1. SO‘Z YASASH JARAYONI TIL LUG‘AT TARKIBINI BOYITISH
VOSITASI SIFATIDA
So‘z yasash usuli boshqa tillardagi kabi fransuz tilida ham leksik qatlamning boyishida muhim rol o‘ynaydi. Yangi so‘zlarning asosiy vazifasi muloqot jarayonida stilistik vosita sifatida fikrlarimiz va his-tuyg’ularimizni ifodalashga xizmat qilishdir. O‘z navbatida, so‘z yasash jarayoni boshqa tillardagi kabi fransuz tili leksikologiyasida muhim hisoblanadi va bu lug‘at tarkibini boyishining ichki manbasi hisoblanadi. Bizga ma’lumki, lug‘at tarkibining boyishi ikki katta manbaga ega, bular tashqi manba va ichki manbadir. Tashqi manba boshqa tillardan so‘z olish va ulardan yangi so‘zlarni hosil qilishga asoslanadi.
Fransuz tilida so‘z yasash usullarining bir qancha usullari mavjud, bularga la dérivation affixale (qo‘shimcha bilan so‘z yasash), la composition (kompozitsiya), la “dérivation impropre” (konversiya), l’abréviation (abreviyatura) va boshqalar. Ta’kidlash joizki, ko‘pchilik tilshunoslar bu borada turli fiklarda. Bu usullarning ichida derivatsiya va kompozitsiya eng ko‘p qo‘llaniladi.
1. Semantik usul. Leksik – semantik yo‘l bilan so‘z yasash so‘z ma’nosining o‘zgarishi, ma’noning ko‘chishi orqali yangi ma’noli so‘zning yuzaga kelishidir. Semantik yoki leksik-semantik usul yordamida so‘z yasash tarixiy taraqqiyot jarayonida tildagi ayrim ma’nolar orasidagi bog‘lanishlarning yo‘qolib ketishi, so‘zning ayrim shakllarida yangi leksik ma’noning yuzaga kelishi kabi hodisalar bilan bog‘liq. Bunday hodisa tilning ko‘p yillar davomida rivojlanishi natijasida asta-sekin yuzaga keladi. Semantik usul bilan yasalgan so‘zlar bir turkum doirasida hamda boshqa – boshqa so‘z turkumlariga tegishli bo‘lishi mumkin.
3. Affiksasiya usuli (la dérivation affixale). Hozirgi fransuz tilida so‘z yasalishining keng qo‘llaniladigan eng unumli, yetakchi turi affiksasiya usulidir (dérivation affixale). Asosga qo‘shilib, shu asosning ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan, ammo yangi bir leksik ma’nodagi so‘z hosil qilishda ishtirok etadigan qo‘shimcha so‘z yasovchi affiks (qo‘shimcha) deyiladi. Yangi leksik ma’noli so‘z hosil qilishning yetakchi vositasi bo‘lgan affiksatsiya fransuz tilida suffiksasiya xarakterida bo‘ladi, ya’ni yasovchi qo‘shimchalar yasovchi asosning oxiriga qo‘shiladi. Masalan :
révolutionn + aire = révolutionnaire ;
proch + ain = prochain ;
holland + ais = hollandais ;
music + al = musical ;
nation + al = national ;
réal + iste = réaliste ;
chin + ois = chinois ;
enfant + in = enfantin ;
roman + esque = romanesque ;
personn + el = personnel ;
blanch + âtre = blanchâtre kabi.
So‘z yasashda old qo‘shimchalar ya’ni prefikslar ham qo‘llanadi. So’z yasash jarayonida ularning roli fransuz tilida o’zbek tilidagiga nisbatan ancha muhim hisoblanadi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |