Mundarija kirish I. Asosiy qism



Download 118 Kb.
bet7/8
Sana28.01.2021
Hajmi118 Kb.
#56993
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ekskursiyalar tashkil etish

II. XULOSA

Ekskursiya joyini mustaqil ishlar uyushtirish usuli – bilan o‘rganadilar o‘quvchilar mo‘ljallangan o‘simlik yoki hayvonni mustaqil o‘rganiladilar, material yig‘adilar. Bu ishlar yuzasidan o‘quvchilar tegishli topshiriq olgan bo‘lishlari kerak. Topshiriq aniq, qisqa va o‘quvchilar uddalay oladigan bo‘lishi kerak.

Ekskursiya davomida o‘quvchilar tomonidan yig‘ilgan materiallarga ishlov beriladi. So‘ngra ulardan dars vaqtida mahalliy material sifatida, to‘garak mashg‘ulotlarida, biologiya o‘quv-laboratoriya xonasini jihozlashda, ko‘rgazma tashkil etish kabilarda foydalaniladi.

Ekskursiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning organik olamning turlitumanligini, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni chuqurroq idrok etashlariga hamda tabiatni ilmiy nuqtai nazardan tushunishlariga imkon beradi. Tabiiy landshaftlar bilan tanishish jarayonida tabiat go‘zalliklaridan voqif bo‘lish orqali o‘quvchilar estetik tarbiya oladilar, o‘quvchilar tabiat biotsenozlarining bir butunligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladilar.

Xulosa qilib aytganda ekskursiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning bilimini kengaytirish, chuqurlashtirishdan tashqari, ularda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishda ya’ni kompetentliligini ta’milashda muhum ahamiyatga egadir.

Ekskursiyalаr o`quvchilаrni tаbiаtdа tаbiiy guruhlаr, fеrmеr хo`jаliklаr yoki muzеylаrdа, o`simlik vа хаyvоnlаr bilаn tаnishtirаdi. Ekskursiyalаr dаrs bilаn uzviy bоg`liqdir. Ekskursiyadа o`rgаnilgаn оb`еktlаr kurs dаvоmidа ko`p mаrtа esgа оlinаdi, to`plаngаn nаrsаlаr nаmоyish qilinаdi.Ekskursiyalаrdа o`quvchilаr оldingi bilimlаrini mustахkаmlаb, tаbiаt hаqidаgi uquvlаrini rivоjlаntirib tоpshiriqlаr аsоsidа kuzаtishlаr o`tkаzаdilаr vа mаtеriаl yig`аdilаr.



Agar o`qituvchi ayni ishlab chiqarishni yaxshi bilsa o`zi muxandis-texnik xodimlar yordamidan foydalanib ekskursiyani o`tkazishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Ekskursiya – o`quv jarayonining o`ziga xos shakli bo`lganligi tufayli o`quvchilarni ma`lum vaqt davomida alohida tayyorlab borishni talab qiladi. Uning natijasi ayni shunga bog`liq bo`ladi. Tajribali o`qituvchi qator darslar davomiyligida o`quvchilar diqqatini u yoki bu yo`l bilan bo`lajak ekskursiya bilan bog`lab boradi. Ekskursiya arafasida esa o`qituvchi sinfda maxsus kirish mashg`ulotini tashkillash maqsadida quyidagilarni bajarishi lozim bo`ladi: a) o`quvchilarga ekskursiya maqsadini tushuntirishi; b) ob`ekt haqida umumiy tushuncha berishi; c) ekskursiya materialni tushunishlari uchun zarur bo`lgan bilimlarni berishi; d) qurilma va jarayonlarni o`rganish va kuzatishni engillashtirishga yordam berishi mumkin bo`lgan chizma hamda sxemalarni namoyish qilishi; e) ekskursiya rejasi bilan tanishtirishi; f) o`quvchilarga yig`ilish vaqti va joyini, ekskursiya yo`nalishini e`lon qilishi, sinf o`quvchilarini guruhlarga ajratishi va har bir guruhga alohida aniq topshiriq berishi kerak bo`ladi. O`qituvchi butun ob`ektni tomosha qilishdan tashqari yana nimalarga e`tibor qaratish lozimligini, nimani yozish va chizishni, qaysi xujjatli materiallar yig`ishni (zavod tarixi, kasb egalari, xom ashyosi, xom ashyoni qayta ishlash va asosiy mahsulotni olish uchun qo`llaniladigan jarayonlar, mahsulot assortimenti, istiqbolli rejasi, hamkorlari, istemolchilari, atrof-muhit muhofazasi), kim xom ashyodan, kim mahsulotdan namunalar olishini, buning uchun qanday idish va toza yorliqlar olish kerakligini avvaldan tayinlab chiqadi. O`qituvchi shuningdek ekskursiya materiali mavzusiga oid xabarlarni aytadi va qo`shimcha adabiyotlarni tavsiya qiladi. Kirish mashg`ulotida o`qituvchi texnika xavfsizligini tushuntiradi.Biroq bu ishga kirishib ketib o`quvchilarni xavfsizlik qoidalarini yodlash bilan band qilib qo`ymaslik kerak.Ular asosiysini o`zlashtirib olishsin. O`quvchilar polga to`kilgan suyuqliklarni bosib olinganda hosil bo`ladigan dog`larning oqibatini, qurilma va idishlarga tegmaslik kerakligini, sex boshlig`i yoki ustadan so`roqsiz namunalar olmaslik lozimligini bilishlari kerak. Butun tayyorgarlik shunday tashkillanishi kerakki, u o`quvchilarda qiziqish uyg`otsin. Diqqatni nimaga va qaerga qatarish lozimligi haqidagi aniq ko`rsatma, samarasiz kuzatuv va befarqlik oldini oladi, muhim ishlab chiqarish hodisalari o`rtasidagi mantiqiy bog`liqlikni o`rnatilishiga va faollikni yuzaga kelishiga olib keladi. Ekskursiya rejasini bosqichlarga bo`linishi, tushuntirish lozim bo`lgan kuzatishlar va savollar haqidagi ko`rsatmalarni ekskursiya davomida o`quvchilar daftarlariga yozib borishlari uni samaradorlini oshiradi. Trenajyor-qurilmalar, zavod qurilmalari maketlari va modellari bo`lgan zavod muzeyi yoki OTK, texnika uylari, ko`rgazmalarga ekskursiya uyushtirish nisbatan qulay hisoblanadi. Bunday ekskursiyani o`tkazish ham jiddiy tayyorgarlik ko`rish kerak. Ekskursiyadan avval o`qituvchi ayni ishlab chiqarish negizidagi kimyoviy reaksiyalar haqida ma`lumot beradi, o`quvchilarning bilimlarini umumlashtiradi, maket va modellarni o`rganish bo`yicha tegishli ko`rsatmalar beradi. Eksponat oldida tushuntirishni muzey, vistavka xodimi yoki o`qituvchining o`zi olib borishi mumkin. Bu shakldagi ekskursiya ma`lumot banki jihatidan nisbatan kambag`al bo`lsada, samaradorligi mavjud, o`quvchilarning bilish darajasi va dunyoqarashini kengaytirish uchun xizmat qiladi. Mineral o`g`it omboriga yoki to`qimachilik fabrikasi bo`yash sexiga qilinadigan ekskursiya (IX sinf) kimyoviy jarayonlar amaliy ahamiyatga ega bo`lgan ishlab chiqarishning bir qismini ko`rish, kimyoviy bilimlar qo`llanilishi bilan bog`liq bo`lgan turli kasb egalari bilan tanish imkoniyatini yaratish orqali o`quvchilarda nisbatan boy taassurot qoldiradi. Fanlararo ekskursiya uyushtirish va uni o`tkazish O`quv ekskursiyalari mavzuli va fanlararo bo`lishi mumkin. Mavzuli ekskursiyada o`quvchilar darsda olgan bilimlarini qo`llashi kerak bo`lgan aniq bir ishlab chiqarish bilan, masalan, mineral o`g`it, sulfat kislota yoki sintetik ammiak ishlab chiqarish zavodi bilan tanishadilar. Fanlararo ekskursiyada o`quvchilar bir necha fanlardan (kimyo, biologiya, fizika, geografiya va boshqalar) olgan bilimlarini kompleks qo`llash kerak bo`lgan korxonalarga ekskursiyaga chiqariladi. Kimyodan o`quv ekskursiyasini ham kompleks tashkillash maqsadga muvofiq hisoblanadi.Bunday ekskursiyalar o`quvchilar vaqtini iqtisod qiladi.Ular 2-3 fan o`qituvchisi hamkorligida bir ishlab chiqarish korxonasiga tashkillanadi. O`qituvchilar oldida kimyoni fizika, biologiya, geografiya, tarix va boshqa fanlar hrtasidagi bog`liqlikni ochib berish imkoniyati yuzaga keladi. Natijada o`quvchilar turli qurilma va apparatlarning tuzilishi, ishlash prinsipini, texnologik jarayonning borishini chuqurroq tushunib etadilar. SHunday qilib ishalab chiqarish haqida har tomonlama tassavurga ega bo`linadi, turli fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar nuqtai nazardan ko`rib chiqilishi uning ilmiy asoslari haqidagi qonuniyatlarni to`liq tushunilishiga sabab bo`ladi. Bu esa o`z navbatida, dunyoning yagonaligi ilmiy va materialistik-dialektik tarzda tushuntirish orqali o`quvchilar dunyoqarashlarini shakllantirishga olib keladi.

Ekskursiyani o`tkazishga fanlararo yondashish yana shuning uchun zarurki, korxonalar asosiy ishlab chiqarishlar sohasiga ko`ra turlicha bo`lsada (energetik, kimyoviy, mexanik, qishloq xo`jalik), amalda ular bir-biri bilan uzviy bog`langandir. Kimyoviy va fizikaviy jarayonlar o`rtasidagi bog`liqni kompleks ekskursiya vaqtida yaqqol misollar orqali ko`rsatib berish mumkin bo`ladi. Masalan, mashinasozlik zavodiga kimyoda metallar va metallurgiya mavzusi bo`yicha, fizikada elektr toki mavzusi bo`yicha ekskursiya uyushtirish mumkin. Zavodda o`quvchilar tokorlik, payvandlash ishlari jarayonlarini kuzatish orqali metallarning xossasi, olinayotgan detal qattiqligi va tarkibini mahsulot sifatiga ta`siri, shixta tarkibi va jarayonlar mohiyatiga darsda egallagan bilimlarini qo`llashlari mumkin bo`ladi. Buning uchun o`quvchilar nafaqat kimyodan balki fizikadan olgan bilimlarini ham ishga solishi kerak bo`ladi. Bo`lajak ekskursiyaga sinf o`quvchilarini yaxshilab tayyorlashning o`zi uni muvaffaqiyatli o`tkazish uchun etarli hisoblanmaydi. Ekskursiya maqsadiga to`la erishish va ishlab chiqarishga borish o`quvchilarda yangi bilim va yorqin tassaavur hosil qilishi uchun ekskursiyani barcha bosqichlar




Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish