Mundarija kirish I. Asosiy qism



Download 118 Kb.
bet2/8
Sana28.01.2021
Hajmi118 Kb.
#56993
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ekskursiyalar tashkil etish

Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikaning mustaqillikka erishishi bilan iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda va shu jumladan fan texnika sohasida ham bir qancha to‘p islohatlar amalga oshirildi. Maskur islohatlarning asosiy mohiyati, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishi, ularning manaviy boy, yuksak salohiyati, bilim, ko’niqma va malakalarga ega bo‘lishini nazarda tutadi.O‘quvchining bunday yuksak kamoli uzliksiz ta‘lim tizimida ta‘lim tarbiya jarayoning tashkil qilinishiga, boshqarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Har tomonlama rivojlangan shahsning tarkib topishi uchun avvalo uning sog‘ligimustahkam, jismoniy chiniqqan bo‘lish kerak.Fan-texnika rivojlanishining jadallashuvi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma‘naviy, madaniy, ilmiy texnikaviy extiyojlaridan kelib chiqqan holda ta‘lim tizimi oldiga muayyan maqsad va vazifalarni qo‘yadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z aksini topgan bu talablar maqsadi har tomonlama kamol topgan, bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan kishilarni tarbiyalashdan iborat. Bu talablarni amalga oshirish uchun o‘qitishning samarali shakllari va vositalarini ishlab chiqib, ta‘lim jarayoniga tadbiq etish, ta‘limning o‘quvchi shaxsiga qaratilgan demokratik yo‘nalishlarini rivojlantirish, didaktik va axborot vositalarining yuqori samara beradigan yangi avlodini yaratish va ta‘lim jarayoniga joriy etish zarur. Keyingi yillarda Respublikamizda ta‘lim samarasini oshirish borasida bir qancha muhim tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan o‘quv jarayoniga zamonaviy o‘qitish metodlarini juda sekinlik bilan joriy etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda «Ta‘lim to‘grisida»gi qonunda ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi ta‘lim jarayonining uzluksizligi, izchilligi, dunyoviyligi, bilim olishning hamma uchun ochiqligi yozilgan.

Davlatimiz tomonidan biologiya ta‘limi sohasidagi oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilinishi uchun eng avvallo uzluksiz ta‘lim tizimida biologiyadan ta‘lim va tarbiyani individual tashkil etishning nazariy asoslari bo‘lgan didaktik tamoyillarni aniqlab olish zarur. Biologiyadan laboratoriya mashg`ulotlarida uquvchilarning faolligini ta‘minlash, ularning individual ishlashlari uchun qulay sharoit yaratishta‘lim jarayoni samaradorligini ta‘minlovchi asosiy omillardan biridir.Individuallik lotincha - ajralmas, o‘ziga xos-har bir insonruhiyatining takrorlanmas o‘ziga xosligi, o‘z faoliyatini jamiyat-tarixiymadaniyatlari rivojlanishining sub‘ekti sifatida amalga oshiradi.

Insonning individualigi uning o‘zi uchun xos bo‘lgan intellektual,motivatsion, irodalilik, emotsional, amaliy, o‘z-o‘zini boshqarish,va boshqa xususiyatlarini qamrab oladi.Intellektual xususiyatlar bilish jarayonlari diqqat, idrok, tasavvur, xotira, fikrlash turlari ijodiy, bilish, nazariy, emperik, patogen va boshqalar, tafakkur tahliliy fikrlash doirasi, obrazli, ko‘rgazmali-obrazli tafakkur, aqliy sifatlari [uddaburonlik, mustaqillik, tanqidiylik, fikrlash operatsiyalaritahlil, sintez, tizimlashtirish, abstraktlash, formallashtirish, aniqlashtirish,interpritatsiya va h.k. orqali tavsiflanadi .Pedagogik jarayon yaxlit tizim sifatida didaktikaning asosiy prinsiplari ta‘limni va tarbiyani individuallashtirish o‘zaro bog‘liqligini tadqiq etadi. O‘quv-tarbiya jarayoni bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni ta‘minlash bilan birga ijtimoiy muhitda tarbiyalanishni ham ta‘minlaydi. Individual yondashuv - metodikaning bir prinsipi bo‘lib, unda o‘qituvchi o‘quvchilarning shaxsiy hususiyatlari, qiziqishlari, ehtiyojlarini hisobga olib, individual model asosida o‘quv hozirgi kunda barcha fan o‘qituvchilari qatori biologiya o‘qituvchilaridan ham ta‘lim metodlarini takomillashtirish, o‘qitish sifatini yaxshilash kabi vazifalar talab etiladi. Bunday har tomonlama bilimli, fan asoslarini yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradigan didaktik muammolardan biri fanini o‘qitishda mustaqil ishlarni tashkil qilish va uni amalga oshirishdan iboratdir. Shunga ko‘ra har bir biologiya o‘qituvchisining oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga dastur materiali asosida chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga, ularning bilim doirasini doimo kengaytirib borishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Shu bilan birga biologiya o‘qituvchisi dastur materialini darslik bo‘yicha o‘tish bilan chegaralanib qolmay, balki o‘quvchilarga nazariy bilim berish va ularda amaliy ishlarni bajara oladigan darajada malaka hosil qilish masalasiga ham alohida e‘tibor bermog‘i kerak. Buning uchun o‘quvchilarning biologiya fanidan egallagan bilimlariga asoslangan holda turli amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish kerak bo‘ladi. Amaliy mashg‘ulotlarning formalaridan biri mustaqil ishdir. Mustaqil ishni tashkil etish orqali o‘quvchilarda individual faoliyatlarini va mustaqil fikr yuritish qobiliyatini rivojlantirish, amaliy ishlarni bajara oladigan malaka hosil qilish mumkin bo‘ladi.


Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish