Tadqiqot vazifalari:
4-sinfda she’riy asarlarni o`qish darslarining maqsad – vazifalari ko`rsatib berish;
4-sinfda o`rganilayotgan she’riy asarlarning mazmun-mundarijasini yoritib berish;
4-sinfda o`quvchilarning she’riy asarlarni ifodali o`qish malakalarini takomillashtirish yo`llarini o`rganish;
4-sinfda she’rlarnio`rganishda interfaol metodlarni qo`llash yo`llarini ko`rsatish;
4-sinfda she’riy asarlarni o`rganishning ta’lim-tarbiyaviy jihatlarini ochib berish;
Tadqiqotning metodlari: tadqiqot jarayonida ilmiy-metodik adaiyotlarni o`rganish va tahlil etish, analiz va sintez, kuzatish va taqqoslash metodlaridan foydalaniladi.
Tadqiqotning metodologik asoslari:
O`zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim to`g`risida’’gi qonuni, ,,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi’’, ,,Barkamol avlod yili’’ Davlat dasturi, ,,Boshlangich ta’lim konsepsiyasi’’, ,,Boshlang`ich ta’limning DTS va o`quv dasturi’’, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari va ma’ruzalari, mavzuga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlar xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |