Mundarija Kirish I. Asosiy qisim



Download 205,99 Kb.
bet14/15
Sana11.12.2022
Hajmi205,99 Kb.
#883561
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Boshqa moddalar bilan alyuminiy o

Aluminiy oksidi (Al2O3) – rangsiz kristall modda. Suyuqlanish harorati – 2072°C, suvda erimaydi. Aluminiy oksidi amfoter oksiddir, konsentrlangan kislotalarda erib, aluminiy tuzlarini, ishqorlarda erib, aluminat kislota tuzlari – aluminatlarni hosil qiladi. Aluminiy oksidining har xil tarkibli gidratlangan (suvli) shakllari maʼlum. Aluminiy gidroksidga gidrargilit (gibbsit) va sunʼiy yoʻl bilan olinadigan bayerit kiradi. Aluminiy oksidi aluminiy olishda ishlatiladi, aluminiy oksidining oʻzi esa boksit, nefelin va kaolindan olinadi. Tabiatda aluminiy oksidi kristallari korund, yoqut va sapfir hollarida uchraydi; korund nihoyatda qattiq boʻlganidan qayroqtosh va jilvir sifatida, yoqut va sapfir zargarlikda ishlatiladi. Aluminiy oksididan oʻtga chidamli material va buyumlar tayyorlashda ham foydalaniladi.

Yoqut — mineral, tarkibida oz miqdorda (2% gacha) xrom ionlari (СгЗ+) boʻlgan korund (A12O3)ning qizil rangli turi. Rangi och pushtidan toʻq qizilgacha. Birinchi toifali qimmatbaho toshlar turkumiga mansub. Shimoliy Myanmaning yoqut konlari qadimdan maʼlum boʻlib, Oʻrta Osiyo va Yevropaga ham shu yerdan keltirilgan. Badaxshondagi yoqut koni juda mashhur boʻlgan. 18asrda Oʻrta va Janubiy Uraldagi sochmalarda ham topilgan. Eng katta konlari Myanma, TailandShri Lankada. Yoqutning yirik shaffof xillari sunʼiy yoʻl bilan olinadi. Sunʼiy yoqut soat mexanizmlari, kvant elektronikasi hamda zargarlikda ishlatiladi.
Javohirlar, qimmatbaho toshlar — qimmatbaho bezak buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladigan oʻziga xos xususiyatli minerallar. chiroyliligi, rangining tiniqligi va bir xilligi, yaltiroqligi, jilolanishi, qattiqligi, qirralash mumkinligi kabi xususiyatlari bilan qadrlanadi. Sunʼiy usulda qirralangan, tarashlangan va sayqal berilgan olmosta gavhar deyiladi. J. shartli ravishda 4 sinfga boʻlinadi: 1-sinf — olmos, yoqut, sapfir, zumrad; 2-sinf — aleksandrit, sapfirning turli ranglilari, asl qora opal, asl jadeit; 3-sinf — demantoid, shpinel, asl oq va olov rang opal, akvamarin, topaz, turmalin; 4-sinf — xrizolit, sirkon, kunsit, oytosh, quyosh toshi, sariq, yashil va pushti rang berill, pirop, almandin, feruza, ametist (safsar), xrizopraz, sitrin. J.ning baʼzilari, maye, olmos, zumrad, yoqut va boshqa sunʼiy yoʻl bilan ham olinadi. Shpinel va korundning tarkibiga boshqa kimyoviy elementlar aralashmalari (xrom, titan, vanadiy, temir va boshqalar)ni qoʻshish yoʻli bilan "ametist", "aleksandrit", "akvamarin" olinadi. Deyarli barcha J.ni sunʼiy yoʻl bilan olish mumkin. Odamzodga juda qadim zamonlardan maʼlum. Qadimda tabiiy olmosni qirralash bilan birinchi marta Sharq mamlakatlarida, asosan Hindistonda shugʻullanilgan . Bundan 4000 yil ilgari Xitoyda nefritdan har xil buyum (pichoq, bolta va boshqalar) va bezaklar yasashgan. Yoqut, laʼl, feruza, nefrit, aqiq, zumrad, gavhar kabi J. Oʻrta Osiyoda uzoq, tarixga ega. Ular Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa shahar bozorlarida 6—7-asrlardayoq koʻplab sotilgan. Oʻrta asr Sharq meʼmorligida devor va maqbaralarni  qimmatbaho tosh boʻlaklari va taxtachalari bilan bezash urf boʻlgan.
Buyuk olim Beruniy ham Uning paydo boʻlishi, ularning fizik, kimyoviy xossalari hamda ishlatilish tarixiga oid tadqiqotlar oʻtkazgan. Tekshirish natijalarini oʻzining "Kitob ul-Jamohir fi Maʼrifat al-Javohir" ("Mineralogiya") kitobida bayon qilgan.
Yevropada ilk oʻrta asrlarda qimmatbaho va ziynat toshlariga sayqal berish faqatgina J.ni qayta ishlash jarayonida ularning tabiiy qirralarini saqlab qolish va tozalash, kristallarni tog jinslaridan ajratib olishdan iborat boʻlgan. 1456 yilda gollandiyalik Lodeveyk van Berkem olmosni qirralashda olmos kukunidan foydalangan, shundan keyin bu usul boshqa qattiq toshlarni qirralashda keng qoʻllanila boshlagan. 1725 yilda Sankt-Peterburgda Pyotr I koʻrsatmasiga binoan birinchi marta "olmos tegirmoni" — jilolash fabrikasi ochilgan. Unda dastlab faqat qimmatbaho toshlar qirralangan, keyinchalik bezak toshlariga ham jilo bera boshlaganlar.
Sapfir (qad. yahudiycha sappir — koʻk tosh) — korundning A12O3 tarkibli shaffof, tiniq koʻk rangli xili. Zargarlikda boshqa rangli turlariga (qizil turi — yoqutdan tashqarisi) S. deb nom berilgan. Rangi izomorfli aralashmalarga bogʻliq: alyuminiyning turli miqdorda titan va temir (Gʻe2+ va Gʻe3+ farq qiladi) almashuvidan hosil boʻladi. Trigonal singoniyada kristallanadi. 1toifali qimmatbaho tosh  hisoblanadi. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi  9; zichligi 3,5—3,6 g/sm³. Konlari ShriLankaHindistonTailandRossiyada bor. Tarixda mashhur boʻlgan S. toshlari Britaniya imperiyasining tojida (104 karat), oval shaklli (258,8 karat) brilliant broshkada oʻrnatilgani Rossiya Olmos fonditsya saqlanmoqda. S. sanoatda sunʼiy yoʻl bilan ham olinadi. S.ning zumradtopaz, safsar (ametist) va boshqa xillari zargarlikda, sunʼiy rangsizi — leykosapfir mikroelektronikakvant elektronikasioptika va boshqalarda ishlatiladi (qarang Korund).
Oʻzbekistonda "korund mintaqasi" Tomdi togʻlaridan Olay togʻlarigacha 1000 km ga choʻzilgan boʻlsa ham sifatli S. hanuz topilmagan.
Korund (nem. korund; qadimgi hindchadan) — oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi A12O3, qoʻshimchalari Cr, Fe, TI va boshqa Kristallari trigonal singoniyali ustunsimon, kam hollarda dipiramidal. Rangsiz, tarkibida temir, mis, marganets, titan va shahrik. elementlarning borligiga qarab turli rangda boʻladi. Olmossimon yaltiroq. Qattiqligi 9. Zichligi 4000 kg/m3. K.ning (60—70%) magnetit, gematit shpinel bilan aralashmasi "najdak" deb ataladi (Naksos o., Gretsiya). Metamorfik, metasomatik jarayonlarda hosil boʻladi. Kanada, JAR, Qozogʻiston (Semiz-Bugʻ), Xibin va Ilmen togʻlari (RF) va Oʻzbekistonning Oqtosh, Molguzar, Tomdi togʻlarida K. konlari bor. K.ning faqat sochmalardan olinadigan shaffof va chiroyli ranglilari (sapfir — koʻk rangli, yoqut — qizil rangli) qimmatbaho tosh sifatida zargarlikda ishlatiladi, unchalik toza boʻlmaganlari abraziv material. Texnik va zargarlik maqsadlarida ishlatish uchun sanoat miqyosida sunʼiy K. olinadi. Cr2+, Fe3+ qoʻshib olingan sunʼiy K. kvant elektronikasi, soatsozlik, zargarlik sanoati va boshqalarda ishlatiladi. Qoʻshimchalarsiz olingan sunʼiy K. radioelektronika sanoatida qoʻllaniladi. Sunʼiy K. tozaligi va yirikligi bilan tabiiy K.dan aniq, ajralib turadi.
Laʼl — mineral, shpinelning qizgʻish, pushti rangli xili. Qattiqligi 7,5—8 boʻlib, olmos, yoqutdan keyin 3-oʻrinda. Kub singoniyali, kristallari oktaedr shaklida, zichligi 3,5—4,1 g/sm3. Temir, xrom, rux, shuningdek, natriy va kaliy aralashmalari uchraydi. Mineralning yangi aralashmalari tarkibi va genetik xususiyatlariga bogʻliq ravishda kizil, koʻk, yashil, qoʻngʻir va qora boʻlishi mumkin, shishasimon yaltiroq. L. uzoq vaqt yoqut deb notoʻgʻri nomlangan. Ular bir-biridan farq qiladi. 7-asrda Badaxshon (Pomir)da katta L. koni topilganidan soʻng bu mineralning fizik va kimyoviy xususiyatlari oʻrganilib, yoqut korundning qizil ranglisi, L. esa shpinelning kizil xili ekanligi aniklandi. L. yoqutdan yumshoqroq, birok, olovga chidamli. Beruniy L.ni quyidagicha taʼriflagan: "Laʼl oʻzining rangi va jilvalanib turishi bilan yoqutga juda oʻxshaydi, lekin qattiqligi jihatdan undan qoladi, shuning uchun bu mineralning qirralari tez sinib ketadi". Magmadan ajralib chiqqan issiq gaz eritmalarining ohaktoshlarga taʼsiridan L. hosil boʻladi.

Xulosa
Men bu kurs ishimdan juda ko’p bilimlarni o’zlashtirdim. Aluminiy oksid olinishi va ularning xossalari haqida va olinish usullari o’zlashtirdim.
Al va uning birikmalari elektrotexnikada turli qotishmalar tayyorlashda olishda, konditer va to’qimachilik sanoatida, issiqlikka va o’tga chidamli moddalar tayyorlashda, keramika, sement, shisha olishda, organik moddalarni sintezlashda ishlatiladi.Alyuminiy oksidi Al2O3 ning tabiatda kristal xolatda uchraydigan turi korund deb ataladi. Qum bilan aralashmasidan jilvir tayyorlanadi.Ozgina xrom qo’shimchasi bo’lgan korund kristallari yoqut deyiladi.
Alyuminiy ko’p ishlatiladigan soha aviatsiya soxasidir. Samolyotlar 2/3 qismi alyuminiydan va alyuminiy qotishmalardan yasaladi.Shuning uchun alyuminiyni ”qanotli metal” ham deyiladi. Alyuminiydan kabellar , simlar tayyorlanadi.Alyuminiy korroziyaga uchramasligi sababli undan mashinasozlikda turli detallar , nitrat kislota tashiladigan idishlar yasaladi. Avtobus , trolleybus va vagonlarning korpuslari alyuminiydan yasaladi. Alyuminiydan oziq-ovqat sanoatida turli xil idishlar va choynaklar tayyorlashda ishlatiladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, aluminiy oksid oqrangdagi oksid hisoblanib,aluminiyga kislarod ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi.Muhim tuzlardan biri hisoblanib,achchiqtoshlar nomi bilan yuritiladi.Achchiqtoshlarning sanoatda, qandolatchilikda, tibbiyotda ahamiyati katta. Kelajakdagi hayotimizda vatanimizga xizmat qiladigan, bilimli va malakali kadr bo’lishga bor imkoniyatimni sarflamoqchiman. Shunday ekan, menga berilgan bugungi mavzu shu maqsadlarimga erishishimda birinchi qadam bo’ladi deb o’ylayman va bu kurs ishi mening birinchi mustaqil ravishda o’rgangan bilimlarim asosida tayyorlandi.
Mavzuni o’rganib uni himoya qilishga tayyorgarlik davomida Aluminiy sulfatning deyarli barcha xossalarini (kimyoviy va fizik), hayotimizda, kundalik turmushda, tibbiyotda va xalq xo’jaligida naqadar ahamiyatli ekanligini bilib oldim va o’zlashtirdim. Kelajakda bu bilimlarni amaliyotda qo’llashga va o’quvchilarga yetkazishga harakat qilaman.

Download 205,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish