Kurs ishining maqsadi: Kasallik keltirib chiqaruvchi bir hujayralilar mavzusini o`rganish va tadqiqotlarda olingan natijalarni statistic qayta ishlab ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari: Kasallik keltirib chiqaruvchi bir hujayralilar haqida
bilimimni rivojlantirish.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Kurs ishi bajarishda adabiyotlardan o`rganilgan va tahlil qilingan ma`lumotlardan , shuningdek tajriba natijalaridan talabalar kurs ishi mavzularini tayyorlashda , ularning biologiyaga oid bilimlarini mustahkamlashda amaliy ahamiyatga ega.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi mundarija , kirish , 3 ta bob, xulosa va tavsiyalar va mavzuga bog`liq ta adabiyota manbalaridan iborat , 30 betdan tashkil topgan. Ishda 21 ta rasm mavjud. Bundan tashqari , xulosa, adabiyotlar ro`yxati keltirilgan.
1.1.Bir hujayrali parazitlarning o’rganilish tarixi
Parazitlar haqidagi ma'lumotlar eramizdan ancha avval paydo bo’lgan.Eramizgacha yashab o’tgan yunon vrachi, tibbiyot iljmining asoschilaridan biri Gippokrat (460-375yy) odamlarda askarida, ostritsa, exinokokk uchrashi haqida ma’lumotlar qoldirgan. Olim fanga birinchi bo’lib “askaridoz”, “helmints” atamalarini kiritgan. Lekin u parazit chuvalchanglarni va boshqa chuvalchanglarni, hatto bo’g’imoyoqlilar lichincalari va ilonlarni hammasini ham bir deb tushungan. U odamlarda uchraydigan askarida, bolalar gijjasi, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlarni invazion kasalliklarning qo'zg'atuvchisi emas, balki o'z-o'zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati, deb noto'g'ri tushuncha bergan.
Eramizdan avvalgi 116-27-yillarda yashagan Rim olimi Varron hayvonlarni botqoqlik, to'qayzorlarda boqqanda og'iz va nafas yo'llari orqali mol organizmiga ko'zga ko'rinmaydigan parazitlar kirib kasallik qo'zg'atadi deb fikr yuritgan.
Gabustius (1549) gelmintologiya sohasida birinchi qo’llanmaning muallifi hisoblanadi. Olim qo’llanmada o’z davrida ma’lum bo’lgan gelmintlarga tavsif bergan va davo xillariga to’xtalib o’tgan, jigar qurtiga to’liq tavsif beradi.
Protozoa termini birinchi bo’lib fanga 1820 yilda Goldfus tomonidan kiritilgan.Parazitologiya (yunoncha ikkita so’zdan kelib chiqqan bo’lib, parasitos - tekinxo’r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) -- kompleks biologiya fanining bir tarmog’i xisoblanib, parazitizm, hodisalari, ya’ni parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga bog’liqligi, odam, hayvon va o’simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o’rganadigan fan. Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi,
Do'stlaringiz bilan baham: |