyuminofor moddalar tarkibiga qoʻshiladi.
Berilliy va magniy elementlar davriy sistemasining ikkinchi guruh bosh guruhchasida joylashgan bo‘lib, bu guruhchaga yana kalsiy, stronsiy, bariy va radioaktiv radiy elementlari kiradi. Ushbu elementlarning davriy sistemada joylashgan o‘rinlarini, elektron konfiguratsiyalarini, atomlarining o‘lchamlarini, namoyon qiladigan valentliklarini va oksidlanish darajalarini ko‘rsating. Berilliy, magniy, kalsiy, stronsiy va bariy qatorida metallik xossalari qanday o‘zgarishini ko‘rsating. Metallarning kuchlanish qatorida bu elementlar qanday o‘rinni egallashini izohlab bering
Magniy (Magnesium), Mg — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat. 24Mg (78,60%), 25Mg (10,11%), 26Mg (11,29%). Uchta sunʼiy radioaktiv izotopi (23Mg, 27Mg, 28Mg) olingan. Magniyni 1808 i. dastlab ingliz fizigi Magniy Devi amalgama holida olgan. 1829-yilda fransuz kimyogari Magniy Byussi magniy xloridga kaliy bugʻi taʼsir ettirib, Magniyni metall holida ajratib olgan. Magniy massa jihatidan yer poʻstining 2,35% ni tashkil qiladi. Magniyning 100 dan ortiq minerallari boʻlib, ulardan dolomit, forsterit yoki olivin, magnezii, karnallit va boshqa ahamiyatlidir. Olivin jinslarining yuvilishidan ilonizi serpentin minerali hosil boʻladi. Uning tolasimon turi asbest deyiladi. Ilon-izisimonlar chuqur yer osti karbonat angidrid gazlarining taʼsirida parchalanishi natijasida talk jinslariga aylanadi. Tula parchalanganda esa magnezit (MgCO3)ra oʻtadi. Ohaktoshlar MgCl2 eritmalari taʼsirida dolomitga MgCa(CO3)2 aylanadi. Oʻzbekistondagi dolomit konlarining eng kattasi Samarqand viloyatida joylashgan.
Dengiz suvida 0,38%; baʼzi koʻllar suvida 30% magniy xlorid boʻladi. Magniy kumushdek oq, yumshoq, choʻziluvchan, yengil metall, havoda yupqa oksid parda bilan qoplanib, qoramtir tusga kiradi. Bu parda uni keyingi oksidlanishdan saqpaydi. Magniyning zichligi 1740 kg/m³, suyuqlanish temperaturasi 650°, kaynash temperaturasi 1105°. Magniy birikmalarida 2 valentli. Kimyoviy jihatdan juda faol metall. Havoda qizdirilganda koʻzni qamashtiruvchi oq shuʼla chiqarib yonadi va oq rangli magniy oksid MgO, qisman koʻkimtir magniy nitrit Mg3N2 hosil qiladi. Xona haroratida suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Qaynatilganda esa suvdan sekin-asta vodorodni ajratib chiqaradi. Suv bugʻi bilan 400° da shiddatli reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda azot, oltingugurt, galogenlar va boshqa metallmaslar bilan birikadi. Suyultirilgan kislotalarda oson erib, vodorod ajratib chikaradi. Oddiy sharoitda ishqorlarning suvdagi eritmasida erimaydi. Vodorodli muhitda 400—500° gacha qizdirilganda gidrid MgH2 hosil qiladi. Magniyni 500—600° gacha oltingugurt yoki SO2 va H2S bilan qizdirilganda sulfid MgS hosil boʻladi. MgF2 himoya pardasini hosil qila olishi sababli ftorid kislotada erimaydi. Ishqoriy bikarbonat va ammoniy tuzlari eritmalarida eriydi. Magniyning barcha tuzlari rangsiz, achchiq, suvda yaxshi eriydi. Magniy koʻpgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi.
Magniy oʻsimlik va hayvonlar organizmining ajralmas qismidir. Baʼzi suv oʻtlari, foraminiferalar, ohakli bulutlar Magniy konsentratlari hisoblanadi (ular tarkibida 3—4% gacha Magniy boʻladi). Magniy oʻsimliklarning yashil pigmenti — xlorofill tarkibiga kiradi.
Barcha oʻsimliklarning hujayra organellarida va barcha tirik organizmlarning ribosomshritsa Magniy borligi aniqlangan. Magniy fosfat kislota tuzlari shaklida fitin tarkibida boʻladi. Odam va hayvonlar organizmi Magniyni ovqatdan oladi. Odamning bir kecha-kunduzda Magniyga ehtiyoji 0,3—0,5 g . Ovqatda Magniy tuzlari yetarlicha boʻlmasa, nerv sistemasining normal qoʻzgʻaluvchanligi, muskullarning qisqarishi buziladi. Qoramollar yemida Magniy yetishmaganda muskullari tortishib, oyoqlari rivojlanmay qoladi.
Sanoatda Magniy elektrolitik, metallotermik va ugletermik usullar bilan, lekin, asosan, MgCl, KC1 va NaCl eritmalari aralashmasini elektroliz qilib olinadi. Metallotermik usulda xom ashyo boʻlib dolomit, qaytargich boʻlib ferrosilitsiy yoki silikoalyuminiy xizmat qiladi. Ugletermik usulda Magniy MgO bilan uglerod aralashmasini 2100° dan yuqori haroratda germetik pechlarda qizdirib olinadi.
Pirotexnikada, metallurgiyada qotishmalar, qiyin qaytariladigan metallar (vanadiy, titan, uran, sirkoniy), mustahkam choʻyan olishda, atom texnikasida, kino, fotografiya va yoritish texnikasida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |